Ўзимча гапирмай, илмий ёндашсам. "АА" масаласи бсйича. А ухсатингиз билан.
АА (форсча - йсқ, смас) Уюшиқ бслаклар ва уюшиқ гаплар бошида такрорланиб, уларни боғлайди ва бслишли феъл билан инкор маъносини билдиради. Ундан на хат бор, на хабар.
"Ўзбек тилининг изоҳли луғати"
ан-Аасафий, siz haqsiz, men noto'g'ri yozganman, zotan birinchi postingizdan keyinoq bilgandim xatoligini. Demoqchi bo'lganim, ba'zi bir OAVlar kishini chalg'ityapti, masalan: "imon"ni "iymon", "afv"ni "avf", "yurakka"ni "yurakga", "toqqa"ni "tog'ga" deb yozishadi. Bular tehnik xatolar emas, oddiy xatolar ham emas, bular aynan ilmsizlikdan chiqadigan, bora-bora to'g'riga aylanib borayotgan xatolardir. Hozir yodimga kelmagani bilan, bunaqa xatolarni ko'piga guvoh bo'lganman. Qayta-qayta ko'ravergandan keyin kishining ko'zi o'rganib qolarkan. Yurtimizning eng oldi islom saytlaridan va o'zbek tilida chop etilayotgan eng sara diniy kitoblardan o'qib hozirda "imon"ni men ham "iymon" deb yozadigan bo'libman. "Afv"ni esa eskirgan so'zlar qatoriga qo'shib, "yurakka"ni xuddi "O'tkan kunlar"dagi "o'tkan" hozirda "o'tgan" deyiladiku, bu ham shunaqa-da deb o'ylab boshladim. Birinchi navbatda jurnalist inson bu narsalarni yaxshi bilishi kerak emasmi? Qashqadaryolik bo'lsangiz "Qashqadaryo" telekanalini ko'rib tursangiz kerak. Ko'p xato qilishadi. Bizning "ShTV" (Shahrisabz)niku ko'rib na kulgingiz na yig'lagingiz keladi. Ko'chada qanday gaplashishsa TVda ham suddi shunday. Xayf senga jurnalistlik deb yuborasan. Shunday vaqtlarda bir o'qituvchimizning gapi yodimga tushadi:
"Hozirgi zamonda eshakning xurjiniga pul to'ldirib universitetning bu darvozasidan kiritib yuborsang, nargisidan diplom bilan chiqib ketadi."