Yigitlarga savollar...  ( 314933 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 ... 85 B


Mubashshir Muhammad  19 Aprel 2010, 17:45:34

Savol: Yigit kishi uchun eng muhim dib hisoblangan 5 hislat deb qaysilarni ayta olasiz?

Assalamu alaykum.
1.Va'daga vafodorlik.
2.Yolg'on so'zlamaslik.
3.Halollik.
4.Ibodatda bardavom bo'lish.
5.Kamtarlik.

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  19 Aprel 2010, 17:47:58

A.alaykum.

Kechagi kunlarda bu savol bilan yaqinlarimga murojaat qilgandim. Sizlarni fikrlaringizni ham bilmoqchi bo'ldim:

Sizga halol yo'l bilan birdan 50 ming dollar nasib qilsa bu pulni nima uchun sarf etgan bo'lardingiz?

Oldindan javob uchun rahmat.

Va alaykum assalam.
Ajoyib savol.
Hozirgi yashayotgan uyimizni sotib, shu pulga qo'shib ayamga hovli olib bergan bo'lardim. Qolganiga Hajga olib borardim. :)
Bu hayoldagi narsa birdaniga bo'lmaydiku, lekin Allohdan umidim bor,InshaAlloh.

Qayd etilgan


ibrohim  20 Aprel 2010, 10:06:03

A.alaykum.

Kechagi kunlarda bu savol bilan yaqinlarimga murojaat qilgandim. Sizlarni fikrlaringizni ham bilmoqchi bo'ldim:

Sizga halol yo'l bilan birdan 50 ming dollar nasib qilsa bu pulni nima uchun sarf etgan bo'lardingiz?

Oldindan javob uchun rahmat.

Va alaykum assalom.

 Avvalo yetkazganiga shukr dib, oila, qarindosh-urug', do'st-birodarlarga , so'ngra kasal insonlarga , kontrakt pulini to'lay olmayotgan studentlarga berardim.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  20 Aprel 2010, 14:38:24

A.alaykum.

Yigitlarimizga savollar:

1. Hech ko'cha-ko'yda ochiq-sochiq kiyingan qizlarni ogohlantirganmisiz?

2. Sizningcha bu tur ogohlantirishlar qanday bo'lishi kerak?

Oldindan rahmat, javoblar uchun.
Yo'q ogohlantirmaganman.
Lekin bir do'stimning ogohlantirganligiga guvoh bo'lganman va aytishim mumkinki, qoyil qolganman. O'shanda litseyda o'qirdik. O'rtog'im litseyda sinfboshi (starosta) edi. O'ntacha yigit-qizlar kutubxonada dars tayyorlab o'tirgandik. Shu payt bizdan bir sinf pastda o'qiydigan qiz kirib keldi. Kalta yubka, buni ustiga yelkalari ochiq kiyingan. O'rtog'im "Singlim, litsey o'quvchisi bunday kiyinishi yaxshimas", degan odatiy gapni aytmadi. U o'rnidan turdi va qiznin oldiga kelib:
-Qaysi maktabda o'qigansiz,singlim?- deb so'radi.
-Falonchi maktabda, -javob berdi qiz.
-Yaxshi tarbiya berishgan ekan, -dedi o'rtog'im va nari etdi. Qiz sholg'omdek qizarib ketdi. Shu voqeadan keyin o'sha qizning ochiq kiyinganiga ko'zim tushmagan.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  20 Aprel 2010, 14:46:56

A.alaykum.

Kechagi kunlarda bu savol bilan yaqinlarimga murojaat qilgandim. Sizlarni fikrlaringizni ham bilmoqchi bo'ldim:

Sizga halol yo'l bilan birdan 50 ming dollar nasib qilsa bu pulni nima uchun sarf etgan bo'lardingiz?

Oldindan javob uchun rahmat.

Manga savol yoqdi. O'zimdan aytsam.
Mening orzuim ham, maqsadim ham shunday: halol yo'l bilan katta pulga ega bo'lsam, avvalo bolalar uylai va qariyalar uylariga yordam qo'lini cho'zgan bo'lardim. Ko'ngli yarim, mexr ko'rmaganlarni ko'rsam ezilib ketaman. Negadir yig'lagim keladi. Bir g'arib ko'nglini eta olsang shod, afzaldir Makkani etgandan obod, deb eshitganman. Shunday ekan,  nega imkoniyatim bo'la turib ko'ngli yarimlarning qalbini obod qilmasligim kerak. Siz aytgan puli bor odam shunday savob ishlarga sarflamas ekan, u umri bekorga o'tyayapti ekan. Va ta'kidlasho'rinliki, imkoni bo'laturib g'ariblarga yordam bermas ekan, gunohga botayapti ekan.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  20 Aprel 2010, 14:59:35

Savol: Yigit kishi uchun eng muhim dib hisoblangan 5 hislat deb qaysilarni ayta olasiz?

1) Va'daga vafo;
2) Rostgo'ylik;
3) Sadoqat;
4) To'g'rilik;
5) Mardlik.

Qayd etilgan


Habib  20 Aprel 2010, 15:20:59

A.alaykum.

Kechagi kunlarda bu savol bilan yaqinlarimga murojaat qilgandim. Sizlarni fikrlaringizni ham bilmoqchi bo'ldim:

Sizga halol yo'l bilan birdan 50 ming dollar nasib qilsa bu pulni nima uchun sarf etgan bo'lardingiz?

Oldindan javob uchun rahmat.
Ishtaha ovqat paytida keladi deganlaridek hozir,qo'limizda yo'q paytida unday qilamiz,bunday qilamiz deymiz hammamiz. Lekin o'sha pul qo'lga tushganda fikr o'zgarishi mumkin.  Asosiysi, HALOL yo'l bilan kelgani HALOLga ketsin!

Qayd etilgan


Muxsinahon  20 Aprel 2010, 17:48:35

 :as: oldindan uzr so'riman g'alati savol bolib tuyilsa lekin goda hayron qolaman nega  bazi bir erkaklar o'z jufti halollariga aynan qulga muomila qilgandek muomilada bo'lishadi hattoki o'z qulog'im bn eshitganman kk bo'lsa 1 umr yalintirib yashataman deyishadi hattoki bu holat islomiy oiladagi erkaklardan chiqqan gap bo'ladi vaholanki ayollar sizlarga omonat qilib berilmaganmi?

Qayd etilgan


JaviK  20 Aprel 2010, 18:15:18

Hamma narsa Oilaviy sharoit va Muhitdan kelib chiqqan voqelikda sodir bo`ladi.

Qayd etilgan


Habib  21 Aprel 2010, 09:22:01

:as: oldindan uzr so'riman g'alati savol bolib tuyilsa lekin goda hayron qolaman nega  bazi bir erkaklar o'z jufti halollariga aynan qulga muomila qilgandek muomilada bo'lishadi hattoki o'z qulog'im bn eshitganman kk bo'lsa 1 umr yalintirib yashataman deyishadi hattoki bu holat islomiy oiladagi erkaklardan chiqqan gap bo'ladi vaholanki ayollar sizlarga omonat qilib berilmaganmi?

Omonat qilib berilgan.
 
O'sha gapni aytayotgan ERKAK oldin uylansin. Uylanish nima ekanligini bilsin. Juda ko'pchilik bor og'zini to'ldirib: "Uylnasam unaqa qivoraman, bunaqa qivoraman...Onamni oyog'ini ostiga supurgi qilib tasab qo'yaman" deyishadi. To'ydan keyin buni aksi bo'ladi ko'pincha. Xotin-bu ne'mat. Uylansez,  ust-boshizga qaraydi, zurriyod tug'ib beradi,ertalablari ibodatga uyg'otadi..
Guruch kurmaksiz bo'laydi, og'zi kattalar gapiraveradi. Ayol kishini aqlli xotin yoki teskarisi bo'lishi erga ko'p jihatdan bog'liq bo'ladi.

Qayd etilgan