Shoxjahon12  ( 13902 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


shoir  10 Dekabr 2009, 10:28:12

Foydalanuvchi nomi: Shoxjahon12
Ismi sharifi: Otabek Yo'ldoshev G'ulomovich
Tug'ilgan yili: 1984 yil
Tug'ilgan joyi: Toshkent viloyati, Oqqo'rg'on tumani
Emaili: [email protected]
Faoliyati: Turizm sohasida
Oilaviy ahvoli: Uylangan, 1 o'g'li bor
Forumga a'zolik sanasi: 14 Iyun 2006


Avatari:


Imzosi:
Hayot omadsizlikka uchraganda emas, hamma narsadan voz kechilganda tugaydi. (Koreys xalq maqoli)

Birinchi posti:
Futbol bo'yicha JCH-2006 da qaysi terma jamoa "syurpriz"ga aylanadi, deb o'ylaysiz?

Qayd etilgan


shoir  10 Dekabr 2009, 10:29:35

Shoxjahon12ga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Nima sababdan oldingi nickizga 12 raqamini qo'shib oldingiz? Buni sababi bormi?

Javob: Negadir 12 raqami manga juda yoqadi.  Va shu bilan birga manga omadli ham. Masalan, 2001 yil 12 (!) avgust kuni Universitetga kirganligimni bilganman. Bir yil 12 oydan iborat. Sevimli futbolchim Franchesko Toldo ham 12 raqam ostida harakat  qiladi. Onamlarning tug'ilgan kunlari 12 iyun. Rafiqamning tug'ilgan kuni 12 oktyabr. 2005 yil 12(!) sentyabr kuni Koreya Respublikasidan Vatanimga qaytib kelganman. Qo'l telefonimni oxirgi raqami ham 12. Xullas, aytaman desam 12 raqami bilan bog'liq omadli jihatlar ko'p. Shuni uchun ham 12 raqamini  yoqtiraman... :)


2. Savol: Siz forumni "veteranisiz :) ". Oldingi forum bilan hozirgi kundagi forumning farqi nimada? + va - tomonlari nimada?

Javob: Ha, rost aytdingiz, nokamtarligim uchun uzr,AbdulAziz,men, Bonu degan userka bo'lardi, Namangandan Nargiza85 degan userka bo'lardi, Noza  forumga birinchi tamal toshini qo'yganlardan edik. U paytlarda men Koreyada edim va Vatan sog'inchi meni internetdan hamyurt dos'tlarni izlashni talab etdi. Va ziyouz.com saytini topib olganman. Dastlab saytga maqolalar yozib turdim.Keyinroq forum ochildi. 
3 yil oldingi forumni + tomonlari:
+ Userlar bir-birlarni juda hurmat qilar va qo'pol so'zlardan o'zlarini tiyar edilar;(Hozirgilar ochiqdan ochiq bir-birlariga "tosh otadilar").
+ Userlar juda izlanuvchan va ijodkor edilar;
( Hozirgilar,kechirasizlaru, boshqa saytlardan manbani ko'rsatmay ko'chiradilar).
+ Xorijdagi userlar albatta o'sha mamlakat haqida "reportaj"lar yozib, rasmlar kiritib turar edilar; (Hozir "Xorijiy bo'lim xuvillab qolgan).
+ Forum tarixida ilk marta xorijlik userlar ham paydo bo'lgan edi;( Hozir manimcha xorijlik user qolmadi , hisobi).
Hozirgi forumni + tomonlari:
+ Userlar ko'pchilikni tashkil qilmoqda. Demakki, forumga qiziqish kuchaymoqda. (Avvallari, userlar barmoq bilan sanarli edi).
+Mavzular xilma-xil;
+ Baxs-munozara bor;
+ Va eng muhimi: FORUM HAMMAMIZNING BILIM MANBAYIMIZGA AYLANIB BORMOQDA!


3. Savol: Sizni hayotingizda futbol qanday o'rin tutadi?

Javob: Endi savolga kelsak, futbolga juda qiziqishim bor gap.
Futbolchi bo'lish orzuim amalga oshmay qolgan va bir kichik armon bo'lib qolgan.
Esimda o'shanda 3-sinfda o'qir edim. Maktabimiz futbol jamoasida tuman maktablari o'rtasidagi musobaqada qatnashganmiz. O'shanda jamoamiz 1-o'rinni olgan edi. Men ham hamma o'yinda qatnashganman. Shu musobaqani shahardan kelgan bir futbol murabbiyi tomosha qilgan ekan. Harakatlarim yoqib qolgan shekilli, ertasi kuni u men va ikki o'rtog'imni ko'rik mashg'ulotda qatnashishga Toshkentga taklif qildi. Ammo dadam futbolchilikning qiyin ekanligini, jarohatlar futbolchiga "hamroh" bo'lishi haqida gapirib , menga ruhsat bermaganlar. Shu-shu futbolchi bo'lish orzuim qolib ketdi. Buning uchun dadamdan aslo hafa bo'lgan emasman. Mana, ularning nasihatlari orqasidan kam bo'layotganim yo'q. Bo'sh vaqtlarimda o'rtoqlarim bilan to'p tepib turamiz. Futbol - bu millionlar o'yini. Futbol tomosha qilsam, o'zimni yengil his qilaman.Ayniqsa, kuchli jamoalar o'rtasidagi murosasiz o'yinlar odamga zavq beradi. TV orqali beriladigan birorta futbol matchini qoldirmaslikka harakat qilaman.


4. Savol: Eski forumdoshlardan kimlarni xotirlab turasiz?

Javob: Eski forumdoshlardan hozirda deyarli hech kim qolmadi (adashmasam). Lekin Nargiza85, Bonu, Dimon degan userlarni eslab turaman. Ayniqsa, Bonu forum va saytning rivoji uchun jon kuydirardilar. Hozirgilardan Muslima (Rohatoy) ning forumdagi faolliklari menga Bonuni eslatib yuboryapti. Dimon (Dilshod)  garchi forumga onda-sonda kirib tursa ham forumga o'zgacha fayz kiritib turardilar. Shunaqa userlar bor ekan forum va sayt yanada ommalashaveradi.


5. Savol: Osiyo Chempionlar ligasi va Konfederatsiya kubogi musobaqalarida qatnashayotgan jamoalarimizning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

Javob: Oddiy bir muxlis sifatida shuni aytishim mumkinki, bu yil jamoalarimizning imkoniyatlari avvalgi mavsumlarga qaraganda ancha yuqori. Ayniqsa, guruh bosqichidan keyingi bosqichga 1-2 o'rin egalari chiqishi mumkinligi imkonyatlarimizni yanada oshiradi. "Neftchi"ni hisobga olmaganda jamoalarimiz xalqaro mavsumni yaxshi boshlashdi,deb bemalol ayta olamiz. Kechagi g'alaban keyin farg'onaliklar ham vaziyatni sal bo'lsa-da o'nglashga erishdilar. Shaxsan men "Paxtakor", "Bunyodkor", "Neftchi"larning kerakli natijaga erishishlariga ishonaman va erishishlari kerak. Chunki o'zbek klublarining natijasi OCHL va OFK Kubogining keyingi mavsumlardagi jamoalarimiz soniga ta'sir etadi. Eng muhimi, butun O'zbekiston shu klublarimizning muvaffaqiyatlarini kutishmoqda.

Qayd etilgan


shoir  10 Dekabr 2009, 10:32:19

Hajviyalar. 1-qism

Aldagani bola yaxshi!
(hajviya)

Qishloqdagilar Arslonqul traktorchi haqida gap ketsa:" Toshdek qotgan yerni yumshoq parga aylantiradi. Yerga mexrini berib haydaydi. Lekin"¦", deyishadi. Ana shu "œlekin"ini oxirigacha eshitmaganligimiz bizga pand berdi. Arslonqul traktorchi yilning to’rt faslida ham tinim bilmaydi. O’nlab gektar yerlarni shartta haydab tashlayveradi. Biroq traktorchi qurg’ur o’z xovlisidagi bir chimdimgina tomorqasini "œeplay olmasdi". To’g’rirog’i, qo’li qo’liga tegmaganligidan tomorqasi qishin-yozin qaqragan tikanzor bo’lib yotardi.
 Bir kuni biz qishloq bolalari Arslonqul traktorchining uyi ro’parasidagi ko’cha chetida futbol o’ynayotgan edik. Qishloq ko’chasida transport qatnovi faol emas. Shu sabab ko’cha o’rtasida ham hech bir xadiksirashsiz chopqillardik. Qosh qorayguncha to’p tepib, shovqin-tutun bilan kelib qolgan Arslonqul traktorchining asabiy signalini sezmay qolibmiz. U uyi oldida traktorini to’xtatdi va biz tomonga kela boshladi. "œHozir ma’ruzani boshlaydi", dedim uning vajoxatiga qarab.
- Xey, senlargayam xayronman. Ko’cha futbol o’ynash uchun qurilmaganku"¦ Bitta to’pning orqasidan tillaring osilib yugurishdan boshqasini bilmaysanlar,-dedi traktorchi ko’pni ko’rgan qariyalarday nasixat bilan.
- Xo’p, nima qil,deysiz, aka,- dedim.
Arslonqul traktorchi bir zum jim qoldi va:
- Ko’chada to’p tepib, hammaning ko’ziga yomon ko’ringandan ko’ra, mening tomorqamni stadionga aylantirlaring,- dedi ensasi qotib.- Bekorgayam yotibdi. Baribir ogorodga qaragani vaqtim yo’q. Chiroyli qilib tozalab, o’shatta o’ynalaring.
Traktorchining taklifi bolalarga yog’day yoqib tushdi va rozi bo’ldik. Ertasiga tong maxali xo’rozlar qichqirishga ulgurmasdanoq Arslonqul traktorchining tomorqasida o’nga yaqin qishloq bolalari hozir bo’ldik. Hammaning qo’lida ketmon va belkurak. Ishga kirishdik. Xali uyquni urib yotgan Arslonqul traktorchi ko’zlarini ishqalab xovlisiga chiqquncha tomorqani yog’ tushsa yalaguday qilib qo’ygan edik. "œTomorqayam jungli bo’lib ketgan ekan-da", o’yladim.
- Haa"¦ Senlarmidilaring"¦ Taqir-tuqur ovozlaringni tushimda eshityapman, deb o’ylabman,- dedi u bo’g’iq ovozda.
Biz yo’gonlashib ketgan tikanlarni aravachaga ortib, tomorqadan chiqarib tashladik va ariqdan tomorqaga suv ochib yubordik. Tush maxali barcha ishni bitirib, uy-uyimizga tarqaldik. Endi ertadan boshlab, yangi o’yingohchada maza qilib to’p tepadigan bo’ldik"¦
Ertasi kuni to’pni qo’ltiqlagancha, Arslonqul traktorchining stadionga aylantirilgan tomorqasi tomon yo’l oldik. Hammaning kayfiyati osmon qadar. Kimdir yarim tungacha futbol ko’rganligini gapirsa, kimdir yoqtirgan jamoasining raqibiga yon bosgan hakamga e’tirozni aytadi. Yana kimdir:"Arslonqul Stadium o’yingohining ochilish marosmiga bir necha daqiqadan so’ng guvoh bo’lasiz", dedi telesharhlovchiga o’xshab. Hamma sharaqlab kulib yubordi. Traktorchining tomorqasiga yetib kelganimizda xafsalamiz pir bo’ldi: boshiga oq ro’molni tang’ib olgan Arslonqul traktorchi xotini bilan tomorqasida ketmon chopar, yerni ekishga tayyorlab, egatga bo’lib chiqardi.
- Tushunmadik, aka,-dedim nima gapligiga aqlim yetib turgan bo’lsa ham.
- Nimani tushunmadinglar? — dedi traktorchi zaxarxanda iljayib.- Tushuntirishim shartmasdir?! Dalada ishlashdan qochasanlar. Balodek ishlarkansanlarku. Qoyilman, lokin"¦ Mendan faqat senlarga rahmat aytish qoldi, xolos.
- Axir o’zingiz aytgandingizku"¦
- Nimani aytibman? Senlar bilan kontrakt tuzibmanmi? Qani isbotlaring"¦ Umuman olganda, meni tomorqamni staionga aylantirishga nima haqlaring bor?
Aldagani bola yaxshi ekan. Traktorchining bizni boplab aldaganligi qishloqda hech kimni hayron qoldirmadi.
Qishloqdagilar Arslonqul traktorchi haqida gap ketsa:" Toshdek qotgan yerni yumshoq parga aylantiradi. Yerga mexrini berib haydaydi. Lekin bittagina aybi bor: ko’p yolg’on gapiradi", deyishadi. Hozir Arslonqul traktorchining tomorqasida pomidorlar qizarib yotibdi.

Muallif: Otabek Yo’ldoshev
Manba

Qayd etilgan


shoir  10 Dekabr 2009, 10:38:25

Hajviyalar. 2-qism

Bir piyola choy ustida
(hajviya)

Darsdan qaytsam, xonadoshim Sherali:
-Ertaga jahon chempionati boshlanadi. Nima qilamiz?-deb qoldi.
Biz taqdir taqazosi bilan Sherali ikkimiz institutimizning yotoqxonasida birga turamiz. Juda sergap bo’lsa ham yaxshi bola. Ko’cha tili bilan aytganda, "œboqsa odam bo’ladi". Ikkita futbolning ashaddiy ishqibozi bitta xonada yashasa, ularning suhbati ham albatta futbol haqida bo’ladi. Ba’zida baxslashib, ba’zida garovlashib, hatto arazlashib yuramiz. O’zining aytishicha, qishlog’ida futbol maydonida unga teng keladigani yo’q emish. Men esa uning beso’naqay va qo’pol gavdasiga qarab kulib qo’yaman. Jahon chempionati boshlanishini ikki oydan buyon kutib yurgandimu, buyog’ini o’ylamagan ekanman. Axir xonamizda televizor yo’qku. Ex, shunday o’yinlarni ko’rish nasib etmagan shekilli. Kechqurun tinib-tinchimas Sherali yangilik bilan keldi:
-Ko’chaning narigi tomonidagi kafeda katta televizor o’rnatib, futbolniyam ko’rsatisharkan!
-Lekin buning uchun kafeda nimadir buyurtma berish kerak-da, - dedim men xafsalam pir bo’lib.-Menda bo’lsa pul yo’q.
-Qo’yaver, og’ayni, buyog’iniyam o’ylab qo’ydim, -dedi u bir ko’zini qisib.
Shunday qilib, ikkimiz ham o’yin boshlanishini kutib, asta tashqariga chiqdik. Sezib turibman, Sheralining ham puli yo’q, hisobi. Lekin nimaga ishonib kafega boshlayapti xayronman.
Kafe eshigi oldida turgan ofitsiant bizni yengil tabassum bilan kutib oldi va ichkariga taklif qildi. Men Sheralining orqasidan ergashdim. Biz joyimizni egallagach Sherali ofitsiantga qarab:
-Bir o’rtog’imiz ham kelishi kerak edi. O’sha kelgandan keyin buyurtma beramiz,- dedi.
Kafega odam sig’maydi. Ko’pchilik bugungi o’yinni ko’rish uchun mana shu shinamgina kafeni tanlagan. Ofitsiantlar qo’li-qo’liga tegmay, uyoqdan buyoqqa yugurib pivoxo’rlarga peshma-pesh pivo yetkazib turibdi. Kafening qoq o’rtasiga katta televizor o’rnatilgan bo’lib, odatdagiday reklama bo’lyapti. "œBunday shovqin-suronda futbol ko’rib bo’larmikan", debo’ylanib turgandim. Yo’q, futbol boshlanishi bilan xo’randalaru pivoxo’rlar jim bo’lishdi. Konditsionerni yoqishdi, shekilli, salqin shabadadan yayrab ketdim. Sherali ham goh tirjayib, goh qoshlarini chimirib televizorga ko’zini tikkan. Men bo’lsam Sheralining uddaburonligidan hayratlanib o’tiribman. Birinchi taym tugar-tugamas boyagi ofitsiant yana bizni yo’qlab keldi:
-Akalar, nima bo’ldi? Buyurtma berasizlarmi?
Sherali menga qaradi. Men esa yelkamni qisdim.
-Ha, mayli, bizga hozircha bir choynak achchiq ko’k choy olib keling. Og’aynimiz negadir kechikyapti, -dedi Sherali sir boy bermay.
Zum o’tmay choynakda choy keltirib berishdi.
-Qani olsinlar, mexmon,- dedi Sherali piyolada choy uzatarkan.
-Menga qara, sen ko’pam aljirama. Puling yo’qligini bilaman,-dedim Sherali tomonga engashib.
-Har holda bir choynak choyga yetadigan pulim bor,- dedi u ayyorona iljayib.
-Hozir shuncha odamning orasida sharmandamizni chiqarishadi. Undan ko’ra tur o’rningdan. Ketdik, -dedim yana zardam qaynab.
-Qayoqqa? Axir ikkinchi taym bo’ladi-ku.
Baribir futbolga qiziqishim ustun kelib, o’rnimdan qo’zg’almadim. Shunday qilib, ikkinchi taym ham boshlandi. Ofitsiant bo’lsa har daqiqa oldimizda paydo bo’laverdi. Oxiri Sheralining ham toqati toq bo’ldi, shekilli:
-Namuncha kley bo’lib qoldingiz. Birpasgina sabr qiling. O’rtog’imning mashinasi buzlib qolibdi. Hozir keladi,-dedi ovozini balandlatib.
-Aka, meniyam tushuning, mijoz ko’p. Lekin joy yetishmayapti. Sizlar bo’lsa ikki soatdan beri bir choynakkina choy zakaz qildingiz, xolos, -dedi ofitsiant.
-Birpasgina kuting, -dedim men ham gapga aralashib.
Oxiri ofitsiant bizdan bezib ketganday oldimizga kelmay qo’ydi. Xo’randalar bir-birlariga parvo ham qilishmaydi. Hammaning ko’zi televizordagi futbolga qaratilgan. O’yin ham oxirlab qoldi. Kimdir sevimli jamoasiga qarsak chalib qo’ysa, kimdir chuqur uf tortadi. Yana kimlardir asablarini joyiga keltirish uchun sigaret tutatgan. Bir maxal Sherali meni turtkiladi:
-Ana endi ketsak bo’ladi, dedi u mamnun jilmayib.
Barcha xo’randayu pivoxo’rlar futbol ko’rish uchungina kelishganga o’xshaydi. Futbol tugagach, deyarli hamma o’rnidan qo’zg’aldi. Ko’chaga chiqqach asta Sheraliga gap qotdim:
- Ofitsiant baqirmadimi, ishqilib?
- Orqamdan vovullab qoldi,- dedi u va ovozi boricha kulib yubordi.
- Endi ertangi o’yinni qayerda ko’ramiz?-dedim men bo’shashib.-Eng yaxshi o’yin ertaga bo’ladi-da. Har holda endi bu kafeda ko’rolmasligimiz aniq.
- Tashvishlanma, og’ayni. Boshqa kafe ko’pku. Yana bir choynak choy mening hisobimdan.

Muallif: Otabek Yo'ldoshev
Manba

Qayd etilgan


shoir  10 Dekabr 2009, 10:40:05

Hajviyalar. 3-qism

MAJLIS


Tushlikda yog’liqqina palovni tushirgan Bozorqulov dekanatga kirib kelganida kotibasi Xolidaxon oyoqlarini chalishtirib, shapaloqdek keladigan oynasiga tikilgancha o’ziga oro berib o’tirgan ekan. Bozorqulov unga yeb qo’yguday bir qaradiyu:
- Meni kim so’rab kelsa ham majlisdalar deb ayting!-dedi.
U eshigi sirtiga "œDekan" deb yozilgan xonaga kirib ketdi. Xolidaxon ensasini qotirib, og’zidagi saqichini chapillatib chaynadi. U Bozorqulovning "œmajlis"lariga o’rganib qolgan. Dekanning "œMeni yo’q, deb ayting", "Majlisdaman" kabi gaplarining tub ma’nosi faqatgina Xolidaxonga ma’lum edi. "œDemak, bugun ham futbol bor ekanda", o’yladi Xolidaxon. Ha, Bozorqulov ba’zi paytlarda uzzukun xonasiga qamalib olib televizorda futbol tomosha qilardi.
Dekanatga burni ustiga ko’zoynak qo’ndirgan oltmishlarni qoralagan Suvonov domla va fakultetga yaqindagina ishga kirgan qirq yoshlardagi  Bekjonov domlalar kirib kelishdi.
- O’zlaridamilar?- so’radi Suvonov dekanning eshigiga ishora qilib.
- Majlisdalar,-dedi Xolidaxon beparvo oxangda.
- Tushundim, tushundim. Kutamiz, qizim, - dedi Suvonov stulga cho’karkan.
Suvonov va Bekjonovlar talabalarning darsda qo’l telefonida gaplashib o’tirishlarini muxokama qilishardi. Shu payt ichkaridan Bozorqulovning "œE, qiyshiq. Eplolmasang nima qilarding"¦", degan asabiy ovozi eshitildi.
Suvonov va Bekjonov bir-birlari bilan o’g’rincha ko’z urishtirib olishdi.
- Sharipov domlani koyiyotgan bo’lsalar kerak, -dedi Suvonov kafti bilan og’zini yumgancha. — Domlaning bir oyoqlari kaltaku. Shunga qiyshiq degandirlar.
Suvonov cho’ntagidan dastro’mol chiqarib ko’zoynagini artib oldi. U endi nimadir demoqchi bo’lib og’iz juftlagan ediki, yana Bozorqulovning momoqaldiroqdek guldurosli ovozi uangradi:"E, lapashang"¦ Seni o’zi davno haydash kerak edi". Suvonov yuzlari qizargancha:
- Toxir akani ishdan olmoqchilar, shekilli. O’tgan oy ham shunga o’xshash gap bo’luvdi, - dedi shivirlab. Bekjonov og’zi lang ochilib qoldi.
- Juda muhim masala xal etilayotganga o’xshaydi. Nega bizni majlisga aytishmadi ekan-a?- dedi u.
"œE, manovini qaranglar! Nega dumalaysan-a? Tur o’rningdan!" Bu safar Bozorqulovning ovozi yanada qahrli chiqdi. Suvonov va Bekjonovlarning kallasidan bir xil fikr charx urdi:" Qaysi sho’ring qurg’ur kaltak yedi ekan?"
Suvonov kompyuterdan ko’zini uzmay o’tirgan Xolidaxonga qarab:
- Qizim, biz boshqa safar kelarmiz, Ishimiz unchalik zarur ham emasdi,- dediyu Bekjonovni bir turtib, uzun-qisqa bo’lib chiqib ketishdi. Oradan hech qancha vaqt o’tmay Bozorqulov chiqib keldi. Uning qo’lida yarmi chekilgan sigaret.
- 1-taym tugadi. Shu arablar o’ynaganda nuqul asabim qo’ziydi-da. Sal tegib ketdingmi, bo’ldi uni yalinib ham o’rnidan qo’zg’ata olmaysan,-dedi Bozorqulov og’zidan tutun burqsitib.- Hozir 2-taym boshlanadi. Kim so’rab kelsa ham men majlsidaman!

Muallif: Otabek Yo’ldoshev
Manba

Qayd etilgan


shoir  10 Dekabr 2009, 10:42:53

Hajviyalar. 4-qism

Quyon bo'lish voqeasi
(hajviya)

Ostonaqulovning fakultetga dekan bo’lib ko’tarilganligiga bor-yo’g’i bir oy bo’lgan esa-da, barchaning "œdodini berishga" ulgurdi. Kecha uning dakkisidan besh daqiqagina kech qolgan kaminai kamtarin ham bebahra qolmadim.
Oliygoh domlasi ham shunaqa mas’uliyatsiz bo’ladimi, o’rtoq? O’qituvchi bo’laturib siz kechikibsizki, talabalardan xafa bo’lmasak ham bo’laverarkan!- dedi u qoshlarini chimirib.- Boshqa qaytarilmasin. Aks holda maoshingizdan ushlab qolaman.
Ertalab Ostonaqulovning qahrli qiyofasi ko’z o’ngimda namoyon bo’ldiyu, ko’ylagimni dazmollayotgan xotinimga o’shqirdim:
O’v, imillamasdan tezroq bo’l. Ostonaqulov naq ostonadan kiritmaydiya.
Tramvayga bir amallab ilindim. Bugun kechikmasligim kerak. Ex, shunday paytlarda avvalgi dekanimiz Sotvoldievning qadri bilindi. Qanday tilla odam edi-da. Odamni tushunardi. Ba’zi paytlar shaxsan Sotvoldievning tashabbusi bilan kechqurunlari pivo barida yig’ilishib, tong saxarga qadar muzday pivodan simirgancha futbol ko’rardik. Gap-gashtaklarniku aytmasam ham bo’lar. Aytgancha, bugun futbol bo’ladiku. Sotvoldiev bo’lganidaku stadionga borishga ruxsat beribgina qolmasdan, o’zi ham birga borardi. Lekin Ostonaqulov"¦
Kafedraga kirib kelganimda Sharipov domla va qishin-yozin boshidan shlyapa tushmaydigan Valiev domlalar ham dekandan qanday ruxsat olishni maslaxat qilib turishgan ekan. Ikkisi ham xox stadion, xox televizordagi futbol o’yinlarini qoldirmasdan ko’rishardi. Yoshlari ellikdan oshib qolgan bo’lsa ham fakultet maydonchasida talabalar bilan to’p tepib turishni kanda qilishmasdi.
-Nima qilamiz, o’rtoqlar?- dedi Valiev domla bizga termulib.- Bugun "œQuruvchi" arablar bilan o’ynarkan. Zo’r o’yin bo’ladi-da.
- Ostonaqulovdan ruxsat olish yozda qor yog’ishidan umid qilishday gap, - dedi Sharipov.
Nima qilishga ham hayronmiz. Tushga yaqin uchchovlashib dekanning xuzuriga kirishga kelishib oldik. "œRuxsat bermaydiyov", o’yladim ichimda. Shu payt yana Sotvoldievni qo’msadim. Hozir Sotvoldiev bo’lganidami, hech bir hadiksirashsiz dars o’tmasdan, talabalarga javob berib yuborgan bo’lardim. Afsuski, hozir bunday qilolmayman. Sotvoldiev dekanlik qilgan paytlarda fakultet eshigi oldida kech qolgan talabalarni ro’yhatga olib o’tiradigan navbatchi bo’lardi. Ostonaqulov kelgach, kech qolgan o’qituvchilar ham ro’yhatga tushadigan bo’ldi.
Tushdan so’ng uchchovlon dekanatga kirdik. Kotiba bizni kulimsirab qarshi oldi:
-Sizlar ham futbolga bormoqchimisizlar?-dedi u biz gap boshlamasdanoq.
-Qanday bildingiz?- dedim men hayratlanib.
-Bugun ertalabdan buyon qorovul Mamat akadan tortib, dotsent Po’lat akagacha kelishdi. Hammasi futbolga borgisi kelib turibdiyu, dekanga bir nimalarni baxona qilishadi"¦- shunday deya u yanada balandroq kuldi.
-Dekan o’zlaridamilar?-so’radi Sharipov domla.
-Dekan qayoqqadir ketdilar!
Biz tarvuzimiz qo’ltig’imizdan tushib kafedraga qaytdik. Nima qilsak bo’ladi? Yana o’n besh daqiqadan keyin futbol boshlanadi.
-Dekan yo’qmi, demak, bugun kelmaydi. Indamasdan ketvormaymizmi?-dedi Valiev.
-Dars nima bo’ladi?-dedim kayfiyatim tushib.- Mening yana ikki para darsim bor.
-Xavotirlanmang. Dekan birma-bir kirib tekshirarmidi.
Shunday qilib hech kimga hech nima demasdan ko’chaga chiqdigu, taksiga o’tirib stadionga yo’l oldik. 
O’yingoh doshqozondagi sumalakday qaynayapti. Hamma allaqachon joyini egallab bo’lgan. Biz ham surina-surina o’zimizga o’rindiq qidira boshladik. Sal orqaroqda bo’lsa ham o’tirdik. Ichimda "œErtaga dekandan gap eshitmasmiknman", degan ikkilanish bo’lsa ham o’yin boshlanishi bilan hammasini unutdim. Futbolchilarimiz burgut misoli oldinga tashlanib birinchi urinishdayoq to’pni raqib darvozasiga tushirib qo’yishdi. Butun o’yingoh oyoqqa qalqdi. Biz ham o’rnimizdan turib olqishlarga qo’shildik. Shu payt ko’zim bizdan pastroqda o’tirgan Ostonaqulovga tushdi. U qo’llarini silkitib qichqirardi. Yonimdagi Sharipov domlani asta turtib, Ostonaqulov tomonga ishora qildim. Biz bir zum jim qoldik. Chunki Ostonaqulov ham bizni ko’rib, qotib qolgan edi.

Muallif: Otabek Yo’ldoshev
Manba

Qayd etilgan


shoir  10 Dekabr 2009, 10:44:09

Hajviyalar. 5-qism

INGLIZLARGA RAHMAT"¦
(Talaba kundaligidan)

Futbol o’yinini o’ylab topgan inglizlarning aqliga aqliga balli! Ular futbol nahonasida kelajakda talabalarning yozgi imtihonlardan tegirmondan butun chiqqanday o-s-o-n o’tib ketishlarini qanday bilishgan ekana? Kelajakni oldindan bashorat qilgan Nostradamusning ham kelib chiqishi ingliz bo’lsa hecham ajablanmayman.Gap shundaki, 1-kursni tugatarkanmiz, ayni yozgi imtihonlar boshlangan mahalda fakultetda "œfutbol epidemiyasi" boshlandi.Talabalarning baxtiga Jahon Chempionati o’yinlari kunduz kunlari namoyish etilardi.Domlalarning deyarli hammasi o’ziga yarasha ishqiboz. Imtihon vaqti ham keldi.Talabalar oyog’i kuygan tovuqdek yugurib qoladigan chog’lar. Bunaqa paytlarda it egasini,mushuk bekasini tanimaydi.Auditoriyaga domla kirib keldi. Uning yuzlaridan biroz beparvo kayfiyatda ekanligini bilib olish mushkul emas. U imtihon topshiriqlarini xafsala bilan yozib chiqdi. So’ng stol yaqiniga kelib xorg’in holda stulga cho’kdi-da asta so’z boshladi:

-Hurmatli abiturientlar"¦ yo’g’e  talabalar! Marhamat qilib yozishga kirishinglar.Yozib bo’lganlar daftarni stolim ustiga  tashlab hech kimga xalaqit bermasdan oyoq uchida chiqib ketinglar.Men kafedrada bo’laman.

Domlaning gaplaridan keyin talabalarning yelkasidan tog’ qulaganday yengil nafas olayotganliklari sezilib turibdi. "œShpargalka"siz talabani mevasiz darahtga o’xshatishlari bejiz emas. Talabalarning xaloskoriga aylanadigan ana shu mevalar hech bir to’siqsiz foyda berishi aniq bo’lib qoldi. Aniqki, domla kafedradagi televizorda futbol ko’rmoqchi. Hamma futbol ishqibozi bo’lgan domlaning yaltiroq peshonasidan  o’pib qoyishga tayyor. Qo’shni auditoriyadagi imtihon ham domlaning ishtirokisiz o’tadi shekilli talabalarning yengilgina qarsak chalib qoyishganligi-yu, shodon qiyqiriqlari eshitildi.Ochiq eshikdan hazilkash bir domla boshini suqdiyu:"Ijodni gullatinglar endi",dedi.

Domla shosha-pisha auditoriyani tark etdi. U chiqib ketishi bilan talabalar uchun javlon uradigan daqiqalar boshlandi. Pishillagan nafas olishlardan boshqa narsani ilg’ash mushkul. Birovga savol bersang "œha-yo’q"dan nariga o’tmaydi. Shu payt kutilmaganda birinchi partada o’tirgan qizning:"Ko’chirma mendan"¦",deb baqirgani hammaning hayolini har tomonga parchaladi. Butun auditoriyaning nigohi unga qadaldi-yu qotib qoldik: qizning oldida dekan jilmayib turardi. Ma’lum bo’lishicha, sodda qiz daftariga tushgan dekanning soyasini ko’rib, ko’chirmakash qitmirlardan biri deb o’ylab zahrini sochibdi.Qiz sholg’omday qizarib ketdi.

Muallif: Otabek Yo’ldoshev
Manba

Qayd etilgan


shoir  10 Dekabr 2009, 10:47:39

Hajviyalar. 6-qism

O’zimizning "œMaxaradze"
(hajviya)

Qishloqdagilar Turdiqul cholni "œMaxaradze" deyishardi. Yosh o’smirlarku Maxaradze kim ekanligini unchalik farqlay olishmaydi. Lekin cholning kamsonli tengdoshlari uni juda yaxshi bilishadi. Chol bilan suhbatlashgan odam xoxlasa-xoxlamasa uning uzundan-uzun futbolga oid suhbatiga "œsho’ng’ish"ga majbur bo’lardi. Qishloqning bir chetidagi kamtaringina xovlida yolg’iz yashaydigan Turdiqul chol yoshligida jismonan baquvvat bo’lgan ekan. Kampiri Turdiqul cholni bu dunyoda erta tashlab ketgan edi. Yoshi bir joyga borib qolgan oqsoqollarning aytishlaricha, tabiatan hazilkashroq futbolga o’ch chol kampiri olamdan o’tgan kuni shahardagi o’yingohda futbol tomosha qilib o’tirgan ekan. Qitmir ishqibozlar choldan:
- Bobo, yolg’iz kelibsiz. Qarang-a butun stadionda eng yoshi ulug’i siz ekansiz. Lekin eng yolg’izi ham sizsiz. Birorta hamroxingiz yo’qmidi?-deyishibdi. Shunda "œMaxaradze"  pinagini buzmay:
- Kim bilan kelishim kerak?-debdi savolga savol bilan.
- Masalan"¦ kampiringiz bilan.
- Kampirim o’lib qoldi, debdi chol jiddiy.
- Haa"¦ unda do’stlaringiz bordir birga kelgani? Yoki ular futbolga qiziqishmaydimi?
- Qiziqishga qiziqadiya, lekin ular hozir kampirimning azasida o’tirishibdi, debdi chol.
Albatta, oqsoqollarning bu ta’rifi haqiqat chegarasidan biroz uzoqda. Ammo cholning futbolga mukkasidan ketgancha qiziqishi bor gap.
Bir kuni cholni uyi oldidagi daraxt tagida Mamat oqsoqol bilan quyuq suhbati ustidan chiqib qoldim. Chol odatdagiday futbol haqida gapirardi:
- Eee, Mamatvoy, kecha turklarning o’yinini ko’rmabsan-dunyoga kelmabsan. Braziliyani yanchib tashlashiga ozgina qoldiya,- dedi va timirskilanib nosqovog’ini oldi. — Baribiram qoyil qoldim-ey. Zo’r-bazo’r yutib oldi brazil qurg’urlar.
- Ha, nabiramdan eshitdim, dedi Mamat oqsoqol beparvo oxangda. Uning bu gapi cholni yanada ilxomlantirib yubordi:
- Shu turklarda Xasan Shosh degani bor ekan. O’ylanib qoldim. Shu bolani urug’i Toshkentdanmasmikin-a?-dedi Turdiqul chol tilla topib olgan gadoyday ko’zi chaqnab.
Cholning gapidan yuzimga tabassum yugurdi.
- Sen kulma, bolam. Yo gapim noto’g’rimi? Men sendaqa o’qimishli bo’lmasamam harqalay savodsiz omilardanmasman. Toshkentni eski nomi Shosh ekanligini dilbizorda eshitganman. Sen shu bola haqida haligi boru"¦ -dedi peshonasini tirishtirib. — Insititutda yozadiku"¦ Nimaydiya oting qurg’ur"¦
- Bitiruv ishimi?-dedim "œMaxaradze" boboning nima demoqchiligini anglaganday bo’lib.
- Haa, bitiruv ishimi? O’shanaqa yizgin. Mana meni aytdi dersan shu bolaning ota-bobosi toshkentlik bo’lib chiqadi.
Cholning aytganiday dissertatsiya yozishga so’z berib, xayrlashdim. Ketarkanman orqavarotdan ikki cholning xazilomuz gaplari elas-elas quloqqa chalindi:
- Shu Ronaldo bilan Ronaldino degani aka-uka ekan deb eshitdim. Qaysi biri akasiyu qaysinisi ukasi ekanligiga hech aqlim yetmadi-da. Dilbizordayam aytishmaydi.
- Buni dilbizorda aytamasyam bilib olsa bo’ladi. Ronaldoning sochi to’kilib ketganku. Demak, uning yoshi katta.

Muallif: Otabek Yo’ldoshev
Manba

Qayd etilgan


Shoxjahon12  12 Dekabr 2009, 16:08:07

(Oq she'r)

Tun uzoq cho'zildi,
Tez-tez seni yodga olaman...
Qanday men yolg'iz...
Qorong'ulik meni izlab keldi,
Uzoqlashganing sari
G'amda qolaman yolg'iz...
Xayolimdan ketmassan sira
Ko'zlarimni yumsam agarda,
Chehrang ko'rib, sog'inch yo'qolar...

Koreys tilidan Otabek tarjimasi

Qayd etilgan


Shoxjahon12  21 Yanvar 2010, 11:04:29

KEL, EY YOR


Ko'z ochib ko'rganim o'zingsan, ey yor,
Senga yuragimda muhabbatim bor.
Tabassum qildingu ketding yiroqqa,
Dog'da qolgan qalbim chekmoqda ozor.

Qaydasan kechikdi ko'ngil izxorim,
Bormikan dunyoda mendayin zolim.
Manmanlik qilibman "O'zi kelar",deb,
Endi sensizlikdan abgordir xolim.

Kelgin, ey parivash,mushtoqman men ham,
O'zing jaroxatli qalbimga malxam.
Ko'nglim qal'asini zabt etib qo'yding,
Sendayin go'zalni ko'rmagan olam!


OTABEK YO'LDOSHEV

Qayd etilgan