ЖАМШИДЖОН  ( 8379 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


shoir  07 Dekabr 2009, 11:32:35

Foydalanuvchi nomi: ЖАМШИДЖОН
Haqiqiy ismi sharifi: G'aniev Jamshidjon Rashidovich
A'zo bo'lgan sanasi: 14 Iyun 2009
Tug'ilgan sanasi: 1986 yil 04 oktyabr
Tug'ilgan joyi: Toshkent shahri, Chilonzor tumani
Ayni paytda istiqomat joyi: Qo'qon shahri
Ma'lumoti: O'rta maxsus
Ish faoliyati: Biznes sohasi
Emaili: [email protected]


Avatari:


Imzosi:
Ey dunyo, senga hirsu ochko‘zlik bilan tashlangan odamdan yuz o‘gir. Sendan yuz o‘girgan odamga intil. Senga nazar soluvchilarning ko‘zidan xoli bo‘l».

Birinchi posti:
Vahb ibn Munabbih hikoya qiladi:
"O'tgan podshohlardan biri qaergadir sayohatga otlandi. Yurish oldidan u o'ziga hammani hayratga soladigan kiyim keltirishlarni buyurdi. Olib kelingan kiyim podshohning didiga o'tirmadi. Darhol bundan ham yaxshirog'ini keltirishlarini buyurdi. To hayratdan yoq ushlaydigan darajadagi ajabtovur kiyim keltirgunlaricha bu hol davom etdi. Podshoh ulovni ham shu talab bilan tanladi. Har safar ko'rsatilayotgan otlarni qaytarib, yanada chiroyliroq yanada xushbichimroq ot keltirishlarini buyuradi. Nihoyat, podshoh antiqa kiyimlar kiyib, eng chiroyli ot ustiga mindi. O'sha paytda Iblis uning burniga dam urdi, podshohning ichi kibrga to'ldi. Endi uninh ko'zi ko'r bo'lib, na atrofdagi otliqlarni, na yo'ldagi odamlarni ko'rardi. Shu payt uvada kiyimda, holi xarob bir kishi yo'l o'rtasiga chiqib, podshohga salom berdi. Podshoh uning salomiga alik olmadi. U otning jilovidan ushlab, yo'lga ko'ndalang turib oldi. Shunda podshoh:
-Jilovni qo'yvor! Qattiq jazoga munosib ish qilyapsan,-dedi unga g'azabnok.
-Senda hojatim bor, -dedi u podshohga.
-Sabr qil otdan tushay.
-Yo 'q, xoziroq, shu hojatimni ravo qilasan.
Podshoh ulovning jilovini unga topshirishga majbur bo'ldi va:
-Ayt hojatingni, -dedi.
-Bu sir!
Podshoh boshini egib unga qulog'ini tutdi. U sirni ochdi:
-Men o'lim farishtasiman!
Podshohning rangi o'zgarib, tili kalimaga kelmay qoldi. Keyin o'ziga kelib:
-Fursat ber, ahlimni oldiga qaytib, omonatlarimni ado qilay,-dedi o'lim farishtasiga.
-Yo'q, Allohga qasamki, endi sen ahlingni ham, qoldirgan mol-dunyoyingni ham hech qachon ko'rolmaysan, -dedi o'lim farishtasi va uning jonini oldi.
Podshoh qurigan yog 'och kabi yerga quladi.
Keyin o'lim farishtasi shu ahvolda mo 'min bandasiga yo'liqdi, unga salom berdi. Mo'min banda uning salomiga alik oldi.
-Senda hojatim bor,-dedi o'lim farishtasi unga.
-Aytaqol, qulog'im senda.
-Yaqinroq kel, dedi o 'lim farishtasi va unga sirni ochdi:
-Men o 'lim farishtasiman!
-Xush kelibsan, marhabo, ey intizor kutilgan zot! Yer yuzida g'oyib narsalar ichida men uchun eng suyuklisi sensan!
-Nimani hohlaysan? Hojatlaring bo 'lsa, bemalol ado qilishing mumkin.
-Yo'q! Alloh taoloning diydoridan ulug 'roq va suyukliroq hojat bormi! - dedi mo'min banda.
-Ayt joningni qanday shaklda olishimni istaysan?
-Sen men istaganday jonimni olishga qodirmisan?
-Ha, men shunga buyurilganman.
-U holda ozgina muhlat ber, tahorat olay ibodat qilay. Boshim sajdaga qo'yilgan payti jonimni ol. Darhaqiqat shunday bo 'ldi: mo 'min banda boshini sajdaga qo'ygani zahoti o'lim farishtasi uning jonini oldi".


MUNDARIJA

ЖАМШИДЖОНгa berilgan savollarga javoblar
Yoshlikdagi suratlari. 1-qism

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 11:35:42

ЖАМШИДЖОАga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Tasavvur qiling, siz jamoat transportiga - avtobusga chiqdingiz. Yarim yo'lga kelganda cho'ntagingizni titkiladingiz, yo'l kartochkangiz yo'q, pul olishni ham esdan chiqaribsiz. Bir so'm ham pulingiz yo'q, lekin avtobusga to'lash kerak. Uning ustiga yoningizda tanishingiz ham yo'q. Konduktor ham yomon muomalali... Shu vaziyatda nima qilasiz?

Javob: Man bir kun shunaqa vaziyatga tushib qoldim pul olish esdan chiqqan, bizda avtobuslar bumidi ko'proq RAF moshinalari yuradi. RAFga chiqdim shoshilinchda pul olish esdan chiqibdi RAF to'la odam manzilga yetay deganda qarasam pul omabman nima qilishimi bilmi tavakkal qilib aka to'xtatib qo'yin didim. Toxtagandan keyin akani o'ziga sekin ohangda aka pul olishdan esdan chiqibdi man shuna joyda ishliman aka yo bumasa keyingi safar chiqqanda tashlab ketaman dedim. Aka hijolat bumin bemolol tushunamiz didi boshqa shaxarlardi bilmadimu lekin Qo'qonda odamgarchilik degan narsa bor. keyingi safar chiqqanimda usha akaga pulini tashlab ketdim.


2. Savol: Faraz qilin siz ishlaysiz. Boshliq sizni juda hurmat qiladi. Sizga ko'p e'tiborini qaratadi.
Jum'a vaqtida jumaga borishingiz kerak.
Lekin boshliq bn bog'liq ishingiz ham bor ayni shu vaqtda.
Boshqlig'ingiz bn ishni bitirguningizcha juma o'tib ketishi aniq.
Qay birini tanlardingiz va bu vaziyatda nima qilardingiz?

Javob: Savol uchun rahmat: Insholloh hali bunaqa vaziyatga tushganim yug'u lekin agar shunaqa vaziyatga uchrab qolsam hujiyinimga aytardim. SHu ishdi jumadan keyinga qoldirsak. Agar ishimiz zarir diyishsa 5 minutda tahorat olamiz, 5 minutda masjidga boramiz mashinamiz bor darrov boramiz, 10 minutda jumani o'qib yana qaytib kelamiz. Insholloh keyin nima ish bo'lsa qilaveramiz Hujiyin Ollohdi ibodatidan kechga qolmaylik 20 minutli vaqtimiz ketarkan. 20 minutli ibodatimizi ohiratda pulga ham sotib ololmaysiz hujiyin derdim. Afsuski mani ustimdan hujiyinim yo'q shunday disam.


3. Savol: Yoshligingizda Tarovih namozi bilan bog'liq qiziq holatlar yuz berganmi?

Javob: Tarovih namoziga ilk chiqqan kunimi eslayman, usha paytda esimda bo'lsa kere 6 yoshlarda edim esimda bor usha kun taroveh namozini yarimiga kelganda sajdaga boshimi qo'yganimcha o'hlab qolganman charchab yonimdagilar qo'rqib ketishgan qarasalar o'hlab qolganimi ko'rib kutarib uyga tashab qo'yishgan bizi hovlimiz masjiddi olida masjid bilan yon qo'shni disa ham bo'ladi.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 11:35:53

4. Savol: Avvallari TVda Ramazon munosabati bilan turli dasturlar, filmlar namoyish etilardi. Shulardan siz eslab qolgan, o'sha paytda sizga qattiq ta;'sir etgan film yoki dastur?

Javob: manga usha paytlarda berilgan bir film hali ham esimdan chiqmidi. Toshkent kanalidan berishgan edi tahminan 1998 - 99 yillar bo'lsa kere adashmasam. Hasad degan film berilgandi juda ham chiroyli ishlanga kino film manga bu film juda yoqqan.


5. Savol: Ramazon oyida siz maroq bilan mutolaa qilgan, o'sha kitobni eslasangiz Ramazonni eslaydigan, Ramazonni eslasangiz, o'sha risola xotiringizga keladigan kitob qaysi?

Javob: Ramazonni eslasam faqat Quron hayolimga keladi undan boshqa kitob hayolimga kelmasa kere.  Masjidga chiqsam Hatm namozlari 30 porani o'qib tugatishadi. Ramozonda Ollohning kalomi ilk bora tushgan kun bu.


6. Savol: Yoshligingizda Ramazon aytganmisiz?

Javob: Ha yoshligimda ramazonda ramazon aytganmiz Muxiddin degan do'stim bo'lardi. Iftorlikdi qilardida ramazon aytgani chiqib ketardi. Man nimagadur uyalardim aytgani lekin duo qilishga usta edim do'stim ramazon aytardi man esa qarab turardim agar biror nima olib chiqib berishsa man duo qilardim. Ajoyib bo'lgan ramazon aytgan kunlarimiz. Bir kun ramazon aytib aytib ichkari kuchalarga kirib adashib qolibmiz ikkovimizam yig'lab yurorganmiz kuchada keyin bitta amaki bizi uyga tashlab qo'ygan. Juda qiziq voqealar ko'p bo'lgan ramazonda.

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 11:49:15

Yoshlikdagi suratlari. 1-qism


Qayd etilgan