Diydor opaga berilgan savollarga javoblar:
11. Savol: Bitta javobni tanlang: Farzand uchun otaning tarbiyasi eng muhimmi yoki onaning? Qaysi biriniki ustunroq va nima uchun?
Javob: Farzand uchun ham ota ham onani tarbiyasi juda zarur.Lekin farzandlarga onaning tarbiyasi va ayollarga erkakning munosabati juda muhim.CHunki bolalarning eng kop vaqtlari ona bilan o'tadi demak onalar koproq ma'ul bo'ladilar. (albatta bu mening fikrim)
12. Savol: Farzandlariz bormi, eng kottalarini yoshi nechada?
Javob: Ha Alhamdulillah farzandlarim bor. Eng kattalari islom hukmi bilan balog'at yoshiga yetganlar.
13. Savol: Farzandlaringiz sizga sovg'a qilishadimi? Nimani sovg'a qilishgan?
Javob: Alhamdulillah farzandlarim sovg'alar qilishadi har birisi o'z imkoniga qarab.CHunki ular hali hukman balog'atga yetgan bo'lsalar ham yoshlari kichik.Lekin kata o'gilcham o'z imkoniga qarab insonlarga sovg'a ulashmakni juda yahshi ko'radi.Sovg'alari asosan payg'ambarimiz S.A.V.ga sevimli bolgan narsalar misvak ,atir shunga o'hshash narsalar.
14. Savol: Eshitishimcha Misrda ayollar ham hayit namoziga chiqshar ekan. Tartibsiz bo'lib ketmaydimi? Ayollar qayerda namoz o'qishadi va qanday tarqalishadi?
Javob: Uzr, bu savolga aniq javob bera olmayman.CHunki men namozlarni uyda o'qiyman.Lekin eshitishimga ko'ra barcha arab davlatlarida ayollar namozga masjidlarga bemalol chiqisharkan.Masjidlarda esa ayollar uchun alohida joylar mavjud bo'larkan.
15. Savol: Musofir yurtda ham arafa kuni osh pishirib qo'shnilarga tarqatasizlarmi?
Javob: Yoq biz yashab turgan yurtda yerlik halq shirinlikni koproq iste'mol qilganlari sabab shirinliklar pishirib tarqatamiz.Eng qizig'i bu odatdan bizlar voz kecha olmagandek qo'shnilar hayralanishlarini berkitmaydilar.
16. Savol: Erkak kishidagi (iymonsizlikdan tashqari yana) qaysi jihat sizni ko'nglingizni qoldirishi, o'sha erkak kishini hurmat qilmasligingizga sabab bo'la oladi?
Javob: Erkak kishidagi kop gapirishlik ,hotinini aytgan gapi bilan ish tutishlik,begona ayollar haqida nima bo'lsa ham o'zi bilmagan gaplarni gapirib yurish sifatlarini juda yomon ko'raman.Eng yoqmaydigani mayda gap erkaklar,chunki bu sifat bilan hamma yomonlikni qilishi mumkinligini hayotimda juda koop ko'rganman.
17. Savol: Odatda inson oddiy nutqda ayta olishga qiynaladigan gaplarini yozsa, yaxshiroq ta'sir qiladi deyishadi. Siz bunga qanday qaraysiz? She'r ham yozib turasizmi?
Javob: Manim fikrimcha inson nutqda chiroyli va mazmunli gapira olsagina ta'sirli yoza oladi.Yozganlarida insonni kongil oinasi va nutq madaniyatini koraman.Yozgan fikrlariga qarab insonni tabiatiga baho berishga harakat qilaman avvaldan.SHeriyatga unchalik ham qiziqmayman.Nasriy narsalar koproq qiziqtiradi.Lekin H.Hamidov she'rlarini o'qib rohat va fikr olaman.O'zim yozmayman.
18. Savol: Zamon Islomga moslashadimi yoki Islom zamonga moslashadimi, degan savolga qanday javob bergan bo'lardingiz?
Javob: Men uchun zamon islomga moslashgani afazal.SHunday muhitda yashshash osonroq deb bilaman.