oldindan uzr so'riman g'alati savol bolib tuyilsa lekin goda hayron qolaman nega bazi bir erkaklar o'z jufti halollariga aynan qulga muomila qilgandek muomilada bo'lishadi hattoki o'z qulog'im bn eshitganman kk bo'lsa 1 umr yalintirib yashataman deyishadi hattoki bu holat islomiy oiladagi erkaklardan chiqqan gap bo'ladi vaholanki ayollar sizlarga omonat qilib berilmaganmi?
Bunga asosiy sabab, tarbiyasizlik deb hisoblayman.
1. Erkakda xotinga munosabat tarbiyasi umuman yo'q. Biz ozbeklarda xotinlar erlarning xizmatini qiladilar. Kelinlar qaynonalarining xizmatini. Xizmat qilgan kelin-oa, keyinchalik o'zi xizmatni ko'rgisi keladi, yana orzu-havas degan tushuncha bor....qisqasi, xizmatchi ma'nosida qaraladi ayollarimiz. Shu kayfiyatda ekanmiz, Otalarimiz onalarimizga qilgan muomalalariday muomalani biz ham xotinlarimizga qilamiz.
2. Islomiy tarbiyaning yo'qligi. Bizda xotin erning xizmatini qilishi lozim deb qaraladi. Ma'lumki, erining xzmatini qilib, savob olishga chaqiruvchi hadislar ko'p. Aslida bu hadislar ayollarga aytilgan. Biz erkaklar esa, uni o'z manfaatimizga ko'ra suiste'mol qilamiz. Ya'ni erkaklarimiz va ayollarmiz o'z haq-huquqlarini bilmaydilar.
Qo'polroq bir misolni keltirsam, to'g'ri qabul qilasiz. "Qozon boshida bo'lsangiz ham, eringiz chaqirsa, yoniga boring (qaysi ma'noda chaqirganini aytib o'tirmayman, mohiyatini tushundingiz deb umid qilaman)" mazmunida bir hadis bor. Shu hadisni istalgan erkakka aytsangiz, uni o'zining vakolati, xotinning vazifasi deb qabul qiladi. Aslida shunday toifadagi odamlarga: "Xotinni ovqat bilan ta'minlash kimning vazifasi?" deb so'rasangiz, "O'zim!" deya olmaydi. Ana shunday erkaklar, o'z vazifalarini xotinlariga yuklab, yana qo'shimcha vazifa talab qiladilar.
P.S. Afsuski, o'zim ham shunday erkaklar qatoriga kiraman
Ovqat tuzsiz chiqsa, paypoqlarim yuvilmagan bo'lsa,....darrov jahlim chiqadi. Bunga o'zbekona yondashuvim ta'sir qiladi deb hisoblayman.