Yigitlarga savollar...  ( 435898 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 85 B


registan  15 Dekabr 2009, 14:41:21

Savol:

1. O'zbek yigitlarining boshqa millat vakilasiga uylanishlariga qanday qaraysiz?


Ko'zim bilan qarayman. ;D

Aylanaman, Sharqni kezib aylanaman,
Iboli bir yor topolmay o'ylanaman.
O'z yurtimning suluvlari til uqmasa,
Uzun ko'ylak turkman qizga uylanaman.

Payg'ambar (SAV) qiz tanlashda nimaga e'tibor berishlik haqida aytganlar. Va u yerda millat haqida hech nima deyilmagan. WA

Qayd etilgan


Shokir63  18 Dekabr 2009, 01:27:25

Musulmon, haqiqiy iymon sohibi, har qaysi millatdagi qizga uylansa bo'ladi. Ko'p o'rtoqlarim nasroniy qizlarga uylanishdi. Ammo u qizlar hozir muslima ayollarga aylanib, ichlarida hatto hijobga o'tganlari ham bor.

Lekin, o'zligini yaxshi anglamagan bo'lsa, "musulmonchiligi" ham "yuragida bo'lsa bas" bo'lsa boshqa millattan uylanmagani maqul, deb o'ylayman.

Qayd etilgan


Ansora  23 Dekabr 2009, 14:09:17

Yigitlarga ham Shokir63 ning savollarini beraylik-chi qanday javoblar olarkanmiz...

Hurmatli yigitlar, siz umuman HİYONAT, deganda qanday tushunchaga egasiz?

Qayd etilgan


Nurilla  23 Dekabr 2009, 22:50:35

Akbarjon198 ni gapiga to'liq qo'shilaman.

Qayd etilgan


Ziyovuddin  28 Dekabr 2009, 14:16:17

 :as:
Yigitlarga bitta jiddiy savol bilan murojaat qilmoqchiman.

O'limingizdan keyin ayolingizni boshqa turmush qilishiga rozi bo'larmidnigiz?     [Alloh panohida asrasin!]

Qayd etilgan


Shokir63  29 Dekabr 2009, 00:32:13

Men urinib ko'rganman, rostini aytay xayolimga ha deb qizim kelavergan va xotinimning boshqasi bilan turmush qurishini tasavvur qila olmaganman. Va Allohga menga usizlikni ravo ko'rma, uning hayotini menikidan uzunroq qil duo qilgandim.

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  29 Dekabr 2009, 05:14:18

Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Har bir kishi qo'shgani bilan qo'sha qarisin Ilohim.
     Savol juda nozik. O'ylashimcha, rozilik bizdan ham emas, ayolimizdan ham emas. Rozilik Ollohdan. Olloh rozi bo'lsa hammasi hayrli bo'ladi. Olloh o'limimizni iroda qilibdimi, demak ayolimiz hayoti ham Olloh qo'lida.
     Biz esa ojiz bandalarmiz. Ayollarimizni Olloh uchun sevaylik! Ko'z qorachig'imizday asraylik! O'shandagina Olloh sizdek suyukli bandalarini u dunyo-yu bu dunyo ajratmaydi. InshoOlloh!

Soliha ayollarimizga Ollohning rahmati yog'ilsin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Qayd etilgan


Mahdiyah  04 Yanvar 2010, 07:44:25

Savol:
Odatda qizlar oynaga ko'p qarashardi...
Xozir "oynaga" ko'p qaraydiganlar orasida yigitlar safi ko'paymoqda.
Ayrimlar oynaga ko'p qaraganlarni "O'zini juda yaxshi ko'radida" deyishadi.

Shaxsan man tashqi jihatiga haddan tashqari ko'p e'tibor bergan yigitlarni yomon ko'raman.  :D
Ayrimlariyu har 30 mda oyoq kiyimiga qarab qo'yadi, kir bo'lsa erinmay artadi...  :)

Sizning fikringizcha erkak kishining o'ziga e'tibori qay darajada bo'lishi kerak?

Qayd etilgan


Ziyovuddin  05 Yanvar 2010, 00:45:52

 :as: Erkak kishi o'ziga qarab yurishi kerak. Lekin bu bezanib har 30 daqiqada oynaga qarayverish kerak degani emas. Qisqasi o'rtacha bo'lgan ma'qul.
Shaxsan o'zim esa ishga kelganimdan keyin, monitordagi aksimga qarab qo'yaman. :D

Qayd etilgan


Munavvara  05 Yanvar 2010, 02:00:41

Tasavvur qivomman erkak kishini har minutda oynaga qarashini :D

Qayd etilgan