Shoxjahon12  ( 9124 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Shoxjahon12  06 May 2010, 18:30:38

Hadya (hajviya)

 Otabek Yo’ldoshev       


Ikki  hafta davomida kechani kecha, kunduzni  kunduz demay dars tayyorlaganlarim havoga uchdi-ketdi. Fakultetda "œSattorovning  darsidan besh baho oldim", deb ko’krak kergan talabalarni sanashga bir qo’lning barmoqlari ham ko’plik qiladi. Men ham shular safiga kirsammikin, degandim-da.
- Tak, -  dedi Sattorov burnining ustiga qo’ndirgan ko’zoynagini tepaga ko’tarib. — Ishing "œduoyi salom"ga qolyaptiku, uka.
Kayfiyatim tushib ketdi. Gapirishga endi og’iz  juftlagan ham edimki, u "œtss", dedi-yu gapida davom etdi:
- Sen meni  noto’g’ri  tushunyapsan. Bilaman, pora berish gunoh demoqchisan. Sen buni pora deb emas, shunchaki hadya deb hisobla. Xo’pmi, uka?
Yomg’irda qolgan kuchukdek shalvirab qoldim. Yuqori bosqichda o’qiydigan bir talaba: "œSattorov hammadan oladi", degan edi. Demak, uning gaplari to’g’ri ekan-da"¦ Jahlim chiqdi.
- Ustoz, hadya dedingizmi?
- Ha.
- O’sha narsani hadya deb emas, bosh-ko’zimdan sadaqa deb bersam qandoq bo’larkin?!
Sattorovning ko’zlari ola-kula bo’lib ketdi:
- Hammang gapga o’qigansanlar. Senga sadaqani ko’rsatib qo’yaman.
Qishki ta’tilni igna ustida o’tirgandek bedor o’tkazdim. "œMana senga", deb baho qo’yib bermasa-ya"¦ O’zim ahmoqman-da. Tinchgina duoyi salomini berib qo’ya qolsam o’larmidim. Ta’til tugashiga uch kun qolganda kursdoshim Abduvali telefon qilib qoldi:
- Sattorovdan besh olishga qachon ulgurding, xumpar?
Men jurnalni o’z ko’zim bilan ko’rmaguncha uning gaplariga ishonolmasdim. 

Qayd etilgan


Ansora  07 May 2010, 14:04:34

qattadir oldinroq o'qidim eslolmayapman, forumdan boshqa qayerda o'qigan bo'lishim mumkin ??? ???



Shoxjahon12 ning "Birni ko'rib fikr qil, birni ko'rib shukr" mavzularda o'qigansiz : )

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4330.60

Qayd etilgan


Shoxjahon12  07 May 2010, 14:31:24

qattadir oldinroq o'qidim eslolmayapman, forumdan boshqa qayerda o'qigan bo'lishim mumkin ??? ???



Shunchaki kitobimga kiritib qo'yay degandimda.

Qayd etilgan