Savol:
Odatda qizlar oynaga ko'p qarashardi...
Xozir "oynaga" ko'p qaraydiganlar orasida yigitlar safi ko'paymoqda.
Ayrimlar oynaga ko'p qaraganlarni "O'zini juda yaxshi ko'radida" deyishadi.
Shaxsan man tashqi jihatiga haddan tashqari ko'p e'tibor bergan yigitlarni yomon ko'raman.
Ayrimlariyu har 30 mda oyoq kiyimiga qarab qo'yadi, kir bo'lsa erinmay artadi...
Sizning fikringizcha erkak kishining o'ziga e'tibori qay darajada bo'lishi kerak?
Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!
Men quyidagilarni sabab qilib ko'rsatmoqchiman:
a) Avvalom bor biz o'zimizga savol berishimiz kerak. O'zimizga e'tibor berishligimiz "o'zimiz" uchunmi yoki atrofdagilar uchunmi? Biz o'zimiz uchun emas, balkim atrofdagilar uchun kiyinamiz, o'zimizga oro beramiz, bir so'z bilan aytganda o'zimizga e'tibor beramiz. (Mening shaxsiy fikrim)
b) Undan keyin odam odamlarga ta'sir ko'rsatadi, va aksincha. Ko'p narsalarni bir birimizdan o'rganamiz. Inson inson uchun ko'zgudir. Biz hamrohimizda aksimizni ko'ramiz.
c) Jamiyatda "Moral" degan tushuncha bor.( Moral o'zbekchami? yoki o'zbekchada shunaqa so'z bormi buni bilmayman.) Ya'ni yozilmagan qonunlar bor. Nafaqat jamiyatning qonunlari, balki talablari ba majbur qilishlari bor. Yozilmagan o'sha qonunlarni tashqi ta'sir tufayli ba'zida bilib ba'zida bilmay shakllantiramiz.
Nima bo'lganda ham Ollohning irodasidir. Olloh behisob hikmat sohibidir! Agar bilsangiz o'sha siz savol ostiga olgan holatda ham hikmat bor.
Ollohga cheksiz hamdu sanolar bo'lsin!!!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!