Akbarjon har doimgiday tezda hulosani chiqarib qo'yibsiz-u...
Heh kim tez hulosa chiqarmadi, savolizdan shu mano kelib chiqdi, anglangan ma'no bo'yicha javob berdim, agar bizning javobimizni xoxlamaskansiz unda javob beruvchilarni boshqa User larga o'xshab chegaralab qo'ysangiz bo'larkan!
Men Dinni amrini muhokama qilaylik, demadim, e'tibor bergan bo'lsangiz,
Nafaqat Dining amri balki dunyoviy qonunchilika ko'ra erkak kishining xam ayol kishining xam me'rosdan ulushi bor, buni aytib o'tdim, shuni bilganimiz xolda bu yerda yo'q ayollar meros olishi yaxshi emas deb kim aytadi, unaqada savoliz ritorik savol bo'lib qolyabdiku
hech O'zbekistonda ayol yoki qiz bolaga meros teng bo'lishilganini ko'rmadim, deb ta'kidladim holos. Eshitganlar bo'lsa yozsin, dedim....
siz deylik O'zbekistonda ma'lum bir qismida deylik 20 yoki 25 yil yashagandirsiz, bu degani siz ko'rmagan bo'lsangiz O'zbekistonda erkak kishilar ayol kishini xaq xuquqlarini poymol qilyabdi deganimasku. Xattoki oxirgi vaqtlarda ayol kishning o'rni erkak kishinikiga nisbatan oshib ketayotganligini ko'pchilik tasdiqlashi mumkin
O'zim guvoh bo'lgan xlarda ayol kishilar erkak kishilarga nisbatan meros talashishlikda anchagina "o'rnak" bo'la olishadi, janjal ko'tarish ayyu-hanos solish sudda, balki meros talahsganliklari yuzasidan xech qanday ma'lumotga ega bo'lmaganligingiz uchun xam shunday deyayotgan bo'lsagiz kerak
Undan keyin, O'zbechilik deb, istixola qilish urf odatlar deb ayrim ayollarni o'zlari me'rosdan
VOS KeCHISHADI O'zbekiston respublikasi Notarial qonunchiligiga ko'ra merosdan vos kechish huquqi 6 oygacha saqlanadi (istisno qiluvchi xolatlar bundan mustasno), 6 oydan keyin merosdan vos kecha olmiydi! Shunday ekan, agar me'rosdan vos kechmasa qanday qilib ularga me'ros tegmasligi mumkin! (Agar vasiyat bo'lsa unda boshqa gap)
İltimos savoldan ham har xil fikrlar chiqarmaylik...
Unday bo'lsa savolni aniq qilib yoritish kerakda!
mana ko'rib turganingizday savoliz aniq tushunarli qilib berilmagani uchun 2 marta izoh berishngizga to'g'ri kelyabdi, shuning o'zi xam savolni tushunarsiz berganligingizni bildirmiydimi