Mr.Twister: "Oddiygina Mr.Twister"  ( 10039 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


shoir  11 Dekabr 2009, 10:25:35

Foydalanuvchi nomi: Mr.Twister
Ismi sharifi: Erkin Jo`rayev
Tug'ilgan sanasi: 1990 yil 14-dekabr
Tug'ilgan joyi: Buxoro shahri
Ma'lumoti: Toshkent DTUda talaba
Ish faoliyati: Menedjer
Forumga a'zolik sanasi: 03 Iyun 2008
Emaili: [email protected]
Shaxsiy sahifasi: http://iguzar.uz/twister


Avatari:


Imzosi:
Bilimning ko`pi, o`rganishning kechi bo`lmaydi!

Birinchi posti:
Qoyil, mening netdan topgan do`stim hozir u bilan juda ham yaqin bo`lib ketganmiz, bir kun gaplashmasam (telda) jahlim chiqib yuraman. Uning ismi Asila Andijonlik

Qayd etilgan


shoir  11 Dekabr 2009, 10:26:31

Tarjimai holi

Men Erkin Jo`rayev, Buxoro shahrida 1990 yil 14 - fevralda ziyoli oilasida dunyoga keldim. Oilada eng kenja farzandman. Xarakterim quvnoq lekin joyi kelganda jiddiy. 1 - sinfga 1997 yil Buxoro shahar 16- son maktabiga qabul qilindim, 2000- yil Buxoro shahar 2- son maktabga o`qishga o`tkazildim, maktabni a'lo baholarga bitirdim. Eng sevimli fanlarim matematika va informatika. Yoqtirmaganim Kimyo-biologiya. 2006-2009 yillar orasida BuxDU qoshidagi 4 - son akademik litseyni o`qib bitirdim. 2009 yil Toshkent Davlat Texnika Universitetiga grant asosida Elektronika va Mexanika fakulteti Avtomatlashtirish va Boshqaruv yo`nalishiga o`qish qabul qilindim. Hozirda o`qish bilan birgalikda "Formation Servis" firmasining menenjeri lavozimida ishlayman.

Ijodiy ishlari

Ijodiy ishlarim asosan geliotexnika (quyosh energiyasidan foydalanish) sohasiga qaratilgan. Geliotexnikada mini texnologiyalarini qo`llash sohasida yutuqlarga erishdim va ishlarimni patentlashtirganman. "Kelajak ovozi - 2008" mega tanlovi g`olibi bo`lganman.

Forum va forumdoshlar haqida fikrlar

Forum haqida: Forumga 2008 yil yoz oylarida a'zop bo`lganman, ajoyib forum. Zo`r forum.
Forumdoshlar haqida: Umumiy qilib gapirmoqchiman, 98 % userlar ilmli, imon-e'tiqodli, ilm olishga chanqoq. 2 % i a'zo bo`lib qayta kirmaganlar deb o`ylayman .

Qayd etilgan


Ansora  09 Yanvar 2010, 18:28:40

Erkinjon, yutuqlaringiz bilan tabriklayman. Faqat ehtiyot bo'ling. Sohta hujjat tayyorlaydiganlar sizni hujjatlaringizni o'zlariga o'zlashtirib olmasinlar.

Bizda qanday bilmadim, lekin Turkiyada sohta hujjat juda rivojlangan. Shuning uchun har qanday hujjatni asli bo'lmasa osonlikcha qabul qilishmaydi, albatta notariusdan tasdiqlangan bo'lishi kerak.

Bizda pasport bo'lsa, Turkiyada "Nufus juzdanı" degan narsa bor. Yaqinda bir kishi shu hujjatini yo'qotib qo'ygan ekan. İshonmaysiz, 2-3 oyni ichida bu odamni ismiga juda ko'p yerdan qarz olingan, hujjat egasini hech narsadan xabari yo'q. Xozir sudma-sud yugirib yuribdi....

Xudo saqlasin, "O'zingga ehtiyot bo'l, qo'shningni o'g'ri tutma", demagan bekorga dono Xalqimiz  : )

Qayd etilgan


Mr.Twister  09 Yanvar 2010, 20:48:34

Albatta maslahatiz uchun raxmat. Siz aytgan narsalarizni hisobga olib qöygan postlarimni o'chirib tashlayman.
Ular qöyishdan oldin öylab ko'rdim va ularning hammasini oq-qora nusxada qo'ydim.

Qayd etilgan


ZUBAIR  10 Yanvar 2010, 00:02:21

Iqtibos: shoir
Shaxsiy sahifasi: http://iguzar.uz/twister

ochilmayabdiku?

Qayd etilgan


Mr.Twister  10 Yanvar 2010, 12:20:46

Ha hozir u sayt yopildi, qandaydir sabablarga ko`ra.

Hozirda o`zimning shaxsiy saytim haqida bosh qotiryapman, Lekin uni amalga oshirishga ozgina vaqt va bilim kamlik qilayapti. Sayt tuzish osongina ish emas axir.

Qayd etilgan