A.alaykum. Qurol ishlatish bilan bog'liq savol bahona forumdoshlarni turfa xil fikrlarini eshitdik. Har kim o'zicha haqli, hech kimga e'tirozim yo'q. Har birimiz o'zimizdan kelib chiqqan holda savol-javob beramiz albatta.
Masalan men bolaligimdan beri akam bilan katta bo'lganim uchun asosan o'g'il bolalarni qiziqishlariga qiziqdim, futbol o'ynadim, karatega bordim. Bu haqida batafsil avvallari yozgandim. Qurolga kelsak, maktabda dars bo'lardi, qizlarga ham Kalashnikov o'rgatishgan. "Juda qattiq" "Sovet farzandi" qilib maktab tarbiyasi olganim uchun Fashistlarga qarshi qurol ishlatishni orzu qilardim. İchimda shu darajada Fashizmga qarshi nafrat bor edi...
Arab o'lkalaridagi qardoshlar bu mavzuga dinning amri bilan yondoshishgan, qolganlar esa majoziy ma'nodagi qurolllardan bahs etishgan. Hammalariga katta rahmat.
Zotan forumda turfa xil savollar bilan murojaat qilish bilan birga bir-birimizni fikrlarini o'rganish xolos, tortishish emas...