Assalomu alaykum.
Abdulaziz Ensardan xabarlar:
1. 1 yoshini to'ldirdi. Xozirgacha 8 dona tishi chiqdi.
2. Haliyam qo'shni bola, o'zidan 10 kunlik katta Safoni urishda davom etyabdi.
3. Bemalol yura boshlaganiga 10 kuncha bo'ldi.
4. Bodringni tishlab hammayoqni bodring bo'laklari bilan "bezaydi", lekin yutmaydi.
5. Qulupnayni juda yaxshi ko'radi, lekin allergiyasi borligi uchun uncha bermaslikka harakat qildim.
6. Bananni yaxshi ko'radi.
7. 6-oylikdan beri apelsin suvini siqib bera boshladim, 1 yosga kirguncha kunda o'rtalama 200 mml judayam yaxshi ko'rib ichdi, afsus mavsumi tugadi, apelsin suvi ichadigan idishini berkitdim, chunki uni ko'rsa dod deyabdi:(
8. Kunduzi 2 mahal, o'rtalama 3 soat uxlaydi, kechasi 22.30dan keyin ertalab 7.30gacha, 1, bazan 1.5 soatda bir uyg'onib uxlayabdi, albatta haliyam belanchakda uxlaydilar SULTON
9. Butun oila a'zolarini taniydi, hamma qo'lma qo'l qilgani uchun butun oila bir joyga to'planganda undan baxtli inson yo'q.
10. Faqat men uyda bo'lsam, injiqlik qilmaydi, lekin buvilarini yonida erkalab, aytganni qilmaydi xozirdan, Alloh sabr bersin...
11. Haligacha xonada yolg'iz qolishdan qo'rqadi, reklama joni dili, sekin harakat qilgan multiklar juda yoqadi.
12. Ko'chada yig'lagan bolalarga hamdardlik bildirishni yaxshi ko'radi.
13. Haliyam oshxo'rak taqyabdi...