JaruleUZB  ( 6493 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


shoir  09 Dekabr 2009, 09:43:52

Foydalanuvchi nomi: JaruleUZB
Haqiqiy ismi sharifi: Mas'ud Mahsudov
Tug'ilgan sanasi: 1981 yil, 7 iyun
Tug'ilgan joyi: Farg'ona viloyating Bag'dod tumani
Ma'lumoti: Oliy (Andijon Muhandislik Iqtisodiyot Instituti va Toshkent Iqtisodiyot universitetini tamomlagan)
Forumga a'zolik sanasi: 21 Iyul 2006
Emaili: masud_mahsudov@yahoo.com


Avatar va imzosi mavjud emas.

Birinchi posti:

O'zbek Oyimga...

"Kiyarmidi O'zbek oyim egniga qora?
Gar farzandlar bir-birlarin zaharlamasalar"(Tohir Malik)


Nechun homush tortasan bugun?
Kiprigingda ikki tomchi yosh?
Hayoling ham parishon, zabun,
Bunda nega balqmagay quyosh?

Egningga sen kiyibsan qora,
Kimga yana motam tutasan?
Farzandingni o'ylab sen zor-a,
Qachongacha uni kutasan?

Otabeging qaydadir yonib,
Haqiqatni izlab yuribdi,
Toshkentga lek o'tmagay qo'nib,
Chunki Kumush qabri turibdi.

Garchi Senga botsa-da og'ir,
Aytish mening burchi halolim,
O'glingni sen ko'rmaysan yillar,
Ko'ringuncha ko'kda hilolim.

"Zaynabbegim" har kun qoshingda,
Telbaligin qiladi ko'z-ko'z.
Shartmi ahir Sening yoshingda,
Dushmaningga gapirmoq bir so'z.

Qora kiyib, azador bo'lib,
Dog'larmiding shu ulug' dilni?!
Farzandlaring bir- birlariga,
Bermaganda zahri qotilni??!!!

JaruleUZB...2003 yil...

Qayd etilgan


shoir  09 Dekabr 2009, 09:44:13

JaruleUZBga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: She'rlaringizni o'qir ekanman, Vatandan uzoq ekanligingizni his qildim. Balki bu she'rlar g'urbatda ekanligingizda yozilgan bo'lishi ham mumkin. Sizday qobiliyatga ega bo'lgan akaxonlarimiz bilan ayni forumga a'zo bo'lish men uchun baxt va g'urur beradi. Olloh ijodingizga baraka bersin.
Sizga savollarim quyidagicha:
1. She'rlaringizni kitob holiga keltirganmisiz?
2. She'r sizda qanday hollarda tug'iladi?

Javob: Ha, sezganingizdek, hozircha vatandan uzoqroqdaman... Shu sabab she'rlarda buning isini sezish mumkindir balki...

Savollar uchun rahmat... Ularga javob esa quyidagicha...

1. She'rlarimni kitob holiga keltirmaganman... Kompyuterimda word file bo'lib turadi xolos... Faqatgina Abdulaziz ukamizning tashabbuslari bilan (Alloh ulardan rozi bo'lsin) ziyouz.com saytida she'riyat bo'limida she'rlarim qo'yilgan... To'grisini aytsam, kitob qilib chiqarish fikrini ko'pchilik aytishgan bo'lsa ham, bunga o'zimni loyiq deb hisoblamayman... Qolaversa, she'rlarni shunchaki havasga yozaman xolos...

2. Yuqorida aytganimdek, she'rlarni bo'sh vaqtimda, shunchaki havasga yozaman xolos... Sheing tug'ilishi ham qiyin emas... Shunchaki kayfiyatga qarab yozaverman... Uning uchun biror voqea-hodisa bo'lishi shart emas... She'rni, odatda dam olish uchun yozaman; ishdan, o'qishdan charchab kelganda, uyqusiz kechalarda ko'proq yoziladi... Kechqurun she'rni yozib, uxlab, ertalab bomdoddan keyin o'sha she'rni bir o'qiganda hamma charchoqlarim chiqib ketadi, desam, ishonmasangiz kerak... Mana shunaqa gaplar... :-)

Qayd etilgan


shoir  09 Dekabr 2009, 09:45:32

Mas'ud she'rlaridan. 1-qism

UZOQ BIR NUQTAGA...

Uzoq bir nuqtaga termulgancha jim
Mo’ysafid nogahon ko’zlarin yoshlar"¦
"œZamon o’zgardimi, odamlar"¦ balkim"¦
Ne uchun beboshroq hozirgi yoshlar?

Bilmaydi, oddiy bir "œsalom" so’zini,
Qo’llari ko’ksining visoliga zor.
Uyalish tark etgan chaqnoq ko’zini,
Ma’nisiz seriallar aylayapti xor.

Kitob dunyosidan yiroqdir ular,
Navoiydan bitta satr bilmaydi.
Qiziqib asarlar o’qishmas tunlar,
Nasihatga aslo quloq ilmaydi"¦

Vaqt bekor o’tgandan achinmaydi hech,
Aniq maqsadidan yo’qdir nishona.
Tushunar ekanmi bo’lganini kech,
Devorga urilgan chog’da peshona?

Uzoq bir nuqtaga termulgancha jim,
Mo’ysafid ko’zlari to’ladi yoshga
Chin dildan istaydi, imkonin topib,
Aylashni nasihat har bitta yoshga:

"œYoshsan"¦
Quvvating bor"¦
Shijoat bisyor"¦
Bilim ol!
Ilm o’rgan!
Ollohni tani!
Qalbingni pok ayla, bo’lmasin g’ubor,
Egam ham, haq yo’lda qo’llar bandani"¦

Jigarim!
Avlodim!
ertam, indinim!
Imonni but ayla,
E’tiqodni do’st!
Millatning sha’nini boshingga qo’yib,
Shu Yurtga munosib farzand bo’lib o’s!"

Mo’ysafid uzoqqa termular, besas"¦

Muallif: Mas'ud
Manba

Qayd etilgan


shoir  09 Dekabr 2009, 09:47:41

Mas'udning yoshlikdagi suratlari. 1-qism


Qayd etilgan