Yigitlarga savollar...  ( 436039 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 ... 85 B

Muxsinahon  21 Aprel 2010, 15:37:29

:as: oldindan uzr so'riman g'alati savol bolib tuyilsa lekin goda hayron qolaman nega  bazi bir erkaklar o'z jufti halollariga aynan qulga muomila qilgandek muomilada bo'lishadi hattoki o'z qulog'im bn eshitganman kk bo'lsa 1 umr yalintirib yashataman deyishadi hattoki bu holat islomiy oiladagi erkaklardan chiqqan gap bo'ladi vaholanki ayollar sizlarga omonat qilib berilmaganmi?

Omonat qilib berilgan.
 
O'sha gapni aytayotgan ERKAK oldin uylansin. Uylanish nima ekanligini bilsin. Juda ko'pchilik bor og'zini to'ldirib: "Uylnasam unaqa qivoraman, bunaqa qivoraman...Onamni oyog'ini ostiga supurgi qilib tasab qo'yaman" deyishadi. To'ydan keyin buni aksi bo'ladi ko'pincha. Xotin-bu ne'mat. Uylansez,  ust-boshizga qaraydi, zurriyod tug'ib beradi,ertalablari ibodatga uyg'otadi..
Guruch kurmaksiz bo'laydi, og'zi kattalar gapiraveradi. Ayol kishini aqlli xotin yoki teskarisi bo'lishi erga ko'p jihatdan bog'liq bo'ladi.
javobizdan qoniqdim Alloh rozi bo'lsin sizdan

Qayd etilgan

Mahdiyah  22 Aprel 2010, 06:33:30

Tasavvur qiling...
Oila qurdingiz. Ayolingiz ham ko'nglingizdagidek ayol. Sizga hamisha yaxshi.
10 yildan keyin ayolingizda ham, o'zingizda ham sovuqchilik sezdingiz (bunga ta'sir etadigan omillar juda ko'p)

Oilaviy muhitni yaxshilashda nima chora qilgan bo'lar edingiz?

P.S. Bilaman forumdagi ko'p yigitlar hali oilali emaslar. Shunchaki bu savolni shu vaziyatga tushib ko'rishlari uchun berdim.
Chunki ko'p oilalarda ayni shu xolat bilan oila buzilib ketmoqda...

Qayd etilgan

JaviK  22 Aprel 2010, 08:35:18

:as: Avvalam bor bu savolga uylanganlar to`liq javob bera olsa kerak nazarimda, lekin men ham hayotiy kuzatishlardan kelib chiqib, shaxsiy fikrlarimni bildirmoqchiman, Yangi oila bahtli hayot, lekin vaqt o`tgan sari yigit ishbilarmon bo`lsa, ishi rivojlanib ko`tariladi, atrofida har hil odamlar, ziyofatlar, uyga kech kelish,  hotini esa bundan rashq qila boshlaydi, zeroki eridan shubhalangan ayol unga ishonmaydi, oldingidek muomilada bo`lmaydi va o`rtalariga sovuqchilik tushadi, yana bir holat oila muhiti qashshoqlashib qolsa, yani bora bora kambag`allashuvi yuzasidan, oilada urush  chiqadi, ro`zg`or to`lmasligi, bollariga kiyim olish, va boshqa bir mojarolardan eri hotin o`rtasiga sovuqchilik tushishi mumkin.
Bunday holat yuzaga kelsa eri hotindan biri aqlli bo`lishi shart, aks holda ajralish yuzaga keladi. Ne bo`lsa ollohdan, unga bundan ham yomon bo`lishi mumkin, yomonidan saqlaganingga shukur ollohim deb yashash kerak.

P.S: Shaxsiy fikrim.

Qayd etilgan

Abu Muso  22 Aprel 2010, 11:03:16

Oilaviy muhitni yaxshilashda nima chora qilgan bo'lar edingiz?

 :as:

Avvalo oilaviy muhit o'sha ahvolga kelib qolmasligi uchun,
erkak oilasiga, ayoliga e'tiborliroq bo'lishi kerak. Ko'pgina
holatda biz erkaklar uyga faqatgina uxlash uchun kelamiz.
Hatto qornimizni ham ko'chadan to'yg'izib, choy ichishga
ham joy qoldirmay kelamiz.  :D  Biror suhbat qurish uyoqda
tursin, hatto bizga berilgan savollarga ham javob bermaymiz.
Ish yoki ko'chadan so'rasa, senga nima qizig'i bor, deymiz.
Uydagi muammolardan so'z ochsa, boshni og'ritmay turgin,
deymiz... Bu holat ko'pgina oilalarda kuzatiladi.

Uyga kelib, bugun nima ovqat qildingiz, deb so'rab, ovqatni
eb bo'lgach esa, juda shirin bo'lipti, deb qo'yilsa olam guliston.
Vaqt topib, ham dunyoviy ham diniy mavzularda suhbatlashib,
kezi kelganda hazillashib turilsa va shu kabi narsalarga e'tibor
berib turilsa, oilaviy muhit sog'lom bo'lai, inshaAlloh.

P.S.: Bu mavzu haqida juda uzoq yozish mumkin...

Qayd etilgan

Mr.Twister  27 Aprel 2010, 19:12:24

50 ming $

Xo`sh, birinchi navbatda niyatim bor shunibajarish: Dadamga yangi mashina, ota-onamni Hajga jo`natish. Keyin uni oborotga qo`ysa ham bo`ladi.

Qayd etilgan

Muxsinahon  28 Aprel 2010, 01:56:51

1 ta savol bermoqchidim agar g'alati bo'sa uzr so'riman oldindan

siz uylandiz ayoliz hijobdala lekin onangiz dunyoviyla yani hijobdamasla dunyoga berilganla dimoqchiman toydan kn onangiz ayolin hijobini echsin man qavmi qarindosh qonu qoshni oldida boshimni kotaromi qoldim etganimmi qildirmasen sendek og'lim yoq disa qanday yol tutgan bolardiz ,  jvb la uchun oldindan rahmat

Qayd etilgan

Habib  28 Aprel 2010, 12:56:07

Ота-онангга итоат қил. Агар улар сенинг бу дунёдан чиқиб кетишингга сабаб бслса ҳам, улар учун чиқ.
Ота-онага итоат қилишга катта сътибор беришимиз лозим. Модомики, маъсист смас скан, съни, Аллоҳ таолога гуноҳ бсладиган нарса бслмаса, ҳаммасида ота-онага итоат қилишимиз керак.
Аллоҳ таолога гуноҳ бсладиган ишга амр қилсалар, узр айтилади. Мисол учун, ароқ олиб келишга буюрсалар, «фалон гуноҳ ишни қил», «ҳаромдан мол топ» ёки шунга схшаган нарсаларни айтсалар, «Узр, бу ҳаром, Аллоҳга гуноҳкор бслиб қоламан, мен учун жоиз смас, сизларни ҳурмат қиламан, лекин бу тарафдан узрни қабул қиласизлар», деган маънода узр айтилади.
Тслиқ сқиш учун босинг

Qayd etilgan

muhibb  28 Aprel 2010, 15:25:00

1 ta savol bermoqchidim agar g'alati bo'sa uzr so'riman oldindan

siz uylandiz ayoliz hijobdala lekin onangiz dunyoviyla yani hijobdamasla dunyoga berilganla dimoqchiman toydan kn onangiz ayolin hijobini echsin man qavmi qarindosh qonu qoshni oldida boshimni kotaromi qoldim etganimmi qildirmasen sendek og'lim yoq disa qanday yol tutgan bolardiz ,  jvb la uchun oldindan rahmat

Agar qaynona-kelin o'rtasida muammo chiqadigan bo'lsa, er xotinni alohida uy bilan ta'minlab erishi vojib bo'ladi. Bu masalaning bir tomoni.
Masalaning ikkinchi tomoni esa, gunohga boshlangan holatda bo'ysunilmaydi. ota-ona yoki rahbarlarimiz gunoh sari buyurishsa, uni tark qilishimiz farz bo'ladi.

Har ikki holatda ham onaning hatto "oq" qilishi asosli hisoblanmaydi, uning so'zi e'tiborga olinmaydi.

Qayd etilgan

muhibb  28 Aprel 2010, 15:38:19

:as: oldindan uzr so'riman g'alati savol bolib tuyilsa lekin goda hayron qolaman nega  bazi bir erkaklar o'z jufti halollariga aynan qulga muomila qilgandek muomilada bo'lishadi hattoki o'z qulog'im bn eshitganman kk bo'lsa 1 umr yalintirib yashataman deyishadi hattoki bu holat islomiy oiladagi erkaklardan chiqqan gap bo'ladi vaholanki ayollar sizlarga omonat qilib berilmaganmi?

Bunga asosiy sabab, tarbiyasizlik deb hisoblayman.

1. Erkakda xotinga munosabat tarbiyasi umuman yo'q. Biz ozbeklarda xotinlar erlarning xizmatini qiladilar. Kelinlar qaynonalarining xizmatini. Xizmat qilgan kelin-oa, keyinchalik o'zi xizmatni ko'rgisi keladi, yana orzu-havas degan tushuncha bor....qisqasi, xizmatchi ma'nosida qaraladi ayollarimiz. Shu kayfiyatda ekanmiz, Otalarimiz onalarimizga qilgan muomalalariday muomalani biz ham xotinlarimizga qilamiz.

2. Islomiy tarbiyaning yo'qligi. Bizda xotin erning xizmatini qilishi lozim deb qaraladi. Ma'lumki, erining xzmatini qilib, savob olishga chaqiruvchi hadislar ko'p. Aslida bu hadislar ayollarga aytilgan. Biz erkaklar esa, uni o'z manfaatimizga ko'ra suiste'mol qilamiz. Ya'ni erkaklarimiz va ayollarmiz o'z haq-huquqlarini bilmaydilar.

Qo'polroq bir misolni keltirsam, to'g'ri qabul qilasiz. "Qozon boshida bo'lsangiz ham, eringiz chaqirsa, yoniga boring (qaysi ma'noda chaqirganini aytib o'tirmayman, mohiyatini tushundingiz deb umid qilaman)" mazmunida bir hadis bor. Shu hadisni istalgan erkakka aytsangiz, uni o'zining vakolati, xotinning vazifasi deb qabul qiladi. Aslida shunday toifadagi odamlarga: "Xotinni ovqat bilan ta'minlash kimning vazifasi?" deb so'rasangiz, "O'zim!" deya olmaydi. Ana shunday erkaklar, o'z vazifalarini xotinlariga yuklab, yana qo'shimcha vazifa talab qiladilar.

P.S. Afsuski, o'zim ham shunday erkaklar qatoriga kiraman :) Ovqat tuzsiz chiqsa, paypoqlarim yuvilmagan bo'lsa,....darrov jahlim chiqadi. Bunga o'zbekona yondashuvim ta'sir qiladi deb hisoblayman.

Qayd etilgan

muhibb  28 Aprel 2010, 15:46:45

Tasavvur qiling...
Oila qurdingiz. Ayolingiz ham ko'nglingizdagidek ayol. Sizga hamisha yaxshi.
10 yildan keyin ayolingizda ham, o'zingizda ham sovuqchilik sezdingiz (bunga ta'sir etadigan omillar juda ko'p)

Oilaviy muhitni yaxshilashda nima chora qilgan bo'lar edingiz?

P.S. Bilaman forumdagi ko'p yigitlar hali oilali emaslar. Shunchaki bu savolni shu vaziyatga tushib ko'rishlari uchun berdim.
Chunki ko'p oilalarda ayni shu xolat bilan oila buzilib ketmoqda...

Eng avvalo, sovuqchilik tushadigan har qanday holatdan uzoq bo'lishga harakat qilaman. Hayot bir maromda davom etmasligini, quvonchli damlar bo'lgani kabi, g'amgin vaqtlarim ham bo'lishini aslo esimdan chiqarmayman. Shuningdek, har qanday holatda ota-ona doxil, har kimdan yomonlik bo'lishi ehtimolini ongimda singdirib boraman. Qisqasi, ko'ngilsizliklarga oldindan psixologik tayyor bo'laman.

Eng yaxshi chora Hazrat Umarning yo'llari bo'lsa kerak. Ayolimning biror harakati yoki holati menda norozilik uyg'otsa, darhol yaxshi taraflarini o'ylay boshlayman. Shuda, norozi bo'lishimga arziydimi shu mayda ish?.... degan savol beraman.

Psixologiyada jahl chiqqanda vaziyatni o'zgartirish metodi bor. Bu Payg'ambarimizning: "Jahlingiz chiqqan vaqtda turgan bo'lsangiz, o'tirib oling,....." mazmunidagi hadisga asoslangan. Shunday holatda masalan hazillashaman, uydan toza havoga chiqib ketaman, kesatiq qilaman, ja bo'maganda bir musht tushiraman.

Qayd etilgan