Muallif Mavzu: Yangi a'zo bo'ldim - Forumda yangiman  ( 39878 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Akbarjоn

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 669
  • -oldi: 1299
  • Xabarlar: 797
  • Jins: Erkak
  • Форумнинг эски одамларидан бири
    • islom.uz
Yangi a'zo bo'ldim - Forumda yangiman
« : 09 Dekabr 2009, 13:23:52 »
Assalomu alaykum va rahmatiloh

Ushbu mavzuda forumga yangi a'zo bo'lgan userlar o'zlari haqida aytib o'tadilar

shuningdek quyidagi qoidlarni o'qib chiqishlik yana bir bor tavsiya etiladi:

Qoidalar:

TA’QIQLAYMIZ:

- Mazax qilish. Hech qaysi shaxsni, forum ishtirokchilarini mazax qilish, kinoya,  istehzo bilan mulohaza bildirish mumkin emas.
- Biror bir shaxs bilan ittifoq tuzib, boshqalarga “hujum qilish” mumkin emas.
- Fahsh, behayo va haqorat so‘zlar bilan ro‘yxatdan o‘tish man qilinadi. Administrator tomonidan  bunday so‘zlar bilan ro‘yxatdan o‘tganlarning nomlari o‘chirib tashlanadi va ban qo’yiladi.
-  Irqiy va diniy kamsitish man etiladi.
- Terroristik, shaxvoniy va zararli, tahdidlovchi, haqoratlovchi, asabga teguvchi, qo‘pol, birovni shaxsiyatiga teguvchi, g‘azabli, irqiy va etnik qarshilikni ifodalovchi, fitnaga sabab bo‘ladigan postlar qilish, shunday saytlarga link berish qat’iyan man etiladi. Mana shunday post kiritgan a’zolar ban qilinadi.
- Takroriy mavzular ochish mumkin emas. Bir mavzu ochishdan ilgari avvalo oldin shunaqa mavzu ochilmaganligiga e’tibor bering.
- Muhokama qilinayotgan mavzuga tegishli bo’lmagan postlar qilish, offtop va floodlar mumkin emas. Bunday postlar zudlik bilan o’chiriladi.
- Bir xil mavzularni har xil bo’limlarda ochish va bir xil postni hamma mavzularda qo’llash man qilinadi.
- Ortiqcha ranglar, smaylik va o’lchamlardan foydalanish, faqat bosh harda yozish mumkin emas. Matn go’zalligini saqlash va o’quvc higa qulay bo’lishi uchun 3 dan ortiq effektlardan foydalanmaslik tavsiya etiladi.
- O’zbek tiliga yot bo’lgan jargonlar va til uslubini buzuvchi unsurlardan foydalanish, turli xil tillarni betayin aralashtirib mulohaza kiritish ta’qiqlanadi.
- Forum qoidalarini buzganlarga dastlab 2 kunlik ban, agar yana haddidan oshsa, accountni o’chirish va butunlay ban qilish jazosi qo’llaniladi.

TAVSIYA ETAMIZ:

- Mualliflik huquqi qonunlariga muvofiq  boshqa saytlardan material, rasm ko’chirib berilganda linkini ko’rsating.
- Fikringizni ochiq bayon qiling. Mavzudan chetlashmaslikka harakat qiling.
- O’qish qiyin bo’lgan juda uzun post qilmang. Bu holatda bir materialni 2-3 postga bo’lib berishingiz mumkin.
- Agar muhim xabar bo’lmasa faqat bosh harflarda yozmang. Shriftda turli ranglardan foydalanmagan ma’qul. E’tiborni qaratis maqsadida, qalin va egik shriflardan foydalanishingiz mumkin.
- Avatar tanlashda ham yuqorida ta’qiqlangan holatlardan tashqari, go’zal rasmlar tanlashga harakat qiling.
- Muhokamalar paytida o’zaro hurmat, bag’rikenglikka roiya qiling.
- Post qilib bo’lgach, uni yana o’zgartirishingiz mumkin.
- Agar  forumning ba’zi joylariga tushunmasangiz bu haqda administrator va moderatorlardan PM yoki e-mail orqali so’rashingiz mumkin.
- Forumning qidiruv sistemasidan foydalaning.
- Yangi mavzu ochishda o’zgalar e’tiborini o’ziga qaratib fikr yozing.
« So'nggi tahrir: 05 Sentyabr 2011, 09:56:44 muallifi Akbarjоn »

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Yangi a'zo bo'ldim - Forumda yangiman
« Javob #1 : 09 Dekabr 2009, 15:15:26 »
va boshqa xolatlarda, o'z maslaxatlariz va yordamlariz bilan yordam berishlilarizdan umidvorman

Assalomu alaykum va rahmatilloh


V.assalom. Yaxshi niyyatlar bilan boshlagan har bir ishingizda inshalloh qarshingizga faqat yaxshi natijalar chiqadi, degan umiddaman...

Shokir

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 851
  • -oldi: 377
  • Xabarlar: 237
  • Jins: Erkak
  • La havla vala quvvata illa billahi
Re: Yangi a'zo bo'ldim - Forumda yangiman
« Javob #2 : 03 Aprel 2010, 08:48:24 »
Assalomu Alaykum hammalarizga ALLOHdan sog'lik omonlik su'rayman,bilib turganizdek men ham bu erda yangiman u'ylaymanki tez orada hammalariz bilan tanishib olaman inshaolloh  : )
Ilm ko'p gapirish emas , ilm bu Allohdan ko'p qo'rqish demakdir . ( Abdulloh ibn Mas'ud r.a )

BelleQizcha

  • Forum Mafiasiman
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 468
  • -oldi: 1840
  • Xabarlar: 2626
  • Jins: Ayol
  • Forum Mafiasiman
Re: Yangi a'zo bo'ldim - Forumda yangiman
« Javob #3 : 03 Aprel 2010, 17:31:49 »
ok... amal qilamam Inshallah.......
.اللَّهُمَّ انْفَعْنِي بِمَا عَلَّمْـتَنِي وَ عَلِّمْنِي مَا يَنْفَعُنِي
FORUM MAFIASIMAN

Gabriela

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 32
  • -oldi: 50
  • Xabarlar: 138
  • Jins: Ayol
  • Nihol bir kun o'sib, unadi...
Re: Yangi a'zo bo'ldim - Forumda yangiman
« Javob #4 : 21 Oktyabr 2010, 15:32:26 »
 :as: men ham hali yangiman, umid qilamanki hammangiz bilan tanishib aka-singil, opa-singil bo'lib ketamiz
Dunyodan biz doim qadr izlaymiz
Qadrimiz bilganning qadrin bilmaymiz
Mehrimiz tashnasin uzoqqa haydab
Gulni senlaymizu toshni sizlaymiz

ZANGIOTA_DONIYOR

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 8
  • -oldi: 2
  • Xabarlar: 10
Re: Yangi a'zo bo'ldim - Forumda yangiman
« Javob #5 : 25 Oktyabr 2010, 12:31:54 »
Assalomu Alaykum hammangizni ALLOH uchun sevaman. Men ham hali yangi a'zo bo'lganman. Tez orada sizlar bilan tanishib olaman. ALLOHga omonat bo'linglar.

 :)

Alisher123

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 11
  • -oldi: 9
  • Xabarlar: 17
Re: Yangi a'zo bo'ldim - Forumda yangiman
« Javob #6 : 25 Oktyabr 2010, 15:19:47 »
 :bsm:

Assalomu alaykum.Men ham yangiman. Sizlar bilan tanishishni nasib etgan Alloh taolaga bitmas tugalmas hamdu sanolar bo'lsin.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Yangi a'zo bo'ldim - Forumda yangiman
« Javob #7 : 25 Oktyabr 2010, 15:28:15 »
Assalomu Alaykum hammangizni ALLOH uchun sevaman. Men ham hali yangi a'zo bo'lganman. Tez orada sizlar bilan tanishib olaman. ALLOHga omonat bo'linglar.

 :)

 :vslm:

Alloh rozi bo'lsin. Zangiota Hazratlariga duo salomimizni yetkazing...

:bsm:

Assalomu alaykum.Men ham yangiman. Sizlar bilan tanishishni nasib etgan Alloh taolaga bitmas tugalmas hamdu sanolar bo'lsin.

 :vslm:

 Siz ham xush kelibsiz:)

Akbarjоn

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 669
  • -oldi: 1299
  • Xabarlar: 797
  • Jins: Erkak
  • Форумнинг эски одамларидан бири
    • islom.uz
Re: Yangi a'zo bo'ldim - Forumda yangiman
« Javob #8 : 25 Oktyabr 2010, 22:23:40 »
Hush kelibsizlar yangilar :)
biroz muddatdan keyin Kapalak opa ga o'xshab tajribali, hurmatga sazovor user  bo'lib ketasizlar :)) InshaAlloh

Forumdagi faoliyatlariga omad, xayrli ishlaringizda Alloh madadkor bo'lsin

:as:

BelleQizcha

  • Forum Mafiasiman
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 468
  • -oldi: 1840
  • Xabarlar: 2626
  • Jins: Ayol
  • Forum Mafiasiman
Re: Yangi a'zo bo'ldim - Forumda yangiman
« Javob #9 : 26 Oktyabr 2010, 06:00:26 »
hush kepsila, to'rga chiqila./
.اللَّهُمَّ انْفَعْنِي بِمَا عَلَّمْـتَنِي وَ عَلِّمْنِي مَا يَنْفَعُنِي
FORUM MAFIASIMAN

Aqoid

  • Bas, (ey insonlar va jinlar) Parvardigoringizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursizlar?!
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 1934
  • Xabarlar: 1529
  • Jins: Erkak
Re: Yangi a'zo bo'ldim - Forumda yangiman
« Javob #10 : 26 Oktyabr 2010, 06:35:02 »
 :as: Shu yerdayam odobsizligimizga boribmizda. Forumga yangi a'zo bo'lganda yangiman demasdan shashilib postlarni qoldirvororibmiz.
Tavofi baytul Halil kori osonast
Tavofi baytul Jalil kori mardonast

Alisher123

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 11
  • -oldi: 9
  • Xabarlar: 17
Re: Yangi a'zo bo'ldim - Forumda yangiman
« Javob #11 : 02 Noyabr 2010, 12:18:21 »
Silardan Olloh rozi bo'lsin!Rahmat!

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: Yangi a'zo bo'ldim - Forumda yangiman
« Javob #12 : 02 Noyabr 2010, 12:23:33 »
OFF: Forum faxriylari yoki forum qariyalari degan mavzu ham ochamizmi  :D

ON: barcha yangi a'zo bo'lganlar! forumimizga xush kelibsiz!
Never say "never"

GRAND

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 19
  • -oldi: 34
  • Xabarlar: 33
  • Jins: Erkak
Re: Yangi a'zo bo'ldim - Forumda yangiman
« Javob #13 : 30 Noyabr 2010, 17:25:42 »
Assalomu alaykum men ham shu forumga a'zo bo'ldim va shu qonun qoidalarga  amal qilishga harakat qilaman.O'ylaymanki bu saytdagi ma'lumotlarni o'qib yanada bilimlarimni boyitishga xizmat qiladi va saytdagi yuzerlar bilan tanishib ular bilan do'stlashishga umid qilaman 
GAPIRGANDA CHIROYLI GAPIRISH
ESHITGANDA CHIROYLI TINGLASH
UCHRASHGNDA GO'ZAL TABASSUM
VADA BERSA VADAGA VAFO QILISH
MO'MINNIG AXLOQIDIR

y_doniyor_k

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 11
  • -oldi: 3
  • Xabarlar: 9
Re: Yangi a'zo bo'ldim - Forumda yangiman
« Javob #14 : 01 Dekabr 2010, 12:16:59 »
Assalomu alaykum man ham yangi a'zo bo'lganman. Hammanga hurmatim cheksiz.

 

Ziyo Uz da yangi maqolalar

Muallif AbdulAzizBo'lim Umumiy

Javoblar: 484
Ko'rilgan: 202869
So'nggi javob 17 Aprel 2014, 17:37:59
muallifi AbdulAziz
Forumda ishlash qoidalari va foydalari

Muallif AbdulAzizBo'lim Fikr va mulohazalar

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 24598
So'nggi javob 17 Avgust 2006, 00:23:22
muallifi AbdulAziz
Yangi forum muborak!

Muallif NodiBo'lim Fikr va mulohazalar

Javoblar: 9
Ko'rilgan: 8355
So'nggi javob 08 Mart 2007, 08:49:17
muallifi Asal
Yangi sayt ochildi... Bir kirib ko`ring!...

Muallif muxbirBo'lim Futbol

Javoblar: 9
Ko'rilgan: 19915
So'nggi javob 10 Yanvar 2008, 18:52:44
muallifi Usmon
Xoja Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat (yangi topilgan namunalar)

Muallif shoirBo'lim O'zbek mumtoz adabiyoti

Javoblar: 73
Ko'rilgan: 53776
So'nggi javob 21 Iyul 2008, 08:31:14
muallifi AbdulAziz