AbdulAziz: Ziyo istagan qalblar uchun!  ( 17618 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


shoir  07 Dekabr 2009, 11:43:47

Foydalanuvchi nomi: AbdulAziz
Haqiqiy ismi sharifi: Tojialiyev Davronbek Rustamovich
Maqomi: Forum administratori
Tug'ilgan sanasi: 15 Fevral, 1984
Tug'ilgan joyi: Marg'ilon shahri
Forumga a'zolik sanasi: 12 Iyun 2006
Ma'lumoti: Oliy (O'zDJTU va O'zMUni tugatgan)
Mutaxassisligi: Jurnalist
Shaxsiy sahifasi: http://davronbek.ziyouz.com
Emaili: [email protected]


Avatari:


Imzosi:
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Birinchi posti:
O'zbekcha islomiy manbalar:
http://www.islam.uz - Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf sayti
http://forum.islam.uz - Islam.Uz saytining forumi


MUNDARIJA:
Tarjimai hol
Qatralar. 1-qism: Shijoat va go’zal o’lim
Maqolalar. 1-qism: Mening muhabbatim

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 11:52:30

AbdulAziz shaxsiy sahifasida yozadi:

Men haqimda

Men — Tojialiyev Davronbek Rustamovich 1984 yil, 15 fevral kuni Marg’ilon shahrida dunyoga keldim.

1990-93 yillarda Marg’ilon shahridagi Alisher Navoiy nomidagi 3-o’rta maktabda, 1993-2000 yillari "œIstiqbol" gimnaziyasida ta’lim oldim. 1998-2000 yillarda Marg’ilon shahri va Farg’ona viloyatida geografiya bo’yicha fan olimpiadasida 1-o’rinni egalladim. 2000 yildagi Respublika olimpiadasida 6-o’rinni egalladim.

2000 yili Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetiga imtihon topshirib o’qishga kira olmadim. 2001 yili O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetiga hujjat topshirib, 252 ball bilan 4-o’rinda o’qishga kirdim.

2001 yil sentabr oyidan "œMa’rifat" gazetasida muxbir, keyinchalik dizayner bo’lib ishlay boshladim.

2005 yili bakalavrni tugatgach, O’zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetiga magistraturaga kirib, 2007 yili qizil diplom bilan bitirdim.

2004 yili www.ziyouz.com portalini tashkil etib, uni ma’lumotlar bilan to’ldira boshladim. Ayni paytda bu portal o’zbek tilidagi eng boy axborot manbalaridandir.

2005-2006 yillarda "œ7 mo’jiza" gazetasida mas’ul kotib, 2006-2007 yillarda "œMax-Print" kompaniyasida dizayner, 2007-2008 yillarda "œTafakkur Plus" MCHJda dizayner va bo’lim boshlig’I lavozimlarida ishladim.

2005 yili Polish-Czech-Slovak Solidarity Foundation tomonidan tashkil etilgan "œFostering Independent Publishing in Central Asia 2nd" programmasi bo’yicha Polshada malaka oshirdim.  2008 yili , BBC iLearn system asosida Transition online tomonidan tashkil etilgan "œIntroduction to online journalism" kursini bitirdim. 2008 yil yanvarda Qozog’istonning Almati shahrida British Council tomonidan tashkil etilgan "œNew silk road" Creative writing workshopda  ishtirok etib qaytdim.

Ushbu saytda o’zimning ijodiy ishlarim, shuningdek Ingliz, rus, turk tillaridan tarjimalarimni berib bormoqdaman.

E-mailarim:  [email protected], [email protected]

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 11:55:26

Qatralar. 1-qism

Muallif: AbdulAziz

Shijoat va go’zal o’lim

Biz nechog’lik shijoatlimiz? Nechog’lik o’limga tayyormiz?

"¦Bir chumoli sahroda ketayotganida undan so’rashgan ekan:
- Qayerga ketayapsan?
- Makkayi mukarramaga, Hajga ketyapman!
- Iye, sen hali bu yurishing bilan qachondan yetib borasan?
- Hech bo’lmasa, shu yo’lda o’lamanku"¦

Shijoatni ko’ring, maqsadni qarang, muhabbatni qarang. Biz kimmiz? Shu chumolichalik holimiz bormi? Robbimizga olib boruvchi buyuk maqsad bo’lida mana shu Allohning bir hasharotichalik yo’lga chiqa oldikmi? Boradigan yo’limiz qaysi? Qayerga olib chiqadi u? Loaqal oxirgi marta mana shu yo’l tadorigida biron yumushni bajardikmi?

Abdulloh ibni Ummi Maktum"¦ Payg’ambarimiz SAVga tanbeh olib bergan Abdulloh"¦ Ko’zlari ojiz bo’lsa-da, qalb ko’zi ochiq, shijoatli sahobiy"¦
"¦Umar r.a. zamonlarida Rumga qarshi g’azot boshlandi. Bu muqaddas urushda ishtirok etish maqsadida Abdulloh ham Umar r.a. huzuriga keldilar. Umar r.a. sahobaning ojizligini nazarda tutib, uni g’azotda qatnashmaslikka da’vat etdilar. Abdulloh har galgidek ko’nmadi.
- Yo amiral-mo’miniyn, menga Rasululloh SAVning tug’larini bering, uni baland tog’ uzra ko’tarayinki, buni ko’rib sahobalarda shijoat paydo bo’lar. Rasulullohni eslab dushmanga tik qarab, kurshashishar. Mening ko’zim ko’rmaydi. Har qanday holatda ham dushmanni ko’rmayman va undan qo’rqmayman"¦
Umar r.a. ko’ndilar va qattiq tayinladilar:
- Yo, Abdulloh, bu tug’ni hech qachon dushman qo’liga topshirma.
Jang boshlandi. dastavval musulmonlar chekindilar. Qoyada Rasululloh SAV tug’larini ko’rib, shijoat bilan yana jangga kirdilar. Islom lashkari g’alaba qozondi.
Jangdan so’ng, qoyadagi tug’ ko’rinmay qoldi. Umar r.a. Abdullohni izlab borganlarida uning nayzalar sanchilib qonga botib yotganini ko’rdilar. U tishlari bilan mahkam Islom bayrog’ini tishlagan va hech kimga oldirib qo’ymagan edi"¦.

Umar r.a.ni ko’zlarini yoshlatgan hodisa"¦ Shijoatning yuksak namunasi. Mardlikning, muhabbatning go’zal sahnasi"¦

Biz bugun Alloh uchun nima shijoat ko’rsatdik? Islom uchun foydali nima ish qildik? Savollar ko’p. Javob berishga esa"¦ qiynalib qolamiz"¦

Allohim, bizning gunohkor qalblarimizni ham sahobalarga berganing ulug’ shijoat, muhabbat, mardlik bilan to’ldir! Huzuringga borajakmiz, bu yo’lda O’zing bizni To’g’ri yo’lingdan adashtirma! Gunohlarimizni mag’firat ayla! O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma! Sen buyuk  qudrat va hikmat sohibidirsan!

10.12.2007

Qayd etilgan


shoir  07 Dekabr 2009, 11:59:15

Maqolalar. 1-qism

Muallif: AbdulAziz

Mening muhabbatim"¦

Dunyodagi eng yaxshi ko`rgan insonim bilan rosa yig`lashdik (hayron bo`layotgandirsiz-a?). Ha, men jonimdan ortiq sevgan insonim meni mendan-da kuchliroq sevadi, buni uning har nafasidan sezib turaman. Uning so`zlari meni yangidan hayotga keltiradi. Bitta telefondagi qo`ng`irog`imni qanchalik intiqlik ila kutishini, meni o`ylab yig`lashini, meni deb hatto tunlaridan bedor qolishini tasavvur ham qila olmaysiz. Men unga sovg`a qilgan arzimas narsani ham hammaga doston qiladi, uni men berganim bilan faxrlanadi, mening har bir muvaffaqiyatlarimdan boshi ko`kka yetadi.

Undagi muhabbatni so`z bilan ta’riflashning iloji bormikan? Mehr-muhabbatning bundan ortiq ko`rinishi bormikan? Men esa uni u ardoqlagandek ardoqlay olamanmi? Nega mensiz yashay olmasligini, haftada atigi bir martagina qiladigan qo`ng`irog`imni intizor kutishini nega his qilmayman? Yoki meni o`ylab yegani ichiga tushmayotganligi, mudom yig`lashini nega tushunmayman? Nega bir og`iz shirin so`zimni undan qizg`onaman?

Axir uning sha’niga tonnalab olqish yog`dirsa arziydi-ku! Yoki shundayin ishbilarmon bo`lib ketdimmi? Bahonani qarang: "œIshlar ko`payib ketib telefon qila olmadim". U yoqdan javob keladi: "œO`tgan haftadan beri telefonga zor termulaman. Har bir qong`iroqqa ilinj ila quloq tutaman, chorshanba kutdim, shanba kutdim"¦ telefon ham ko‘zimga dunyodagi eng yomon maxluqdek ko`rinib ketdi". Va nihoyat dushanba kuni telefon qilaman: go`shakdan uning dunyoda tengsiz ovozi eshitiladi. U yig`lar edi"¦ Men ham yig`ladim"¦

Men sizni hammadan yaxshi ko`raman - ONAJON!!!!!!!

Davronbek Tojialiyev, 2004 yil

Qayd etilgan


shoir  09 Dekabr 2009, 11:01:58

AbdulAziz haqida forumchilar fikri:

Munira xonim:
Bu kishiga hurmatim juda baland. So'zlaridan juda ilmlik, savyalari baland. Hamma narsaga yahshi ko'z bilan qaraydilar. Doimo post qilganlari og'ir vazmin, o'zini tuta oladigan bo'liub ko'rinadi menga. Din borasida ham juda ilmlari keng. Men u kishiga omad tilayman. Alloh yo'lida qilayotgan ishlarini Alloh taolo mukofatlasin.
Forumning jonkuyari. Hammani do'sti va ularga qo'lidan kelganicha to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi. Holis yordam qo'lini uzatguvchi inson. Ham diniy ham dunyoviy ilm sohibi. Sh'erlari juda go'zal va hayotiy,menga juda yoqadi. Kelajaklari porloq deya umid qilaman. Forumni shu darajaga yetishida bu kishini hizmatlari tahsinga sazovar. Shahsan menga juda ko'p yordamlari tekkan. U kishidan forumda ishlash va shunga o'hshash juda ko'p narsalarni o'rganganman. Shu paytgacha hech kimga yomon gapirib ko'nglini og'ritganlarini guvohi bo'lmadim, bundan keyin ham bo'lmayman,Inshalloh. Bu kishini ishlariga omad tilayman. Alloh taolo O'zi madadkor bo'lsin...
Forumning jonkuyari. Sodda, mard vodiy yigiti.
Boshqa viloyat yigitlarida uchramaydigan soddalik va mardlik bor u kishida.
Ham diniy ham dunyoviy ilmga ega va hamon egallamoqda.

Muslima:
Abdulazizga hurmatim juda baland!
Ular har doim to'g'ri maslahat bera oladilar.
Abdulaziz forumimizni adminilar. Forumdagi eng hurmatga sazovor user hisoblanadilar. Juda ham sabrli inson.
Har qanday savolga erinmay javob beradilar.
Hech qachon yordamlarini ayamaydilar.
Juda ham hayrli ish boshlabsiz Abdulaziz. Sizga bu ishizda Allohdan rivoj tilab qolaman! Inshaolloh barcha hayrli ishlarizni ajrini Alloh taoloni O'zi beradi. Yana sizga alohida rahmat FORUM.ZIYOUZ.COM  ni tashkil qilganiz uchun! Alloh rozi bo'lsin sizdan! Smiley

Mubashshir:
Juda yahshi inson. Ilmlik va birodarlariga shirin so'z. Hamma narsani ochiqlik va vazminlik bilan tushuntiradilar. Meni bu forumga a'zo bo'lishimga asosan Abdulaziz aka sababchi bo'lganlar, ya'ni u kishini postlarini ajoyib fikrlarini o'qib keyin a'zo bo'lishga qaror qilganman. Vodiyning javohiri bo'lgan Marg'ilon shahridanlar. Forumni bu holga keltirish uchun anchagina mehnat qilgan bo'lsalar kerak.  Alloh u kishini mehnatlarini ulug' mukofotlar ila siylasin. Amiyyn.

Laylo:
Alloh rozi bo'lsin ulardan. Mana shu sayt va forumni ochganlaridan keyin juda ko'p insonlardan ilmdan, iymondan bahramand bo'ldilar. Shu sayt orqali iymonga kirgan, namozga kirgan, hijobga kirgan kishilarni bilaman.
Ularning xayrli ishlarida Allohdan madad, kuch-quvvat, shijoat tilayman.

Mutaallimah:
AbdulAziz akani menimcha forumga kirguvchi har bir inson taniydi.
Men ularniyam juda hurmat qilaman chunki diniy dunyoviy ilmlari judayam ko'p anchagina sabrli insonlar. So'ralgan savollarga malollanmasdan astoydil tushuntiradilar.Alloh ulardan rozi bo'lsin.

Diydor:
bu insonni dunyoqarashini qoldirgan postlaridan tahmin qilishimcha juda go'zal.Yurtimizni mashhur olimlaridan birining chiroyli hikmatli so'zlari bor"Quchga ikki qanot kerak bo'lgandek insonga diniy va dunyoviy bilm juda zarur" deganlar Menim fikrimcha bu inson shu tarifga munosibdek.

Lolo:
O'zlari yozgan maqolalari juda yaxshi! Alloh rozi bo'lsin.

Dilnura:
Bilimlarini juda hurmat kilaman,olloh rozi bo'lsin...

Ikbaljohn:
1 hafta forumga kirmasalar, forum ishlamay qoladi.. Cheesy

AbdurRohman:
Forum prezidenti. "fuqarolar"i bilan yaxshi munosabatda bo'ladila. postlariyam ma'noli. Ilmli, sermulohaza user. Alloh rozi bo'sin!

Mahdiyah:
JUM'A otkrytkalarini joylashimga va ularni boshqa mo'minlarga ham yetkazishda yordam bergan inson haqida nima deyishim mumkin. Abdulaziz haqida gap borganda avvalo haqiqiy o'zbek yigitini tushunaman.
P.S. Doim yordamga qo'l cho'zadilar. Bu manimcha insondagi eng yaxshi xislat

Robiya:
Forum administratorilar.Userlarning xatolarini tuzatadilar.Alloh rozi bo'lsin.
Ertalab tongdan barcha userlarga ajoyib hikmatlaru,hikoyalar,hadislarga to'la maktub jo'natishdek ma'suliyatli,savob ish sohibi.

Shukurulloh:
bu insonni hamma hurmat qiladi forumda, forumning asoschisilar.Man bu insonni juda hurmat qilaman.Olloh rozi bo'lsin

Nozli:
Ula juda hurmatga loyiq insonla, eng chiroyli va ma'noli postla sohibi buladila
Manga juda kotta yordamlari tegdi, uladan Allox rozi bulsin

Murod_bek:
Mazkur forum asoschisi.Ilmlari dunyoqarashlari juda keng.Vaqti kelganda juda qattiqqo'llar.Hurmatim baland.Alloh ilm va amallarini bundanda ziyoda aylasin! (amin)
Mazmunli postlar, ziyouz.com dagi ajoyib maqolalar, loyihalar muallifilar...
Alloh ilmlarini va amallarini ziyoda aylasin! (amin)

Qayd etilgan


shoir  11 Dekabr 2009, 11:40:06

Qatralar. 2-qism

Bizga Alloh va Rasuli kifoya

Bugun bir hadis-rivoyatni eslab qoldim.
Bir g’azotda payg’ambarimiz SAV sahobalardan g;’azot uchun mol, mablag’ so’radilar. Ko’pchilik keltirdi. Kimdir mablag’ininh 1/4ini, kimdir yarmini"¦ Abu Bakr RA bor mul-mulklarining hammasini Alloh yo’lida olib chiqdilar.
Shunda rasululloh SAV:
- Oilangiz, yashashlariga biron narsa qoldirmadingizmi?
- Men ularga dunyodagi eng yaxshi narsani qoldirdim. Alloh va uning rasuli ularga kifoya qiladi"¦

Oh, qandayin go’zal rivoyat, go’zal holat.
Rasulullohning mening barcha ummatlarim tarozining bir tarafi-yu, Abu Bakr ikkinchi tarafi bo’lsa, Abu Bakr og’irroq turadi, degan qavllariining eng go’zal isboti"¦

Biz-chi biz? Molimizning qanchasini Alloh uchun sarflayapmiz? Javob topishga esa ovora bo’lib qolamiz"¦

08 Oktyabr 2007

Muallif: AbdulAziz
Manba

Qayd etilgan


shoir  23 Dekabr 2009, 09:36:40

Tanqidiy-mushohadaviy maqolalar

Ayol ayol bo‘lgani yaxshi

Alloh taolo insonni juft-juft qilib yaratishi ajib bir hikmatdir. Juftlikdan muhabbat yaraldi. Muhabbatdan qalb yaraldi. Agar juftlik bo‘lmaganida na qalb bo‘lardi va na muhabbat! Xuddi shuningdek inson o‘z juftidan ajrab turishi uchun kiyimni kashf etdi. Juftlik bo‘lmaganida kiyim ham bo‘lmasdi, balki. Kiyimning birinchi vazifasi tanani yopish bo‘lsa, ikkinchisi qarama-qarshi juftdan ajralib turishdir.

Ibtidoda kiyimlar ham oddiy edi"¦ Keyinchalik inson kibrni kashf etdi. Shuning bilan kiyimlar ham o‘zgara bordi. Asta-sekin libosning funktsiyasi almashdi. Endi odamlar modaga qarab (ehtiyojga qarab emas) kiyina boshladilar. Har xil  liboslar paydo bo‘ldi. Millatlar, xalqlar o‘z kiyimlarini tanladilar. Kimdir uzun, kimdir keng, kimdir tor, yana kimdir "¦

Afrikada bir qabila bor ekan. Ularning "œmadaniyati"da kiyinish degan tushuncha yo‘q ekan: qip-yalang‘och jamiyat"¦ Bu faktni bekorga keltirganim yo‘q. Negadir taraqqiy etgan davlatlarning "œaqlli" jamoalari o‘sha Afrikadagi qarindoshlari "œmadaniyatlari"ga tobora ergashmoqdalar.

Yaqinda Avstraliyada yana o‘sha qip-yalang‘ochlar namoyishi bo‘lib o‘tibdi. Ular ko‘chalarda ham shunday yurishni targ‘ib qilishibdi. Yaxshiyam politsiyachilar bor ekan. Bo‘lmasa nima voqealar ketardi"¦

G‘arb jamiyatlarida kiyim tanani yopish vositasi emas, namoyish etish vositasi bo‘lib bormoqda. Inson istaganini amalga oshiryapti. U juda ko‘p narsalarni xohlayapti. Endi savol tug‘iladi: erkak erkakni, ayol ayolni xohlayotgan jamiyatlar uchun kiyimning nechog‘li ahamiyati bor ekan?

Oddiydek tuyuladigan bu muammoni fransiyalik Jan Martin degan olim shunday izohlaydi:

"œAgar Yevropada shunaqa holat davom etaversa, yaqin yillar ichida G‘arb juda katta ma’naviy bo‘xronga uchraydi. Yevropa erkaklari va ayollari bir-biridan to‘yib bo‘ldi. Ko‘cha-ko‘yda ham matbuot-jurnallar, televidenieda yalang‘och ayol va erkaklar bijg‘ib yotibdi. Ko‘chalarda behayo kiyingan ayollar hech kimni qiziqtirmay qo‘ydi.

Erkaklar potentsiali aynan shu ayollar harakatlari orqali susayib bormoqda. Bunga Yevropa jamiyatlaridagi aholi ko‘payishning kamayib borayotgani misol bo‘ladi. Mana misol uchun, dunyodagi eng sovuqmijoz germaniyalik oilalarning 4/3 qismi farzandsiz o‘tmoqda. Bu holatni boshqa davlatlarda ham kuzatish mumkin. Endi erkak ayoldan, ayol erkakdan to‘ygandan so‘ng o‘z jinsiga nisbatan qiziqish ortmoqdaki, bunday besoqolboz va lezbian jamiyatlari tobora ko‘payib, o‘z tashkilotlari, qonungiy himoyalariga ega bo‘lmoqdalar. Albatta inson huquqlari hamma narsada ustun. Lekin ma’naviy qadriyatlarimiz toptalishida inson huquqlarining ba’zi bandlari chetga surilsa yaxshi bo‘lardi.

Hozirda Yevropa erkaklarining kamida 20 foizi impotentdir. Men bunga sabab qilib, behayo kiyingan ayollarni ko‘rsataman. Men xristianman. Lekin bu borada musulmonlar an’analarini hurmat qilaman. Chunki musulmon jamiyatlarida kiyinish, ayniqsa, ayollar kiyinishlari yaxshi tartibga tushirilgan. Shuning uchun ham musulmon jamiyatlarida aholi ko‘payishi kuchli, salomatlik darajasi ham normal darajada.

Garchi inson huquqlariga to‘g‘ri kelmasa-da, kiyinishni tartibga tushirish kerak. Shundagina Yevropa tarixdagi muvaffaqiyatlariga yana erishadi".


G’arblik olimning fikrlari bilan tanishdingiz. Bu holat Frantsiyadan boshqa davlatlarda ham kuzatiladi. Bir yil oldin, Angliyada erkaklar namoyishga chiqishdi. Ularning talablari ayollarning liboslari bilan bog‘liq edi. Hatto namoyishchilaro erkak va ayollarning alohida transporti bo‘lishini ham talab qildilar.

Chet-elni tahlil qilib chiqdik. Xo‘sh O‘zbekistonda ham bu muammo mavjudmi? Bu haqdagi fikrlarni o‘rganishga harakat qildik:

Shohida, 24 yosh:
— Tengdoshlarim menga ham nega shim kiymaysan, deyishadi. Men esa: ayol ayol kabi bo‘lmoqi lozim deb aytaman. Uzun ko‘ylak kiyiyshga harakat qilaman. Shim kiygan bo‘lganimda ham ota-onam bunga qarshilik qilgan bo‘lardilar. Ba’zi dugonalarim ota-onalari qarshi bo‘lsalar-da, o‘zlari xohlagan kiyimni kiyishga urinadilar.

Farrux, 20 yosh:
— Qizlarning hozirgidek kiyinishlariga qarshi emasman, lekin"¦ ularga qarab zavq olaman. O‘zbeklarning boshqa millat qizlaridan nima kami bor? Ular ham "œmodniy" kiynsalar boshqalarni ortda qoldiradilar.

Maftuna, 20 yosh:
— Men kiyinishga qarshimasman. Hamma o‘ziga yoqqanini kiyishi kerak. U shim bo‘ladimi, yupkami, o‘ziga yarashsa, qulay bo‘lsa bo‘ldi. Masalan, ota-onam mening kiyinishimga qarshimaslar. Hatto adamlar o‘zlari shim olib beradilar. Shim kiyish yaxshi: "œuyutnс‹y", "œpriyatnс‹y". Umuman yoshlikda o‘ynab qolish kerak. Ba’zi dugonalarim turmushga chiqqanlaridan so‘ng, erlari ularga shim kiygizmay qo‘yishadi. Ba’zilari esa turmushga chiqqanlaridan so‘ng kiyina boshlashadi. Umuman olganda kiyinishda inson erki o‘zida qolishi kerak.

Abdug‘ani, 37 yosh:
— Qizlarning hozirgi shim, miniyubka, tor kiyimlar kiyishiga qarshiman. Lekin bu narsa tobora jamiyatimizga singib bormoqda va oddiy holdek bo‘lib qolgan. Masalan, men ham 5-sinfda o‘qiyotgan qizimga shim sotib olib berdim. Bunga esa quyidagi voqea sabab bo‘ldi: Bir kuni qizim maktabdan yig‘lab keldi. Nima bo‘ldi deb so‘rasam, dugonalari "œadang senga shim olib bersa bo‘miydimi, puli yo‘qmi? Mana mani adamlar shuncha shim olib berganlar", deyishibdi. Shundan so’ng majbur bo‘ldim. Men bu muammoning kelib chiqishiga ota-onalar sababchi deb bilaman.

Abdulfattoh, 21 yosh:
— Jamiyatimizni buxronga olib borayotgan muammolardan biri kiynish bilan bog‘liqdir. Bu narsa faqat ayollar muammosi emas. Yigitlarimizning ham ba’zi kiyimlari axloqqa to‘g‘ri kelmaydi. Qizlarimiz esa, bahor kelishi bilan juda "œochilib" ketishadi. Badanga juda yopishib, tananing eng nozik a’zolarigacha shundoq bilinib turadigan kiyimlarni, afsus, o‘zbek qizlarimizda ham ko‘rib turamiz. Tor shim, bluzkalar kiyib, belini ochganda tanasini namoyish qilib yurgan o‘zbek qizlarimizga ming qaramay desang ham kyozing tushib qoladi. O‘qishda esa qizlar shundoqqina ko‘zing oldida ataylab belini ochib o‘tiradi. Avvallari faqat fohisha ayollar shunday kiyinishardi"¦ Hozir esa"¦

Fikrlar bilan tanishdingiz. Bu mavzu haqida yozilgan boshqa maqolalardan iqtibos keltiramiz:

"œHidoyat" jurnali, 2003-yil. "œGunohlar yo‘lini to‘saylik" maqolasidan. Muallif: Ziyouddin Rahimov:
— Ajnabiy  allakimlarning behayo liboslariga havas qilib, ularga taqlid qilgan xotin-qizlar hammaning nigohi tushadigan joylarda yarim-yalang‘och holda yurishibdi. Tor, yupqa, kalta va harir narsalarni kiyganlarida eng nozik, nomahramdan pana bo‘lishi kerak a’zolarigacha shundoq bilinib turadi. Bu bilan o‘zlari gunoh qilganlari holda boshqalarni ham gunohga botiryaptilar. Qolaversa, bunday kiyinish sog‘liklari uchun ham koni zarar, tug‘ilajak farzandlar  uchun ham xavfli. Bunga ayollarning  o‘zlarigina emas, erkaklarimiz ham aybdordir. Axir shunday sharmandali va behayo kiyinib ko‘chaga chiqqan qiz, ayollar qaysi birimizning opamiz, singlimiz, qizimiz, xotinimiz emasmi? Ularni insofga chaqirish, risoladagidek kiyinishlari  uchun jon kuydirish bizning ham burchimiz.

Tribune-uz.info mustaqil internet nashri. "œShimsiz qolgan erkaklar" maqolasidan. Muallif: Nurullo Ostonov:
— Ko‘cha-ko‘yda nega erkaklar yerga qarab yuradigan bo‘lib qoldi? Bu hammasi moda tufayli. Ko‘zingni ko‘tarishing bilan maykasi kindigidan ko‘tarilib, shimining tarangligidan hamma joyi bilinib turgan do‘ndiqchaga beixtiyor qarashga to‘g‘ri keladi. Yana yerga qarab yonidan o‘tib ketayotganingda modaparast moda maykasini kindigiga qarab ikki marta tortib ham qo‘yadi. Erkak bundan battar o‘ng‘aysizlanib, duch kelgan tomonga surib qoladi. Ilgari striptiz ko‘rish uchun odamlar maxsus restoranlarga kirishardi. Endi bunga hojat ham bo‘lmay qoldi. Ko‘chaga chiqsang bas, striptiz!

Islam.uz internet nashriga berilgan savolga sayt muharriri Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf shunday javob beradilar:
— Kiyinishda umumiy qilib aytadigan narsa shuki, boshqa begona kishilarga ko‘rinishi imkoni bo‘lgan vaqtida muslima ayollar yuzlarini va qo‘llarini, ya’ni kaftlarini ochib yurishga ruxsat berilgan. Endi kiyimga kelsak, bunday kiyimlar chiroyli, sarishta bo‘lishi nihoyatda yaxshi bo‘ladi. Lekin chegara shuki, badanning to‘silishi lozim bo‘lgan joylarga kiyiladigan kiyim birinchidan, o‘ta yupqa bo‘lib kiyim tagidagi badanning ko‘rinishiga sabab bo‘lmasligi kerak. Ikkinchidan ana shu kiyim o‘ta tor bo‘lib tanani shaklini ko‘rsatadigan bo‘lmaslik kerak. Asosiy shartlar shu, avrat hisoblangan joylarni to‘sib turishi kerak. Shu bilan birga ulamolarimiz aytadiki "œjuda ola-bula bo‘lib e’tiborni tortadigan xolda bo‘lmasligi ham odobdan bo‘ladi"œ, deydilar. Bu ko‘chaga chiqqanda kiyiladigan kiyimni vasfi bo‘ldi. Uy ichida, mahramlarini oldida bunday kiyinish shart emas. Shimga kelsak, bu torligi uchun badanni vasf qilgani uchun to‘g‘ri kelmaydi va shariatga muvofiq emas. Lekin uyda va kiyimini ostidan kiysa, ayollar uchun tikilgan shim bo‘lsa bo‘ladi, deyishgan ulamolarimiz.

Kiyinish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarimizning o‘zi bir qancha ekan. Jamiyatimizda axloq-odobni yana-da mustahkamlash yo‘lida albatta bu muammoni ham isloh qilish darkor. Bu borada yana o‘sha milliy an’analarimizga qaytsak yaxshi ish bo‘lardi.
Xulosa chiqarish esa sizdan.

Davronbek Tojialiyev
"œHurriyat" gazetasining 2006-yil 18-oktabr sonida chop etilgan.

Qayd etilgan


shoir  14 Yanvar 2010, 09:04:43

Tarjima she'rlar. 1-qism

KEL KO`R MANI ISHQ NAYLADI

Man yururman yona-yona,
Ishq bo`yadi mani qona,
Na oqilman, na devona,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Goh esarman yellar kabi,
Goh to`zarman yerlar kabi,
Goh oqarman sellar kabi,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Oqar suvlardek oqarman,
Dardli yuragim yoqarman.
Yorimni o`ylab yig`larman,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Yo qo`lim ol qoldir mani
Yo vaslingga qondir mani
Ko`p yig`latding, kuldir mani
Kel, ko`r mani ishq nayladi.

Man yururman eldan elga,
Do`st so`rarman tildan tilga.
G`urbatda holim kim bilar,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Majnun bo`lubon yururman,
U yorni tushda ko`rurman.
Uyg`onib malul bo`lurman,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Rangim sariq, ko`zlarim yosh,
Bag`rim pora, jigarim tosh.
Holim bilgan dardli qardosh,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Ishqing mani mast ayladi,
Oldi ko`nglum, xast ayladi.
O`ldirmakka qasd ayladi,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Miskin Yunus bechoraman,
Boshdin oyog`i yoraman,
Do`st ko`yida ovoraman,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Davronbek Tojialiyev tarjimasi


GEL GÖR BENI ASK NEYLEDI

Ben yürürüm yana yana
Ask boyadi beni kana
Ne akilem ne divane
Gel gör beni ask neyledi

Gah eserim yeller gibi
Gah tozarim yollar gibi
Gah akarim seller gibi
Gel gör beni ask neyledi

Akar sularin çaglarim
Dertli cigerim daglarim
Seyhim anuban aglarim
Gel gör beni ask neyledi

Ya elim al kaldir beni
Ya vaslina erdir beni
Çok aglattin güldür beni
Gel gör beni ask neyledi

Ben yürürüm ilden ile
Seyh anarim dilden dile
Gurbette halim kim bile
Gel gör beni ask neyledi

Mecnun oluban yürürüm
O yâri düste görürüm
Uyanip melül olurum
Gel gör beni ask neyledi

Benzim sarik, gozlerim yash,
Bagrim pare, jigerim tash,
Halim bilen dertli kerdash,
Gel gör beni ask neyledi.

Askin beni mast eyledi,
Oldu gonlum xast eyledi,
Oldurmaya kasd eyledi,
Gel gör beni ask neyledi.

Miskin Yunus biçareyim
Bastan ayaga yareyim
Dost elinde avareyim
Gel gör beni ask neyledi

Yunus Emre

Manba

Qayd etilgan


shoir  14 Yanvar 2010, 09:06:07

Tarjima she'rlar. 2-qism

CHOY BANGILARI

Ey Rabbimiz! Yaratmishsan dunyoni yana ikki,
Ularning maqsadi Islomdan boshqa neki?
Orqamizdan baqirsalar, bular telbami toki
Ularga gul otar-otmas, Xizmatga ketajakmiz.

Zakariyo quling kabi arralar-la kessalar,
Munodiymiz Bilol kabi xarsang tosh-la ezsalar,
Devorlar  va tog’larni to’siq deya tizsalar,
Bir tepmakda buzar-buzmas, Xizmatga ketajakmiz.

Biz asoyi Muso bo’lib, dengizlarni yoramiz,
Bir Hiraqlit zarbasidek zanjirlarni uzamiz,
Biz Ibrohim do’sting kabi ka’balarni quramiz,
Ibodatni  qilar-qilmas, Xizmatga ketajakmiz.

Qo’shmoq uchun buz xizmatga pok ko’ngilli boylarni,
Davra qurib xonasida ichajakmiz choylarni,
Oltmish kunlik yashayapmiz o’ttiz kunlik oylarni,
Choynakda choy bitar-bitmas, Xizmatga ketajakmiz.

Dunyo bizni bog’layolmas, na mol-mulku na bozor
Desalarki otang o’lmish, bu kunlar senga ozor,
Ko’z yoshi va duolar-la, so’ng manzil erur mozor,
Uzarini yopar-yopmas, Xizmatga ketajakmiz.

Kechalari necha yerda choy suhbati quraroq,
Iymon to’la hurjunlarni orqamizga osaroq,
Yana nega ketayapsan ota, deya so’raroq,
Yuzlaridan o’par-o’pmas, Xizmatga ketajakmiz.

Bu kun turmak kuni emas, terlar oqsa ensadan,
Bir teri bir suyak qolsa ichimizda har badab,
Charchoqniyu, horg’inlikni ko’targancha turkchadan,
Uch-besh luqma yutar-yutmas, Xizmatga ketajakmiz.

To’xtatajak sababmidir to’fon va yo zilzila?
Ne yo’llarning yozilmasi, ne g’ofildan harhasha,
Shartlar omon bermasa-da, aytdikmi bir basmala,
Qo’llar qanot tutar-tutmas, Xizmatga ketajakmiz.

To’kub-to’kib sochajakmiz kimning bor bo’lsa nesi,
Ammo bunday baholanur bir umr sarmoyasi
Yugurishda kesilsa-da birimizning nafasi,
Sirtimizga otar-otmas, Xizmatga ketajakmiz.

Dengizlardan nari joyda qolsa-da birovlari,
U yergacha, olib borib iymon degan javharni,
Azonlar-la chaqirilib dunyomizning har yeri,
Osmonga ko’z tikar-tikmas, Xizmatga ketajakmiz.

Ey Rabbimiz! Biz qullarning bo’lsa xizmatda poyi,
Huzuringga kelajakmiz, kutamiz aziz joyni,
Zotan, bizning murodimiz yoningda ichmak choyni,
Bir piyola tutar-tutmas, ortiq ketmayajamiz.

Shahit Namzeli

AbdulAziz tarjimasi


ÇAY TİRYAKİLERİ

Ey Rabbimiz! yaratmışsın dünyayı dahi iki,
İlkinin gayesi ise İslâmdan başka ne ki?
Arkamızdan bağırsalar, -Bunlar delinin teki!
Onlara gül atar atmaz, Hizmete gideceğiz..

Zekeriyya kulun gibi testereyle kesseler,
Münadiniz bilal gibi kayalarla ezseler,
Mayınları ve dağları engel diye dizseler,
Bir tekmede iter itmez, Hizmete gideceğiz..

Biz asa-yı Musa olup denizleri yararak,
Bir Heraklit darbesiyle zincirleri kırarak,
Biz, İbrahim dostun gibi kâbeleri kurarak,
Namazları kılar kılmaz, Hizmete gideceğiz..

Katmak için bu hizmete pâk sineli bayları,
Ekip kurup hanesinde içeceğiz çayları,
Atmış günlü yaşayarak, otuz günlük ayları,
Demlikte çay biter bitmez, Hizmete gideceğiz..

Dünya bizi bağlayamaz, ne mamelek ne para,
Deseler ki baban ölmüş, bu günler size kara,
Göz yaşı ve dualarla indirince mezara,
Üzerini örter örtmez, Hizmete gideceğiz..

Geceleri birkaç yerde çay sohbeti kurarak,
İman dolu heybeleri sırtımıza vurarak,
Yine neden gidiyorsun baba?, diye sorarak,
Ağlayanı öper öpmez, Hizmete gideceğiz..

Bu gün durma günü değil, terler aksa enseden,
Bir deri-bir kemik kalsa içimizde her beden,
Yorgunluğu ve yeteri kaldırarak Türkçeden,
Üçbeş lokma yutar yutmaz, Hizmete gideceğiz"¦

Durduracak sebep midir, tufan veya zelzele?
Ne yolların yarılması, ne gafilden velvele,
Şartlar aman vermesede, çektik mi bir besmele,
Kollar kanat tutar tutmaz, Hizmete gideceğiz..

Döküp döküp saçacağız, kimin var ise nesi,
Ancak böyle değerlenir bir ömür sermayesi,
Koşuşmaktan kesilirse birimizin nefesi,
Sırtımıza atar atmaz, Hizmete gideceğiz..

Denizlerden öte yerde kalmışsa birileri,
Oraya dek götürürüz, iman denen cevheri,
Ezanlarla çınlayınca dünyamızın her yeri,
Uzaya göz diker dikmez, Hizmete gideceğiz..

Ey Rabbimiz! biz kulların varsa hizmette payı,
Huzuruna geleceğiz, bekleriz madalyayı,
Zaten bizim muradımız yanında içmek çayı,
Bardakta çay tüter tütmez, Artık gitmeyeceğiz"¦

Şehit Namzeti

Manba

Qayd etilgan


shoir  14 Yanvar 2010, 09:07:40

Tarjima she'rlar. 3-qism

GULLAR MAKONI

Bir shaharga sayir qildim,
Ko’rdim saroyi guldir — gul.
Sultonimning toju taxti
Bog’i, devori guldir — gul.

Gul olarlar, gul sotarlar,
Guldan tarozi tutarlar,
Gulni gul bilan tortarlar,
Rasta, bozori guldir — gul.

Tuprog’i — gul, toshi — gul,
Qurug’i — gul, ho’li — gul,
Xos bog’chasining ichida
Sarvi chinori guldir — gul.

Guldan tegirmon aylanar,
Uning bilan gul boylanar,
G’ildiragi suv-la yurar,
Bandi kaliti guldir — gul.

Oq gul bilan, qirmizi gul,
Juft o’sibdi bir bog’chada,
Nigohlari xorga qarshi
Xori azkori guldir — gul.

Guldan qurilgan bir chodir,
Ichida ne’mati hozir,
Eshikboni Ilyosi, Hizir
Noni sharobi guldir — gul.

AbdulAziz tarjima qildi.


GÜLDÜR GÜL

Seyrimde bir şehre vardım
Gördüm sarayı güldür gül
Sultanımın tacı tahtı
Bağı duvarı güldür gül

Gül alırlar gül satarlar
Gülden terazi tutarlar
Gülü gül ile tartarla
Çarşı pazarı güldür gül

Toprağı güldür,taşı gül
Kurusu güldür, yaşı gül
Has bahçesinin içinde
Servi çınarı güldür gül

Gülden değirmeni döner
Anı ile gül öğünür
Akar suyu döner çarkı
Bendi pınarı güldür gül

Ak gül ile kırmızı gül
Çift yetişmiş bir bahçede
Bakışlar hâra karşı
Hâr, ezkâr-ı güldür gül

Gülden kurulmuş bir çadır
İçinde nimeti hazır
Kapıcısı İlyas Hızır
Nân-ı şarâb-ı güldür gül

Manba

Qayd etilgan