Shokirbekka berilgan savollarga javoblar:
1. Savol: Ихлос билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?
Javob: "O'zimda yaqinda shunday voqea bo'ldi. Hajga kelganlar orasida Qirg'izistondan kelgan bir nechta o'zbek yosh yigitchalar bor ekan. Universitetga hujjat topshirish uchun kelishganda meni yana uchratib qolishib, telefon raqamimni so'rashdi. Berdim. Bir-ikki kun o'tgach, tel. jiringladi:
- .... aka, bu sizmisiz?
- Ha.
- Bir arab sotuvchisi bizni tushunmayapti, shunga tarjima qilib tushuntirib yuboring.
- Xo'p, nima dey?
- Biz bundan 25 (7 dollarga yaqin) riyolga bir narsa olib, 10 dollar beruvdik, bizga 348 riyol qaytarib berib, pulni shuncha qaytarsak ham, omayapti, 100 dollar berdi deb o'yladi, shekilli.. Shuni aytib yuborsangiz unga..
Sotuvchi haqiqatan ham 100 dollar berdi deb o'ylab, ular pulni qaytarishsa kamsinishayapti, shuning uchun qaytarayapti, deb o'ylagan ekan.
Gaplashib bo'lgach, u yigitdagi amonat, iffatni o'ylab, ichimda unga tahsinlar aytdim, yigitligidanoq bunday amonatdor bo'lgan, birovning haqidan qo'rqadigan kishi kelgusida ummati uchun albatta foydali shaxs bo'ladi. Odamlar haqini turli yo'llar bilan tortib olayotganlar, bunday qulay kelib qolgan fursatdan emas, balki yolg'onchilik, firibgarlik evaziga pul yig'ayotganlar mana bunday yorqin namunalar borligini ham bilib qo'yishsa yomon bo'lmas edi.."
2. Savol: Ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган сизнинг наздингизча снг ибрат олса арзигулик бслган инсон ким?
Javob: Ulamolarning aytishlaricha (bunga tarix ham guvoh), payg'ambar sallallohu alayhi va sallam o'z ummatlarining barcha jabhalarida harakat qiluvchi kishilari uchun o'rnak va namuna edilar. U kishidan muallimlar (olimlar) ta'lim sohasida, tarbiyachilar tarbiya borasida, zohidlar zuhdda, botirlar shijoatda, qo'mondonlar boshqarish borasida, qozilar hukmda, taqvodorlar taqvo va parhezkorlik - vara' bobida, va h.k. juda ko'p o'rinlarda o'rnak olar edilar. Shuning uchun u zotga birkitilgan vazifa benihoya katta va og'ir edi, shuning uchun ham buning uhdasidan eng a'lo darajada chiqqan Rosululloh sallallohu alayhi va sallam Alloh taolo bergan eng ulug' maqomga haqli ravishda loyiq bo'ldilar.
U zot rafiqi a'loga ketganlaridan so'ng Islomni tablig' etish, dinni tarqatish zimmasi u zot izdoshlariga, ulardan so'ng ummat ulamolariga yuklandi. Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)ning vazifalarini bir kishi uddalay olish imkoni bo'lmaganidek, har tomonlama yetuk bo'lgan, barcha ezgu axloqlarni o'zida bekamu ko'st jamlagan mutlaq olim, ideal kishi uchrashining imkoni yo'q.
Shu yuqoridagi haqiqatga suyangan holda men o'zim ko'rishish va muloqot qilish sharafiga muyassar bo'lganim ulamolarning har biri ham umumiy holda namunali va o'rnak olsa bo'ladigan ulamolar bo'lib, biri ixlos bobida bizni qoyil qoldirgan bo'lsa yana biri saxovatda, boshqasi esa tavozu' va shikastanafslikda, tag'in bittasi behudalikdan qattiq uzoq bo'lishda, boshqa birlari zohidlik va tarkidunyochilikda ibrat bo'lganlar.
To'g'ri, ular ichida yuqorida zikri kelgan va kelmagan xislatlarning aksarini jamlagan kishilar ham bor bo'lib, bular ham bir nechta kishilardan iborat edi.
Eng muhim va biz uchun kerakli bo'lgani - Rasullulloh va sahobalar xislatlaridan o'shalar o'zlarida jamlagandek jamlay olishga urinishimiz, xislatda serqirra bo'lgan kishilar bo'lishga intilishimizdir.
3. Savol: Ўлим ҳақ. Унга борар йсл ҳақ.
Ҳеч сйлаб ксрганмисиз? Сиз қандай слим топишни истардингиз?
Javob: Albatta, o'lim haq. Musulmon kishining vazifasi - o'limni ko'p esga olish. Payg'ambarimiz "Lazzatlarni kesuvchi o'limni ko'p yodga olinglar" der edilar (Termiziy, Nasoiy va boshqalar rivoyat qiladilar). Men ham boshqa musulmon kabi hayotim yaxshilik bilan tugashini, chiroyli xotima topishimni orzu qilaman. Imom Muslim Sahl ibn Sa'd (r.a.) dan rivoyat qilgan hadisda payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallam "Kim Allohdan shahidlikni chindan (chin yurakdan) so'rasa Alloh uni (Jannatda) shahidlar turadigan o'rinlarga yetkazadi, garchi to'shagida vafot etsa ham" deydilar. Alloh bizlarni shunday martabalardan bebahra qilmasin.
4. Savol: Hayotda o'zingiz qadrlagan eng yaqin kishingizni qabrga qo'yganmsiz? Yaqinlaringiz uchun qabr kovlab ko'rganmisiz? O'sha vaqtlarda qalbingizda o'tgan kechinmalaringiz qanday bo'lgan?
Javob: Qabr kovlab ko'rmaganman. Lekin qabrga tushgan vaqtlarim bo'lgan. Oxirgi bor qabrga tushganim bundan ikki yil ilgari Ramazon oyida ko'pchilik xabardor bo'lgan Abdulquddus qori (Abduvali qori aka o'g'illari) vafot etganida uning qabriga kiruvdim (mendan boshqa bir Makkalik asli o'zbek domla, Abdulquddusning bir qarindoshi bor edi). Hozirgidek esimda. O'sha kunlari Abdulquddus kelganidan keyin menga tel. qildi, bir necha bor gaplashdik. O'sha vaqtlarda Makkada edim. "Aka, Makkada ko'rishar ekanmiz unda, mana biz ham 13-Ramazonlarda Madinadan chiqayapmiz" dedi. Ha...
Makkada ko'rishdik, lekin qabristonda, qabr ichida ko'rishdik.. Ehromda jon taslim qilgani uchun boshi, yuzi yopilmagan, shunday kulimsirab yotar edi.. O'shanda o'pka to'lib ketganidan ancha vaqt o'zimizni yig'idan to'xtata olmagan edik.. Bir yoqda mahramlari uning onasini qo'yishayotgan, yana bir tomonda uning o'g'lini yerga berishayotgan edilar...
Unday paytda dunyo bir muddat odamning xotiridan ko'tarilib, oxiratdagi holatlarni eslab qoladi kishi.. Yurak dunyo ishlaridan sovib, barcha narsadan eng muhimi - qoldirilgan foydali amal ekanini chin dildan his qiladi odam... Xotimamiz chiroyli bo'lsin Ilohim..