Yigitlarga savollar...  ( 314934 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 85 B


Akbarjоn  04 Mart 2010, 22:07:53

Iqtibos
Assalomu alaykum
Nega doim bola avtobus, tranvay, metroga chiqsela qizlaga joy bermisila?

metro yoki avtubusga chiqmaganimizga xam ancha bo'libdi...
ammo metro yoki avtobusga chiqanimda iloji boricha o'tirmaslikka xarakat qilaman, mendan ko'ra o'tirishga muhtojlar bordir degan xayolda
ammo o'tirgan bo'lsam o'zimdan yoshroq yoki yoshi men qatori bo'lgan qiz chiqsa joy bermasligim tabbiy, chunki joy bersam nima men senga qarib qoldimmi degan ma'nodagi javob olishim, va meni noto'gri tushunishlari extimoli bor

Lekin yana qaytaraman, avvalo o'tirmaslika xarakat qilaman

PS: shu manodagi Darakchning oldingi sonidagi maqolisni xamalariz o'qigan bo'lsalariz kerak

Qayd etilgan


Habib  05 Mart 2010, 09:20:37

Assalomu alaykum
Nega doim bola avtobus, tranvay, metroga chiqsela qizlaga joy bermisila?

Bunday ishlar insonni olgan tarbiyasiga bog'liq. Besh qo'l berobar emas to'gri. O'zini hurmat qilgan inson o'zgani ham  hurmat qiladi,ishoning. Oramizda AYOLlarNI  E'ZOZLAydiganlar juda ko'p topiladi.

Qayd etilgan


uzboy  06 Mart 2010, 23:31:27

Assalomu alaykum
Nega doim bola avtobus, tranvay, metroga chiqsela qizlaga joy bermisila?
Man qizlarga doim joy berib keganman, kichik bulsa ham katta bulsa ham joy berardim.
Kapalak honim juda to'gri aytibdilar... Uzb.da joy bermasangz yoshi kattaroq odam hammani oldida izza qilishi mumkin, yoki yoshlar o'zi bilgan holatda yoshi kattaga joy berishadi. Evropada ham teskarisi ekan. Bir necha marta joy berdim keksa kishilarga yo'q utirmayman deb uzimni o'tirg'izib quydi, hijolat bulib man ham tik turib ketishga majbur bulaman, bo'sh qolgan joy boshqa yosh bola kelib uitirib oladi...

Qayd etilgan


Nurilla  07 Mart 2010, 01:05:22

Mashina olish kerak, uyni remont qilish kerak. Undan ham oldin soliha qiiz topish kerak. Erkak kishiga mashina albatta kerak. Manga ham ozgina qoldi inshaAlloh.

Qayd etilgan


ibnUyayna  07 Mart 2010, 01:36:28

jgillarga savol:(lologa gap topildi) :P

Bolla bilan gaplashsam,uylanishdan oldin moshina olishim kere deyishadi ko'pincha..Yoki shu moshina olish degan narsaga jaa ko'p urg'u berishadi....

Siladayam shunaqami?uylanishdan oldin yoki keyin albatta moshina olish keremi?
  moshin-poshin keremas...
3-so`m pul,1 kalla qand,1 ta mulla...

Qayd etilgan


Habib  09 Mart 2010, 08:49:53

Erkak kishining markabi bo'lgani yahshi.

Qayd etilgan


Mahdiyah  11 Mart 2010, 05:47:47

Assalamu alaykum.

Yigitlar orasida o'zbek qizlarini atlas, adras kiyishlari tarafdorlari juda ko'p.
Xozirda atlas-adraslar ayollar gordirobida joy olmoqda.
Kelinlarda albatta bu ikki matoda kiyim bor.
Ko'chalarda ham bunga guvoh bo'lsak bo'ladi ko'p bo'lmasa ham.

Savol: O'zbek qizlari ham yigitlarni O'zbek milliy libosida ko'rishni yaxshi ko'rishadi. Shaxsan manga yaktak kiygan inson juda chiroyli ko'rinadi.
Hali yaktak yarashmagan insonni ko'rmadim.
Siz hech bo'lmasa uyda yaktak kiyishni xohlaysizmi? va kiyasizmi?
Ko'chaga... deylik juma namoziga oq yaktakda (yoki boshqa bir milliy, o'zbekligingizni anglatadigan libosda) bora olasizmi? Bora olmasangiz bunga nima to'siqlik qiladi?

Javoblar uchun tashakkur

Qayd etilgan


Habib  11 Mart 2010, 10:18:07

Adras, atlas deganda MATO haqida gap ketyaptimi yo uni kiyish haqidami? Adrasdan tikilgan ochiq ko'ylakdan ko'ra bo'zdan tikilgan yopiq kiyim yahshi ;)
Yaktakka kelsak juda qulay kiyim bo'lsa kerak. Kiyib ko'rmaganman, lekin qulayligini hamma biladi. Asosan yoshi katta insonlar kiyishadi.

Qayd etilgan


uzboy  12 Mart 2010, 04:43:35


Savol: O'zbek qizlari ham yigitlarni O'zbek milliy libosida ko'rishni yaxshi ko'rishadi. Shaxsan manga yaktak kiygan inson juda chiroyli ko'rinadi.
Hali yaktak yarashmagan insonni ko'rmadim.
Siz hech bo'lmasa uyda yaktak kiyishni xohlaysizmi? va kiyasizmi?
Ko'chaga... deylik juma namoziga oq yaktakda (yoki boshqa bir milliy, o'zbekligingizni anglatadigan libosda) bora olasizmi? Bora olmasangiz bunga nima to'siqlik qiladi?


Hech ikkilanmay kiyib yuraman va turli hil madaniy tadbirlarda uzligimizni kursatish uchun do'ppini kiyib yuraman. Jumalarda ham doim kiyib yuraman, suraganlarga o'zbekman deb faxrlanib aytaman. Uzb.ga borganimda Qo'qon bozoridan do'ppilar ob kegandim, do'stlarimga sovgá qib berdim. Milliy kiyimlarimizni kiymasligimga hech qanaqa to'siq yuq

Qayd etilgan


lolo  13 Mart 2010, 07:26:46

jgillarga savol:(lologa gap topildi) :P

Bolla bilan gaplashsam,uylanishdan oldin moshina olishim kere deyishadi ko'pincha..Yoki shu moshina olish degan narsaga jaa ko'p urg'u berishadi....

Siladayam shunaqami?uylanishdan oldin yoki keyin albatta moshina olish keremi?
Bu savolizzi 'qizlarga savollar' mavzusiga qo'ysezam bo'larkan (o'zi nuqul adashib yuribsiz, ha mayli, ruxsat berdim).
Ha, uylangan yigitni (ayniqsa islomiy bo'lsa) moshinasi bo'gani yaxshi. Hotinini ko'chada hammaga ko'z-ko'z qilib yurish yaxshi emas. Keyinchaliroq esa bolalari bn chuvalashib yurisham noqulay... Shunichun shaldiro arava bo'sayam bitta o'zini moshinasi bo'gan yaxshi.

Qayd etilgan