- Капалак опа, охирги 5 йилликни тугатганмисиз дейман? - Ha diplomimda "İnstitga kirib, Universitetni tugatdi", deb yozilgan. Allohga shuklrar bo'lsinkim, shoshma-shosharlik bilan qaror beriligan Bakalavr sistemasiga teng kelmaganman. Oldin "Universitetda domlalar bu dasturga tayyormi", deb so'ralishi kerak. Ayniqsa hamma ham shaharlik emas-ku, viloyatdan kelganlar qanday qilib Magistrni tugatsin.....Eeee gapirsang gap ko'p....
Туркисда аспирантура 5 йилми?O'zi aslida 5 yil emas. Masalan darslar oktyabrda boshlandi, deylik. 2 yilgacha darslarni berishingiz mumkin. Keyingi 1.5 yil ichida esa dissertatsiyani tugatishingiz shart. Bo'lmasa Universitetdan "otilasiz"....Lekin Turkiyada yana bir narsa bor "Avf qonuni". Bu qonun 1-2 yilda bir chiqib turadi. İlgari Universitetdan "otilgan" talaba bu qonun bo'yicha murojaat qilib, o'qishini tiklashi mumkin.
Mening o'qishimni 5 yilga uzashini sababi, YO'K- Yuksek O'g'retim Kurulu degan tashkilotdan Nizomiyda olgan Diplomimni tasdiq hujjatini olishim "ota go'ri qozixona" bo'lgan. Turkiya bilan O'zbekistonni orasidagi sovuq shamollar menga o'hshaganlarga ta'sir qilgan....2 yil kutganman bu hujjatni. 3 yiga kelganda rasmiy talaba bo'lganman. Ungacha na talabalik haqlarim bor edi, na talabalik hujjatim. O'qish pulini 4 barovarini to'lganman shunga qaramay. Chunki meni o'qishga qabul qilishgan status: "Mahsus talaba" edi, yani puli bor, shunchaki lay lay lom qilib kelgan talaba degan ma'noda
O'qishni tugataman, deb ko'rgan kunlarimni men aytmay, siz eshitmang ukam