Yigitlarga savollar...  ( 329077 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 ... 85 B


yoqutxon  15 Noyabr 2010, 21:57:01

Habib akani gaplariga mutlaq qo'shilaman. Agar mani xotinim kotta ketadigan bo'lsa, kichkina qilib qo'yaman. Hatto mani uchta kenayim ham manga qattu gapirisholmaydi, boyni qizi bo'ladimi, mandan aqlli bo'ladimi, ayyora, makkora bo'ladimi, hammasini "dux"iga o'tqazib qo'yganman. Hech qachon xotinini oldida tili qisiq bo'lishi kerak emas erkak kishini.
:as:
Nurillobek erkaklik g'ururi hech qachon sinmasin Iloyim. Lekin bunaqa "duxiga o'tqazib qo'yaman", "kichkina qib qo'yaman" degan gaplariz qo'pol chiqibdi.Ayol ojizadir uni asrash lozim.....
Qolaversa  chiroyli hulq Payg'ambarimizdan sunnat hisoblanadi. :as:

Qayd etilgan


Nurilla  15 Noyabr 2010, 22:04:51

To'g'ri ayttingiz yoqutxon. Juda qo'pol yozvordim. Qo'polligim uchun uzurasizlar. :)

Qayd etilgan


jasur.best  15 Noyabr 2010, 23:19:42

Nurilllobekni gaplariga qo'shilaman. Yigit kishi ayolidan ustin bo'lishi kerak deb hisoblayman. Chunki bu qadim zamonlardan beri davom etib keladi. Oilaning boshi - erkak kishi. "Ikki qo'chqorning boshi bir qozonda qaynamaydi". 

Qayd etilgan


JaviK  17 Noyabr 2010, 10:24:43

:as:
Mansabdor ayolning eri bo'lgandan ko'ra juldur kiyimli qalandar bo'lgan afzal : )

Barcha yigitlarga savol:

Nega yigitlar hotini (yoki bo'lajak hotini) o'zidan ko'ra 1) aqlli, 2) boy, 3) mansabdor bo'lishidan qo'rqishadi?
Masalan, nega yigitlar uchun "Agar aqlli (ilmli) bo'sa, manga aql o'rgatadi" degan tushuncha qo'rqinchli hisoblanadi?

Aql deganda qamday ma`no ketmoqda. misol uchun ayolim mendn ko`ra ilmli (diniy) bo`lsa qarshi emasman, (Hursand bo`laman). chunki farzand tarbiyasida ayolning o`rni ham bor, ona qanday bo`lsa farzandlar ham shunday tarbiya oladi, Aytadiku Onasini ko`rib qizini ol, Ota o`g`illik bo`lsa, ha endi biz bilmagan ishlari ham ochiladi deydi.
Ayolim mansabdor bo`lmaydi va  mendan ko`ra boy ham! 


P/S :Bir voqea esimga tushib ketdi, Bir badavlat inson bolgan ekan hotini bilan bozorga borishibdi, hamma narsa olishibdida 1 dona ustunga puli yetmay qolibdi, shunda hotini mana menda pul bor deb pul beribdi. Uy ham bidibdi, lekin har orada o`sa uyda choy ichib o`tirishganida hotini manabu ustunni qaren meni pulimga kelgani bilinib turibdida salobatligini der ekan, ohiri erini joniga tegibdi uyni boshqqattan buzib o`z puliga qilibdi va hotirjam choy ixhadigon bo`libdi!

Qayd etilgan


Shokir63  18 Noyabr 2010, 20:09:05

:as:
Mansabdor ayolning eri bo'lgandan ko'ra juldur kiyimli qalandar bo'lgan afzal : )

Barcha yigitlarga savol:

Nega yigitlar hotini (yoki bo'lajak hotini) o'zidan ko'ra 1) aqlli, 2) boy, 3) mansabdor bo'lishidan qo'rqishadi?
Masalan, nega yigitlar uchun "Agar aqlli (ilmli) bo'sa, manga aql o'rgatadi" degan tushuncha qo'rqinchli hisoblanadi?


Erkaklar ayolining aqlliroq, puldorroq bo'lishidan qo'rqishmaydi, erkaklar oilaning buzilishidan qo'rqishadi, shuning natijasida ko'pincha o'ziga tengini olishga harakat qilishadi. Ba'zilar boy qizlarning orqasidan yuribti,deb misol keltirishingiz mumkin, shuning uchun men ham jumlani erkaklar so'zi bilan boshladim.

Erkak kishi oilaning boshlig'i, boquvchisi. Xotin kishi ko'p pul ishlab kela boshlagach, bir-birini xato tushunishlar ko'proq bo'ladi xolos. Ayol erining xizmatini qilayotgan payt, oldinlari oddiy ko'ringan narsani shayton vohimali qilib ko'rsadi. Erkakning kongliga ayolning ishlashdan oldin bunaqa qilmasdi degan xayollar tez-tez kela boshlaydi. Ayolning esa o'z-o'zidan men oilam uchun ishlab hali aybli ham bo'laymi degan fikrlar kela boshlaydi. Ko'pincha erkak kishi och kelgan payti oilada janjallar sodir bo'ladi, chunki och kishining jahli tez chiqadi. Oldinlari vaqtida pishgan ovqat endi ayolning ishldan kechroq kelgani sababli vaqtida pishmagan bo'ladi va janjal boshlanadi. Aslida shu payt bittagina tahorat olinsa tinch hayot tinchgina davom etib ketaveradiyu, lekin shayton, kibr taraflarni adasgtiradi. Nega shaytonga yopishding, odamzodning ayblarini shaytonga to'nkayvermasangchi deyilishi mumkin, lekin unutmangki shaytonni eng ko'p xursand qiladigan narsa bu oilaning buzilishidir.
Ayol kishining boyligidan qo'rqmaymiz, uning oqibatida keladigan tushunmovchiliklardan qo'rqamiz, agar kimdir fidoiyroq, sabrliroq bolaman desa uylansin boyrog'iga, lekin bunday turmush juda ham ko'p fidoiylikni talab etadi.
BU mo'mina ayolning ishlashga majbur bo'lgani taqqirdagi holat edi, lekin keltirgan foydasini yuzingga urib, barcha qilgan yaxshiliklaringni mensimay, man unday man bunday deydigan ayollardan xudo saqlasin. Bunday erkaklar ham bor. Farzandlarining oldida keltirganlarini doim minnat qilib o'tiradigan. Bunday otalardan farzandning ko'ngli juda tez qolib ketadi. Ota qiymatini farzandga onaning tushuntirgani maqul, eng yaxshi tushuntirish esa, uni amalda ezoshlash.

Qayd etilgan


_IYMONA_  17 Yanvar 2011, 08:40:11

Assalamu alaykum. Barcha "bo'ydoq" forumdosh userlarga savolim: ko'nglingizdagidek umr yo'ldoshni qanday tasavvur qilasizlar, qaysi hislatlar va talablar bo'lishini xohlardingiz yoki qaysi jihatlardan xoli bo'lishini xohlardiz? Javoblar uchun oldindan rahmat.

Qayd etilgan


Nurilla  17 Yanvar 2011, 09:56:21

Savol uchun rahmat _IYMONA_.
Avvalo Alloh hamma bo'ydoqlarni o'sha kunga yetkazsin. Man bo'lajak umr yo'ldoshimmi iymonli, e'tiqodli, Alloh va rasulini sevuvchi va tanigan, ota-onasini erkatoyi bo'lmagan (erkatoy yangi uyda ham erkaligini qilishi mumkinde), odobli, farosatli, mehribon, xushmuomala deb tasavvur qilaman. InshaAlloh onam topalla manga, agar yoqsa. Onamga yoqib manga yoqmasa, manga yoqib onamga yoqmasa, qaynona-kelin muammolari chiqishi mumkin. Javobim qoniqtirdi deb umid qilaman.

Qayd etilgan


Abu Muso  17 Yanvar 2011, 09:57:48

 :as:

Menimcha, "ko'nglingizdagidek" degan savolga bo'ydoqmaslar ham javob bersa bo'ladi... ;)

Qayd etilgan


Nurdinboy  17 Yanvar 2011, 10:38:24

Assalamu alaykum. Barcha "bo'ydoq" forumdosh userlarga savolim: ko'nglingizdagidek umr yo'ldoshni qanday tasavvur qilasizlar, qaysi hislatlar va talablar bo'lishini xohlardingiz yoki qaysi jihatlardan xoli bo'lishini xohlardiz? Javoblar uchun oldindan rahmat.

Савол учун сна бир бора раҳмат. А­нди, жавобга келсак, ҳар бир бсйдоқ йигитлар биринчи сринда имонли, сътиқодли, ақлли, фаросатли, диёнатли, назофатли, фасоҳат ва фатонатли, пазанда (бу биринчи сринда туради), "ст" десанг "бет" демайдиган, бир ссз билан айтганда турмуш сртоғига бсйсунадиган қизларни орзу қилади.
Ҳа, албатта чиройли ҳам. (Ксп нарса талаб қивормадим шекилли ;D)



Qayd etilgan


_IYMONA_  17 Yanvar 2011, 14:47:28

   Uylanganlar  ko'nglingizdagidek rafiqani uchratgansizlar desam hech mubolag'a bo'lmas... :7
   Alloh barchamizga hayrlisini ato qilsin...

Qayd etilgan