Assalomu alaykum!
Hali oila qurishga erta bo'lsada, oila haqidagi savollarga javob berish, yoki kitoblardan o'rganishni yoqtiraman.
Mobil versiyada bo'lganim uchun savollarni iqtibosga ololmadim.
1. Kelajakda oilali bo'lib, Alloh menga ham farzand ato qilsa, albatta uning tarbiyasiga qattiq bel bog'layman. Bu yo'lda jazo va mukofot paytlari bo'lishi tabiiy. Meni fikrimcha, bolalarni harakter xilma-xil bo'lgani uchun, ba'zilariga urish foyda bermaydi. O'ta yuvosh, nimjon bolalarni tarbiyalash ham nozikroq bo'ladi. Urmasdan, boshqa ajabtovur yo'llarni topish kerak. Sho'x bolalarga esa, o'z vaqtida kaltak (jarohat yetkazmasdan) ham foyda beradi. Albatta imkon qadar bu daraja olib bormaslikka harakat qilinadi. Onasi taqvodor bo'lsa, hammasi oson kechadi.
2. Noma'qul agar diniy, tarbiyaviy jihatdan bo'lsa, bunday o'rtoqlardan uzoqda saqlashga harakat qilaman. Chunki bolaning tarbiyasiga uning do'stlari juda katta ta'sir o'tkazadi.
3. Qarz oldi-berdisi haqida Qur'onda eng uzun oyat nozil bo'lgan. Umuman barcha odoblari va shartlarini joyiga qo'ysa, bemalol bunday ishni amalga oshirsa bo'ladi. Yana bir asosiy narsa, qarz olayotganda albatta o'z vaqtida qaytaraman degan niyat bo'lishi kerak. Ana shunda qarzdan tezroq qutulishga Alloh yordam beradi. O'lmasam berarman deb qarz olsa, ishonavering, u hali beri qaytarmaydi.
4. Ayollarni, umuman insonlarni harakteriga nisbatan umumiy javob berib bo'lmaydi. Ayollar ham har xil bo'ladi. Birida bir nuqson, boshqasida esa boshqa nuqson bo'lishi mumkin. Hamma ayollarda bo'ladigan hos harakterlarga kelsak, yoqadimi yoqmaydi iloji yo'q, chidashga majburmiz)) Qovurg'ani to'g'irlayman deb harakat qilsangiz sinib qoladi. Shunday yaratilgan ekanmi, boriga shukur. Ayb-nuqsonlar erkaklarda ham kam emas. Mayli, bittasini aytaqolay, ayollarni ko'p gapirishlari yoqmaydi. Bu "hislat" ko'pincha ayollarda uchraydi. Qisqa-lo'nda gapirsalar judayam afzal bo'ladi.