Munira xonim  ( 18743 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


shoir  09 Dekabr 2009, 10:30:16

46. Savol: Siz uchun forum nimalarni beradi?

Javob: Bu Forum menga juda ko'p narsa bergan.
Avvalo ham Diniy ham Dunyoviy juda ko'p bilamagan narsalarimni o'rganganman.
Qolaversa jonga yaqin jon yo'ldoshlarimni birodarlarimni, opa-singillarimni topganman.
Bu narsa esa men hayotda hech narsaga va hech kimga almashtirmaydigan Alloh nasib qilgan ne'matlarimdir.


47. Savol: Sizningcha oldingi userlar bilan hozirgi userlar orasida farq bormi? Agar farq bo'lsa ular nimalarda nomayon bo'ladi?

Javob: Albatta farq bor.
avvalgi ishtirokchilarimiz ko'proq har bir mavzuga jiddiy qarab fikr bildirishardi.Hazil, bir-birini tushunmasdan fikr bildirishlar deyarli bo'lmasdi. Bir-birlariga o'ta baland hurmatda fikrlarini bayon qilishardi.Noroziliklar ham juda go'zal uslubda bildiriliardi.
Bu deganim hozirda unday emas deganim emas, albatta. Lekin hozirda ishtirokchilarimizni ko'paygani,yangi a'zo bo'layotganlar esa asosan yoshi kichik qoni qaynoq uka va singillarimiz ekanligi qilayotgan postlaridan bilinadi.
Lekin ularni safi ko'pligi, ilmga qiziqishlari, fikrlarini ochiq bayon eta olishliklari kishini hursand qiladi.
Sekin astalik bilan barcha ishtirokchilarimiz bir birarini yaxshi tushunib fikr bildirishda yoki fikrlariga qarshiliklarni bildirishda ham nozik yo'l tutib zinhor bir birlariga ozor bermaslikni o'rganishadi,InshaAlloh.


48. Savol: O'zizni juda chorasiz deb o'ylagan vaqtingiz bo'lganmi? Bu holda nima qilgansiz?

Javob: Allohga tavakkul qilishni o'rgangunimcha balki bo'lgandir, lekin eslolmayman.
BAnda ekanligimni haqiqiy his qilganimdan buyon  esa bunday holatga tushmaganman. InshaAlloh bundan keyin ham tushmayman, deb umid qilaman.


49. Savol: Ramazon oyida o'zi turli bahonalar bilan ro'za tutmaganligi yetmaganday, ramazonga behurmat "musulmon"larning ahvollariga guvoh bo'lganmisiz? Bundaylarga munosabatingiz?

Javob: Albatta, guvoh bo'lganman va bo'lyapman, afsuski, juda ko'p martalab.
Bundaylarga munosabatim,bunday "musulmonlarga" faqat rahmim keladi va ularni har ko'rganimda "Voy, bechora", degan so'z keladi tilimga negadir.
Bu bechoralar faqat nafslarini quli bo'lgan insonlar, xolos. Boshqa payt ibodat qilish haqida gapirsangiz ularga, doim Shayton "bechora"ni aybdor qilishadi, lekin Ramazonda bu bechoralar kimni aybdor qilishni ham bilishmaydi. Axir ularni yelkalariga minib olgan shaytonlari Ramazon hurmatidan o'z vazifalaridan ozod qilinadiku?! Agar Ramazonda ularga ibodat haqida gapirsangiz, ularni gunohlariga sababchi bo'lgan Shayton "bechora" yo'q. Buni bilmaganlar yana shaytonni aybdor qilishadi, bilganlar esa o'z nafsimizni qulimiz deyishga kibrlari yo'l qo'ymaydida, har xil baxonalarni izlashga tushishadi.
Bundaylar o'zalrini kimliklarini ham bilishmaydi, o'zlarini hurmat ham qilishmaydi. O'zini hurmat qilmagan kishida Dinga va DIndoshga ham hurmat bo'lmaydi, bu aniq.
Alloh bundaylarga Chin Iymon ato qilsin. Tavba qilmaslaridan jonlarini olmasin. Aamiyn!!!


50. Savol: Avvallari Ko'kcha, Hastimom, Hoja Ahror Valiy masjidlarida ayollar ham tarovih namoziga kelishar, alohida o'ralgan joylarda jamoat bilan namozni ado qilishar edi. Keyinchalik bunga ruxsat berishmadi.
Hozir ham tarovih namoziga ayollar ham borib, bahramand bo'lishlarini xohlarmidingiz? Ayni damda bunday ibodatlarda qatnashishga qanday sabablar monelik qilishi mumkin?

Javob: Ha, men ham avvallari ayollar ham masjidda namoz o'qishgani haqida eshitgandim. Lekin guvoh bo'lmaganman. CHunki o'zim hech namoz o'qish uchun masjidga bormaganman.
Albatta, xohlayman ayol qizlarimizni masjidda namoz o'qishlarini, lekin eng afzali uylarida ibodat qilishlaridir.
Monelik qiladigan sabablari juda ko'p. Eng birinchisi, hozirgi "hijob"da yurgan ayol qizlarimiz (anchagina qismi) agar namoz o'qish uchun masjidga borishadigan bo'lishsa faqat fitnaga sababchi bo'lishadi xolos.
Boshqa sabablarini keltirmasam ham hamma biladi.
Alloh taolo bizni yurtimizni ham, musulmonlarimizni ham O'zi isloh qilsin...

Qayd etilgan


shoir  09 Dekabr 2009, 10:30:30

51. Savol: Ramazon bilan bog'liq hayotingizdagi eng go'zal xotiralar bilan o'rtoqlashsangiz.

Javob: 10 yoshlarimda bo'lgan edi bu voqea.
U vaqtlarda qishda kelardi Mohi Ramazon. Men bir ikki dugonalarim bilan saharlikdan keyin Qur'on o'rganish uchun uyimizdan ikki uch eshik naridagi ustoznikiga chiqardik.U paytlarda ilm olish u yoqda tursin namoz va ro'za kabi iboidatlar ham yashirincha qilinardi. Buvim rahmatlini avvalgi Islom dini va muslima ayollar haqidagi hikoyalarini eshitib, ayollarni paranji o'rab yurganliklarini aytganlaridan keyin bu narsa menga juda yoqib qolgandi. U paytda esa bu narsalarni farz ekanligini ham bilmasdim. O'zim shunchaki qiziqardim shunday yurishga. Bir kuni saharlikdan keyin paltoni kiydimda uydan chiqdim. Yuzini to'sib yurgan ayollarni o'zimcha tasavvur qildim-da, paltoni yechib boshimga tashladim, astar tomonini yuzimga yopib usti tomonini orqamga tashladim, kitobimni ichimga tiqdimda, o'rtog'omni chaqirish uchun ularni hovlisiga kirib bordim. O'rtog'imni 70-75 yoshlardagi buvisi bor edi. U kishi tahorat olish uchunmi, tashqariga chiqqan ekanla. Men eshikdan "Muyassar, hoy Muyas", deb chaqirib kirib borganimni bilaman, buvisi meni ko'rib dod deb o'zini tashlab yuborsa bo'ladimi.  :(  (Qorong'uda juda g'alati ko'ringan bo'lsam kerak-da)
Birdaniga qiy chuv bo'lib ketdi, bittasi menga yopishga, boshqasi buvi bechorani ko'targan. O'zim ham juda qo'rqib ketgandim. Ota-onamdan rossa gap eshitgandim. Shundan keyin onam har doim chiqib ketishimdan ustoznikiga yetib kirgunimcha orqamdan kuzatib turadigan bo'lgandila...
Hozi butun qo'shnilarimiz bilan shu hodisani eslab qotib-qotib kulamiz...


52. Savol: Har gal sahobalar hayotini o’qiganimda, huddi shunday filmni ko’rayotgandek tasavvurga ega bo’laman.
Savol:  Siz rejissyor bo’lganingizda qaysi sahobaning hayotini kinofilm qilib ishlagan bo’lardingiz?

Javob: Har bir sahobiyning, Alloh ulardan rozi bo''lsin, hayotlari uzluksiz filmlar, tom-tom kitoblar yozilishga arziydigan go'zal hayot yo'lidir.
Savolingizga tasavvur qilib javob beradigan bo'lsam, agar rejissyor bo'lganimda, bunday film ishlashga yuragim dov bermagan bo'lardi. Yaxshisi qo'l urmagan bo'lardim.


53. Savol: Har bir sahobaning umr daftari juda ta’sirli.
Savol: Sizga qaysi sahobaning hayotida bo’lub o’tgan voqea juda ta’sir qilgan?

Javob: Aslida har bir sahobiyning hayotlarida bo'lib o'tgan har bir hodisa Islomda o'z o'rniga ega va ozgina iymoni bor kishini larzaga keltiradi.
Menga eng ta'sir qilgani:
Umar ibn Xattob r.a.ni o'z qizlarini tiriklayin ko'mishlari.
Umar ibn Xattobni r.a. Makkadan Madinaga hijrat qilishlaridagi hodisa.
Abu Bakr Siddiq r.a. RAsululloh SAV Me'rojga chiqib tushganlaridan keyingi sahobalarga aytgan so'zlari.
Bu ikki Zotni Madinaga hijrat qilishlaridagi G'ordagi hodisalar....
Bu ro'yxatni davom ettirsam, bugun tugamaydi...
Alloh barchalaridan rozi bo'lsin.
Biz ojizalarga ham Allohni rahmati bilan Qiyomat tongida shunday Zotlarni qatorida bo'lishlik nasib qilsin... Aamiyn.


54. Savol: Siz ko’rgan va sizga juda ta’sir qilgan filmdagi epizod?

Javob: Bundan 14 yil oldin ko'rganim"Daniyalik kelin" filmidagi Hadijaning ilk sajda qilishi...
"Umar Muxtor" filmidagi deyarli har bir sahna...
"Zehraning ko'zlari" filmidagi Zehra bilan bobosining vidolashish sahnasi....Aslida bu filmdagi juda ko'p sahnalar meni larzaga keltirgan, lekin shu sahnasida umuman chidab turolmayman.


55. Savol: 1.Kundalik odatlaringizda payg'ambar alayhissalomga sevikli odat va ummatlariga sunnat bo'lgan tahajjud namozni o'qishlikni odat qilganmisiz?
2.Bir kunda 1 ju'zdan Quroni Karim mutoalasida toqat bilan davomli o'qiy olasizmi? (shu vaqtgacha o'qimaganlar bo'lsa endi kirisha olasizmi )

Javob: 1.Alloh qodir va nasib qilgan kechalarda....
2.Albatta, toqatim Alloh qodir qilganicha yetadi...

Qayd etilgan


shoir  09 Dekabr 2009, 10:30:40

56. Savol: "Oilada ayolni erkak tarbiya qiladi Bolalarni esa onasi " bu gapga qanday fikr bildirgan bo'lar edingiz?

Javob: Albatta, bu fikrga qo'shilaman. Ayol kishini tarbiya qilish ancha mushkul. Agar u ayol farosatsiz bo'lsa Alloh erkakka sabr va aql bersin.
RAsululloh SAV:"Ayol kishi Odamni qovurg'asidan qovurg'asidan yaralgan. (QOvurg'a esa qiyshiq bo'ladi) Uni o'z holiga tashlab qo'ysangiz battar qiyshiqlashib ketadi. To'g'rilayman deb qattiqroq harakat qilsangiz, sinib ketishi mumkin", deganlar.
Shuning uchun, bu qovurg'ani sindirmasdan va battar qiyshiqashtirmasdan tarbiya qilish uchun erkakdan anchagina aql, salohiyat va sabr talab qilinadi. Agar erkakni har bir gapidan, o'zini tutishidan, hatto ko'z qarashlaridan nima deyotganini bila oladigan farosatli ayol bo'lsa undan ajoyib beka va ona chiqadi, InshaALloh.
Farzand go'zal axloq egasi bo'lishi uchun esa avvalo ona shu narsaga ega bo'lishi lozim.
Tabiatan ayol kishi tez o'zgaruvchan hisoblanadi. Agar erkak kishi uni o'z holiga tashlab qo'ysa...
Shuning uchun bu dunyoda hamma narsani chegarasi borligini hisobga olgan inson muhabbatni ham qattiqqo'llikni ham me'yorda ushlay olsa, uning o'quvchisi u o'ylagandan ham ortiq tarbiyali bo'lib yetishadi,InshaAlloh.
Alloh barcha erkaklarga mardlik, aql, salohiyat, ayollarga esa sabr, farosat va go'zal axloq nasib qilsin...


57. Savol: 1. Siz uchun forumda eng qiziqarli 3 ta mavzu (bloglardan tashqari)? Va nima uchun?
2. Bloglar ichida sizga eng ko’proq yoqadigan 3 ta blog nomi? Va nima uchun?
3. Siz forumga kirganingizda birinchi bo’lib ko’radigan mavzuingiz?
4. Siz forumdagi qaysi 3 ta BO’LIMGA deyarli kirmaysiz?
5. Siz tez-tez foydalanadigan 3 ta BO’LIM nomi?
6. Siz uchun forumda eng yoqmaydigan 3 ta mavzu?
7. Siz uchun forumda ibrat bo’lgan va bo’layotgan 3 ta mavzu nomi?

Javob: 1."Forumdoshdan forumdoshga savol","Meni yig'latgan holat","Islomiy Sh'eriyat".
2. Zubairniki"Ibrat izlaganga ibratdir dunyo".Muhammad Sohibniki "Jannatda birga bo'lmoq istadim". Mutaallimahniki "Kundalik".
3.Forumdoshdan forumdoshga savol, Bugunki kun mulohazalari va qaysi mavzuda yangi post bo'lsa.
4.Foydasiz mavzularni hech biriga kirmayman. Ko'pini mavjudligini ham boshqalarni postlaridan bilib qolaman.  :)
5.Forumdoshdan forumdoshga savol, Meni yig'latgan holat,Hikmatlar durdonasi.
6.Oshkora aytilgan hayollarmidi, shunga o'xshash nomi bor mavzular....
7.Bugungi kun mulohazalari, Meni yig'latgan holat va Xonimlar, sizlar ular oldida kimsiz? mavzulari.


58. Savol: Siz yashayotgan joydagi nikoh to'yi bilan bog'liq eng yomon odat qaysi(lar)?

Javob: To'ylarga ko'p qatnashmaganim uchun undagi urf-odatlarni yaxshi bilmayman. Ayniqsa hozirgi yasahyotgan joyimdagi to'ylarga deyarli qatnashmaganim uchun.
Shuning uchun o'zim tug'ilgan joydagi to'ylar haqidagi fikrimni bildirsam..
Islomdan tashqarida bo'lgan har qanday urf-odat men uchun yomon hisoblanadi.
Ayniqsa, ZAGS deb atalgan nikoh marosimiga kelin bilan kuyovni yetalashib, hammani ko'z o'ngida chiqishi.
Kelinlarni g'ayridin vakillarini kiyimlarini kiyishi.
Kelinga deb bir dunyo, kuyovga deb bir dunyo mato, kiyim kechaklarni qilinishi.(Chunki bu narsalar ortiqcha isrof va oilani ko'p hollarda qarz botqog'iga botiradigan eng yomon odat)
Kelinni hammani o'rtasiga olib chiqib kelinsalom qildirishlari.
Xullas, bunaqa kamchilik va yomon odatlar ko'p.
Bular albatta men uchun yomon hisoblangan odatlar. Ba'zilar uchun bu to'gridir, lekin bu mening shaxsiy fikrlarim.
Bu narsadan qutulish uchun haqiqiy ISLOMni nimaligini insonlarga tushuntirmas ekanmiz, bu natijaga erishish ancha mushkul.


59. Savol: 1.   Jufti halolingiz internetdan foydalanishizga qarshilik qilmaganmilar?
2.   Netdan foydalanishda qandaydur chegara va hadlarni belgilaganmilar?
3.   Oilali ayollarning netdan foydalanishiga munosabatingiz?

Javob: 1.Men faqat shu forumga a'zoman, xolos. Bunga qarshilik qilmaydila.
2.Lekin Chatlarda behudaga vaqt sarflashimga qarshila. Keyin forumda ham bekorchi joylarda aralashishimga qarshila.
3.Chegaradan chiqmagan holatda, xaromdan hazar qilib foydalanilsa, ilm olish uchun buni hech kimga zarari yo'q, shu jumladan oilalik ayollarga ham.

60. Savol: 1. Oiladagi ishonch - siz uchun bu nima?
2. Deylik, turmush o'rtog'ingiz sizga netdan foydalanishda ma'lum chegara va hadlarni belgiladilar. Masalan, male (erkak) userlar bilan YM, agent, skype, ICQ, MSN orqali muloqot qilishni, forumda mavzudan tashqari va male userlar bilan ortiqcha muloqot qilmaslikni, PM orqali keraksiz suhbatlarni va hokazo... Siz buni qanday qabul qilasiz? Bu sizningcha ISHONCHSIZLIKMI?
3. Sizningcha ayollariga har ishda erkinlik beradigan "zamonaviy" erkaklar ISHONCHNI o'z DAYUSLIKLARINI yashirishda niqob qilmayaptilarmikin?

Javob: 1. Ishonch bu men uchun hamma narsa...Buni izohlasam postim juda uzuuuuuun bo'lib ketadi...
2. Bu albatta ishonchsizlik emas. Bu ayolini har xil insonlardan har xil dilni vayron qiladigan hodisalardan asrash va boshqalardan rashk qilish. Men erkak ishtirokchilar u yoqda tursin, ayol qizlar bilan ham behuda narsalarni gaplashishlikni yoqtirmayman. Agar tasodifan shunaqa bo'ladigan bo'lsa, bu suhbat menga katta foyda beradigan bo'lsa ham turmush o'rtog'imni ra'yiga qarayman va hammasidan voz kechaman.
3. Fikringizga to'la holda qo'shilaman. Bu dayuslik va munofiqlik. O'zini qadrini bilmaydigan, ayolligini unutgan shunday ayollar borki...agar bularga hamma narsada erkni berilsa, ko'ngillari nelarni xohlamaydi.
Shuning uchun hamma narsada me'yor afzal. Me'yorga amal qilgan kishi, diniy ishlarida ham, dunyoviy ishlarida ham, ilm olishda ham, oilaviy hayotida ham faqat hayrli oqibatga erishadi,InshaAlloh.

Qayd etilgan


shoir  09 Dekabr 2009, 10:30:55

61. Savol: Шукр билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?

Javob: Bunday holatlar juda ko'p bo'lgan.
Men ham o'lim bilan bilan bog'liq hodisani aytmoqchi edim, lekin Imlaah bu haqida aytibdila.
Shunga boshqasini aytib bera qolay.
Bir birodarimiz bor edi. Turmush qurib, juda baxtli hayot kechirishdi.Lekin Alloh taolo har bir bandani bir tomondan sinaydi. Alloh ularni farzand tomondan sinovga tashladi. Yillar o'tdi. Ular shunday ahil yashashdiki, oilalarni ajratish cuhun har qanday harakat behuda ketdi. Ayolni sabriga, hammadan ham erkakni sabriga va shukriga qoyil qolmay ilojisi yo'q edi kishini.Ayoliga shunday go'zal munosabatda bo'lardiki qo'yaverasiz....
Bunday xususiyat erkaklarda juda noyob, menimcha.
Xullas, bu oila beki va bekasi juda go'zal shukri va sabrlari uchun 12yil deganda Alloh ularni o'g'il farzand bilan mukofatlagandi.
U oilani farzandli bo'lganini eshitib, yig'lab yuborgandim. Alloh taolo hech bir narsani yaxshilikni ham, yomonlikni ham, sabrni va shukrni ham bejavob qoldirmaydigan Hikmat Egasidir...


62. Savol: Ўлим ҳақ. Унга борар йсл ҳақ.
Ҳеч сйлаб ксрганмисиз? Сиз қандай слим топишни истардингиз?

Javob: Sizga ham tashakkur, go'zal va ibratli savollaringiz uchun. Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Ushbu savolga yuqorida javob bergan har bir ishtirokchiga rahmat aytmoqchiman. Juda go'zal va ibratli javoblari uchun, har birlaridan Alloh rozi bo'lsin.

Kapalak xonim aytganlaridek:"Iymonimni qutqarmagunimcha u dunyoga ko'chmaslikni Allohdan so'rardim".
Shokirbek aytganlaridek:"Har doim Allohdan shahidlikni nasib qilishini, shahid holatda jon taslim qilishimni nasib etishini so'rayman.
Imlaah aytganlaridek:"Alloh yo'lida xolis ibodat qilib, pok va go'zal ibodatlar qilgan holatda, O'zini rozilgini topgan holatda O'ziga qovushishni so'rayman.
Abdulaziz aytganlaridek:"Ka'bada, barcha ibodatlarni qilib, gunoh va mas'iyatlarimga tavba qilgan holatda sajda paytida jonimni O'z huzuriga olishini tilayman".

Alloh mehribon va rahmli Zotdir. InshaAlloh har kishini niyatiga yarashasini ato qiladi. Har bir musulmonga O'zini roziligini topgan holatda Malakul Mavt kelishini so'rab qolaman. Har bir musulmonni oxirgi manzilini Alloh taolo go'zal aylasin. Va bizlar uchun eng shirin Visol bo'lgan O'z Jamolini beparda ko'rishlikni nasib etsin. Amiyn.


63. Savol: Do'stga zor, dushmanga xor, nomardga muhtoj qilma Duo iborasini qanday tushunasiz?

Javob: Lekin juda qiyin savolni tanlabsiz, baholi qudrat javob berishga harakat qilaman, InshaALloh.
Kishilarni tili bilan aytilgan bu duoni:"Allohim, O'zingdan o'zgaga muhtoj qilmagin..." duosi bilan bir tenglashtiraman.
Biz xohlagan, qalbimiz istagan, o'zimiz qoniqadigan va biz so'raganimizni aynan o'zini bera oladigan zot faqat va faqat Alloh taolodir. Bundan boshqasi berolmaydi va biz Uning yordamiga doim muhtojmiz. Men bu duoni shunday tushunaman.
Do'stga zor - birinchidan, bu dunyoda Alloh hech kimni do'stga zor qilmasin. HAmmaning Alloh uchun do'stlashgan do'sti bo'lsin.chunki do'stga zor bo'ladigan, uning hamdardligiga, maslahatiga va suyanch bo'lishiga inson ba'zan juda muhtoj bo'ladi.
Dushmanga xor - insonning eng katta dushmani nafsi hisoblanadi. ALloh hech bir bandani dushmani qo'lida xor qilib qo'ymasin.
Nomardga muhtoj bu so'zni izohlashni hojati yo'q. Chunki nomard vaqti kelganda o'z oilasidan kecha oladigan pastkash bo'ladi, shuning uchun bundaylarga muhtoj bo'lib qolishlikdan Allohni panohiga sig'inishimiz lozim.


64. Savol: Azaga borsangiz eng ko'p tasirlangan voqeangiz?

Javob: Doim azaga borganimda ikki xil holatdan ta'sirlanaman.
Birinchisi - jasadni kafanlik holda ko'rganimda chidolmayman. Go'yoki kafanda o'zim yotgandek his qilaman, o'zimni. Agar jasadni ko'rishni imkoni bo'lmasa tobut chiqib ketayotganida shunday holatga tushaman.
Ikkinchisi, insonlarni tirik yurgan kishilarni hollaridan ta'sirlanaman. Jasad ichkarida yotibdi yoki yelkalarda tubut ketyapti,lekin tiriklar va aqli borlar, o'z g'amlarida, o'z gaplarini so'zlab ketishyapti. Azaga kelgan o'z dardini aytib yig'laydi deganlaridek, azaga kelgan kishilar ham, ayollar ham, o'tib ketgan, hamma unutib ketgan dardlarini ham kovlab chiqarib gaplashishini yoqtiradilar. Shularni holatiga hayron qolaman. Oldilarida jasad yotib, shuni his qila olmayotgan bechorlarmiz aslida biz. Aslida bizni qalblarimiz jasadga aylanib qolgan deyman...
Buni o'z opamni janozasiga kelgan kishilarda ko'rgandim birinchi marta. Uni jasadi oldidan ketolmay o'tirganimda, insonlarni gaplaridan va qilayotgan ishlaridan juda lol qolgandim va nafratlagandim. O'sha paytda hammani uyda haydan chiqargim kelgandi, to'g'risi....
Alloh barchamizni oxirimizni go'zal qilsin.Avvalo har birimizga amal qilinadigan ilm va diniy bag'rikenglik nasib etsin. Qalbimizda iymonimiz shu qadar to'lsinki, unda gina, adovat, hasad va g'iybatga joy qolmasin. Ana shundagina bizni oxiratimiz ham go'zal bo'ladi,InshaAlloh.

PS:Bunday go'zal va ibratli savollar zanjirini boshlab bergan Shoirdan, bu savollarga go'zal javob berayotgan barcha ishtirokchilardan Alloh rozi bo'lsin. Va savollar berishda davom etayotgan barcha muslim va muslimalardan ham Alloh rozi bo'lsin. Barchamizga shu savol va javoblardan o'rnak o'la biladigan aql ato qilsin Alloh.


65. Savol: Int va forum orqalik munosabat va muomala sizga nima beradi.Forum sabab ilm olaman degan tushunchaga ko'p uchrayman sizning bu iboraga fikringiz?

Javob: Asalni ham ozi shirin, deganlaridek, hamma narsani ham ozi va me'yorda bo'lgani yaxshi. Shu jumladan int va forumlarda qatnashishni ham. Ilm olishga imkoniyatlar katta albatta, lekin faqat shu bilan chegaralanib qolish qiyin ko'p hollarda.
Chegaradan, ham Islom, ham Iymon, ham Hayo chegaralridan chiqish bo'ladi ba'zan.
Shu narsalardan saqlanib, faqat va faqat o'zi va boshqalar foydasi uchun ishlash, kishini iymoniga va taqvosiga bog'liq, InshaALloh.
Alloh har birimizni vaqtini qadriga yetadigan aql egalari qilsin. Amiyn.

Qayd etilgan


shoir  09 Dekabr 2009, 10:31:13

66. Savol: Бола бслса - шсх бслсин, деган гап бор. Ашлигингиздаги қилган қайси шсхлиг(лар)ингизни ҳалигача сслаб юрасиз? Ўшанда қандай воқеа юз берган сди?

Javob: Haqiqatan bolalik shoxlik bilan amalga oshirgan sarguzashtlarimizga juda boy...

Birinchi o'qigan namozimni hech esimdan chiqarmayman. U paytlarda namoz o'qiydiganlar kamdan kam topilardi. O'shanda 8yoki9 yosh bo'lganman. Ammamni qiziga menga ham o'rgatsan deb turib olibman. Bir amallab tahoratni olgandan keyin joynamozga turdim, mazza qilib o'qiganman namozni, lekin og'zimda saqich bilan o'qigandim.  :(
Ammamni qizi keyin rossa urushgandi meni...Shunda unga o'rgatgan kishida ayb menda emas, o'zingiz, o'gizda hech narsa bo'lmasligi shart demadingizku degandim. :)

Juda sho'x va urushqoq qiz bo'lgandim. Bir kun ko'chaga chiqsam, qo'shni bolalar teshada yo'l bo'yidagi ariqni kovlayotgan ekan. Qiziqib borib nima qilyapsan deb, u bolani itarib kovlayotgan joyiga, ariqni ichiga boshimni tiqib qarabman. U bola qoch deb baqirsa, jim tur deb o'rnimdan turmaganman. Shunda u bolani jahli chiqib, qo'lidagi tesha bilan boshimga bir solgandi. U sariq edida, shunga juda tez jahli chiqardi.

Opam rahmatlik juda yuvosh va kamtar edila. Deyarli hech kim bilan urushmasdila. Bir kun ko'chada o'ynab tursak opamni o'rtoqlari bilan, opamga noxaqlik qilishgan. Ular mendan uch yosh ketta edilar. Bir o'rtolqari opamni urdi. Opam bo'ldi ketdik, Nargiz dedila. Meni bo'lsa jahlim chiqdi, nimaga nohalqik qilib urasan opamni dedim. U hayron chunki mendan ancha katta-da. O'ynayotgan joyimizda bir mashina tuproq to'kilgan edi. Shartta bordimda, haligi qizni kuchimni boricha, itarib yiqitib, ustiga chiqib urib, ustiga tuproq tortib qo'ygandim. Kechqurun oilaviy majlisda meni turgizib qo'yib "tarbiya"lashgandi...

Bir o'rtog'im bilan urushib, uni ko'mirga yumalatib, uyga qopchib kirganman. Onasi bizni nazarimizda shallaqi ayol edi. Onasini boshlab chiqadi, deb qo'rqib, uyga kirib tokchaga chiqib pardani orqasiga yashirinib uxlab qolgandim. Onam bechora izlab izlab zo'rg'a topgandila  :)


67. Savol: Sizga eng yoqadigan, doim yodingizda turadigan biror mashxur insonning aforizmi?

Javob: Bu gapni kim aytganligini eslolmayman, afsus.
Unda shunday deyilgan:"Ey Inson,sen nimangga kibrlanasan?Axir, seni avvaling, bir tomchi nopok suv, ko'tarib yurganing hammasi axlat,oxiri borar joying qaro qabr va oqibating qurt qumursqalarga ozuqasanku?!"


68. Savol: "O'zini aqlli qilib ko'rsatish!" Bu iborani hayotta juda ko'p ishlatamiz, lekin baribir hayron qolasan, odam o'zini qanday qilib aqlli ko'rsatishi mumkin?

Javob: "O'ZINI AQLLI QILIB KO'RSATISH!"
Bunday insonlar, ilmlari kam, dunqarashlari tor, tafakkur qilmaydigan kishilarni orasida o'zlarini aqlli qilib ko'rsatadilar. Ularni aqlli gaplar bilan lol qoldiradilar. Aslida bu narsa ham o'zini aqlli qilib ko'rsatish emas, chunki ularni lol qoldridimi demak, uni shunga aqli yetadi.
Faqat o'zlarini ustun tutgan bunday kishilar, o'zlaridan ko'ra aqlli va ilmli kishini oldida, kimliklari ma'lum bo'ladi. Chunku uni aqli yetgan narsaga ularni aqli yetmaydi. Va tabiiyki, o'zlari aqlli qilib ko'rsata ham olmaydilar.
Demak bu fikrdan shu ma'lum bo'ladiki:"Qozonda bori cho'michga chiqadi", sizni ta'biringiz bilan aytganda.
Qozonda esa nima bor, nima yo'qligi esa davraga qarab ma'lum bo'lib qoladi.


69. Savol: Avvalo,Alloh sizlarni oilalaringni mustahkam qilsin.Shunchaki faraz qiling.Agar turmush o'rtog'ilar silarga hiyonat qilsa qanday yo'l tutasizlar?O'rtada farzand bor.

Javob: Bizni 14yillik hayotimiz davomida bunday ish bo'lmagan, bo'lmasligiga ham umid qilamiz, InshaAlloh.
Endi tasavvur qilsak... (Alloh saqlasin)
Agar bunday holat yuzaga kelsa, meni oilamda, avvalo o'z aybimni axtarib topib uni yo'qotishga harakat qilgan bo'lardim. Topolmasam turmush o'rtog'im bilan yaxshilab dildan, xotirjam gaplashib olgan bo'lardim.
Chunki men bolalarim va ularni tarbiyasi uchun mas'ulman. Men ming harakat qilsam ham, bolalarimga otani o'rnini bosib berolmayman. Shuning uchun, o'z qalbimga berilgan ozor uchun bolalarimni qalblariga bir umrlik armon urug'larini qadamagan bo'lardim. Alloh uchun go'zal sabr qilib, bolalarimni tarbiyalash va o'zimni isloh qilish uchun harakat qilgan bo'lardim.
Alloh taolo avvalo har birimizga o'z aybini ko'ra oladigan qalb va ularni bartaraf etadigan aql ato qilsin.
Har birimizni qalbimizni kibrdan va amallarimiz riyodan saqlasin. Amiyn.


70. Savol: Сснгги 10-15 кун ичида ушбу мавзуда берилган жавоблар ичида сизга снг маъқул келганлари қайсилар бслди?

Javob: Avvalo savol berganlarga ham, bu savollarga go'zal javob qilgan barchaga tashakkur aytaman. BArcha javoblar o'zicha go'zal va ibratli edi.
Ayniqsa,Abdulaziz, imlaah, Ulug'bek75 va Kapalakni javoblari insonga ko'p narsani o'rgatadi.
Barcha javoblar desam ham bo'ladi, lekin menga eng ta'sir qilgan va hali hanuz yodimdan ko'tarilmagan javob Salmon Forsiyni Mehr haqida savolga bo'lgan javoblari bo'ldi.


71. Savol: Агар кимдирга сен схшилик қилсанг - унут, кимдир сенга схшилик қилса сла-слгунча унутма, деган ҳикмат бор. Ҳаётда қийин вазистларда сизга ёрдам берган инсонларни сслаб турасизми?

Javob: Albatta, bunday insonlarni unutib bo'larkanmi? Unutishga haqqimiz ham yo'qku.
Bunday vaziyatlar va bu vaziyatlarda yonimda bo'lgan qadrdonlarim ko'p bo'lgan va hozirda ham bo'lmoqda Alhamdulillah.
Alloh bunday mehribonlarni nasib qilganiga ham O'ziga hamd bo'lsin.
Shunday kishilar mehnati va ko'rsatgan mehribonchiligi tufayli hayotdagi eng qiyin kunlarim ham osonroq o'tgan va o'tmoqda. Ularning haqqiga duodaman. Va bizlarni ham birodarlarimizni yonida tirgak va suyanch bo'la oladigan mo'minalardan qilsin. Amiyn.

Qayd etilgan


shoir  09 Dekabr 2009, 10:34:03

Munira xonimning forum va forumdoshlar haqidagi fikrlari:

 :as:

Bu forum menga juda ko'p narsa berdi. Alhamdulilah.
Dunyoqarashim kengaydi, turli xil odamlarni fe'llari bilan tanishdim. Gohida lol qoldim, gohida hayron. Gohida asabim buzildi, gohida xursand bo'ldim.
Ko'plab ilmlarni olishga, ayblarimni bilishga, o'zimni isloh qilishga, tafakkurga o'rgatdi bu forum.

Endi esa bu forum bilan xayrlashish vaqti yetdi, menimcha.
Abdulaziz, Shoir,Imlaah, Diydor, Saltanat,Salmon Forsiy! Sizlardan Alloh rozi bo'lsin. Sizlardan juda ko'p narsa o'rgandim. Ba'zan xato qilgan bo'lsam, ko'ngillaringizga og'ir botadigan gap qilgan bo'lsam uzr so'rayman. Rozi bo'lasizlar degan umiddaman. Qiyomatga qoladigan hisob kitoblarimiz oramizda yo'q deb bilaman.

Muhammad Sohib,Kapalak,ChehMik, Y_u_r_i_s_t,Chustiy,Jamshidjon,lolo,Muhseena. Agar bilib bilmay, (gunohkor va xatokor bandaman) sizlarga ozor bergan bo'lsam, sizlardan uzr so'rayman. Rozi bo'linglar. Buni evaziga Alloh sizlarni Jannat bilan mukofatlasin.
Va boshqa hamma forumdoshlardan ham yaxshi yomon gaplarim uchun uzr so'rayman. Barcha gapirgan gaplari uchun rozi bo'linglar.

Alloh barcha forum ahliga ikki dunyo baxtini, saodatini,haqiqiy taqvoni, xolislikni nasib qilsin!!!
Qilayotgan har bir ishingiz faqat va faqat Alloh roziligiga erishtiradigan maqbul amallardan bo'lsin!!!
Haq gapni ayta oladigan, birodarini haqqini himoya qila oladigan ilm, amal va taqvo nasib qilsin!!! Amiyn.
Barchangiz Allohni panohida bo'linglar. Uylanmagan va turmushga chiqmagan muslim va muslimalarga Alloh haqiqiy ISLOMiy oilani beyi va bekasi bo'lishlikni, oilalik bo'lganlarga esa tinchlik totuvlik nasib etsin. Barchangizga Alloh taolo solih va soliha, Dini Islomga Xolislik bilan xizmat qiluvchi insonlarga ota-ona bo'lishlik baxtini nasib qilsin!!! Amiyn.

Link

Qayd etilgan


shoir  09 Dekabr 2009, 10:50:27

Munira xonim haqida forumchilar fikri:

Robiya:
Munira xonim - forumning eng hurmatli a'zolaridan.Har tomonlama mukammal inson deb bilaman. Munira xonim - men uchrashishni niyat qilgan muslima opalarimdan bittalari. U kishiga hurmatim juda baland. Forumning tayanch userlaridan. Ilohim, Alloh ilmlarini bundan-da ziyoda qilsin.

AbdurRohman:
Munira xonim - forumni ustunlari biri. hurmatga loyiq opajon! hammani birdek hurmat qiladilar. Shokoladni juda yaxshi ko'rar ekanla

Miss Shahrizoda:
Munira xonim: Forumning eng muhim kishisi, juda yaxshi inson ekanlar! Bunday deyishimga sabab, shu Forumni yaralishiga
sabab bo'lgan inson deb o'ylayman. Va ularga shunday ajoyib saytni yaratganlari uchun minnatdorchilik bildiraman!
Ilohim kam bo'lmang! Olloh doimo sizni o'z panohida asrasin!

Muslima:
Ajoyib inson! Postlaridan o'zim uchun ancha kerakli hulosalarni chiqaraman! Hyotiy narsalarni yozadilar! Ularni yozgan postlari ko'pincha manga yordam beradi. Juda ham iymonli inson! Qalbingizdagi IYMON ingiz hech qachon so'nmasin opajon! Alloh rozi bo'lsin sizdan!

Shahina:
Forumda man hurmat qiladigan eng oqila va tiriqshqoq userdirlar!
Ularniu juda ham hurmat qilaman.
ASyniqsa, oz' singillaridek bizga maslahatlarini juda yoqtiraman.
Qo'llaridan kelgan barcha xizmatni boshqalardan ayamaydilar.
Har bir postlari ma'noli.

Abdusalom:
Judayam sabrli inson. Postlarining hammasi ma'noli.
Bir narsani o'ylamay yozmaydi.
Birovdan  ezgu maslahati va niyatini ayamaydi.

Mubashshir:
Men yahshi taniydigan yagona forumdagi ishtirokchi. Juda ham ilmlik va taqvodor ayol. Bilganim uchun aniq ayta olaman. Har bir narsa ustida chuqur mulohaza qilib fikr beradilar. Bolalariga qattirqo'llik va mehr bilan juda yahshi tarbiya berganlar. hamma havas qiladigan oilaning bekasi. Hammani faqat yahshi tomonini ko'ra oladigan hususiyat sohibasi. Umuman olganda juda ko'p yahshi fazilatlari bor, deb o'ylayman. U kishiga va oiallariga Allohning rahmatini tilayman...

Nodi:
Forumning eng jonkuyar useri. Sevimli yor, qadrdon do'st va shirindan shakar bolajonlarning suyukli onasi.
Vodiyliklarga xos lutf egasi. Og'ir-bosiq inson.
Forumdagi eng hayotiy postlar muallifi.

Ikbaljohn:
Man bu insonni shaxsan tanimasamda, lekin uje boshqa user larning bu opa haqlaridagi fikrlarini o'qib turaman.demak, forumdagi eng respect qilinadigan female user nargiza opa! Oilali, baxtli ona, Namangandan,biroz xissiyotga tez beriluvchan,e'tiqodi mustaxkam user opaxonlarimizdan.Manimcha nargiza opa bo'masalar, bu forummi fayzi qolmas edi deb o'ylayman.Birovga qattiq gapirmaydilar, va shu bilan birga birov dillarini og'ritsa ham o'sha odamdan uzr so'raydigan darajada odobli!Xo'sh, keyinchi, forumdoshlarni do'stona uchrashuvini nomaxramlarning uchrashuvi deb qttiq qoralaydigan user ham shu opa boladilar.Agar nargiza opa forumchilarni uchrashuviga rozi bo'ganlarida, ehhe davno forumdagi barcha qizlar ularning bir og'iz gaplariga ko'nib, uchrashuvga kelishgan bo'lardi!Shu darajada forumdagi qizlarga gaplari o'tadi! Xozcha shu!Alloh rozi bo'lsin sizdan nargiza opa.

Qayd etilgan