Yigitlarga savollar...  ( 280419 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 85 B

Abdulhafiz  05 Yanvar 2010, 10:55:26

Payg'ambarimiz(s.a.v)dan bir kishi: "Bir kishi poyafzali chiroyli bo`lishini xohlaydi, shu kibrmi deb so'raganda, Ul zot s.a.v: "Alloh go'zaldir go'zallikni yaxshi ko'radi bu kibr emas" degan ekanlar. vallohu a'lam.
Endi har 30mda bo'masayam bir-bir qarab turishi kerak, deb o'ylayman.

Qayd etilgan

Shokir63  05 Yanvar 2010, 20:37:23

Savol:
Odatda qizlar oynaga ko'p qarashardi...
Xozir "oynaga" ko'p qaraydiganlar orasida yigitlar safi ko'paymoqda.
Ayrimlar oynaga ko'p qaraganlarni "O'zini juda yaxshi ko'radida" deyishadi.

Shaxsan man tashqi jihatiga haddan tashqari ko'p e'tibor bergan yigitlarni yomon ko'raman.  :D
Ayrimlariyu har 30 mda oyoq kiyimiga qarab qo'yadi, kir bo'lsa erinmay artadi...  :)

Sizning fikringizcha erkak kishining o'ziga e'tibori qay darajada bo'lishi kerak?

Iqtibos olgandan keyin, turib, ishjoyimdagi oynalarni sanadim, 19 ta oyna bor ekan, biri-biridan chiroyli oynalar(ish joyim go'zallik saloni emas). Istar istamas bu oynalarga qarayman, uydan chiqayotganda oyoq kiyimimga ham qarab qo'yaman, bu yerda odamlar kiyinishinga qarab baho berishadi.

Ishim ko'p bo'lganligi tufayli, bir necha marta, ishga kelarkanman, obbo saqolni olmabmanku yana degan vaqtlarim bo'lgan, ya'ni uyda oynaga kamdam-kam qarayman.

Bu degani o'zimga etibor bermayman degani emas albatta.

Lekin hozirgi kunda o'lchovlar buzilib ketdi. Misol keltiray:

Bir o'rtog'im tor jinsi shim kiygan o'g'il bolani ko'rsatib "Buni kiygan narsasini qara, qizlarning shimiga o'xshash shim kiyibti" degandi. ???

Erkak kishi savlatini ketkizmaydigan kiyim kiyishi kerak deb o'ylayman.

Qayd etilgan

lolo  06 Yanvar 2010, 06:05:58

... "Buni kiygan narsasini qara, qizlarning shimiga o'xshash shim kiyibti" ...
qizlarni shimi ham bo'ldi endi! zamona zayli...

Qayd etilgan

Ansora  08 Yanvar 2010, 16:00:00

Hurmatli yigitlar, qizlardagi qaysi hususiyatlarni hurmat qilasiz? Qaysilarini yoqtirmaysiz?

Javob uchun oldindan rahmat.

Qayd etilgan

Ziyovuddin  08 Yanvar 2010, 16:48:56

Hurmatli yigitlar, qizlardagi qaysi hususiyatlarni hurmat qilasiz? Qaysilarini yoqtirmaysiz?

Javob uchun oldindan rahmat.
:as:
1) Ibo-hayo.
2) Odob.
3) Go'zal xulq.
 
Yoqtirmaydiganim esa yuqoridagilarning aksinchasi.

P/S: O'ylab qarasam uchalasiyam bitta narsa ekan. :)

Qayd etilgan

Nurilla  08 Yanvar 2010, 20:08:02

Hurmatli yigitlar, qizlardagi qaysi hususiyatlarni hurmat qilasiz? Qaysilarini yoqtirmaysiz?

Javob uchun oldindan rahmat.

Savolingiz uchun katta rahmat. Man qizlardagi
   1. hayo-ibo: yurishida, turishida, gapirishida, boshqa joyda o'zini tutishida hayoli iboli bo'lgan qizlarni ayollarni onaxonlarni juda qattiq hurmat qilaman. 
   2. o'zgalarni hurmat qiladigan: har qanday xolatda ham kim bo'lishidan qat'iy nazar insonlarni hurmat qiladigan ayollarni hurmat qilaman.
   3. erkaklarni ko'ziga tik qaramidigan va yigitlar bilan qo'l berib ko'rishmidigan: erkaklarni ko'ziga tik qaramidigan qizlarni kam ko'rganmanu lekin hozir har kuni ko'raman (uyda). 2oy oldin bizani uyga kelin tushdi, kenayimni kuzatdim, hech kimni ko'ziga tik qaraganini ko'rmadim. yigitlar bilan qo'l berib ko'rishmidigan qizlarni ko'rmadim hisob. Bizani sinfda qizlar bolalar bilan qo'l berib ko'rishardi, manga qo'l uzatishganda man ham qo'l berardim. Keyin shunga oid hadisni o'qiganimdan keyin qo'l bermaganman bechara qizla boshqalarni oldida uyalib ketishardi.
   Gapirsa gap ko'pde. Ha aytgancha yomon hislatlari:
   1. Shallaqiligi. So'kong'ichligi.
   2. Yarim yalang'och yurishligi, tor shim, tor yubka, tor mini yubka, xozirda sho'rtik kiyadigani ham chiqqan. Bilmadim 2-3 yildan keyin nimada yurisharkan. Bunaqa qizlarni ota-onasi bormi, tirikmi.
   3. Ko'cha ko'yda erkaklar bilan teng urushishlari.
   4. Hullas hayosiz, ibosiz, ishqilib hamma yomon hislatlarni yomon ko'raman.

Bir kuni rus tili darsida o'tirganimizda hamma shang'ur shung'ur qilayotganda Gulhayo degan qiz boshqa qizlar bilan shang'ur shung'ur qivotganda bizani gruppadagi o'qituvchimiz chaqirib qoldi.
- hoy qiz nimaga baqirasan!?
- Mambini qaren.
- Isming nima sani.
- Gulhayo.
- Gulhayo. Qani hayo.
- (qiz mandraj, shok holatga tushib qoldi).

Qayd etilgan

Mahdiyah  09 Yanvar 2010, 11:22:04

Savol:
Odatda qizlar oynaga ko'p qarashardi...
Xozir "oynaga" ko'p qaraydiganlar orasida yigitlar safi ko'paymoqda.
Ayrimlar oynaga ko'p qaraganlarni "O'zini juda yaxshi ko'radida" deyishadi.

Shaxsan man tashqi jihatiga haddan tashqari ko'p e'tibor bergan yigitlarni yomon ko'raman.  :D
Ayrimlariyu har 30 mda oyoq kiyimiga qarab qo'yadi, kir bo'lsa erinmay artadi...  :)

Sizning fikringizcha erkak kishining o'ziga e'tibori qay darajada bo'lishi kerak?

30 m nima? metr?minut?
metr bo'sa,lop bo'pti....
Universitetda,guruhimizdagi eeng o'ziga qaraydigan, eeeng chrrraaylik,eeng kelishgan,eng modniy,qizla ko'rganida svarka svarka o'ynab ketadigan guruhdoshimiz bor edi...

shuyat tuflisini har tanafusda artardi....

umuman tufli toza bo'lmasa, har 30 mert tugul,har 5 metrda ham artib qo'yish kere...tepada aytishgani to'g'ri,negadur qizlar avval boshga,keyin oyoqqa qarashadiya?

30 metr ham bo'sin... minut ham bo'sin....

Buni ahamiyati yo'q.
Savolni 1 bo'lagini olib fikr bildirishilar noo'rin.
Umumiy savol mazmuni nimadan iboratligiga qaradilami o'zi?

Abdulhafiz keltirgan hadisni kimdur joylashini bilgandim.

Man erkak kishi o'ziga e'tibor bermasin diganim yo'q, balki haddan tashqari... vaqti kelsa odamni asabiga tegadigan darajada o’zlariga oro berishlarini nazarda tutdim.
Rasululloh sav eng ko’rkam, har tomonlama go’zal bo’lganlar, bu hammamizga ma’lum.
Ham tashqi jihatdan ham ichki dunyolari juda go’zal bo’lgan.
Man esa asl narsa qolib ketib hamma faqat tashqi jihatga e’tibor berayotgani uchun ham shu savolni berdim.
Yigit kishimi, qiz bolami ming DUNYO GO’ZALI dib tan olinsa ham ichki go’zalligi (yuqorida yigitlar bayon e’tib o’tgan qizlardagi hayo-ibo... kabi hislatlari) bo’lmasa uning tashqi jihatiyu har 30 metrdami 30 sekinddami oyoq kiyimiyu tashqi  go’zalligiga qarashini nima hamiyati bor???

Qayd etilgan

Shokir63  09 Yanvar 2010, 19:25:03

Kim uchundir ahamiyati yo'q, kim uchundir ahamiyati bor.

O'zining ichki dunyosiga ahamiyat berganlar ichki dunyosi boy juft qidiradi; tashqi ko'rinishiga ko'proq ahamiyat berganlar, tashqi ko'rinishiga ko'proq ahamiyat beradiganlarni qidiradi. Alloh barchamizni juftimiz bilan yaratgan, har kimga haq etganini beradi.

Kim qanday yashasa shunday o'ladi, naqadar buyuk haqiqat. Buyuk allomalar oqibatimizni xayrli qil deb, bekorga ko'p-ko'p duo qilishmagan ekan, o'ylab qarasam.

Kim qanday yashasa shunday o'ladi, kim qanday o'lsa shunday tiriladi. Kim qanday fikrlasa shunday fikrlovchilar bilan birga bo'ladi.

Allohim bizni yaxshilar bilan birga qil.

Qayd etilgan

Mahdiyah  10 Yanvar 2010, 07:38:18

Amin. Shokir63 javobingiz uchun katta rahmat, juda chiroyli javob beribsiz.

Shu o'rinda yana 1 savol (savol o'g'irlanganligi uchun egasidan uzr so'riman  :D )

Savol: Hammaning ham ichida o'z "men"i bo'ladi... Ana shu
"men" dan chiqqan xulosani qo'yib, "u" ning xulosasiga rozi
bo'lish va shunga ko'nikish uchun, shaxsan siz o'zingizni
qanday isloh(yoki tarbiya) qilasiz, yoki qilib kelmoqdasiz..?

Qayd etilgan

Shokir63  10 Yanvar 2010, 14:37:45

Shu o'rinda yana 1 savol (savol o'g'irlanganligi uchun egasidan uzr so'riman  :D )[/color]

Savol: Hammaning ham ichida o'z "men"i bo'ladi... Ana shu
"men" dan chiqqan xulosani qo'yib, "u" ning xulosasiga rozi
bo'lish va shunga ko'nikish uchun, shaxsan siz o'zingizni
qanday isloh(yoki tarbiya) qilasiz, yoki qilib kelmoqdasiz..?

Har kimning ichidagi "men"ni muzga o'xshataylik va jamoa fikrini hovuzdagi suvga o'xshataylik. Agar o'zingizni muzingizni hovuzga tashlamasangiz, erib yo'q bo'lib ketadi, hovuzda esa barcha bilan birga bo'ladi.

Uylanganimning ilk vaqtalaridan boshlab turmush o'rtog'im oramizdagi yosh kechik bo'lishiga qaramasdan, siz mendan 4-5 yosh kattadek fikrlaysiz, deb aytardi va xulosalarimga doim yaxshi qarardi. Lekin men kichik masalalardan tortib katta masalalargacha iloji boricha u bilan maslahatlashishga harakat qildim, ba'zan uning fikrlariga qarab ish tuttik, ba'zan mening fikrlarimga qarab. Uylanganimizdan keyin 2-kunda sizga nima sovg'a qilishimimni xoxlaysiz deganimda, namoz o'qishni o'rgating degandi. Payg'ambarimizning (s.a.v) hayotlarini yaxshiroq o'rgana boshlagach, oramizdagi farqni katta qilib ko'rsatadigan narsa Shu muborak hayotni mendan yaxshiroq bilganizda ekan, deb xulosa qildi bir kun.

Payg'ambarimiz (s.av.) hamma jihattan mukammal edilar, U kishi mukammal erning qanday bo'lishi kerakligini insoniyatga o'rgatdilar.

Xullas ichimdagi menni yengishga sunnatlar yordam beradi.

Qayd etilgan