Yigitlarga savollar...  ( 316968 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 85 B


Nurilla  07 Fevral 2010, 16:00:40

Savol harqatta qattiq. O'ylashga majbur qiladi. lolo opa nishonga qattiq urdilar, kamonni o'qini sug'urishni iloji bo'mayapti. Bu mavzuda aktiv bo'lgan bollani ko'pi yo' bo'p qoldi. Man ha bu savolga nima deb javob berishga hayronman.

Qayd etilgan


lolo  07 Fevral 2010, 16:49:11

Uni buni qo'yila, savol kimlaga berilvatganiga ahamiyat berila birinchi galda:
Forumdagi musulmon yigitlarga savol: Nega shimilani biroz kaltalatib, soqol qo'yib yurmisla?
sekin-sekin javob berib borilar...
hech kim malomat qilayotgani yo'q.
raxmat.

Qayd etilgan


Abdulhafiz  07 Fevral 2010, 18:34:56

Soqol ma'lum miqdorda qalin bo'gandan keyin qo'yilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi manimcha. Bu yerdagila ko'pchiligimiz yoshlar bilishimcha, shaxsan mandayam u qadar qilinamas InshaAlloh nasib qilgan bo'sa qo'yarmizam.
Shimni ja yerga sudramasak ham uzun qip kiyaman va yomon joyi yo'q deb o'yliman.

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  07 Fevral 2010, 22:25:55

 :as:
Uni buni qo'yila, savol kimlaga berilvatganiga ahamiyat berila birinchi galda:
Forumdagi musulmon yigitlarga savol: Nega shimilani biroz kaltalatib, soqol qo'yib yurmisla?
sekin-sekin javob berib borilar...
hech kim malomat qilayotgani yo'q.
raxmat.
Soqol haqida o'zimmi fikrimmi etishim mumkin, soqolli erke kishi har tomonlama yarashadigan bo'ganida, to'liq o'sgan holida qo'ysa yaxshi bo'sa kerak. shim haqidigi savolga bitta hadis esimga keladi Salim ibn Abdulloh otalaridan bunday deb naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki ko‘ylagini takabburona sudrab yursa, Olloh taolo qiyomat kuni unga marhamat nazari birlan qaramaydi»,— dedilar Abu Bakr: «Yo Rasulalloh, men o‘zim ataylab qilmagan holda izorimning bir tarafi osilib qolsa-chi? — deb so‘radilar. Janob Rasululloh: «Siz o‘ziga bino qo‘yadiganlardan emassiz!»—deb javob qildilar».

Qayd etilgan


Akbarjоn  08 Fevral 2010, 00:02:41

Sunnat amallarni bajarishga xarakat qilib kelyabmiz, asta sekinlik bilan, inshaAlloh
Nasib qilsa saqol qo'yish kunlariga xam yetib kelib qolamiz, yuqoridagi birodarlar saqol qoyish boyicha o'rinli javob berishdi shu sababli xam ularni gaplrini yana qaytarib o'tirishni o'rinli deb bilmadim
Yuqoridagi sabablar bilan birga shuni xa aytishim mumkinki men ishliydigan joyda saqol qoyish tartib qoidaga to'g'ri kelimiydi,  (xayotga real qaraylik bu masalada malomat qilmasalariz)

PS: ammo javob berishdan qochib boshqalarni javob beraolishmadi deb baqirishni o'rniga samimiy bo'lib o'zimiz javob berib ko'raylik, fitna chiqarib, adovat qo'zishga urinmasdan, xar xolda dindosh birodarlarmiz, nafratimizni musulmonlarga emas g'ayridinlarga saqlab qoyganimiz o'zimiz uchun yaxshi emasmi

Qayd etilgan


Ansora  08 Fevral 2010, 00:12:53

Assalomu-alaykum yigitlar.

Forumda askarlik xizmatini o'tab kelganlar bormi?

Borganlar va bormaganlar askarlik haqida fikrlaringiz qanday?

Xizmatga borib kelganlar askarlikdagi qiziq voqealardan aytib berishsa ham mayli  : )

Qayd etilgan


Akbarjоn  08 Fevral 2010, 00:52:10

Assalomu-alaykum yigitlar.

Forumda askarlik xizmatini o'tab kelganlar bormi?

Borganlar va bormaganlar askarlik haqida fikrlaringiz qanday?

Xizmatga borib kelganlar askarlikdagi qiziq voqealardan aytib berishsa ham mayli  : )
xizmatga borib kelganmiz desa xam boladi :)
eng esda qolarli voqealar kop bolgankuya, mayli bir ikitasini ayti beray, i Qasamyod qilinadigan kuni kechasi bir ikki bola uxlamagan eka, men esa uyqumda xam serga yotaman... xullas, 2-3 kishi u yoqdan bu yoqqa yugurib yurishibdi, kulishadi xar-xar zamonda :) keyin bittasi meni tepamga keldi , uxlasam xam sezib yotibman... keyin muzdek narsani betimga tekizdi, kozimni ochib qarasam qochib ketishdi, bilsam zubnoy pastani endi betimga surkamoqchi bolib turishgan ekan :)
rosa jaxlim chiqdi, keyin men ham hiyla ishlatdim, xech narsa bo'lmagandey yotaverdim ko'zini yumib, ular yana qaytib kelishdi, pichirlashdi keyin bitasi endi qo'lini cho'zgandi ... :) ushlab oldim, qolgani kulgulik emas achinarli xolat :D
yana bir voqea vizvotdagi bitta bola rosa xazlkash edi... sartaroshhonada oq xalat bor edi. bir kuni otboydan keyin shu oq xalatni keyib oldida qo'llarini xavoda silkitib silkitib uuuuu deb yuraverdi, Otboy berilgan deyarli xamma uxlab bolgandi,
bir bilaning oldiga borib betiga xalatni yengini tekkizib uuuuu deaotgandi u o'yg'onib ketdida shu vaqt :) keyin baqirib xaligi bolani qolidan ushliyman degandi, xalatni toliq kiymagan ekan, qolini yengiga kirgizmagan ekan, qolida xech narsa yoq ushlasa, jon poni chiqib baqirgandi :)
Kulgulik boldikuya ammo 2-30 gacha xech kim uxlamadida shu kuni, serjant letinanlar yig';ilib rosa tazirimizni bergandi ... kuganimiz brnimizdan chiqandi shu kuni

Qayd etilgan


Shokir63  08 Fevral 2010, 19:55:34

Uni buni qo'yila, savol kimlaga berilvatganiga ahamiyat berila birinchi galda:
Forumdagi musulmon yigitlarga savol: Nega shimilani biroz kaltalatib, soqol qo'yib yurmisla?
sekin-sekin javob berib borilar...
hech kim malomat qilayotgani yo'q.
raxmat.

Soqol qo'yganlarga havasim keladi, qaniyda menda ham ularda bo'lgan iymon kuchi va taslimiyat bo'lganda edi. InshaAlloh menga ham nasib bo'lar.

Duolaringizga muhtojman.

Bu tashqi ko'rinishdagi kamchiligim, ammo asosiy dard, qalbdagi iymonning sustligi, namozlarimni qilayotganimda xayolimga boshqa narsalarning kelishi, sum'a va shular kabilardir. Iltimos duolaringizda men g'aribni ham eslab turinglar.

Qayd etilgan


Shokir63  08 Fevral 2010, 20:13:42

Savol: Tasavvur qiling, balog'at (14-18) yoshlardagi o'g'lingiz yoki ukangizning yon atrofidagi do'st va oshna og'aynilari dinimiz ko'rsatgan chegara tarbiyada emas, hamda hulqi noqis siz o'g'lingiz va ukangizga ravo ko'rmaydigan bolalar. Unday do'stlardan ukangiz yoki o'g'ilngizni chetlattirish uchun qanday yo'l tutasiz? Eslatib o'tiy, o'g'lingiz yoki ukangiz u do'stlaridan osonlikcha voz kechishni istamaydi.

InshaAlloh o'g'lim bo'lganda, siz aytgan holat ro'y bersa, o'g'limga do'stlarini tez-tez uyga taklif qilishini, ularni barchasini futbol va shunga o'xshash tadbirlarga, o'yinlarga taklif qilib o'sha bolalarning tarbiyasi bilan shug'ullanishga, dardlarini tinglashga harakat qilaman, chunki yomon bola bo'lmaydi, yomon tarbiya ko'rgan bola bo'ladi. Xos aloqani ko'rmagan, dunyoni o'z kichik qarashlari bilan o'lchamoqchi bo'lgan bollarni to'g'ri tarbiyalasa ular hech qachon yomon bo'lishmaydi.

Men bir nechta yigitlarni taniyman, hammaga zarar berib yurishardi, lekin iymon nuri qalblariga kirgach, hech kimga zarar bermaydigan, mas'uliyatli va muvaffaqiyatli bo'lishdi, Alloh ulardan va sababchilardan rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


Shokir63  08 Fevral 2010, 20:22:40

Nimagadur bu mavzuda YIGITlarimiz sust

Unda biz ham tipichniy savol berib ko'ramiz:  ;)

Odatda qizlarga gul sovg'a qilishadi.
Yoki yoshi katta erkaklarga biror bahona bn gul sovg'a qilinadi.

Sizga ham gul sovg'a qilishsa yoqadimi? Bunga munosabatingiz?
Va qanday gul sovg'a qilishlarini xohlardingiz?
(ana bo'masa  :D )


BUndan ropparosa 8 yil oldin universitetda, Alisher Navoiyning tavvalud kuni munosabati bilan bayramga o'xshash tadbir o'tqazisgdi. Boshlovchi Hazrat Navoiyning Mubtalo bo'ldim radifli g'azalidan 1 bandini aytti va kim davom ettiradi dedi, qarasam hech kim indamayabti, man davom ettiray dedim va sahnaga chiqib g'azalni oxirigacha o'qidim, shunda tashakkur bildirib qo'limga gul tutqazib qo'yishdi, biroq noqulay his qildim o'zimni, joyimga qaytib kelgach qo'limdagi gulni qizlardan biriga berdim.

Qayd etilgan