A.alaykum. Yuqoridagi fikrlarga hurmat bildirgan holda, kichkina bir e'tirozim bor. Erkakmi ayolmi turmush qurgan qurmaganligini bildirish uchun menimcha uzuk (ayol-tilla, erkak-kumush) taqishi kerak, deb o'ylayman. Bizda hali turmushga chiqmagan qizlar butun barmoqlariga uzuk taqib olishsa ham unchalik farqi yo'q, uylangan yigitlarni juda kamida nikoh uzugi ko'rganman shaxsan o'zim, lekin Turkiyada bu uzuk masalasiga jiddiy qarashadi. Men ham boshda Turkiyaga kelganimda barmog'imda uzuk bor edi. Hamma "unashtirilganmisan, turmushga chiqqanmisan" deb so'rayverib bezor qilgandi. Shundan keyin uzugimni chiqargandim.
Yuqorida Abu Muso akani keltirgan maqolalari ham faqat bir taraflama, deb o'ylayman. Bizni tarixmizda ayollar boshqa ayollardan kam emasdilar, Samarqanddagi Afrosiyob muzeyini aylanib yurar ekanmiz, menga juda ta'sir qilgan narsa-xozir davri aniq esimda yo'q, miloddan oldingi davrlarda momolarimiz taqqan mis, kumush va hatto loydan tayyorlangan uzuklarni topilgani edi!!!
Hamma narsani Hiristiyanlar va boshqa Din vakillari, boshqa Millatlarga taqashdan oldin o'z tariximizni yaxshilab ko'zdan kechirsak yaxshi bo'lardi, degan fikrdaman...