Yigitlarga savollar...  ( 435704 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 77 78 79 80 81 82 83 84 85 B


IRFON-2012  06 Iyun 2013, 11:39:33

Assalomu alaykum!
Hali oila qurishga erta bo'lsada, oila haqidagi savollarga javob berish, yoki kitoblardan o'rganishni yoqtiraman.
Mobil versiyada bo'lganim uchun savollarni iqtibosga ololmadim.

1. Kelajakda oilali bo'lib, Alloh menga ham farzand ato qilsa, albatta uning tarbiyasiga qattiq bel bog'layman. Bu yo'lda jazo va mukofot paytlari bo'lishi tabiiy. Meni fikrimcha, bolalarni harakter xilma-xil bo'lgani uchun, ba'zilariga urish foyda bermaydi. O'ta yuvosh, nimjon bolalarni tarbiyalash ham nozikroq bo'ladi. Urmasdan, boshqa ajabtovur yo'llarni topish kerak. Sho'x bolalarga esa, o'z vaqtida kaltak (jarohat yetkazmasdan) ham foyda beradi. Albatta imkon qadar bu daraja olib bormaslikka harakat qilinadi. Onasi taqvodor bo'lsa, hammasi oson kechadi.

2. Noma'qul agar diniy, tarbiyaviy jihatdan bo'lsa, bunday o'rtoqlardan uzoqda saqlashga harakat qilaman. Chunki bolaning tarbiyasiga uning do'stlari juda katta ta'sir o'tkazadi.

3. Qarz oldi-berdisi haqida Qur'onda eng uzun oyat nozil bo'lgan. Umuman barcha odoblari va shartlarini joyiga qo'ysa, bemalol bunday ishni amalga oshirsa bo'ladi. Yana bir asosiy narsa, qarz olayotganda albatta o'z vaqtida qaytaraman degan niyat bo'lishi kerak. Ana shunda qarzdan tezroq qutulishga Alloh yordam beradi. O'lmasam berarman deb qarz olsa, ishonavering, u hali beri qaytarmaydi.

4. Ayollarni, umuman insonlarni harakteriga nisbatan umumiy javob berib bo'lmaydi. Ayollar ham har xil bo'ladi. Birida bir nuqson, boshqasida esa boshqa nuqson bo'lishi mumkin. Hamma ayollarda bo'ladigan hos harakterlarga kelsak, yoqadimi yoqmaydi iloji yo'q, chidashga majburmiz)) Qovurg'ani to'g'irlayman deb harakat qilsangiz sinib qoladi. Shunday yaratilgan ekanmi, boriga shukur. Ayb-nuqsonlar erkaklarda ham kam emas. Mayli, bittasini aytaqolay, ayollarni ko'p gapirishlari yoqmaydi. Bu "hislat" ko'pincha ayollarda uchraydi. Qisqa-lo'nda gapirsalar judayam afzal bo'ladi.

Qayd etilgan


Lu`lu`  20 Avgust 2013, 20:35:52

yuqoridagi fikrlarizdan men ham sizni uylanibdi-debman.

Мободо НАНОни бир кизга мошина эшигини очиб, илтифот киляпганини курсез, билингки, НАНО е янги мошина олган, еки янги келин :)

Qayd etilgan


Salsabil  27 Avgust 2013, 14:20:53

Assalamu Alaykum Varohmatulloh...
Savol: Unashtirilgan (yoki shuni arafasida bo'lgan) qizlar (orangizdagi) gaplarni (yaqin) o'rtog'iga etishiga, sizning munosabatingiz?

Qayd etilgan


Abdulloh_8800  27 Avgust 2013, 17:47:51

Nikohdan oldin o'zi 1 marta uchrashishga ruhsat bo'lsa orada nima gap ham bo'lishi mumkin xayronman

Qayd etilgan


Salsabil  28 Avgust 2013, 02:07:20

O'sha uchrashudayam gaplashiladi shekil...
Keyin har doim ham bir uchrashuv bilan hal bo'midi hamma narsa...

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  28 Avgust 2013, 22:12:10

Savol: Unashtirilgan (yoki shuni arafasida bo'lgan) qizlar (orangizdagi) gaplarni (yaqin) o'rtog'iga etishiga, sizning munosabatingiz?
 

 Qarshiman!
 
 
Nikohdan oldin o'zi 1 marta uchrashishga ruhsat bo'lsa..

Izohlab bersangiz..

Qayd etilgan


NANO  29 Avgust 2013, 05:53:52

To Lu`Lu` opa
Bir qizlar juda ko`p lekin u tanho :D Moshinani ewigini ochisham gapmi boshimda ko'tarib yurardim.

To Salsabil

O'rtadagi gapimizni dugonasi chunmidi :D  O'zi chunmagan narsaga dugonasi qaydan chunsin. Barbir unga gapimni yetqazib bera olmaydi! :1

Qayd etilgan


MUSLIM_uz  29 Avgust 2013, 09:24:29

wahsan mani qarwi buganim bilan birinchi uchrawuvda bulgan gaplani kim bulsayam dugonasiga aytmasa yorilip ketsa kere u ayolda barbir
oramizdagi gaplani faqat oramizda qogani yahwi

Qayd etilgan


Lady_§  31 Avgust 2013, 13:21:47

Savollar : 1- O'qishni sevadigan qizga uylanarmidingiz?
                2- Ayolingizni institutlarda o'qitarmidingiz?
                3- Ilk uchrashuvingizda  qanday savollar bergan bo'lardingiz? (berasiz yo bergansiz)
           
 Javoblaringizni kutib qolaman. rahmat.

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  01 Sentyabr 2013, 00:09:48

Assalamu Alaykum Varohmatulloh...
Savol: Unashtirilgan (yoki shuni arafasida bo'lgan) qizlar (orangizdagi) gaplarni (yaqin) o'rtog'iga etishiga, sizning munosabatingiz?

Dars bo'ladirg'on gaplarni yetkazsa qarshiligim yo'q.

Savollar : 1- O'qishni sevadigan qizga uylanarmidingiz?
                2- Ayolingizni institutlarda o'qitarmidingiz?
                3- Ilk uchrashuvingizda  qanday savollar bergan bo'lardingiz? (berasiz yo bergansiz)
           
 Javoblaringizni kutib qolaman. rahmat.
1. Foydali ilmlarni sevadigan ayol erni yutug'i deb o'yliman.
2.Hayot shuni taqozo qilsa o'qitardim.
3.ilk uchrashuvda qanaqa savollar berganim esda hammas yo'g'u (hayajon kuchli bogan) asosiy savollar dindan bolgan. Ismini sorirdim, ismini manosini. Ro'za kuni bo'lsa iftorliy vaqtiniyam soraganman hotirasi bilan ahamiyatini sinashga.

Qayd etilgan