Muallif Mavzu: Salmon Forsiy  ( 10258 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Salmon Forsiy
« : 07 Dekabr 2009, 11:17:15 »
Foydalanuvchi nomi: Salmon Forsiy
Haqiqiy ismi sharifi: Otabek Turayev
A'zo bo'lgan sanasi: 22 Oktyabr 2009
Tug'ilgan sanasi: 4-iyul 1976 yil
Tug'ilgan joyi: Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz shahri
Yashaydigan joyi: Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi shahri
Hozirgi kunda: Janubiy Koreyaning Seul shahrida
Ma'lumoti: Oliy (Qarshi DUning Tarix fakultetini tugatgan)
Emaili: dorulilm.uz@mail.ru


Avatari:


Imzosi:
ALLOHdan o'zga barchasi yolg'on emasmi !?

Birinchi posti:

Bu tarvuzni shunday yeb quyamanki ! ZIYOUZ.ga umuman qolmaydi ! :)

MUNDARIJA

Salmon Forsiy haqida forumchilar ta'riflari
Salmon Forsiyga berilgan savollarga javoblar
« So'nggi tahrir: 09 Dekabr 2009, 09:23:15 muallifi shoir »

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Salmon Forsiy
« Javob #1 : 07 Dekabr 2009, 11:23:00 »
Salmon Forsiy haqida forumchilar ta'riflari:

Munira xonim:
Barcha postlari bilan menga ta'sir qilgan, ko'p narsalarni o'rganishimga sababchi bo'lgan, men hurmat qilgan eng asosiy userlardan biri (erkaklar orasida) SALMON FORSIY.

Mahdiyah:
Salmon Forsiy - xulosa qilishga shoshmaydigan, o'ylab mulohaza qiladigan userlardan. Niklari sahobalar ichida hayot voqeasi manga juda yoqadigan sahobaning ismida.
sahoba Salmon Forsiy o'ta zexnli inson bo'lganlari ko'p manbalarda keltirilgan. Manimcha bu user ham shu sahobani o'zgacha yaxshi ko'rsalar kerak, shuning uchun nikka shu ismni tanlaganlar

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Salmon Forsiy
« Javob #2 : 07 Dekabr 2009, 11:24:16 »
Salmon Forsiyga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol:МеҳÑ€ билан боғлиқ ҳаётда ўзингиз гувоҳ бўлган қандай ибратли воқеликни эслай оласиз?

Javob: Mehr haqida deb berilgan hayotiy savolni ko'rib negadir shu voqea birinchi bulib hayolimga keldi:
Bir kuni yaqinlarim yashaydigan va men tez borib turadigan shaxrimizdagi bir mahallaga bordim.Bu mahalla tuman dehqon bozorini yaqinida joylashgan.Tirikchilik yulida hozirgi kunda ko'pchilik yosh bolalar bozorda aravakashlik qilishadi,bu hayot haqiqati.Men mashina bilan katta yuldan mahallaning tor ko'chasiga burilgan joyda yul ozroq balandlikga ko'tariladi. Usha joyda bir yoshi 11-12 larda bulgan bolakay yuk ortilgan katta aravani usha tepalikga tortib chiqaraolmay yotgan ekan.Yul tor bulganligi uchun utib ketaolmasdan men mashinani aravakashni xavotirga solmaslik uchun ozroq uzoqroqda tuxtatib turdim.Lekin aravadagi yuk juda ham ogir bulgani uchun u bola uni hadeganda tortib chiqara olmayotgan edi.Uni yollagan 30-35 yoshlardagi YIGIT esa unga baqirar:-Kuching etmasa nega aravakashlik qilasan derdiyu lekin umuman unga yordam bermasdi ! Diqqatim oshib mashinadan tushgan edim, shu mahallada yashaydigan, Sirojiddin ismli akaning 10-11 yoshlardagi o'g'li chopib kelib aravakash bolaga yordam bera boshladi. Ularni orqasidan borib men ham ularga ozroq yordamlashib yubordim.Arava haqiqatdan og'ir ekan.

Bir amallab aravani tepalikga chiqarganimizdan keyin, yordam bergan bola ko'zida chinakam qahr bilan aravakashni yollagan YIGITGA baqira boshladi:
-Aka sizda MEHR yuq ekan,bergan 100 so'mingizga shuncha baqirasizu, shu aravani ozroq tortib chiqarishga yordam bergingiz kelmaydi ! Hozir siz bergan 100 so'mga nima beradi ?! O'g'lingiz arava tortsa nima qilasiz ?!
Bolakayni bu ohangdagi gapidan men ham u Yigit ham noqulay ahvolga tushib qoldik.

Men ushanda shu gaplarni aytgan bolakayni ko'zida chinakam MEHRNI (aravakash tengdoshiga nisbattan) va chinakam QAHRNI (aravakashni yollagan Yigitga nisbattan) ko'rgandek bo'ldim.Aravakash bola esa qora mehnatni qilib,terlab ya'na ayibdordek boshini egib turardi. Men bu ikki bir-biriga tengdosh bolakaylarni timsolida doimo DANGAL va doimo SODDA O'zbegimni ko'rgandek bo'ldim.

Mashinaga qaytib borib yulda davom etarkanman usha "tanbeh" eshitgan Yigitni aravakash bolaga yordamlashib aravani bir tomonidan surishib ketayotganini ko'rdim. Nahotki bir bolakayni MEHR tula qalbi bilan rahmi kelib aytgan so'zlari katta yoshdagi Yigitni MEHRSIZ qalbiga ham ozroq bo'lsa ham MEHR kiritgan bulsa...

Biz kattalar "katta ishlarimizni" bitirish uchun o'zi shunday ham qorni to'q kishilarga poralar beramiz, egilib bukilamiz,yaxshi gaplar gapiramiz. Lekin halol mehnat qilib og'irimizni engil qilayotgan oddiy bir aravakash bolaga ozgina MEHR ko'rsata olmaymiz... Axir u ham yaxshi kunidan arava surib yurmagandir ? Nahotki biz shaytoni layinni kasbi bo'lgan kibrni murg'ak qalblarga qilsak !!!


2. Savol: Hayotda o'zingiz qadrlagan eng yaqin kishingizni qabrga qo'yganmsiz? Yaqinlaringiz uchun qabr kovlab ko'rganmisiz? O'sha vaqtlarda qalbingizda o'tgan kechinmalaringiz qanday bo'lgan?

Javob: Qabr kovlab va qabrga tushib kurmaganman.Lekin o'lim har doim Oxiratni eslatib turadi. O'zim qadrlagan insonlarimdan ajralganda qancha harakat qilmayin ovoz chiqarib yig'lay olmaganman. Lekin ko'zimdan yosh tinmay kelaveradi...

Har erkak kishi o'z hayoti davomida kamida uch marta qabr kovlab, bo'lmaganda etti marta tobut ko'tarishi kerak degan gaplarni Bobolarimdan eshitganman. Shunda inson o'zining o'limidan so'ng, uni qabrga quyganlarni mehnatini o'zi uchun halollagan buladi deb eshitganman.

Bu dunyoda ikki joyda insonni qo'lidan hech bir ish kelmaydi. Bu ishlar uning uchun qilinadi, lekin usha vaqtda u eng ojiz bo'ladi:
Birinchisi Inson dunyoga kelgan vaqtda.
Ikkinchisi Inson vafot etganda.

Dinimiz ISLOM naqadar go'zalki unda hamma narsaning hisob kitobi qilingan. Payg'ambarimiz (s.a.v.) musulmon erkaklarni namozlarni har doim JAMOAT bilan o'qishga chaqirganlar, men shu haqda juda ko'p fikr qilaman ! Chunki Jamoatga chiqqan insonni uning atrofidagi barcha musulmonlar taniydi. Uning yaxshi va yomon kunlarida ana usha musulmonlar uning yonida buladi.

Tiriklikda insonlar qanchalik KIBRGA ketishadiki ayrim insonlarni o'zlaridan past hisoblaydilar. Kimlardandir nafratlanadi, mazah qilib aybini topishga, ustidan kulishga, kamsitib odamlar oldida sharmisor qilishga harakat qilishadi. Lekin usha insonlar bilishmaydiki bir kuni ular vafot etishsa balkim usha o'zlari mensimagan, kamsitgan, ustidan kulgan INSON, MUSULMON uning tobutini o'z elkasida ko'tarib uni qabristongacha olib boradi ! Usha INSON, MUSULMON unga atab qabr kovlaydi ! Usha INSON, MUSULMON duoga qo'l ochib JAMOAT bo'lib uning haqqiga ALLOH taolodan unga RAHMAT so'rab DUO qiladi !

Usha vaqtda hozir O'Z KIBRI bilan bu dunyoda yurgan odamni qo'lidan nima ish keladi ?!!
Shuning uchun har doim ALLOH taologa Musulmon bulganimiz uchun, Hidoyatga kirgizgani uchun, ALLOH yulida qasd qilib Do'stlashgan do'stlarimiz borligi uchun Shukr qilishimiz kerak ! Yonimizdagi har bir Musulmonni hurmat qilishimiz kerak, axir ertaga nima bo'lishini ALLOH taolodan boshqa hech kim bilmaydi ! Balkim ertaga usha Birodarlarimiz bizni tobutimizni o'z elkalarida ko'tarishlari mumkin...
INNA LILLAHI VA INNA ILAYHI ROJI'UUN.


3. Savol: Ayolingiz yoki  singillaringiz qisqacha aytganda yaqin mahramlaringizdan birortasi forumlarda qatnashadilarmi? Sizning bunga munosabatingiz? (Ayollar forumlaridan boshqa umumiy forumlarni nazarda tutdim)

Javob: Ibratli savollaringiz uchun rahmat ! Odamni fikrlashga undaydigan savol, to'g'risini aytsam ! ALLOH taoloning eng katta mo'jizasi bu INSON ! Erkak va Ayol ! Bu savolni o'qib mana shu mo'jiza haqida fikr qilgim keldi, negadir !

Har bir erkakka tusatdan shu savolni bersangiz, o'zining erkaklik g'ururi bilan bu savolga birinchi bulib: Yuq !-deb javob beradi !!! Lekin bu dunyoda tushungan inson bor va tushunmagan inson bor ! ALLOH taoloning buyuk mo'jizasi shuning uchun ham Mo'jizada ! Menimcha mana shu birgina javobda juda ham ko'p javoblar mujassamlashgan, aslida...

Bu savolni o'qiganimda mening fikrimga birinchi bo'lib, men uchun qadrli bo'lgan insonning bir fikri keldi.Onamning onalari Buvim (ALLOH rahmat qilsin) bir gapni ko'p takrorlab turardilar:"-Ayol kishi yomon ish qilaman desa paranjini ichida ham qilaveradi !"

Kitob o'qishni umuman yoqtirmaydigan kishiga qanchalar ko'p shox asarlarni olib kelib, ular haqida ma'lumot berib, qiziqtirishga harakat qilsangiz ham u baribir kitob o'qimaydi. Kitob o'qishni sevadigan insonni qanchalik bu ishdan qaytarsangiz ham u baribir ilojini qilib shox asarlarni topib o'qiyveradi, ilm yulida izlanaveradi. Bu fikrim bilan shuni aytmoqchimanki har bir inson har doim o'zi yoqtirgan ishni qilishga harakat qiladi.

Oxir zamon bolalari bulmish o'zimizning davrimizga kelib katta o'zgarishlar sodir bo'ldi, shulardan biri-Internet ! Meni ayolim va ikkala singlim ham forumlarda qatnashishmaydi ! Lekin men ularni Islomiy,Ilm olsa buladigan forumlarda qatnashishlariga norozilik bildirmagan bulardim ! Chunki men ularni hammasini ichki dunyosini, fikrlash doirasini, hayotda menga aytmasada oldiga quygan maqsadini bilaman.Men norozi bo'lmasdim deb ana shularga tayanib aytayapman.

ISLOM dinida Ayolning mavqeyi baland, chunki Payg'ambarimiz (s.a.v) "Jannat onalarning oyog'i ostidadir", deganlar ! Ahamiyat bergan bulsangiz Otalarning emas, balkim Onalarning ! Men bu fikrim bilan Ayollarni Erkaklardan ustun quymoqchi emasman ! Endi bir fikrlab kuraylik, qanday qilib o'zi yaxshi bilimga ega bulmagan Ona, masalan Sizning farzandlaringizga yaxshi ILM berishi mumkin ?! Yuqoridagi fikrim bilan bu fikrlarimni birlashtirsam kitobdan ham, internetdan ham har bir inson o'z bilim salohiyatiga ko'ra foydalanadi. Ana endi savol:- Unda biz erkaklarning vazifamiz nimadan iborat ?

Payg'ambarimiz (s.a.v.) o'z hadislaridan birida shunday fikrni bildirganlar:-"Har bir erkak o'z qo'li ostidagilarga mas'uldir !"

Ayolim, qizim, singillarim, mening qo'l ostimdagilar. To'g'ri singillarim bunga qisman kirarlar, chunki ularning turmush o'rtoqlari bor. Lekin men ularga hozir ham nasihat qilishga haqliman. Men ularni o'z nazoratimdan qoldirmasam, ularni qiziqtira olsam, da'vat eta ololsam, asosiysi ALLOH taolo ularni O'zining Hidoyati, Rahmati, Mehridan benasib qilmasa ular qanday qilib adashishlari mumkin.

Endi ziyouz forumi asosida fikr yuritsam, men bu yerda ko'plab Iymonli, Ilmli, Iffatli opa-singillar bilan tanishdim. Ularning yozgan fikrlarini o'qib ularning dunyoqarashlari haqida tasavvurga ega buldim. Men o'zim sevgan insonlarga yaxshilikni ravo ko'rsam qanday qilib ularni Iymonga, Ilmga, Ayollik Iffatiga da'vat etadigan kishilar bilan do'st bulishga to'sqinlik qilishim mumkin. Axir bu dunyoda Erkakmi Ayolmi kimdandir fikr olib, ilm va iymon o'rganib yashashi kerak-ku !

Har bir Inson o'z bilim doirasidagi fikrlarni gapiradi va yozadi ! Men ham bu yerda O'z fikrim, ojiz ilmim darajasidagi g'oyalarimni bayon qildim. Agar bu yozganlarim kimlarnidir ranjitgan bo'lsa oldindan uzr surayman, bular faqat mening shaxsiy fikrlarim edi...

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Salmon Forsiy
« Javob #3 : 07 Dekabr 2009, 11:24:31 »
4. Savol: Sizga eng yoqadigan, doim yodingizda turadigan biror mashxur insonning aforizmi?

Javob: "So'zi va harakati bilan senga ALLOHni va Oxiratni eslatmaydigan kimsa bilan aslo do'st bo'lma".
Fuzayil ibn Iyoz.

5. Savol: Сўнгги 10-15 кун ичида ушбу мавзуда берилган жавоблар ичида сизга энг маъқул келганлари қайсилар бўлди?

Javob: Bu mavzuda berilgan barcha Savol va Javoblar men uchun har doim ibrat, hayot haqida ya'na bir bor fikrlashga imkon bo'lmoqda.Barcha javoblarda yodda qoladigan fikrlar mavjud, lekin shular orasida menga eng ta'sir qilganlarini sanab o'tmoqchiman:

1.Ulug'bek 75 ning: "O'lim bilan uchrashuv-Yohud hayotdagi orzularim" nomi ostidagi javoblari.
2.Shokirbekning: Omonotdor yigit; Qabr haqidagi;Ixlos haqidagi fikrlari.
3.Munira xonimning: Shukr,sabr haqidagi va 12 yil deganda ALLOH farzand ato etgan oila haqidagi javoblari.
4.Kapalakning:Onalarimiz mehri haqidagi xikoyalari.
5.Gulining:"Talaba bo'lolmadim,lekin alhamdulillah Musulmon bo'ldim" degan so'zlari.
6.AbdulAzizning:bulajak turmush o'rtoqlari bilan uchrashuvga chiqqanda bermoqchi bo'lgan 3ta savollari; Chimyondagi masjid xizmatchisining ibratli o'limi haqidagi xikoyalari.
7.Abdullohning: "Bugunni o'yladim, kecha o'tdi, erta bormi?! Yoshlikga ham ishonma, o'layotgan faqat qarilarmi?!" deb yozgan hikmatli so'zlari.
8.Imlaahning qaynotalarining chiroyli o'limlari haqidagi xikoyalari.
9.Saltanatning ayol sabri haqidagi xikoyalari.
10.Muhseenaning Payg'ambarimiz s.a.v.ga mehr haqidagi xikoyalari menga juda ham ta'sir qildi.

ALLOH taolo barchamizga,O'zinig yulida Birodar bo'lishlikni hasib qilsin.


6. Savol: 1. Sizga qilingan eng yaxshi sovg'a nima bo'lgan?
2. Hech begona kishidan ham sovg'a olganmisiz?
3. "Sovg'ani boshqasiga sovg'a qilib bo'lmaydi", - deydi ruslar. Agar yaqin bir insoningiz sizga qilingan sovg'ani yoqtirib qolsa, unga berarmidingiz?

Javob: 1.9-sinfda o'qib yurgan vaqtimda Dadam tug'ilgan kunimga chiroyli, qul soati sovg'a qilganlar. Shunda juda ham hursand bo'lganman. O'zimni shundan boshlab katta insonlardek tuta boshlaganman. Hozirgi kungacha ko'plab soatlar oldim, lekin usha soatni xaliyam saqlab yuraman, u menga chiroylik xotiraday bo'lib qolganligi uchun...

2.Taqdir ekan hozir Vatandan uzoqdaman, shu yerda usha vaqtlari menga notanish bo'lgan birga ishlaydigan inson bir kuni yangi qimmat kuylak sovg'a qilgan edi. Notanish, o'zga dindagi insonni menga bunday sovg'a qilganidan dastlab hayratlanganman. Lekin keyinchalik ALLOH taolo har bir insonni qalbiga, u kim va qanday dinda bo'lishidan qatiy nazar mehr nurini solishiga amin bo'ldim.

3.O'zim rus maktabida o'qiganim uchun ruslarda shunday odat borligidan xabarim bor. Men o'zimga berilgan sovg'ani boshqa uni yoqtirib qolgan insonga bermagan bo'lardim. Menimcha, har bir berilgan sovg'ada o'zgacha mehr borday tuyuladi. Men yaxshisi usha insonga huddi shunga uxshagan sovg'ani hadya qilgan bo'lardim. Agar uxhsashini topa olmasam, boshqa sovg'a berardim, chunki qanday bo'lishidan qat'iy nazar usha men bergan sovg'a uni o'ziniki bo'ladi.

 

Salmoni Forsiy roziyallohu anhu haqida hikoyalar

Muallif MahdiyahBo'lim Rasululloh SAV va sahobalar

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 9419
So'nggi javob 02 Avgust 2014, 00:01:36
muallifi MirzoMuhammad