Munira xonim  ( 14738 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


shoir  09 Dekabr 2009, 10:27:01

Foydalanuvchi nomi: Munira xonim
Tug'ilgan sanasi: 1976 yil
Forumga a'zolik sanasi: 14 Iyun 2006
Forumdagi maqomi: Global moderator
Tug'ilgan joyi: Namangan shahri


Avatari:


Imzosi:
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Birinchi posti:
Assalamu alaykum. Baht - bu musulomligimiz,Rahmatallila'lamiynga ummatligimiz.Menimcha eng oliy Baht shudir.Yana Mening Bahtim oilamni tinchligi, farzandlarimni va turmush o'rtog'imni so'g salomat yonimda bo'lishlari. Mening Bahtim onamni bag'riga boshimni qo'yib bir lahza nasihatlarini tinglashim. Allohga shukr bahtliman. Alloh menga qanday hayotni ravo ko'rsa shunga roziman va shukr qilaman.

Qayd etilgan


shoir  09 Dekabr 2009, 10:27:29

Munira xonimga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Farzand kamoli nimada? Farzandingiz sizni qachon eng hursand qilgan?

Javob: Farzand kamoli ilmda. Agar siz farzandingizni Iymonli va Allohni tanuvchi shaxs qilib tarbiyat qilsangiz, u har qaysi sohada va ikki dunyoda kamolotga erishadi,Inshaalloh.
Farzandlarim, to'g'risini aytsam meni juda ko'p xursand qilishadi. Ko'chadagilar va qo'shnilarim farzandlarim haqida iliq so'z aytishganida xursand bo'laman.
Lekin menga ular eng katta xursandchilikni Qur'oni karimni mustaqil o'zlari o'qib birinchi suralarini yoddan aytib berishganida juda xursand bo'lganman. Hatto xursandligimdan rosa yig'laganman. Alloh ularni umrini uzun qilsin. Islomga zarra bo'lsa ham foydalari tegadigan va ilmiga amal qilguvchi olimlar qatorida qilsin.
Iltimos buni o'qigan birodarlarim, meni farzandlarim haqqiga duo qilib qo'ying...


2. Savol: Baxt siz uchun nima? Siz baxtlimisiz?

Javob: Insonligim, iymonim, islomim,musulmonligim, Muhammad sav ga ummatligim baxtim.
Oz bo'lsada ibodatdaligim, Qur'on tilovat qila olishim, oilam, farzandlarim, onamni borligi baxtim.
Salomatligim, birodarlarim borligi, dardimni tinglaydigan do'stlarim borligi baxtim.
Alloh taolo menga bergan ne'matlarni sanayversam hech tugamaydi...
Albatta baxtliman. Alhamdulillah.
Alloh shuncha ne'matlarni hadya qilgan inson baxtsizman deyishga haqqi yo'q...


3. Savol: Hayotingizda bo'lgan eng g'ayritabiiy hodisa nima edi?

Javob: 1996 yil opamni ko'zi yoridi. Buni xabarini men hufton vaqtida eshitdim. Biz besh yil intizorlik ila kutgan chaqaloq dunyoga keldi. Men darhol hufton namozini o'qishga kirishdim. Oxirida vitrni o'qib, oxirgi qa'dada o'tirib salom berdim va tasbeh aytishni boshlaganimda, nimagadir yuragimni vahima bosdi. Hamma yoq ko'zimga zimistondek tuyuldi, hozir bir dahshatli ish bo'ladigandek qo'rqdim. Men aslida hayotda bu dunyoni tashvishlaridan ham, zimistondan ham, mahluqotlardan ham, hech narsadan qo'rqmayman. Lekin yuragimni chulg'ab olgan bu qo'rquvdan o'zim ham hayron qolgandim. Birdan hayolimga opamni yangi ko'zi yorigani keldi va birdan opam o'lib qolsachi deb o'yladim....
Ertalab bomdodda opamni o'limi haqidagi xabarni eshitdim....
keyin bilsam Opam huddi men vitr namozini o'qib tugatgan vaqtda olamdan o'tgan ekan...


4. Savol: Farzandlaringizni sizlab muomala qilasizmi.Ular o'zlariga berilgan islomiy darslarga dangasalik qilsalar biror moddiy yutuq evaziga dars qildirasizmi?

Javob: Farzandlarimni baz'ida sizlab murojaat qilaman. Ba'zida esa yo'q. Dars qildirishga kelsak, 4-5 yoshlarida shunday yo'l tutardik, lekin hozirda unday qilmayman. Lekin adasi sal susayib qolishganida shunday va'dalarni beradila.Asosiy, Ramazonda xatm qilishlari uchun hayitlik pulni ko'paytirib berishni va'da qiladilar. :)


5. Savol: Siz har doim o'qiganda yig'laydigan Islom tarixidagi qayg'uli voqea qaysi?

Javob: Rasulullohni sav Toif shahriga borishlari va u yerdagi boshlariga tushgan hodisalar...

Qayd etilgan


shoir  09 Dekabr 2009, 10:27:53

Munira xonimga berilgan savollarga javoblar:

6. Savol: Qaysi davraga kirsa, shu davradagi insonlarga moslashib suhbat olib boradiganlar, sizningcha qanday kishilar? Masalan:Islomiy kishilarni orasiga kirganda, ularga yoqadigan mavzuda suhbatlashib, boshqa davraga kirganda ularga moslashib....

Javob: Agar haqiqatda ham dunyoviy, ham diniy ilmlardan xabardor bo'lsa + eng asosiysi shu ilmiga o'zi amal qilsa, u holda ikkala davrada ham yaxshi suhbatdosh bo'lish mumkin. Lekin ilmi yo'g'u u yer-bu yerdan eshitib olib, o'zini muttaqiy qilib ko'rsatganlarni menimcha munofiq deyiladi...


7. Savol: Oila qurishda erkak va ayolning yoshi orasidagi farq qanchalik ahamiyatga ega? Erkak ayoldan yosh jihatidan juda ham katta bo'lsa va aksincha bo'lsa...

Javob: Meni fikrimcha, unchalik farqi yo'q. Agarda ular bir-birlarini tushunsa, haqiqiy islomiy oila qurishga ko'zlari yetsa, yosh bu joyda ahamiyatga ega emas. Chunki Rasululloh sav hayotlari bizga o'rnak. Hadicha onamiz va Oisha onamiz r.a.larni yoshlarini hisoblab ko'rilsa bunga boshqa javobni izlashga hojat ham qolmaydi... Bu meni fikrim va Islom olamidan eng ishonchli dalil...


8. Savol: Ayol kishi (muslima ayol)ning avtomobil haydashiga munosabatingiz?

Javob: Bunga ikki xil munosabatdaman:
Birinchisi: Agar ayol kishi o'qish yo ish uchun har kuni ko'chaga chiqishiga to'g'ri kelsa, har xil transportlarda erkaklarni orasida yurganidan o'z avtomabilida yurgan afzal.
Ikkinchisi: Ayollar iloji boricha ko'chga kamroq chiqqanlari va mashina haydamaganlar ma'qulroq...


9. Savol: Asosan turk tilidan tarjima qilingan qissalarga qiziqishingiz boisi nima?

Javob: Men bu kitoblardan juda ko'p narsa olaman.
"O'gay ona"dan, yetimlarga mehr-muhabbatli bo'lishni...
"Qaynona"dan haqiqiy soliha kelin va qaynona qanday bo'lishi kerakligini...
"Aldangan Ayselning tavbasi"dan, chin dildan va ixlos ila qilingan tavba qanday bo'lishi lozimligini va har qanday sharoitda ham Allohdan noumid bo'lmaslikni...
"Bir vijdon uyg'onur"dan, Alloh rizosi uchun qilingan sabr har nedan ustunligini...
"Peshonamdagi nur"dan esa, ALloh taoloning har qanday ishida hikmat borligiga yana bir bor amin bo'lganman...
Bu ro'yhatni davom ettirish mumkin.
Qisqa qilib aytganda, qalbimdagi zanglarni yuvishda, dini Islomni, hijobni, xolis ibodatni, mehr muhabbat va sabrni asl mohiyatini tushunishimga bu kitoblar juda katta yordam bergan...
Qani edi, o'zbeklar orasida ham shunday kitoblarni yozib yoshlarga taqdim etadigan insonlar bo'lsa edi...


10. Savol: Farzandlaringizni ommaviy axborot vositalari (TV, radio, komputer) zararidan muhofaza qila olganmisiz?

Javob: Ha, Alloh qodir qilganicha, himoya qilganman va himoya qilib kelmoqdaman.
Buning uhcun ba'zida shirin so'z bilan tushuntirish lozim bo'lgan bo'lsa, ba'zida esa qattiqqo'llik ham qilishga majbur bo'lganman va bo'lmoqdaman.
Alloh taolo farzandlarimizdan haqiqiy din olimlari va ilmiga amal qilguvchi, dini Islomga hizmat qiladigan insonlarni chiqarsin...

Qayd etilgan


shoir  09 Dekabr 2009, 10:28:22

Munira xonimga berilgan savollarga javoblar:

11. Savol: Bitta javobni tanlang: Farzand uchun otaning tarbiyasi eng muhimmi yoki onaning? Qaysi biriniki ustunroq va nima uchun?

Javob: Otaning ham tarbiyasi muhim,lekin onaning tarbiyasi muhimroq. Chunki ona farzandi bilan ko'proq vaqt o'takazadi. Farzand onaga qalban juda yaqin bo'ladi. Buni boshqalar tan olishmasa ham bu ochiq haqiqat...


12. Savol: Farzandingizga sovg'a qilib turasizmi? Nimani sovg'aq qilasiz, ko'proq?

Javob: Savol uchun tashakkur:
Ko'p ham sovg'a qilmayman... Ba'zida bir qilaman, ya'ni men bergan saboqlarni yaxshi topshirishganida...
Farzandlarimni kichigiga ko'proq shirinlik sovg'a qilaman.
Kattalariga hozirda ko'proq kitob sovg'a qilaman.


13. Savol: Hayit kuni turmush o'rtog'ingiz, bolalaringizning hayit namozidan kelishlarini qanchalik intizorlik bilan kutasiz. Shu paytdagi ajib holatingiz haqida gapirib bera olasizmi?

Javob: Buni til bilan tushuntirib berolmasam kerak.
Odatda bizni oilamizdan turmush o'rtog'im va o'g'lim namozga chiqishadi. Ularni qizlarim bilan kutamiz. Bezatilgan dasturoxon va duolar bilan...
Lekin o'sha paytdagi ichki kechinmalarimni so'z bilan tasvirlab berolmayman...
Lekin hayitlik olishni juda yaxshi ko'raman.
Yoshligimdan shuni yaxshi ko'rardim, ona bo'lganimda ham bu odatim qolmadi. Berishmasa So'rab olaman. :)


14. Savol: Hayit kuni farzandlaringizni qanday xursand qilishni rejalashtiryapsiz?

Javob: Farzandlarimni shirinliklar pishirib va ularga hayitlik berib xursand qilaman.
Lekin qurbonlik qilayotganimzda hammadan ham xursand bo'lishadi.  so'yilayotgan jonliqni oldiga chiqib qo'rqmay qarab turishadi....
Men esa unga qarolmayman... O'sha pytdagi quvonchalrini boshqa hech qaysi paytda ko'rmayman ularning ko'zlarida...


15. Savol: Siz uchun eng katta baxtsizlik nima?

Javob: Eng katta baxtsizlik - nafsimni quli bo'lib qolishlik...

Qayd etilgan


shoir  09 Dekabr 2009, 10:28:27

Munira xonimga berilgan savollarga javoblar:

16. Savol: Qaysi userning forumda
1. savollari;
2. javoblari;
3. o'zini tutishi, intizomi;
4. ilmga chanqoqligi, ilmiy mavzularga munosabati;
5. javob berish uslubi;
6. tili (ya'ni qanday yoza bilishi, shevadami yo adabiy tilda)
7. boshqalarga munosabati, samimiyati
SIZGA YOQADI 

Javob:
1. Shoir.
2. Diydor opa.
3. Salmoni Forsiy.
4. Muslima.
5. Diydor opa.
6. Fazilat.
7. Abdulaziz.


17. Savol: Yaqin birodaringizni nohaq ayiblashdi, siz unga ishongansiz, lekin barcha dalil va holatlar shu insonga qarshi. Nima qilardiz, ayblovlarga qo'shila olasizmi yoki o'sha insonni tarafida turasizmi?

Javob: Agar uni nohaq ayblashsa albatta uni yonida oxirigacha turardim. Chunki haqiqat ertami kechmi ro'yobga chiqishiga ishonaman.


18. Savol: Siz qanday insonni kuchli inson deb bilasiz?

Javob: G'azabi kelganda o'zini bosib olgan insonni eng kuchli inson deb hisoblayman....


19. Savol: Siz haqiqiy musulmon deganda qanday insonlarni tushinasiz?

Javob: Qur'oni karim va Hadisi shariflar asosida yashagan va ularni hayotidagi eng katta ne'mat va boylik deb bilgan insonni...


20. Savol: Odatda ayollarni ko'p yig'laydi deyishadi. Erkaklarchi? Ko'pincha buyuk sahobiylarni o'qiganimizda ularning ham ko'p yig'laganliklarini guvohi bo'lamiz. Savol umumiy: oxirat uchun ham, dunyo uchun ham, sizningcha kim ko'p yig'laydi?

Javob: Menimcha, ko'proq ayollar yig'lashadi. CHunki ular erkakalrga nisbatan ta'sirchan va nozik,hissiyotga beriluvchan bo'lishadi. Lekin ayollar ham ko'pincha bu dunyoning g'am tashvishlari uchun yig'lashadi.
Erkaklarni yig'laganini ham ko'rganman....lekin buni ko'rish juda qiyin. Erkak kishini yig'laganiga chidab turish juda mushkul.

Qayd etilgan


shoir  09 Dekabr 2009, 10:28:38

Munira xonimga berilgan savollarga javoblar:

21. Savol: Sizni iymon bilan birinchi ta'sirlantirib, qalbdan yig'latgan voqea qaysi edi?

Javob: Hazrati Umar r.a.ning o'z qizlarini ko'mishlari va iymonga kelishlaridagi hodisotlar.
Bunday hodislara ko'p, lekin bu hodisani yuz marta o'qigan bo'lsam ham, har gal yig'latadi...


22. Savol: Sizningcha nima uchun ko'p a'zolarimiz o'z vaqtlarini "Forumdoshlar hayoti" bo'limida o'tkazadilar? Hatto diniy bilimga ega bo'lgan a'zolarimiz ham. Va yana sizningcha, boshqa bo'limlarda foydali narsalarimizni saviyasi pastligimi bunga sabab yoki a'zolarimiz o'zlari buni xohlamaydilarmi?

Javob: Forumdoshlarni unday-bunday deyish niyatim yo'q. Forumdoshlar hayoti bo'limi ham judaaa ko'ngilochar emas. Bu yerda ham jiddiy, mulohazaga chorlaydigan, odamni o'ylantirayotgan mulohazalar qoldiriladi. Mana bunga misol shu mavzu ham. Ko'pchilik aynan shunday go'zal postlar uchun kirsa kerak. Boshqa maqsadlari ham bordir, buni men bilmayman va yomon gumonga ham borish niyatim yo'q. Kimning qayerga kirishi o'ziga bog'liq. Agar shu bo'limni hush ko'rib kirishgan ekan, ularni tanqid qilishga haqqimiz yo'q. Boshqa bo'limlarda ham saviyasi past postlar ko'p degan fikrga ham qo'shilmayman. Hamma bo'limda ajoyib, mulohazakor mavzular mavjud. Faqatginba ba'zi yosh va yangi userlar tushunmay postlar qoldirishadi. Bu ham umumiy saviyaga umuman ta'sir ko'rsatmaydi, deb o'ylayman.
Lekin ba'zi userlarning ataylab, forumda bir fitna yoxud ixtilof, o'zlarining shaxsiy g'arazlarini ifodalash uchun kirishlari va shu holatda post qoldirishlari odamni hafa qiladi...


23. Savol: Hozirgi kunlarda qizlarimizda islomga yaqinlashish ko'p kuzatilmoqdami yopki islomdan uzoqlashish. Bunga nima sabab?

Javob: Avvalo, Allohga hamd bo'lsinki hozirgi qizlarimizni orasida Islomga qiziqish kuchayib boryapti. Albatta, bu meni nazarimda. Va buning sabablari, avvalo, hidoyat Allohdan,qolaversa,ularda tafakkur ba haqiqiy ilm olish ishtiyoqi kuchli. Va qizlarimiz (ota-onalarga) qaraganda, sabr bilan tinglashni va tinglagan narsalarni mulohaza qilib ko'rish salohiyatiga egadirlar.
Buning sabablarini juda ko'p keltirishimiz mumkin.
Asosiysi, haqiqiy muslim va muslimalarimiz safi ko'payaversin.


24. Savol: Tasavvur qiling, yaqinlaringizdan biriga o'qishda, ishda yoki oilada Alloh buyurgan buyruqqa (masalan, hijob) qarshi harakat qilishni majburlashmoqda. Agar ularning aytganini qilishmasa, o'qishi, ishi, hatto oilasidan ayrilishi mumkin. Siz bunga qanday munosabatda bo'lardingiz?

Javob: Go'zal savollaringiz uchun tashakkur. Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Yaqin birodarlarimni hayotlarida bunaqa hodisalarga ko'p guvoh bo'lganman va bo'lib kelyapman, ming afsuski.
Men har doim ularga birinchi bo'lib Alloh roziligi turishni anglatganman. Allohni yo'lida, uning buyruqlarini bajarishda sobit qolgan holatda, Allohga tavakkul qilib davom  etishliklarini maslahat berganman. Va har doim shu fikrimda qolaman,InshaAlloh. Bu fikrimdan hech kim, hech qachon qaytara olmaydi. Ish, o'qish ekanku, men agar kerak bo'lsa oiladagilarga ham qarshi chiqib shu yo'lda bardavom bo;lishlikni tavsiya qilgan bo'lardim. (hatto oiladan ajrashgacha olib kelsa ham) Bu meni shaxsiy fikrim.
Alloh barchamizni faqat O'ziga ibodat va itoat qiladiganlardan qilsin!!!  Amiyn!!!


25. Savol: Muslimalik niqobi ostida sharr ishlarni qilib yurgan munofiqalarga duch kelganmisiz. Ularga qanday munosabatda bo'lgansiz?

Javob: Endi savolingizga kelsak, Alhamdulillahki, men hali unaqa "Muslima"larni uchratmadim. Balki ko'chga kam chiqqanim va bu yerda tanishlarim oz bo'lgani uchundir.Vallohi a'lam.
Lekin bunaqalar haqida tanishlarimdan ko'p eshitganman. Bizni suygan va suymagan insonlardan, bizga nafrat to'la ko'zlardan,nafratini so'z bilan ifodalab bergan insonlardan ham...
Ularga munosabatim, Alloh ularni mag'firat qilsin va O'zi Haq yo'lni ko'rsatsin. Alloh ularni Tavba qilishiga imkon bersin va tavbalarini qabul qilmasdan jonlarini olmasin.
Qisqa qilib aytganda, Alloh taolo bularni buyuk IYMON bilan jazolasin!!!

Qayd etilgan


shoir  09 Dekabr 2009, 10:28:54

Munira xonimga berilgan savollarga javoblar:

26. Savol: Ushbu mavzuda berilayotgan javoblardan
a) kimlarning sizga juda ma'qul kelyapti?
b) kimlarning javobi sizni qoniqtirmadi?
c) kimning javobi sizni taajjubga soldi?

Javob:
a) Abdulaziz bilan mutaallimahni;
b) Hammaniki qoniqtirdi;
c) Mutaallimahni javobi taajjubga soldi;qaysi yigitni tanlash haqida bergan savolingizga bergan javobi.  :)


27. Savol: Sizni so'nggi marta yig'latgan (xoh quvonch, xoh qayg'u ko'z yoshi bo'lsin) forum bilan bog'liq hodisa yoki bironta mavzu?

Javob: Meni oxirgi marta chinakam yig'latgan, ushbu forumdagi "Oila va Jamiyat" bo'limidagi "Qiziq hikoya" mavzusiga Zubair tomonidan joylangan "Otasini tiriltirgan qizaloq" nomli hikoyacha edi.
Bu hikoyani bolalarimga o'qib berib turib, hech o'zimni tutib turomagandim, meni yig'laganimni ko'rib bolalarim ham yig'lashgandi o'shanda.
Alloh barchalarimizni faqat ezgu amallarga sababchi bo'ladigan bandalaridan qilsin. Amiyn!!!


28. Savol: Yigitning ori deganda nimani tushunasiz? hozirgi zamon bilan bog'liq mulohazalaringiz.
Yigitning orsizligi - ayolning halokatiga sabab bo'ladi degan fikrga munosabatingiz?

Javob: Yigitni ori - bu IYMONI deganidir. CHunki yigitning IYMONI butun bo'lsa,albatta, orli, g'ururli bo'ladi. Hozirgi zamon ham, oldingi zamon kabi bir xil ketyapti. Lekin insonlar ancha o'zgargan. Sizga uzunroq bo'lsa ham ushbu javobni bermoqchiman.
1990-1992 yillarda biz 13-15 yoshlarda edik. O'sha paytlarda bizni mahhalamizda qizlar juda ko'p edi.Aksariyat o'rtoqlarimini oilasida akalari yo' edi, shu jumladan mening ham. Lekin mahallamiz yigitlari bizni har doim himoya qilishardi. Ba'zan mahallamizga begona notanish yigitlar oralab qolishsa, besh olti yigit bir bo'lib, uni o'rtaga olishardi. Agar u yigit biror qizni orqasidan "ergashib" kelgan bo'lsa, uni bu mahallaga qaytib kelmasligini "qo'pol" ravishda "iltimos" qilishardi. Agar u yana keladigan bo'lsa bolalar uni do'pposlab qaytib kelmaydigan qilishardi. Agar biror qizga ko'ngil qo'ygan bo'lsa unga uylanishni taklif qilishar, lekin zinhor u qizni obro'sini to;kib mahallada o'ralashmasligini ta'kidlashardi.Oilamzida berilgan tarbiya va mahallamizdagi yigitlarning ori, g'ururi tufayli bizni mahalladan birorta yomon otliq bo'lga qiz yetishib chiqmagan. Alhamdulillah.
Hozirgi zamon yigitlariga shu narsa yetishmaydi.....(Hammalarida emas albatta)
Yigitning orsizligi ayolning halokatiga qisman sabab bo'lishi mumkin. Agarda ayol o'zining fikriga, iymoniga e'tiqodiga ega emas ekan, uni halokatga yuz tutishi uchun ozgina sabab kifoya.
Agarda ayol Iymonli, e'tiqodi kuchli, Hayo iboda ustun, haqiqiy AYOL bo'lsa  uni hech qaysi erkakning hech qanday salbiy "fazilatlari" halokatga boshlay olmaydi....
Alloh har bir muslimni ham muslimani ham o'z IYMONIdan va HAYOsizdan ayirmasin!!!


29. Savol: Ma'naviy boylik nima? Uning moddiy boylikdan farqi, afzalligi va kamchiligi nimada?

Javob: Ma'naviy boylikka ko'pchilik ilm olish orqali erishiladi, deb o'ylaydi. Bu gap ham qisman to'g'ridir. Lekin inson ko'proq ma'nan boy bo'lishi uchun TAFAKKUR qilishi lozim deb o'ylayman. Chunki necha necha ilm dargohlarida ilm olib, necha necha diplomga sazovar bo'lgan insonlar borki, ularni hayot haqida, isnonlar haqida fikrlarini eshitsangiz:"Tavba, bu nimani o'qigan ekan" degan hayol keladi. BA'zi bir ilmli insonlarni fikrlaridan dalada ishlaydigan dexqonning fikrlari haqiqatga yaqinroq tuyuladi.
Ma'naviy boylik bu INSON o'zligini tanishida, Yaratuvchisini tanib Unga ibodat qilishida, Alloh bergan har bir ne'matni ham, yaxshilikni ham, musibatni ham birdek sabr va tafakkur bilan qarshi olishi deb o'ylayman. Inson yuksak ma'naviy boylikka ega bo'lishi uchun asosiy, diniy ilmni egallashi va bu bilimga amal bilan yashashi lozim.
Ma'naviy bolyikni moddiy boylikdan afzalligi juda ko'p, bu yerda uni sanab o'tsak postimiz juda uzun bo'lib ketadi.
SHuning uchun qisqagina javobim: Moddiy boylik vaqtincha omonat, bir kun sizga xiyonat qiladi, ma'naviy boylik esa, sizni hech qachon tashlab ketmaydi. Agar siz ilmingizni va bu boyligingizni xolis ALloh uchun boshqalarga ulashsangiz va bu boyligingiz tufayli kibrga, riyoga berilmasangiz, bu siz cuhun ikki dunyoda saodat baxsh etadi,InshaAlloh.
Kamchiligi umuman yo'q, faqat inson bu boyligini to'g'ri yo'lga yo'naltira olsa va o'zini BANDA ekanini unutmasa, bo'ldi. U ma'naviy bolyikdan hech qanday kamchilik topa olmaydi....
Men katta universitetlarda ta'lim olmaganman, shuning uchun savolingizga qo'limdan kelganicha javob berishga harakat qildim. Albatta o'z dunyoqarashimdan kelib chiqqan holda.
Siz kutgan go'zal so'z va fikrlarni bera olmagandirman. Rozi bo'lasiz...


30. Savol: Biror-bir ishni qilishda iroda yetmasa inson o'zini qanday qilib shu ishga unday olishi mumkin?

Javob: Men o'zim bunday holatda nima qilishimni aytib o'ta qolay:"Alloh meni musulmon qilib yaratdi, Iymon va ozgina bo'lsa ham ilm berdi. NAhot, meni kuchim va irodam shu ishga ham yetmaydi? Albatta, yetadi, meni kuchim va irodam bundan qiyin va mushkul ishlarga ham yetadi,InshaAlloh. Menga ALloh birinchi yordamchi va Iymonim meni doim haq yo'lga boshlab turadi, meni irodam yetadi, sabrim ham yetadi", deyman. Odamlar nazarida eng qiyin hisoblangan ishlarga ham shu tarzda osonlik bilan erishganman va bundan keyin ham erishaman,InshaAlloh.

Qayd etilgan


shoir  09 Dekabr 2009, 10:29:06

Munira xonimga berilgan savollarga javoblar:

31. Savol: Maktab davridagi eng qiziq voqea(lar)ni eslay olasizmi?

Javob: Taxminan 6-7sinflarda edik. Fizika darsi.Ustozimiz juda qattiqqo'l, qizlarni ham yigitlarni ham aybi bo'lsa birdek kaltaklaydigan kishi edi. SInf bo'yicha faqat menga qo'l ko'tarmagan, men bunga yo'l ham qo'ymasdim. Navbatadagi darslarni birida, bitta qizni katta-katta qo'llari bilan dars tayorlamagani cuhun ura ketdi. HAmma jim. Oxiri men chiday olmadim, sharta o'rnimdan turdim-da:"Domla, nahtoki qiz bolani ham shunchalik rahmsizlik bilan ursangiz, nima qilibdi dars tayorlamasa? BAribir sizga o'xshagan fizikachi bo'lmaydi u. Agar sizni qizingizni birov shunchalik ursa nima qilgan bo'lardingiz?" dedim. Domla dong qotdi, sinfdoshlarimni hammaisni ko'zi menda. Men hayronman:"Nega menga bunday qarashyapti?" Chunki o'qitivchilarga bunday "isyon"larni ko'p qilganman. Bir vaqt ne ko'z bilan qarayki, domlamiz urgan qiz, o'zini qizi ekan... Shu-shu fizika o'qituvchimiz qizlarga qo'l ko'tarmaydigan bo'lib qolgandi...Qizi esa haqiqatan ham fizikachi bo'lmadi...   :)


32. Savol: Sumalakni birinchi marta qo'zg'aganingizda qanday niyat qilgansiz? (Sumalakni qo'zg'ovchi kishi niyat qiilishi kerak, degan tushuncha bor xalqimizda, bunga qanday qaraysiz?)

Javob: Sumalakni pishirishda va kovlashda nima niyat qilsangiz amalga oshadi, degan gapga men umuman qarshiman. Bu shirk, sumalak ham ALlohning boshqa taomlarga o'xshab, bizga bergan ne'mati.
Men 12-13 yoshlarimda sumlakni kavlashga kelgandim, o'shanda qo'shnilarimiz, bolasi yo'q keinlar yon'oq tashlab duo qilib, sumalak kovlashgandi. Va sumalakni "Siz"lab gapirishgandi. Men o'shanda ham ularga qarshi chiqqanman. MAhallamiz keksalari meni beodoblikda ayblashgandi. Onamdan ham rossa gap eshitgandim. Men bunda hech qanday niyat qilmagandim, faqat, qanday qilib oddiy bug'doydan bunchalik shirin taom qilinadi, yana 24 soat davomida pishiraladi-ya, deb o'ylagandim.


33. Savol: Farzand tarbiyasi juda ma'suliyatli, juda yoqimli, maroqli, shu bilan birga jiddiy masala. Siz farzandlaringiz tarbiyasida birinchi navbatda nimaga e'tibor berasiz? Bola tarbiyasida nimalar, qanaqa munosabatlar (bola bilan) salbiy va ijobiy ta'zir ko'rsatishi mumkin?

Javob: Farzand tarbiyasida, asosan farzandlarimni o'ynaydigan o'rtoqlariga va sinfdoshlaridan qaysilari bilan yaqinligiga ahamiyat beraman. Va yana, tarbiyada eng asosiysi, ota-onaning gapi bir xilda chiiqshi deb o'ylayman. Chunki bir mavzu haqida ota boshqacha ona boshqacha fikr bildirsa, bolaga juda qiyin bo'ladi, chunki otaniki to'g'rimi, onaniki to'g'rimi, ular farqlay olisholmaydi. Shuning uchun, ota gapirgan gapga, agar u to'g'ri bo'lsa labatta, ona qarshilik qilamsligi, onaning gapiga esa ota qarshilik qilmasligi lozim.
Keyin farzandiginzga bir ishni yoki amalni yoki ilmni o'rgatsangiz, bunda  birinchi bo'lib o'zingiz to'g'ri bo'lishingiz kerak. Chunki unga bergan odoblaringizda o'zingiz sobit bo'lmasangiz, bu bolaga sabiy ta'sir qiladi. SIzni yolg'onchi deb o'ylaydi va shunday qilsa bo'larkan, deb u ham sizni izingizdan ketadi. UNga ibrat bo'la olishingiz, har narsada, albatta, bu ijobiy natija beradi,InshaAlloh.


34. Savol: Sizning hayot yo'lingini belgilab bergan 3 ta hadis?

1."Albatta, barcha amallar niyatlariga bog'liqdir".
2."Kimki o'ziga yaxshi ko'rgan narsasini, boshqa bir musulmon birodariga yaxshi ko'rmagunicha, komil mo'min bo'lolmaydi".
3."Qaysiki ayol, besh vaqt namozini o'qisa, Ramazon ro'zasini tutsa va eriga itoat qilsa, Jannatni xohlagan eshigidan kiradi".
PS:Uchinchi hadis, menga oilamni izga solishga, hamma havas qiladigan oila darajasiga ko'tarishimda juda katta yordam bergan. Barcha muslimalarga shu hadisni, o'zlarini hayotlariga tadbiq etishlarini maslahat berardim.
Alloh barchamizni O'zining eng sevimli bandalari qatorida qilsin. Amiyn.


35. Savol: Siz doim o'qib yuradigan 3 ta duo?

Javob: 1."EY, ROBBIMIZ, USTIMIZDAN SABRU TOQAT YOG'DIRGIL, QADAMLARIMIZNI SOBIT QIL VA BIZNI BU KOFIR QAVM USTIGA G'OLIB QIL!!!" (Baqara/250/)
2."ALLOH HECH BIR JONNI TOQATIDAN TASHQARI NARSAGA TAKLIF QILMAYDI.HAR KIMNING QILGAN YAXSHI AMALI O'ZI UCHUNDIR VA YOMON AMALI HAM O'ZINING BO'YNIDADIR. ROBBIMIZ, AGAR UNUTGAN YOKI XATO QILGAN BO'LSAK, BIZLARNI AZOBINGGA GIRIFTOR AYLAMA! ROBBIMIZ, BIZLARNI ZIMMAMIZGA BIZDAN ILGARI O'TGANLARNING BO'YINLARIGA QO'YGAN YUKINGNI YUKLAMA! RABBIMIZ, BIZLARNI TOQATIMIZ YETMAYDIGAN NARSAGA ZO'RLAMA! BIZLARNI AVF ET,(GUNOHLARIMIZNI)MAG'FIRAT QIL,(HOLIMIZGA) RAHM AYLA! O'ZING XOJAMIZSAN! BAS, BU KOFIR QAVM USTIGA O'ZING BIZNI G'OLIB QIL! (Baqara/286/)
3."ROBBIMIZ, BIZNI HIDOYAT QILGANINGDAN KEYIN - ENDI DILLARIMIZNI HAQ YO'LDAN OG'DIRMA VA BIZGA O'Z XUZURINGDAN RAHMAT ATO ET! ALBATTA, SENGINA BARCHA YAXSHILIKLARNI ATO ETGUVCHISAN!"(Ol-Imron/8/)

Qayd etilgan


shoir  09 Dekabr 2009, 10:29:33

Munira xonimga berilgan savollarga javoblar:

36. Savol: 1. Jamiyat hayotida yuz berayotgan va ayni paytda sizni tashvishga solayotgan erkaklarning 3 ta muammosi? Nima uchun sizni tashvishga solmoqda?
2. Jamiyat hayotida yuz berayotgan va ayni paytda sizni tashvishga solayotgan ayollarning 3 ta muammosi? Nima uchun sizni tashvishga solmoqda?

Javob: 1.Erkaklarning g'urursiz, boylikka ruj'u qo'yishgani va va'daga vafo yo'qligi meni ko'proq tashvishga soladi,hafa qiladi.

2.Ayollarning hayosiz, boylikka ruj'u qo'yishi va oilani qadrini bilmasliklari, ya'ni oila haqida kalta va o'z nafslaridan kelib chiqqan holatda o'ylashlari meni tashvishga soladi va nafratlantiradi...

1.Erkaklar g'uruni unutsa, jamiyat va hatto har bir oila halokatga yuz tutadi. Boylikka ruj'u qo'ysa, haromdan ham hazar qilmaydigan bo'ladi, oiqbatda oilada tarbiya topayotgan farzandlarning xalqumi nopoklanadi va ulardan DIN uchun haqiqiy xizmat qiladiganlar yetishib chiqishi amri mahol.Va'da vafosiz bo'lsih esa munofiqlikning belgisi.

2.Ayolning hayosiz bo'lishi, hammani gunoh botqog'iga botiradi...
Boylikka ruju' qo'yishi erkakni zada qiladi, hammanarsani boylik bilan o'lchaydigan ayol bolalarini Haq yo'lida tarbiya qila olmaydi.
Oilani qadriga yetmaslik, uni buzilishiga sabab bo'ladi. Bunday ayollarimiz, hatto diniy ilmga ega bo'lgan ayollarimizning ichida ham bunday holatlar ko'payib ketyapti. Oila uchun farzand uchun bir kishi o'zini qurbon qilmasa oila OILA bo'lib shakllanmaydi. Bunda ko'proq og'rilik AYOL zimmasiga tushadi. Agarda ayol sabrli va iymonli bo'lsa OILAni haqiqiy Islomiy OILA qila oladi. Bolalar ham yetim bo'lmaydi, zinokorlarni ham safi kamaygan bo'lardi...


37. Savol: Tasavvur qiling qizingiz uzatiladigan yoshga yetdi.Va vaqti kelib turmush qurishga oilalik lekin yahshi ta'minlangan bir insonga ikkinchi ayol bo'lishni tanlaganini aytdi siz bu holatda qizingizga qanday maslahat berasiz?

Javob: InshaAlloh meni qizlarim bunday qarorga kelishmaydi keljakda, deb umid qilaman.
Agar tasavvur qiladigan bo'lsam, men qarshilik qilgan bo'lardim. Unga tushuntirgan va InshaAlloh bu yo'ldan qaytarishga kuchim yetgan bo'lardi.
Unga:Oila qurish juda jiddiy, uni saqlab qolish esa o'ta qiyin va mas'uliyatli masala. Moddiy tomon hayotda hech narsani belgilab bermaydi. Bir oilada ikki ayol bo'lishi...bunday vaziyat juda chigal. Hozir ko'p insonlar nafsini xohishi uchun ko'pxotinlikka intilmoqdalar.... va shunga o'xshash gaplar bilan uni yo'ldan qaytarardim. Avvalo Alloh bunday kunni menga ravo ko'rmasligini tilab qolaman....


38. Savol: Forumga birinchi marta kirganizda sizni e'tiboringizni tortgan user va uning postini eslay olasizmi?

Javob: Men bu forumga birincha marta kirganimda net olami haqida ham, forumlar yoki saytlar haqida ham hech qanday tushunchaga ega emasdim. Hattoki yozishni ham yaxshi bilmasdim.
Bu forumga tasodifan kirib qolganman, lekin kirganimdan juda xursand bo'lganman.
O'sha paytda menga biror user yoki uning posti yoqqan yoqmaganini aniq eslay olmayman. Ammo shuni aniq aytishim mumkinki, bu forumdagi ilmli insonlarni har bir postlari va sahih fatvolar, insonlar mehnati tufayli joylanagn ko'plab kitoblar menga juda maq'ul kelgan,  mana shu paytgacha ularga bog'lanib qolganman va hech ajrolmayapman.
Bu yerdagi har bir userni hurmat qilaman, hammalari o'zlariga yarasha dunyoga egadilar.
Alloh barchalaridan rozi bo'lsin.


39. Savol: Tasavvur qiling: Sizga tanish bo'lgan bir qizga sovchilar keldi. U qiz siz va oilangizga yaqin, lekin sizga yoqmaydigan ba'zi kamchiliklari bor. Sovchilik deyarli hal bo'lish arafasida. Shu paytda sizdan o'sha qiz haqida surishtirishdi. Agar siz qizning kamchiliklarini aytsangiz, siz aytganingiz haqidagi xabarni ular qizning ota-onasiga ham yetkazadigan, ham bu bilan uchala tomonda ham qarindoshlik rishtalariga putur yetadiganday. Agar aytmasangiz vijdoningiz qiynaladi.
Qanday yo'l tutasiz?

Javob: Juda qiyin savol, men hali bunday ahvolga tushmaganman.
Yaxshilab o'ylab ko'rdim.
Albatta, aytgan bo'lardim. chunki haqiqat har doim haqligicha qoladi.
Alloh taolo hammaga o'ziga munosib juft beradi. Har ishda Allohning hikmati bor...InshaAlloh.
Agar ularning taqdiri qo'shilgan bo'lsa va ular bir-biriga munosib bo'lsa, hech kimning gapi so'ziga qarab o'tirilmaydi...


40. Savol: O'zim chet elda bo'lganim sababli chet elga turmushga chiqib tez orada chet elga kelgan dugonalarim va yoshgina qizlarni ko'p kuzataman.Bu qizlarni  ko'plarida chet elda o'qiydigan yoki yashaydigan yigitga turmushga chiqishlaringing asosiy sababi qaynona qaynota nazoratisiz chet elda "erkin" yashashlik bo'lgan bo'ladi.Albatta atrofdagilarga bu ichki hislarini hammasi ham ochiq sezdirmaydilar.Turmush qurib chet elga chiqib olganlaridan keyin boshida juda a'lo yashaydilar.Ayni ko'ngillaridagi holat "ozodlik".Ammo ota -ona sog'inchi va hayotning turfa sinovlariga duchor bo'lganlarida qattiq afsus qiladilar.Aytingchi vaqti yetib o'g'lingizni chet elda o'qish yoki ishlash imkoni bo'lib qolsa va bu ayni uylanib oila quradigan vaqtiga to'g'ri kelib qolsa siz ikki yoshni chet eldagi "mustaqil" hayotlariga  ona sifatida qanday munosabat bildira olasiz?

Javob: Agar o'g'lim mustaqil hayot kechira olishiga va uni jufti ham mustaqil fikrga va sabrga ega bo'lsa, oiladagi har qanday sinovlarni birgalikda mustaqil va Haq yo'lidan chiqmagan holatda hal qila olishiga ko'zim yetsa, rozi bo'lardim.
Vallohi a'lam.
Keljakda bo'lishi mumkin bo'lgan ishlarga javob berish juda mushkul.

Qayd etilgan


shoir  09 Dekabr 2009, 10:30:05

41. Savol: Hayotingizda yolg'on gapirishga ham majbur bo'lib qolgan paytlar bo'lganmi?

Javob: Ha, bunaqa holatga tushganman.
Lekin tezda buning uchun uzr so'raganman va tan olganman.
Bunday ishga ko'p ham majbur bo'lmagan bo'lsam-da, lekin bo'lgan va faqat bir narsada yoki bir kishidan qattiq qo'rqqanim uchun sodir qilganman. Va bu qo'rquvni yengganimdan keyin va qo'rqqan kishim jahlidan tushganidan keyin hammasini tan olganman va uzr so'raganman.
Bu narsalar ancha yillar oldin bo'lgan, hozir esa qo'rqqanimdan(aksar hollarda hech kimdan va hech narsada qo'rqmayman) ham bunday gunoh qilishdan Allohdan qo'rqaman.


42. Savol: Hozirda din insonning qalbida bo'lishi kerak,tashqarisida emas-degan gaplarni ko'p uchratamiz.
" Hijob o'rash shart emas,Alloh qalbimizdaku,hijob o'rab olib,jirkanch ishlarni qilayotganlar qancha.Biz ro'mol o'ramasak ham,bunaqa ishlar qilmaymiz.Hijob o'radingmi uyda o'tir."-deydigan ayollarga javobingiz qanday bo'ladi?

Javob: Bunday ayollarga javobim:"Sizlarni aynan, o'sha bizni qalbimizda Islom, degan qalblaringiz zang bosgan" degan bo'lardim.
Aksar hollarda, ro'mol o'ragan ayol qizlardan nimagadir hamma "IDEAL" insonni izlaydi. Lekin ular ham gunohkor banda ekanligini hehc kim o'ylab ko'rmaydi. Va hamma narsaga ishlatiladigan "BEsh barmoq barobar emas" degan maqolni, nimagadir hech kim bu sohada qo'llamaydi.
Bundan 2-3yilcha oldin menga bir qo'shnim shunday gapni aytgandi. Ya'ni, meni turmush o'rtog'im ro'mol o'raganlarni yomon ko'radi, ro'mol o'raganlar, har xil buzuq ishlarni qilarkan, o'z ko'zi bilan ko'rgan ekan, shunga yomon ko'radi", degandi. Holbuki, shu ayol bilan meni birinchi suhbatimiz edi. "Sizga o'xshab yurgan ayollar ichida siz aytayotgandek buzuqlik qilayotganlar yo'qmi? Albatta bor, lekin biz hech qachon ro'mol o'ramaganlar hammasi YOMON, degan fikrdan umuman yiroqmiz. Chunki sizni qaysidir amalingiz tufayli Alloh sizni mendan ko'ra ko'proq yaxshi ko'rar. Balki sizning gunohlaringizdan meniki ko'pdir", deb javob qilgandim.
Alhamdulillahki, shu qo'shnim hozi haqiqiy Muslimalar safida. Va men uni har ko'rganimda chin baxtga erishganidan hursand bo'laman.
Ro'mol o'ragan muslimalarni uyda o'tirishiga kelsak, albatta, muslima ayol ko'proq vaqtini uyda bolalar tarbiyasida o'tkazgani afzal. Lekin unda faqat ro'mol bo'lsayu, ilm bo'lmasachi? Albatta, buning uchun u ilm o'rganishi va buning uchun ko'chaga chiqishi, soliha ayollarga aralashishi lozim. Din va Ummatning kelajagi ONAlarning qo'lida. Har birimiz shu nomga loyiq bo'lishimiz lozim.


43. Savol: Yurtimizdagi islomiy muhit haqida nima deysiz? Unda yoshlarning o’rni qay darajada bo’lyapti? Ijobiy va salbiy jihatlari bilan.

Javob: Yurtimizdagi Islomiy muhitni ko'rib albatta inson xursand bo'lmaydi, lekin men ishonaman va duo qilaman har doim, bir kun kelib yurtmizda ham biz xohlagandek haqiqiy islomiy muhit o'rnatailadi, InshaAlloh.
Bu muhit kishini xursand qilmasa-da, muslim va muslimalarni boriga shukr. Yoshi kattalarga nisbatan yoshlarni o'rtasidagi Dinga qiziqish va eshitganiga amal qilishga harakat qilishni ko'rib kishi sevinadi.


44. Savol: Deylik Siz qiz uzatyapsiz? Sovchilar uzoq viloyatdan,chekka viloyatdan. Ammo yigit juda taqvoli, iymonli, ilmli. Qanday yo’l tutardingiz?

Javob: Agar o'rtada ishonchli inson bo'lsa,ya'ni u yigitda siz sanab o'tgan sifatlar borligiga ishonchli inson guvohlik bersa va qizimni ham shunday insonga loyiq tomonlari bo'lsa, ikkilanib o'tirmay bergan bo'lardim. (Yana adasi biladila, bu shunchaki tasavvur xolos :)  )


45. Savol: Insonlarni yaxshi va yomon toifalarga ajratishishadi, sizningcha bu to'g'rimi? Islom dinimiz bunga qanday munosabatda? Yomon odamlar bormi, ularning toifalari qanday?

Javob: Har bir insonning yaxshi yoki yomon tomoni bo'ladi. Mukammal inson yo'q. Mukammal inson yer yuzida bitta bo'lgan, U Zotga Allohning salomi bo'lsin.
Mukammal inson bo'lmganidek, hamma tomoni yomon bo'lgan inson ham yo'q, ayniqsa musulmonlarni orasida.
Biz yomon deb bilgan insonlarni yaxshi taraflarini ham kimdir ko'radi va hurmat qiladi yoki aksincha.
Shuning uchun insonga baho berish insonni ishi emas.
Kim qandayligini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi.
Qalblar egasi faqat Allohdir...

Qayd etilgan