Hali bo'ydoq bo'lsam ham, lekin umid degan narsa hayolotimda bo'lajak farzandlar bilan o'ynash, ularga nasixat qilish, o'rgatish kabi tasavvurlarni har-har zamonda uyg'otib turadi. Ayniqsa bugungi kunda ko'cha ko'yda hali boshlang'ich sinflarni tamomlamagan (balki bog'chaga borar) bolakaylarning tilidan hatto kattalar uyatib ketadigan so'zlarni eshitsam farzandim bunday bo'lmasligini Ollohdan so'rayman.
Fikri ojizimcha, farzand o'g'il bo'ladimi, qiz bo'ladimi, eng birinchi tarbiyani atrofidagi odamlardan oladi. Uni kimlar o'ynatadi, qanday muomala qiladi, uni yonida (kattalar) bir-biri bilan qanday suhbat qilishadi - bularning hammasi go'dakka ta'sir etmay qo'ymaydi. Ayniqsa, chaqaloq oldida tamaki tutatmaslik, uyali telefon ishlatmaslik, bunday narsalarni ularga yaqinlashtirmaslik, televizor qarshisiga yo'latmaslik, ularning oldida qattiq va jahl bilan gaplashmaslik va shu kabilarni qilmaslik kerak deb o'ylayman.
Bir paytlar kompyuterxona (game club) yaqinida ishlagandim. Biror narsa kerak bo'lganda chiqib turardim. U yerga asosan maktab o'quvchilari darsdan chiqib, ba'zan darslarini qoldirib bo'lsada kelishardi. Ular o'yinga shunchalik berilib ketishardiki, og'zidan qanday so'z chiqishini ham bilmay qolardi. Bir ikkitasini urishib berdim, qani gap ta'sir qilsa... Hatto bir bola maktabdan so'ng uyiga borib, besh yoshli singlisi va bir yarim-ikki yoshli ukasini boshlab kelardi. Aytishicha, toza havoga aylantirgani olib chiqqanmish. To bu bola o'yinini o'ynab to'yguncha ukasi yig'layverib tomoqlari qirilib ketardi... Bundanam yomon tomoni, administratorni befarqligi edi. Qaramaysizmi, me'yor bilan qo'ymaysizmi degan gaplarim zoe...
Yana bir ko'rib guvoh bo'lganim, muzqaymoq do'konimizga ba'zan yigit-qizlar kelib turishadi. Bir qiz chaqalor ukasini ko'tarib keldi. Nima bo'ldi bilmayman, bir mahal chaqaloq(!) ukasini yuziga tarsillati urdi-ya -"sharmanda qilmay o'l"... Yigitchalarini oldida sharmanda qilganmish... Essiz bolakaylar...
Mavzudan sal chetlashib ketibman, lekin ko'rganlarim edi. Xullas, farzandni komil inson bo'lishi uchun har tomonlama nazorat qilib, u bilan do'st bo'lib tarbiya berish kerak deb o'ylayman.
Savol uchun tashakkur