Yaxshi mavzu. Alloh rozi bo'lsin.
1-Savol: Forumda javob berayotib foydalanuvchi agar userka bo'lsa unga yumshoroq gapirishga harakat qilasilami? yoki hech narsani o'ylamay konkret javobni etib ketaveraslami?
2-Savol: Javob berayotib odamiga (ya'ni kimgaligiga) qarash kerakmi? yoki gapiga qarash?
Ikkala savolga bitta javob beray.
Doim qarshimdagining nima deyotganligiga va uning kimligiga e'tibor beraman. Chunki insonlarning jinsi va ilmiga qarab fikrlari o'zgaradi, hammaga o'ziga mos javob berish kerak, deb hisoblayman.
Masalan nima desa desin axmoqqa javob sukut.
Yosh bola osh hazm qila olmaydi, unga sut berish kerak, vaqti kelganda oshni ham boblab berasiz. Yo'qsa uni yoshligidayoq yo;qotib qo;yishingiz,mumkin.
Yigitlarimizga savollar:
1. Agar kelajakda ayolingiz ovqat qiling bugun deb iltimos qilib qolsa, nima deysiz?
2. Uylangandan keyin onangiz haqsiz bo'lgan holda ayolingizni hafa qilsalar qanday yo'l tutgan bo'lardingiz?
Yaqindagina uylanganimga 3 yil bo'ldi. Ko'p martalab ovqat pishirganman, osh bo'ladigan bo'lsa doim men ishdan kelguncha tayyorgarlik qilib qo'yadi, mazza qilib pishirib beraman, hatto o'rtoqlarim bilan kelganda ham, bunday holatlarda faqatgina damlash menga qolgan bo'ladi.
Nonushtalarda qizim men qovurgan tuxumni yaxshiroq ko'rishi biroz qiyinchilik tug'dirdi, dada kuku de deb yuboradiyu nonushta tayyorlashdan qutuladi.
\bir ikki marta bo'lgan. Onam ham bazan xato qiladilar, barcha insonlar singari. Xotimga vaziyatni emas onamni tushuntirganman, ularni o'zgartirishga harakat qilma, istasang sabr qil, onamning ko'gillarini ol, roziliklarini ol, istasang isyon qil, bu ham sening haqqing, lekin bunday kamroq foyda olasan manosini anglatuvchi gaplar gapirib tinchlantirganman. Alloh undan rozi bo'lsin biron marta onangiz unday, onangiz bunday deb, boshimni og'ritmadi.