Shokir63  ( 6608 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


shoir  10 Dekabr 2009, 10:16:27

Foydalanuvchi nomi: Shokir63
Asl ismi-sharifi: Bahodir
Tug'ilgan yili: 1983
Tug'ilgan joyi: Buxoro
Ma'lumoti: Oliy (O'zDJTU)
Forumga a'zolik sanasi: 10 Mart 2009


Imzosi:
Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor.

Birinchi posti:
yangi kunni rejalashtirayotganda, avvalo namoz vaqtlariga etibor bering. So'ng har kun albatta qilishingiz kerak bo'lgan duoyu-azkorlarni tahjjud va bomdod orasiga qo'ying. Bomdoddan so'ng 15-20 daqiqa kitob o'qing. bu kitobni davomli bomdod va huftondan so'ng o'qishga harakat qiling. Jonga tegmasligi uchun 15-20 daqidadan oshirmang.

Qayd etilgan


shoir  10 Dekabr 2009, 10:17:53

Tarjimai hol:

Shokir63 yozadi:

Bahodir. O'zbekiston. Buxoro. 1983 yil. 7 - maktab. Turk litsey. O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti. To'y. Farzand. G'urbat. Visol. Yurt sog'inchi.

Bu mening qisqagina tarjimai holimning 1 qismi.

Qayd etilgan


shoir  10 Dekabr 2009, 10:18:15

Shokir63ga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Vatan degan ko'zingizga ko'rinadigan, xayolingizda namoyon bo'ladigan birinchi narsa, tasvir qaysi?

Javob: Vatan, dedim, balki savolning tasiridadir, xayolimga ko'p narsa keldi, ularning orasida qaysini tanlamay riyoga kirib ketayotgandekman.
Vatan deganda nimani tushunasizlar degan savolni ko'rdim, javob ham yozay deb  yergandim, bir-ikki tushunchamni shu yerda qoldiray.

Vatan degani "bu"dir deb berilgan javoblar to'g'ri emas deb o'layman. Chunki bu dunyoqarashga bog'liq.

Har kim vatanidan ayri tushganda nimani sog'insa, uning uchun vatan o'sha. Masalan bir kishi onasini sog'inishi mumkin, onasi yoniga kelgach vatanini hech eslamay qo'ysa uning uchun vatani onasi.

Men ham onamni sog'indim, do'stlarimni sog'indim, masjidlarimni, minoralarimni sog'ndim. O'zbegimni so'g'indim, xalqimni sog'indim, nurli yuzlarida tabassumi kulib turgan imomlarimni sog'indim.

Men O'zbekistonimni sog'indim, yuqorida keltirganlarimga shu yerda, g'urbatta erishsam ham, bari bir sog'inaveraman, qaytib uning rivoji uchun harakat qilaman. Qo'limdan hech narsa kelmasa, rivojing uchun nima qila olaman deb o'ylab yursam ham, o'sha yerda yuray deyman.

Qo'limizdan doimo keladigan, qo'limiz va tilimizni kesib olishsada, qila oladigan bir ishimiz bor, u ham bo'lsa duo. Duo qilib yuraman hech bo'lmasa.

Bir kun keladi, bobokalanlarimizdek avlod yetishadi va dunyoga bizning kim ekanligimizni qaytatdan namoyon etadi. Boshi yuksaklarda bo'lsada, qalbi yerlarda o'zbegim, dunyoga kuchlilar qanday bo'lishi kerakligini yana ko'rsatadi.
Ortidan Imperiya qoldirgan Boburdek, millatlarga saodat yo'lini kersatgan o'zbegim, men seni sog'indim! Qanisan, qayerdasan, ayt yeringni, qidirib boray, jonimning evaziga bo'lsada boray! Allohim bizga o'zingning nazdingdagi shonimizni, shavkatimizni qaytarib bergin, biz ajdodlarimizga xiyonat qildik, bizlarga qadrimizni tiklashga imkon bergin. Sen bizlarga kuch qudrat bergin Rabbim.

Bu savolni nega menga berdingiz, men ham hamma qatori oddiy, purqusur bandaman. Vatanning nima ekanligini tushuntura oladigan salohiyat menda nima qilsin.


2. Savol: Bir rus do'stim bor, unga islomni o'rgatmoqchiman, ammo nimadan boshlashni bilmayman, nimadan boshlash kerak va qanday kitoblarni sovg'a qilish kerak. Umuman olganda odamni o'ziga qarab islom qabul qiladigan va qilmaydiganga ajratish mumkinmi. Hidoyat Allohdan emasmi? Lekin ba'zilar bunga gapirib og'zingni charchatma deyishadi, shundaymikin-a...

Javob: Tez tez mehmonga chqiring, yoningizda do'stingiz ham bo'lsin. Har gal bir qadam tashlang. Uni o'ylashga majbur qiladigan savollarni do'stingiz sizga beradi, siz esa, ikkalasiga javob berasiz. Do'stlaringizni almashritib tursangiz ham bo'ladi. "Tushlikka kel, bir do'stim keladi, bahonada tanishasan", deb bahona qilasiz. sohasi bilan shug'ullanuvchi do'stlar bo'lsa-ku, nur ustiga a'lo nur.
Taomlar juda go'zal bo'lishi kerak, taom bilan bog'liq latifalar, hikmatlardan ustalik bilan foydalaning. Shoshilmang, savollarga javob berayotganda ehtiyot bo'ling, nafsoniyatga tegmasin. Ruslarni umuman yomonlamang. Sovetlarning ruslarning o'ziga, xristiyan diniga bergan zararlari haqida gapirib xristiyan diniga munosabatini o'rganing. Bolaning dunyoga, tabiatga munosabatini o'rganing. Xullas bolani fath eting, sizni sevsin, "zarba" berishga Alloh o'zi madad bersin.

Unutmang sizning xatoyingiz qimmatga tushushi mumkin. Duktorning xato qilishga haqqi yo'q deydilar, lekin sizninki mas'uliyatliroq, zero doktor faqatgina shu dunyo bilan bo'g'liq, siz boshlagan ish esa ikkala dunyo bilan ham.

qiziqarli savollar
biz qayerdan keldik, nima uchun keldik, qayerga ketamiz?
faqat uxlash, yeyish va ko'payayish uchun kelgan bo'lsak, hayvondan nima farqimiz bor?
Darvinning qilgan yangiligi insonni hayvon darajasiga, balki undan ham tubanga tushurdi deyishadi, shu to'grimi?
kabi savollarni do'stingiz sizga bersin, siz rus tilida javob bering. do'stingiz o'zbek tilida berib siz savolni rus tiliga tarjima qilib keyin javob bersangiz, tuzoq - tuzoqligini sal yashirgan bo'ladi.

Yuqoridagi gaplar - umumiy gaplar, siz o'sha bolaning shaxsiyatiga to'g'ri keladigan ishni qilishingiz kerak bo'ladi.


3. Savol: Sizningcha bugungi yoshlar, yigitlarni ham,qizlarni ham kiyinish uslubiga qanday qaraysiz?

Javob: Qizlarimizning kiyimiga fikr bildirmoqchi emasman. Chunki uning qanday bo'lishi kerakligi dinimizda aniq-tiniq qilib belgilab qo'yilgan. Aniqroq aytadigan bo'lsam tasattur (hijob) tarafdorimon.
Ko'r ko'rona havas ko'p yosh qizlarning ochiq sochiq kiyinishiga olib keldi. Bu kelajak nasl uchun juda ham xatarli. Buni oldini olish uchun mash hur kishilarimiz foydali bo'lishimi mumkin edi, amm afsus ko'p mashhur ayollarimizning o'zi ham jiddiy tarbiyaga muxtoj.

Yigitlarga kelsak. O'ziga yarashgan, chiroyli kiyimlar kiyishlari kerak. Tor, jismining shakli-shamoyilini ko'rsatadigan kiyimdan uzoqroq bo'lishsa yaxshi bo'lardi.
Nuroniy otaxonlarimiz ko'rganda bu bachkanalik nimaydi demaydigan, yoshlar qaraganda zamonadan orqada qolib ketibsan demaydigan darajada bo'lsa bo'ladi.

Har xil zanjirlarni taqib olgan yigitlarni ko'rsam, ajabo bularni bunday kiyinishga nima majbur qildi ekan deb o'ylayman. Manaviy bo'shliq va insonlar orasida ajralib turish kabi tushunchalar bugungi yoshlarni shu ko'yga soldi.

Atrofdagi odamlardan ajralib qo'ymaydigan kiyim kiyish kerak deb hisoblayman, kiyinishimiz ular bilan bizning oramizga devor qurmasin, biz bilan do'stlashsin, islomning go'zalligini ko'rsata olaylik.

Agar menda islomni anglata olish salohiyati kuchli bo'lganda, o'sha o'zim yoqtirmagan zanjirli kiyimni kiyib zanjirlilarning orasiga kirib, u yerdan bir kishini kiyimining va shaytonning zanjirlaridan forig' bo'lishiga erisha olsaydim, o'sh zanjirli kiyimni kiyardim va shu ishni qilardim, ammo hayhot, dinimni yashab korsatishda va anglatishda qanjalar bo'shman.


4. Savol: Yigitlarning kiyinish madaniyati haqida fikr bildiribsiz, raxmat. Lekin hozirgi kunda buni sabablari nima deb o'ylisiz? Umuman bu holatni cheklab bo'ladimi yoki shu ahvol avjiga chiqib davom etadimi?

Javob: Eng kuchli ta'sirga ega unsurlardan biri kino, yana biri musiqa. Yoshlar ma'lum bir obrazni yoqtirib qolishadi, uning gapirishiga, kiyinishiga hatto diniga taqlid qilishadi. Bola Jumongdek qilich o'ynaydi, Ramdek qasam ichadi va qolimizdan chiqib, baloga aylanadi...

Barchamiz bemani qo'shiq va xonandalar ko'payib ketdi deymiz, ba'zan shu ham qo'shiqmi, shu ham xonanda bo'ldimi deb xunobimiz ham oshadi. Lekin o'sha ko'shiqchilar nega "yulduzga" aylandi? Ularni hech kim tinglamasa, disklarini sotib olmasa, konsertlariga bormasa, ulardek KIYINMASA, ular "yulduz" bo'la olarmidi?

Yaqinda Avstralyalik musulmon bo'lgan kishining "Qanday musulmon bo'ldim" vidiosini ko'rdim. U musulmon bo'lganimdan keyin oldingi kiyimlarimga qarab "nega, qanday qilib bu kiyimlarni kiyib yurgan ekanman" deydi.

Buzish oson, qurish qiyin. Bir uyni bir kunda buzish mumkin, lekin uni qurish uchun, nafaqat ko'proq vaqt, balki ilm ham kerak.

Asrlar davomida bobolarimiz tomonidan qurilgan qadriyatlarimiz rus chorizmi va Sovet ittifoqi tomonidan yakson qilindi.
Sotsiyalizm inqirozga uchragach, yangi bir ma'naviy bo'shliq paydo bo'ldi va u hozir kim tomonidan nima bilan to'ldirilsa, o'sh bilan to'lib bormoqda. Afsuski "to'ldiruvchi"larning hammasi ham millatimizga yaxshilik sog'inmaydi. Ularning orasida bizga yot bo'lgan, millatimizning rivojini emas, tanazzulini xoxlovchilar ham yo'q emas. Bunday holatda yotlashish, albatta, davom etaveradi.

Buning oldini olish unchun esa har birimiz farzandlarimizni va gapimizga quloq soluvchilarni milliy rux ostida tarbiyalashimiz, komillik yo'llarini ko'rsatishimiz kerak.

Qayd etilgan


shoir  11 Dekabr 2009, 10:13:54

Tarjimai hol. 2-qism

Shokir63 yozadi:

Bahodir.
Ismimni akam qo'ygalar. Vaznim 54 kg bo'lgani uchun, juda unchalik ham bahodir hisoblanmayman. Dadamning tog'alari Buxoro amirining kurashchilaridan bir bo'lganlii uchunmi, bilmadim, kurashga bormagan bo'lsamda vazni mendan 20-30 kg og'ir dostlarimni ko'p matalab yiqitganman. Albatta orada 4-5 marta yiqilib-yiqilib  :D

Qayd etilgan


shoir  14 Yanvar 2010, 08:23:25

Qatralar

Mustaqillik buyuk ne'mat. Mustaqilligimizni qo'ldan chiqargach, ko'p millatlardan orqaga qolib ketdik. Yurtimizning qanchadan qancha o'glonlari bu yo'lda jon berdi. Qanchadan qancha xotin-qizlarning or nomusi paymol bo'ldi.
Bolalik chog'larimda yurtim mustaqillikka erishti. Endi u o'zini-o'zi boshqara olar, o'zi istaganidek yashay olardi. O'z qadriyatlarini tiklay olardi, bu juda ham muhim ediki, bu millatning qadriyati insoniyatga yaxshilik sog'inish bilan, muhabbat bilan bog'liq. Qisqa qilib aytadigan bo'lsak ota-bobolarimiz haq yo'lida xizmatda bo'lishgani uchun, haqsizlikka qarshi turganlari uchun, or-nomusini doim himoya qilgan mo'min yigit siymosini aks ettirgani uchun, yo'qolishga yuz tuta boshlagan odatlarimiz qayta tug'ulgandek bo'ldi,  mustaqillik kelishi bilan.

Ba'zida eski paytlarni eslab, u kunlar yaxshi edi, to'kin sochinlik edi kabi gaplar qulog'imga chalinardi, bu gaplarni aytganlar, begonalar emasdi, ular ammalarim, xolalarim, yaqinlarim edilar. Otam siqilma o'g'lim, kelajagimiz porloq, yangi oilaga hatto gugurt olish ham muammo bo'ladi, ba'zan yegani noni bo'lmaydi, lekin u doim o'zi uchun ishlagani uchun tez oyoqqa turadi, derdilar. U kunlar ham o'tib ketti, mustaqillik davrida tug'ulgan avlod ham voyaga yetti. Lekin ularning ichida bu kunlarning qadriga yetganlar bor, yetmaganlar bor.

Bilishmaydiki bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor.

O'qimishli o'g'lini yarim tunda olib ketishganda, o'g'limning aybi nima edi deyaolmagan ona, uning sog'inchida, nevaralarining men xalq dushmanining o'g'li emasman, deb yig'lab kirib kelganida, nomini qo'ya olmagan bu kunni qanchalar intiq bo'lib kutdi.
Maschidning eshigida qulf ko'rib, tongga qadar yig'lagan, imom-qorovul, mehrobdagi o'rgimchak uylarini tozalanadigan kunni kutib necha tunlarni bedor o'tqazdi ekan.
Bunday misollarni ko'plab keltirishimiz mumkin.
Bu kunlarning qadriga yetaylik.
Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor.

Bu kunlarga yetmaganlarni Alloh raxmat aylasin, niyatlariga ko'ra mukofotlandirsin.

Muallif: Shokir63

Qayd etilgan