Muallif Mavzu: Baxs va munozara qilganda nimalarga e'tibor qaratish kerak deb o'ylaysiz?  ( 12241 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Shokir63

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 285
  • -oldi: 372
  • Xabarlar: 309
  • Jins: Erkak
Munozarada yutqizsang ko'proq xyrsand bo'l, chunki xatongni to'g'rilagan bo'lasan.
Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor.

lolo

  • Mehmon
 :as:

"Baxs va munozara" Bu juda ulkan mavzu, ayniqsa hozirgi davrimizda! Bu masala bo'yicha tom-tom kitoblar yozishlari mumkin, ayniqsa hozirgi baxs-munozaraga mukkasidan ketgan gapdonlar. Shunday ekan bu masalaning ko'pgina qorong'u nuqtalariga aniqliklar kiritib olsak foydadan holi bo'lmaydi.

Bu faoliyatning yagona maqsadi haqiqatni oydinlashtirishdir. Biroq ko'pgina munozarachi buni unutib qo'yishi oqibatida masalani uzundan-uzun cho'zilib ketishiga sababchi bo'lib qoladi. Ya'ni uning dardi asosan yutqazmaslik bo'ladi. Bunday raqibdan qo'l siltash kerak, har qanday yangi laqablarga ega bo'lishingizdan qat'iy nazar. Ha, hayotta bu narsa juda ko'p uchraydi va buni, ya'ni qo'l siltab ketgan odamni yutqazganlikda ayblashimiz har doyim ham to'g'ri bo'lavermaydi. Bundan tashqari nohaq tomon o'zining juda gapga ustaligi oqibatida ham ko'pincha yutib chiqadi.

Yana ba'zan ovsar munozarachilar ham bo'ladi. Bundaylar birgina narsani bilib qolib, hali bu masalani har tomonlama o'rganmay turib shu masalaga teskari yurgan odamni topib olib yoqasidan shunday oladiki..., xatto bechora raqibining aytayotgan so'zlari bu ovsarni ko'ziga ko'rinmay qoladi. Hayolida faqat o'zi to'g'ri va boshqalarni ham shunga majburlashi shart!

Aslida raqibingizga o'zi nima kerakligi va maqsadini bilish qiyin emas. Haqiqatdan ham HAQIQAT kerak bo'lgan odamga ozgina so'z ham kifoya. Aksinchalar esa - o'sha ozgina so'zdan qiyiq ahtarishga, siz etayotgan fikrga teskari ma'lumotlar izlash bilan band bo'ladi.

Haq bo'la turib yutqazgan odamning yutgan fikrlari quyidagicha bo'lgani ma'qul: "Haa, hayotta shundaylar ham bor ekan. Haqiqatni tan olmaydi, dardi faqat yutib chiqish. Bekorga mani vaqtimni oldi-ya... Hechqisi yo'q, keyingi safar bundaylarga "Salomat bo'ling!" deya qo'l siltab o'taman.

Va munozara jarayonida nohaqligimni payqab qolsam darhol haqni tan olaman, manga obro'yim emas, haqiqat muhimroqdir! Chunki o'zimni o'zim aldashni yomon ko'raman!"


Alloh barchamizga mana shunday tavfiq bersin!
  :amn:

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Bahs va munozaralarda faqat bir narsalarni aytish uchun jon otib hovliqish emas, qarshimizdagi insonni tinglashni ko'proq o'rgansak yana ham ko'proq bilimga ega bo'lamiz, deb o'ylayman.

Shokir63

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 285
  • -oldi: 372
  • Xabarlar: 309
  • Jins: Erkak
Forumimizdagi bahslarda quyidagi holat ko'p uchraydi.

Fikrimni tushuntirish uchun misol keltiray. Masalan bir stol mavjud. Uning 4 ta oyog'i bor. Stolning rangi oq.

Bir forumdosh "bu stol oq" deydi, biri "yo'q buning to'rtta oyog'i bor" deydi, uchinchisi "birodar, sizning uning oyog'i bilan nima ishingiz bor" deb masala o'rtada aylanaveradi.
Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Bahs va munozaraga kelgan insonlarni avvalo niyyat  va maqsadlariga yaxshilab qarash kerak:

1. Bazilari qarshisida o'zidan farqli o'ylagan odamni "ezgani" kelgan

2. Bazilari bu mavzuda yana ham ko'proq narsa o'rgangani kelgan

3. Bazilari yana aynan shu mavzuda qarshisidagi insonga yana ham ko'proq narsa o'rgatgani kelgan

4. Bazilari shunchaki gap bo'lsin, deb "vaqt o'ldirgani" kelgan


Biz ham avvalo o'zimizdan so'rashimiz kerak, "men bu bahs va munozaraga nima maqsadda qatnashdim" ? ? ?


Муҳаммад Соҳиб

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 364
  • -oldi: 1816
  • Xabarlar: 807
  • Jins: Erkak
  • Аллоҳ иймонимиздан айирмасин
Хар кандай мавзу хусусида бахс бошланиши маълум булса, энг аввало айтадиган гапимизни айни Куръон ва суннатга тугри келишини тулик таъминлашимиз керак. Узимизча бу гапим Куръон ва суннатда бор деб эмас, уламоларнинг ижтиходи натижасига таяниб суз юритишимиз лозим.
Боиси, бизнинг дийнни тушуни кобилиятимиз олим инсоннинг тушунчаси билан тенг эмас. Асосий нукта эса, мутаассиблик килмаслик керак. Яъни уз фикрида каттик туриб олмаслик лозим. Купларимизда шундай одат бор-ки, Оят ва хадисларни узимиз ва факатгина масалага бир томонлама ёндошган олим шахсларнинг ижтиходига биноан кабул киламиз. Йук, модам масала ихтилофли иш хусусида экан. Хар томонлама караш керак. Уламо ахли сан манга бормай икки хил фикрда колган нарсада илми толибларнинг охират учун манфаатсиз бахси ачинарлик. Валлоху аълам.

_B_E_K_

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 2
  • -oldi: 20
  • Xabarlar: 37
  • Jins: Erkak
Кайсидир форумчини имзосида Йил тугашига фалон кун  фалон соат фалон сония колди деб курсатиб турадиган расмни кургандим хозир ушани топиб булмаяпти. Ёрдам берворолислами ?
Ìóêàììàë èíñîíëàð ýìàñ, ìóêàììàëëèêêà èíòèëà¸òãàí èíñîíëàð áîð!

Shokir63

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 285
  • -oldi: 372
  • Xabarlar: 309
  • Jins: Erkak
Кайсидир форумчини имзосида Йил тугашига фалон кун  фалон соат фалон сония колди деб курсатиб турадиган расмни кургандим хозир ушани топиб булмаяпти. Ёрдам берворолислами ?

Ayni zamonda xorijdaman, deyarli har kuni do'stlarimiz bir birimizga qayerningdir manzilini tushuntiramiz. Tusuntirishning oxirida "o'sha yerda, qizil mashina bor, o'shani yonidan chabga burilasan," deb hazillashamiz. Yuqoridagi postni o'qib birdan xayolimga qizil mashina keldi.
Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor.

lolo

  • Mehmon
 :as:

Muhammad Sohib mutaassiblik haqida eslatgan ekanlar, haqiqatdan ham bu yaxshi bo'lmagan narsadir. Chunki buning oqibati hamisha yomon oqibatlarga olib kelgan; haqni tan olmaslik, kibr va hokazolar. Bundan tashqari aynan shu omil tufayli din turli firqalarga bo'linib, guruh-guruhlanib borayotir. Bu masalaga o'tmishdan juda ko'p misollarni ko'rishimiz mumkin. Masalan, Payg'ambarimiz (s.a.w) davrlaridagi yahudiylarni bir eslaylik! Dastavval ular to'g'ri dinda bo'lishgan, keyinroq haq kelgan mahal o'z yo'liga mutaassiblik qilishdi, natijada haqni tan olmaydigan, kibrli va do'zahiylarga aylandilar. Bu biz uchun juda qattiq misoldir.

Va yana "Qur'onni anglay olmaysiz, anglash juda qiyin, shunichun olimlar orqali anglash kerak" deguvchilar ko'p, biroq bundaylar bu gapi bilan musulmonlarni Qur'on o'qib Uni tadabbur qilish, fikr yuritishdan uzoqlashtiradilar. Natijada Qur'on g'oyalaridan bexabar qolgan odam tabiiy ravishda bir kishiga mutaassib bo'lib qolaveradi.

Aslida Alloh ta'olo insonlarga Qur'onni tushunishga qiynalsinlar, hammasi ham tushunavermasin, deb qiyin tushirmagan. Aksincha, Uni tez anglasinlar va U asosida hayot kechirsinlar, U haqida fikr yuritsinlar, deb oson qilib qo'ydi. Va ko'rsatmalariga odamlar bemalol amal qilsinlar deb bizga Qur'onni turli hil tillarga tarjima qilishimizga muvaffaq qildi. Allohu Akbar!

“Дархакикат, Биз Куръонни зикр-эслатма олиш учун осон килиб куйдик. Бас, бирон эслатма-ибрат олгувчи борми?” (Камар 17)

Qur'on haqida fikr yurita olmaydiganlar haqida esa qalbi qulflangan kimsalar deb zikr etdi. “Ахир улар Куръон хакида фикр юритмайдиларми?! Балки дилларида кулфлари бордир, (шунинг учун у дилларга Куръон нури етмаётгандир)?!” (Мухаммад 24) Ushbu oyatda Alloh kofirlarni Qur'onni tadabbur qila olmasliklarini va buning sababi qalblari qulflanganligini zikr qilmoqda, ammo mo'minlarning qalblari esa Qur'on ma'nolarini anglashlikka ochiqdir. Bundan chiqdi, agar biror kimsa bizlarga "siz Qur'onni anglay olmaysiz" desa, bu gapi bilan bizlarni kofirlarga o'xshatgan bo'ladi. Subhanalloh!

«ÐœÐµÑ…рибон ва Рахмли Аллох номи билан. Ха. Мим. (Ушбу Куръон) Мехрибон ва Рахмли (Аллох) томонидан нозил килингандир. У биладиган кавм учун (муминларга) хушхабар берувчи ва (кофирларни азобдан) огохлантирувчи - арабий Куръон холида (нозил килиниб), оятлари муфассал баён килинган Китобдир. Бас, (кофирларнинг) кўплари (унинг оятлари хакида тафаккур қилишдан) юз ўгирдилар, демак, улар «ÑÑˆÐ¸Ñ‚маслар». Улар (Пайғамбар соллаллоху алайхи ва салламга) дедилар: «Ð”илларимиз сен бизларни даъват килаётган нарсадан пардаланган» (Фуссилат 1-5).

Y_U_R_I_S_T

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Кайсидир форумчини имзосида Йил тугашига фалон кун  фалон соат фалон сония колди деб курсатиб турадиган расмни кургандим хозир ушани топиб булмаяпти. Ёрдам берворолислами ?

Bu imzo Usmonbekniki edi.

http://forum.ziyouz.com/index.php?action=profile;u=892
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Akbarjоn

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 669
  • -oldi: 1299
  • Xabarlar: 797
  • Jins: Erkak
  • Форумнинг эски одамларидан бири
    • islom.uz
Bahs, munozara ...

kishilarni bir birlaridan dunyoqarashlaridagi farqlari sabab oralaridagi masofani kengaytirishga xizmat qilayotgan tushuncha (shu forumda)
Xammamiz xam xaqni anglash, vaziyatga oydinlik kiritish uchun  bahs yuritamiz, ammo... Ammo shu narsalarning amali degan joyga kelganda esa gapirgan gaplarimiz, idda'olarimiz yoddan ko'tarilganday go'yo

Men qarshiman, bir birini hurmatsizlik qilib turli pastga uruvchi gaplar to'qib birodarining bo'yniga osishga xarakat qiladigan bahs munozaralarga.
Men qarshiman, ikki kishi o'zaro xaqni anglash uchun emas o'zining fikrini o'tqazishga, muttasiblik bilan asoslanmagan xolda fikrini mahkam ushlab turishga

Ikkiyuzlamachilik, u yerda boshqacha gapirish, buyerda boshqacha fkr bildirish, bu munofiqlik belgisi (Buhoriy rivoyati bilan) Ammo shu narsani ba'zan esimizdan chiqarib qo'yamiz.
Shunday bahslar bor, kishi birodarining yuziga aytaolmaydida boshqatttan regestratsiyadan o'tib bahsga aralashadi, Gaplaridan bu kishi forumga a'zo bo'lganiga oylar va xatto yillar bo'lgan deb o'yliysiz, ammo postlari degan joyga qarasangiz, bahsga aralashgan posti uning birinchi posti bo'ladi, Bu ikkiyuzlamachilik emasmi, u yerda boshqa gapirib bu yerda boshqa gapirish emasmi

Bir kishi xaqida omma oldida yaxshi gaplarni gapirish, uni xaq ekanligini, adashmaganligini tasdiqlash, ammo dilida esa o'sha odamga nisbatan adovat saqlab yurish, axyon axyonda unga tosh otib turish, Rahmatli Oxunjon Madaliyev qo'shig'ida aytganiday "Xato qilishini kutarlar" Xato qilsa ularga bayram...
Bu Munofiqlik emasmi, ikkiyuzlamachilik emasmi,
uni dilidagini qaydanam bilardin deyishlariz mumkin, ammoAlloh qodir qilib shu kishi o'z og'zi bilan shu narsani tasdiqlab tursachi, undanima deb o'ylashimiz kerak

bahs munozaralar xaqni izlashga qaratilgan, ongli kishilar orasida bo'lishligi, sof maqsadlarni ko'zlagan xolda, shirinso'zlik xech bo'lmaganda achiq qo'pol gapirishdan yiroq bo'lgan xolda olib borilsa maqsadga muvofiq bolardi

Yana bir narsani aytib o'tishni o'rinli deb bildim, ko'ramizki ko'pincha bahs munozaralarda, Qur'on oyatlaridan misol keltiramiz, hamda Allohning kalomi buunga qarshi chiqasizmi deb do'q uramiz,
Shunday deyishga xaqlimizmi, Allohning Kalomi arabiyda nozil bo'lgan, unda nima deyilganini aynan siz qayerdanam bilasiz, agar arabchani bilmasangiz,
Qur'onning tarjimasi deyilmaydi, ma'nolari tarjimasi deyiladi, Qur'onni arab tilida nozil bo'lishini Alloh hohlagan, undagi so'z boyliklarini hisobga olib aynan shu tilda xaqiqiy manosi kelib chiqadi
Ilmga ega bolmasdan, tavsirni to'liq o'rganib chiqmasdan yoki aqali shu keltirayotgan oyatimizni tavsirini o'rganmasdan Oyatlardan iqtibos olib nafsimizni himoya qilishimiz, o'z maqsadimiz yo'lida noto'gri talqin qilishimiz (balki o'zlari bunday deb o'ylamaslar)dan kim zarar ko'radi, Avvalo o'zimiz. Qur'on bilan muholif bo'lganni holiga voy! Qur'on bilan dushman tutinganni holiga voy!!!
 

« So'nggi tahrir: 12 Yanvar 2010, 09:39:31 muallifi Akbarjоn »

As-Samarqandiy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 548
  • -oldi: 664
  • Xabarlar: 527
  • Jins: Erkak
Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

     Yuqorida forumdoshlarimiz bu mavzuga doir juda qimmatli va ma'noli fikrlarini yozib qoldirishibdi. Tahsinga loyiq! Ilmlaringizni Ollohim ziyoda qilsin!      
     Avvalombor men quyidagi dono so'zlarni iqtibos keltirish bilan o'z fikrimni bayon qilmoqchi edim.
"Bilishini biladigan odamga ergashing, bilishini bilmaganni ogohlantiring, bilmasligini biladiganga o’rgating, bilmasligini bilmagandan qoching”
Konfutsiy
“ Birovga o’rgatishinga o’zing o’rganish uchun lozim bo’lgandan ko’ra ham ko’proq  aql kerak ”.
Mishel de Monten


     Quyidagi dono so'zlar bir necha ming yoki yuz yillar ilgari tarix zarvaraqlariga yozib qoldirilgan. Qancha hikmat bor har bir so'zida! Shunday emasmi aziz Yurtdoshim!
     Bahs - munozara ham xuddi shunday bir narsaki, bu jarayonda biz fikr almashamiz, tovar emas. Bilimli kishilarga ergashamiz, ilm olish va olgan bilimlarimizni mustahkamlash uchun. Aslida esa kishi qancha  ko'p o'rganaversa, bilaveradi shuncha ko'p bilmasligini. Inson moddiy hayotini yashilash uchun nimadir ishlab chiqaradi va o'sha ishlab chiqargan mahsulotini ayirboshlaydi. Bu to'kin hayotimiz uchun zamin yaratadi. Inson ma'naviy dunyosini boyitish uchun esa ilm o'rganadi va bu jarayonda (Bahsda) fikr almashadi. Bu  bilan biz u dunyomiz uchun zamin yaratamiz. U dunyoga olib ketadiganim ham o'sha olgan ilmimiz va qilgan savob ishlarimizdir. Har bir kishi o'z shaxshiy fikriga ega bo'lishi kerak. Kishi fikrlash qobiliyatiga ega emas ekan, demak u manqurtdir. Manqurtlar buyurilgan ishni bajaradi xolos.
     Qarama qarshi fikrlarni hurmat qilinishi bu   -  bahs - munozaradir. Fikrlar hurmat qilinmas ekan, haqoratlanish boshlanadi. Bir-birini ustiga loy chaplash degani emasmi -bu? Hurmat doirasida o'tmagan va haqoratlash bahsiga aylanib ketgan munozara, bahs- munozara emas, balkim janjaldir. Janjal bor joyda fayz yo'qdir.

Shunaqangi ahli ilmlar bilan fikr almashayotganimdan Ollohimga behad shukronalar aytaman!
Sizlarning borliklaringiz uchun har birlaringiz haqlaringizga duo qilib qolaman. Olloh o'z panohida asrasin!

Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Salmoni Forsiy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 69
  • -oldi: 127
  • Xabarlar: 955
  • Jins: Erkak
 :as:
Avvalambor inson baxslashayotgan mavzusini yahshi bilishi kerak.
Inson holis bo'lishi kerak.Agar holis bo'lmasa baxslashayotgan tomonni haqorat qilishga o'tadi.Bu narsa forumda juda ko'p kuzatilgan.
Bilmagan mavzusida umuman baxslashmaslik kerak.Bu insonni qadri tushishiga sabab bo'ladi.
Baxslashayotgan tomonni hurmat qila bilishi kerak.
Jaxl chiqqan paytda baxslashmaslik(tilni tiya bilish) kerak.
Xokazo...
Meni yolg'on bilan kuldirguncha haqiqat bilan urib yiqit

zuhrahon

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 28
  • -oldi: 137
  • Xabarlar: 353
  • Jins: Ayol
  • Har kim o'z fikrining asiridir
    • Iymon
Baxslashish  kerak  emas!Payg'anabarimiz S.A.V aytganllar Yani  baxslashayotgan  inson  o'zi  haq  bo'lib  turib  baxslashishni  to'xtatsa  Janatda uning uchun   qasir  qurilishi  haqida  etib  o'tganllar  volohualam.
Qo'limda  kalamullox
Kalom  boshi  bismillox
Tilimda  zikir  Allox
deyman  Alxamdulillox

As-Samarqandiy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 548
  • -oldi: 664
  • Xabarlar: 527
  • Jins: Erkak
Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Men yuqorida yozilgan fikr va mulohazalarni o'qib chiqib, miyamga bir fikr keldi. Agar to'g'ri tushungan bo'lsam yaxshiku-ya, ammo noto'g'ri tushungan bo'lsam ma'zur tutasizlar.
Mening ojiz fikrimcha bu yerda gap bahs - munozara haqida ketyapti. Oldin so'z mohiyatiga e'tibor beraylik. Ushbu jaroyon qanday amalga oshiriladi? Menimcha bir mavzu ( yechimsiz bo'lib turgan, muommoli bir mavzu, hoh ilmiy, hoh ijtimoiy, hoh tarixiy bo'lsin ...) tanlanadi. Soha vakillari yig'ilishadi va mavzu yuzasidan fikr almashadilar. Aniqrog'i fikrlar yig'iladi. Misol uchun:  Siz ushbu mavzuga nima deya olasiz? Yoki,  Munosabatingiz? va shunga o'xshash savollar bilan murojat qilinadi. Undan keyin, Muommo bo'lib turgan mavzuni qanday yechsa bo'ladi, qanaqa takliflaringiz bor? va shunga o'xshash savollar beriladi. Bahs mobaynida kishilar bir-birlarini qo'llab quvvatlaydilar, yoki aksincha e'tiroz bildirishadi. Har bir taraf o'z asoslarni ilmiy yondoshgan holda, ijobiy va salbiy taraflarini solishtirgan holda mavzuga o'z munosabatini bildirishadi. Meniki to'g'ri degan bilan to'g'ri bo'lib qolmaydi. Har bir fikrni asoslab berish kerak, albatta. Seminarlarda mavzu yuzasidan ko'p bahs - munozaralar bo'lardi. Bahs-munozara ruschasiga diskussiya bo'ladi, adashmasam.
Bahs va Tortishuv.  Ikkala so'zga chetdan qaraganda bir xildek tuyulsada, so'zlarni qo'llashimizga qarab ular orasida osmoncha farq bor, chamamda.   1. Falonchi bilan Pismadonchi Ikromning to'yida tortishib qolishdi. 2. Tog'li Qorabog' majorosi shu kunlarda bahsli bo'lib turibdi. Ushbu misollarda so'zlar salbiy ma'noni beryapti. Bahsli, ya'ni mojorali, janjalli . tortishib qolishdi, ya'ni janjallashib, urushib qolishdi ma'nolarida.
Tortishuv tor ma'noda qo'llanib, janjal yoki mojorani anglatadi. Bahs va munozaraga kelsak. Bu so'zlar keng ma'noda qo'llanib, biron bir narsani muhokama qilish, yechimini topish degan ma'nolarni anglatadi, menimcha. Yana ham kitob titkilash kerak!
Ushbu so'zlarni ishlatishda gap nimada ekanligiga e'tibor berishimiz kerak. So'z terish ham sa'nat, bo'lmasa hamma yozuvchi bo'lib ketar edi. Har bir so'z o'z zalvori va o'rniga ega.

Imkon qadar tushuntirishga harakat qildim. Kamini Olloh to'ldirsin, Ilohim!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

 

Uy sotib olayotganda nimalarga e'tibor berish kerak?

Muallif AnsoraBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 10
Ko'rilgan: 5688
So'nggi javob 19 Iyul 2012, 16:51:26
muallifi Mahdiyah
1 yoshgacha bo'lgan bolalar ovqatlanishida e'tibor berishingiz kerak bo'lganlar!

Muallif AnsoraBo'lim Bolalar tibbiy tarbiyasi

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 6118
So'nggi javob 03 Fevral 2011, 19:56:26
muallifi Ansora
Forumga moderatorlar kerak

Muallif AbdulAzizBo'lim Fikr va mulohazalar

Javoblar: 133
Ko'rilgan: 49424
So'nggi javob 19 Sentyabr 2008, 06:17:05
muallifi AbdulAziz
Yordamingiz kerak! Yordam beramiz!

Muallif Muslima_subhBo'lim Umumiy

Javoblar: 814
Ko'rilgan: 323134
So'nggi javob 03 May 2016, 10:51:47
muallifi Solihatun
Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?

Muallif ZiyoBo'lim Xorijdagi o'zbeklarim

Javoblar: 62
Ko'rilgan: 44004
So'nggi javob 07 Iyun 2017, 01:42:24
muallifi Zaha