Yangi a'zo bo'ldim - Forumda yangiman  ( 44435 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 13 B


Akbarjоn  09 Dekabr 2009, 13:23:52

Assalomu alaykum va rahmatiloh

Ushbu mavzuda forumga yangi a'zo bo'lgan userlar o'zlari haqida aytib o'tadilar

shuningdek quyidagi qoidlarni o'qib chiqishlik yana bir bor tavsiya etiladi:

Qoidalar:

TA’QIQLAYMIZ:

- Mazax qilish. Hech qaysi shaxsni, forum ishtirokchilarini mazax qilish, kinoya,  istehzo bilan mulohaza bildirish mumkin emas.
- Biror bir shaxs bilan ittifoq tuzib, boshqalarga "œhujum qilish" mumkin emas.
- Fahsh, behayo va haqorat so‘zlar bilan ro‘yxatdan o‘tish man qilinadi. Administrator tomonidan  bunday so‘zlar bilan ro‘yxatdan o‘tganlarning nomlari o‘chirib tashlanadi va ban qo’yiladi.
-  Irqiy va diniy kamsitish man etiladi.
- Terroristik, shaxvoniy va zararli, tahdidlovchi, haqoratlovchi, asabga teguvchi, qo‘pol, birovni shaxsiyatiga teguvchi, g‘azabli, irqiy va etnik qarshilikni ifodalovchi, fitnaga sabab bo‘ladigan postlar qilish, shunday saytlarga link berish qat’iyan man etiladi. Mana shunday post kiritgan a’zolar ban qilinadi.
- Takroriy mavzular ochish mumkin emas. Bir mavzu ochishdan ilgari avvalo oldin shunaqa mavzu ochilmaganligiga e’tibor bering.
- Muhokama qilinayotgan mavzuga tegishli bo’lmagan postlar qilish, offtop va floodlar mumkin emas. Bunday postlar zudlik bilan o’chiriladi.
- Bir xil mavzularni har xil bo’limlarda ochish va bir xil postni hamma mavzularda qo’llash man qilinadi.
- Ortiqcha ranglar, smaylik va o’lchamlardan foydalanish, faqat bosh harda yozish mumkin emas. Matn go’zalligini saqlash va o’quvc higa qulay bo’lishi uchun 3 dan ortiq effektlardan foydalanmaslik tavsiya etiladi.
- O’zbek tiliga yot bo’lgan jargonlar va til uslubini buzuvchi unsurlardan foydalanish, turli xil tillarni betayin aralashtirib mulohaza kiritish ta’qiqlanadi.
- Forum qoidalarini buzganlarga dastlab 2 kunlik ban, agar yana haddidan oshsa, accountni o’chirish va butunlay ban qilish jazosi qo’llaniladi.

TAVSIYA ETAMIZ:

- Mualliflik huquqi qonunlariga muvofiq  boshqa saytlardan material, rasm ko’chirib berilganda linkini ko’rsating.
- Fikringizni ochiq bayon qiling. Mavzudan chetlashmaslikka harakat qiling.
- O’qish qiyin bo’lgan juda uzun post qilmang. Bu holatda bir materialni 2-3 postga bo’lib berishingiz mumkin.
- Agar muhim xabar bo’lmasa faqat bosh harflarda yozmang. Shriftda turli ranglardan foydalanmagan ma’qul. E’tiborni qaratis maqsadida, qalin va egik shriflardan foydalanishingiz mumkin.
- Avatar tanlashda ham yuqorida ta’qiqlangan holatlardan tashqari, go’zal rasmlar tanlashga harakat qiling.
- Muhokamalar paytida o’zaro hurmat, bag’rikenglikka roiya qiling.
- Post qilib bo’lgach, uni yana o’zgartirishingiz mumkin.
- Agar  forumning ba’zi joylariga tushunmasangiz bu haqda administrator va moderatorlardan PM yoki e-mail orqali so’rashingiz mumkin.
- Forumning qidiruv sistemasidan foydalaning.
- Yangi mavzu ochishda o’zgalar e’tiborini o’ziga qaratib fikr yozing.

Qayd etilgan


Ansora  09 Dekabr 2009, 15:15:26

va boshqa xolatlarda, o'z maslaxatlariz va yordamlariz bilan yordam berishlilarizdan umidvorman

Assalomu alaykum va rahmatilloh


V.assalom. Yaxshi niyyatlar bilan boshlagan har bir ishingizda inshalloh qarshingizga faqat yaxshi natijalar chiqadi, degan umiddaman...

Qayd etilgan


Shokir  03 Aprel 2010, 08:48:24

Assalomu Alaykum hammalarizga ALLOHdan sog'lik omonlik su'rayman,bilib turganizdek men ham bu erda yangiman u'ylaymanki tez orada hammalariz bilan tanishib olaman inshaolloh  : )

Qayd etilgan


BelleQizcha  03 Aprel 2010, 17:31:49

ok... amal qilamam Inshallah.......

Qayd etilgan


Gabriela  21 Oktyabr 2010, 15:32:26

 :as: men ham hali yangiman, umid qilamanki hammangiz bilan tanishib aka-singil, opa-singil bo'lib ketamiz

Qayd etilgan


ZANGIOTA_DONIYOR  25 Oktyabr 2010, 12:31:54

Assalomu Alaykum hammangizni ALLOH uchun sevaman. Men ham hali yangi a'zo bo'lganman. Tez orada sizlar bilan tanishib olaman. ALLOHga omonat bo'linglar.

 :)

Qayd etilgan


Alisher123  25 Oktyabr 2010, 15:19:47

 :bsm:

Assalomu alaykum.Men ham yangiman. Sizlar bilan tanishishni nasib etgan Alloh taolaga bitmas tugalmas hamdu sanolar bo'lsin.

Qayd etilgan


Ansora  25 Oktyabr 2010, 15:28:15

Assalomu Alaykum hammangizni ALLOH uchun sevaman. Men ham hali yangi a'zo bo'lganman. Tez orada sizlar bilan tanishib olaman. ALLOHga omonat bo'linglar.

 :)

 :vslm:

Alloh rozi bo'lsin. Zangiota Hazratlariga duo salomimizni yetkazing...

:bsm:

Assalomu alaykum.Men ham yangiman. Sizlar bilan tanishishni nasib etgan Alloh taolaga bitmas tugalmas hamdu sanolar bo'lsin.

 :vslm:

 Siz ham xush kelibsiz:)

Qayd etilgan


Akbarjоn  25 Oktyabr 2010, 22:23:40

Hush kelibsizlar yangilar :)
biroz muddatdan keyin Kapalak opa ga o'xshab tajribali, hurmatga sazovor user  bo'lib ketasizlar :)) InshaAlloh

Forumdagi faoliyatlariga omad, xayrli ishlaringizda Alloh madadkor bo'lsin

:as:

Qayd etilgan


BelleQizcha  26 Oktyabr 2010, 06:00:26

hush kepsila, to'rga chiqila./

Qayd etilgan