Baxs va munozara qilganda nimalarga e'tibor qaratish kerak deb o'ylaysiz?  ( 19160 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Hadija  10 Yanvar 2011, 13:01:01

Nohaq bo'lganida nohaqligini tan ola bilishlikni ham...

Qayd etilgan


JaviK  13 Yanvar 2011, 11:06:07

Bahslashayotgan mavzusidan o`ziga foyda olishlikka, Ba`zida esa o`zglarning oldida aqlli ekanligini ko`z ko`z qilishga urinib ketamiz. Aslida yonimizda jimgina turgan inson bizdan ko`ra aqlli ekanligidan behabar qolamiz....

Qayd etilgan


AL_laziz87  13 Yanvar 2011, 17:27:49

Tinglashda birinchi bo'l, gapirishda esa oxirgisi bo'l deganlaridek, suxbatdoshiz xaq bo'lsa tinglagan noxaq bo'lsa to'g'rilagan ma'qulroq. Xar bir so'zimiz xulqimizni belgilashi mumkun.

Qayd etilgan


Ansora  13 Yanvar 2011, 19:09:05

Bu mavzuda chiroyli gaplarni yozamiz, lekin bahs-munozara chiqqanda odamni aqli uchib ketgani sabab, afsus kamdan kam odam bu odob-ahloq qoidalariga rioya qila oladi!

Qayd etilgan


Nurdinboy  13 Yanvar 2011, 19:44:50

      Kam gapirib ko'p eshiting. Qancha Ko'p gapirsangiz, shuncha "qovun tushurish" imkoni paydo bo'ladi. Sukut sizni aslingizdan ko'ra ham oqilroq ko'rsatadi.

      Shaxsingiz sirlilik pardasi ortida tursin. O'z haqingizda kam so'zlang, hayotingizni ochiq kitobga aylantirmang. Til qalbni yalang'ochlashtirib qo'yadi, odamlar ko'ziga hunuk ko'rina boshlaysiz.

     Xatolaringizni darxol muloyimlik bilan tan oling, o'zlarini har doim haq deb ko'rsatuvchi kishilar tez nazardan qolishadi.

     "Et" desa "bet" deyishga oshiqmang, har qanday holatda ham o'zingizni oqlamang, yaxshisi sukut saqlang.

Deyl Kornegiyning "Hayotning oddiy asoslari" kitobidan olindi.

Qayd etilgan


ibnUyayna  08 Mart 2011, 05:14:01

Бахслашиш санъати шундай булсинки, окибат натижа хамжихатлик ила скун топсин.
Bahs munozara shunday bo`lishi kerakki,ikkala tarafniyam maqsadi haqni topish bo`lishi lozim.

Qayd etilgan