Muxsiya, ularni saqlayabman, bir kun vaqt topib rasmga olib, joylarman, hozir rosa ishlarim kop.
Tistak albatta siz aytganday "bog'cha" sozi togri. Men maqola yoki bu bu jiddiy yozuv yozganimda diqqat qilaman imloviy xatolarimga, bu yerda sozlashuv nutqidagisini yozdimda:) qolaversa bizni tilimizda hech kim "bog'cha" demaydi, bohcha, deydi, shunday sozlarni tilda ham ozgartirish kerak, deb oylayman.
Din sozi hozirgi Ozbek adabiy tilida "din" deb yoziladi. "Diyn" deb kim yozgan bolsa ozlaridan soray qoling, men hech "diyn" deb yozmaganakanmanbu kungacha:)
G'; O' harflariday tepadan vergul bilan ajratish menga rosayam qiyin tuyuladi, shunga tashlab ketaman kopincha. Bu bir navi hozirgi Lotin yozuviga etirozim:)
Men yozgan narsalardan bu yerda kop xato topishiz mumkin, asosan "x", "h" harflarida, bu esa Turk tilini tasiri, deb oylayman. Lekin aytganimday jiddiy bir maqola yoki tarjimalarimda diqqat qilaman.