Baxs va munozara qilganda nimalarga e'tibor qaratish kerak deb o'ylaysiz?  ( 19151 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Akbarjоn  12 Yanvar 2010, 09:27:40

Bahs, munozara ...

kishilarni bir birlaridan dunyoqarashlaridagi farqlari sabab oralaridagi masofani kengaytirishga xizmat qilayotgan tushuncha (shu forumda)
Xammamiz xam xaqni anglash, vaziyatga oydinlik kiritish uchun  bahs yuritamiz, ammo... Ammo shu narsalarning amali degan joyga kelganda esa gapirgan gaplarimiz, idda'olarimiz yoddan ko'tarilganday go'yo

Men qarshiman, bir birini hurmatsizlik qilib turli pastga uruvchi gaplar to'qib birodarining bo'yniga osishga xarakat qiladigan bahs munozaralarga.
Men qarshiman, ikki kishi o'zaro xaqni anglash uchun emas o'zining fikrini o'tqazishga, muttasiblik bilan asoslanmagan xolda fikrini mahkam ushlab turishga

Ikkiyuzlamachilik, u yerda boshqacha gapirish, buyerda boshqacha fkr bildirish, bu munofiqlik belgisi (Buhoriy rivoyati bilan) Ammo shu narsani ba'zan esimizdan chiqarib qo'yamiz.
Shunday bahslar bor, kishi birodarining yuziga aytaolmaydida boshqatttan regestratsiyadan o'tib bahsga aralashadi, Gaplaridan bu kishi forumga a'zo bo'lganiga oylar va xatto yillar bo'lgan deb o'yliysiz, ammo postlari degan joyga qarasangiz, bahsga aralashgan posti uning birinchi posti bo'ladi, Bu ikkiyuzlamachilik emasmi, u yerda boshqa gapirib bu yerda boshqa gapirish emasmi

Bir kishi xaqida omma oldida yaxshi gaplarni gapirish, uni xaq ekanligini, adashmaganligini tasdiqlash, ammo dilida esa o'sha odamga nisbatan adovat saqlab yurish, axyon axyonda unga tosh otib turish, Rahmatli Oxunjon Madaliyev qo'shig'ida aytganiday "Xato qilishini kutarlar" Xato qilsa ularga bayram...
Bu Munofiqlik emasmi, ikkiyuzlamachilik emasmi,
uni dilidagini qaydanam bilardin deyishlariz mumkin, ammoAlloh qodir qilib shu kishi o'z og'zi bilan shu narsani tasdiqlab tursachi, undanima deb o'ylashimiz kerak

bahs munozaralar xaqni izlashga qaratilgan, ongli kishilar orasida bo'lishligi, sof maqsadlarni ko'zlagan xolda, shirinso'zlik xech bo'lmaganda achiq qo'pol gapirishdan yiroq bo'lgan xolda olib borilsa maqsadga muvofiq bolardi

Yana bir narsani aytib o'tishni o'rinli deb bildim, ko'ramizki ko'pincha bahs munozaralarda, Qur'on oyatlaridan misol keltiramiz, hamda Allohning kalomi buunga qarshi chiqasizmi deb do'q uramiz,
Shunday deyishga xaqlimizmi, Allohning Kalomi arabiyda nozil bo'lgan, unda nima deyilganini aynan siz qayerdanam bilasiz, agar arabchani bilmasangiz,
Qur'onning tarjimasi deyilmaydi, ma'nolari tarjimasi deyiladi, Qur'onni arab tilida nozil bo'lishini Alloh hohlagan, undagi so'z boyliklarini hisobga olib aynan shu tilda xaqiqiy manosi kelib chiqadi
Ilmga ega bolmasdan, tavsirni to'liq o'rganib chiqmasdan yoki aqali shu keltirayotgan oyatimizni tavsirini o'rganmasdan Oyatlardan iqtibos olib nafsimizni himoya qilishimiz, o'z maqsadimiz yo'lida noto'gri talqin qilishimiz (balki o'zlari bunday deb o'ylamaslar)dan kim zarar ko'radi, Avvalo o'zimiz. Qur'on bilan muholif bo'lganni holiga voy! Qur'on bilan dushman tutinganni holiga voy!!!
 


Qayd etilgan


As-Samarqandiy  12 Yanvar 2010, 18:33:10

Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

     Yuqorida forumdoshlarimiz bu mavzuga doir juda qimmatli va ma'noli fikrlarini yozib qoldirishibdi. Tahsinga loyiq! Ilmlaringizni Ollohim ziyoda qilsin!      
     Avvalombor men quyidagi dono so'zlarni iqtibos keltirish bilan o'z fikrimni bayon qilmoqchi edim.
"Bilishini biladigan odamga ergashing, bilishini bilmaganni ogohlantiring, bilmasligini biladiganga o’rgating, bilmasligini bilmagandan qoching"
Konfutsiy
"œ Birovga o’rgatishinga o’zing o’rganish uchun lozim bo’lgandan ko’ra ham ko’proq  aql kerak ".
Mishel de Monten


     Quyidagi dono so'zlar bir necha ming yoki yuz yillar ilgari tarix zarvaraqlariga yozib qoldirilgan. Qancha hikmat bor har bir so'zida! Shunday emasmi aziz Yurtdoshim!
     Bahs - munozara ham xuddi shunday bir narsaki, bu jarayonda biz fikr almashamiz, tovar emas. Bilimli kishilarga ergashamiz, ilm olish va olgan bilimlarimizni mustahkamlash uchun. Aslida esa kishi qancha  ko'p o'rganaversa, bilaveradi shuncha ko'p bilmasligini. Inson moddiy hayotini yashilash uchun nimadir ishlab chiqaradi va o'sha ishlab chiqargan mahsulotini ayirboshlaydi. Bu to'kin hayotimiz uchun zamin yaratadi. Inson ma'naviy dunyosini boyitish uchun esa ilm o'rganadi va bu jarayonda (Bahsda) fikr almashadi. Bu  bilan biz u dunyomiz uchun zamin yaratamiz. U dunyoga olib ketadiganim ham o'sha olgan ilmimiz va qilgan savob ishlarimizdir. Har bir kishi o'z shaxshiy fikriga ega bo'lishi kerak. Kishi fikrlash qobiliyatiga ega emas ekan, demak u manqurtdir. Manqurtlar buyurilgan ishni bajaradi xolos.
     Qarama qarshi fikrlarni hurmat qilinishi bu   -  bahs - munozaradir. Fikrlar hurmat qilinmas ekan, haqoratlanish boshlanadi. Bir-birini ustiga loy chaplash degani emasmi -bu? Hurmat doirasida o'tmagan va haqoratlash bahsiga aylanib ketgan munozara, bahs- munozara emas, balkim janjaldir. Janjal bor joyda fayz yo'qdir.

Shunaqangi ahli ilmlar bilan fikr almashayotganimdan Ollohimga behad shukronalar aytaman!
Sizlarning borliklaringiz uchun har birlaringiz haqlaringizga duo qilib qolaman. Olloh o'z panohida asrasin!

Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  12 Yanvar 2010, 20:14:46

 :as:
Avvalambor inson baxslashayotgan mavzusini yahshi bilishi kerak.
Inson holis bo'lishi kerak.Agar holis bo'lmasa baxslashayotgan tomonni haqorat qilishga o'tadi.Bu narsa forumda juda ko'p kuzatilgan.
Bilmagan mavzusida umuman baxslashmaslik kerak.Bu insonni qadri tushishiga sabab bo'ladi.
Baxslashayotgan tomonni hurmat qila bilishi kerak.
Jaxl chiqqan paytda baxslashmaslik(tilni tiya bilish) kerak.
Xokazo...

Qayd etilgan


zuhrahon  21 Yanvar 2010, 21:20:51

Baxslashish  kerak  emas!Payg'anabarimiz S.A.V aytganllar Yani  baxslashayotgan  inson  o'zi  haq  bo'lib  turib  baxslashishni  to'xtatsa  Janatda uning uchun   qasir  qurilishi  haqida  etib  o'tganllar  volohualam.

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  22 Yanvar 2010, 05:23:51

Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Men yuqorida yozilgan fikr va mulohazalarni o'qib chiqib, miyamga bir fikr keldi. Agar to'g'ri tushungan bo'lsam yaxshiku-ya, ammo noto'g'ri tushungan bo'lsam ma'zur tutasizlar.
Mening ojiz fikrimcha bu yerda gap bahs - munozara haqida ketyapti. Oldin so'z mohiyatiga e'tibor beraylik. Ushbu jaroyon qanday amalga oshiriladi? Menimcha bir mavzu ( yechimsiz bo'lib turgan, muommoli bir mavzu, hoh ilmiy, hoh ijtimoiy, hoh tarixiy bo'lsin ...) tanlanadi. Soha vakillari yig'ilishadi va mavzu yuzasidan fikr almashadilar. Aniqrog'i fikrlar yig'iladi. Misol uchun:  Siz ushbu mavzuga nima deya olasiz? Yoki,  Munosabatingiz? va shunga o'xshash savollar bilan murojat qilinadi. Undan keyin, Muommo bo'lib turgan mavzuni qanday yechsa bo'ladi, qanaqa takliflaringiz bor? va shunga o'xshash savollar beriladi. Bahs mobaynida kishilar bir-birlarini qo'llab quvvatlaydilar, yoki aksincha e'tiroz bildirishadi. Har bir taraf o'z asoslarni ilmiy yondoshgan holda, ijobiy va salbiy taraflarini solishtirgan holda mavzuga o'z munosabatini bildirishadi. Meniki to'g'ri degan bilan to'g'ri bo'lib qolmaydi. Har bir fikrni asoslab berish kerak, albatta. Seminarlarda mavzu yuzasidan ko'p bahs - munozaralar bo'lardi. Bahs-munozara ruschasiga diskussiya bo'ladi, adashmasam.
Bahs va Tortishuv.  Ikkala so'zga chetdan qaraganda bir xildek tuyulsada, so'zlarni qo'llashimizga qarab ular orasida osmoncha farq bor, chamamda.   1. Falonchi bilan Pismadonchi Ikromning to'yida tortishib qolishdi. 2. Tog'li Qorabog' majorosi shu kunlarda bahsli bo'lib turibdi. Ushbu misollarda so'zlar salbiy ma'noni beryapti. Bahsli, ya'ni mojorali, janjalli . tortishib qolishdi, ya'ni janjallashib, urushib qolishdi ma'nolarida.
Tortishuv tor ma'noda qo'llanib, janjal yoki mojorani anglatadi. Bahs va munozaraga kelsak. Bu so'zlar keng ma'noda qo'llanib, biron bir narsani muhokama qilish, yechimini topish degan ma'nolarni anglatadi, menimcha. Yana ham kitob titkilash kerak!
Ushbu so'zlarni ishlatishda gap nimada ekanligiga e'tibor berishimiz kerak. So'z terish ham sa'nat, bo'lmasa hamma yozuvchi bo'lib ketar edi. Har bir so'z o'z zalvori va o'rniga ega.

Imkon qadar tushuntirishga harakat qildim. Kamini Olloh to'ldirsin, Ilohim!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  01 Fevral 2010, 16:11:24

Бахслашиш санъати шундай булсинки, окибат натижа хамжихатлик ила скун топсин.

Qayd etilgan


lolo  04 Fevral 2010, 19:01:09

 :as:

От Абу Умамс‹ сообс‰аетсс, что посланник Аллаха r сказал: «Люди всегда сбивались с истинного пути, после того как становились на него, только из-за споров». Ахмад, ат-Тирмизи, Ибн Маджах, аль-Хаким. Хадис хороший. См. "œСахиху-ттаргъиб" 137.

Однако если кто-либо из приверженяев нововведений действительно желает узнать истину, а не просто поспорить, то нет запрета в том, чтобс‹ вступить с ним в дискуссию, если вступаюс‰ий в спор обладает достаточнс‹м знанием темс‹ дискуссии, и будет просвлсть мудрость и мсгкость в споре, как говорит Аллах: «Лризс‹вай на путь Господа твоего мудростью  и добрс‹м увес‰еванием и веди спор с ними наилучшим образом» (ан-Аахль 16: 125).

Qayd etilgan


BecK_Uz  04 Fevral 2010, 20:34:46

Baxs Munozara Qilib turganda Albatta Odobga Alhida Ahamiyat berish kreg,Chunki Baxs Urishish Yoki Talashihs Uchunmas,Haqiqatni Aniqlash uchun O"sha qaqy darajada Tog'ri ekanligini bilish ucun,Bilmaganini O'rganish uchundur...

Qayd etilgan


Lu`lu`  03 Yanvar 2011, 09:38:20

ЧИА ОЙЛИ САБА ГА

Qayd etilgan


Nurdinboy  10 Yanvar 2011, 12:12:40

Mantiqqa...

Qayd etilgan