Tarjimai holi
Men Erkin Jo`rayev, Buxoro shahrida 1990 yil 14 - fevralda ziyoli oilasida dunyoga keldim. Oilada eng kenja farzandman. Xarakterim quvnoq lekin joyi kelganda jiddiy. 1 - sinfga 1997 yil Buxoro shahar 16- son maktabiga qabul qilindim, 2000- yil Buxoro shahar 2- son maktabga o`qishga o`tkazildim, maktabni a'lo baholarga bitirdim. Eng sevimli fanlarim matematika va informatika. Yoqtirmaganim Kimyo-biologiya. 2006-2009 yillar orasida BuxDU qoshidagi 4 - son akademik litseyni o`qib bitirdim. 2009 yil Toshkent Davlat Texnika Universitetiga grant asosida Elektronika va Mexanika fakulteti Avtomatlashtirish va Boshqaruv yo`nalishiga o`qish qabul qilindim. Hozirda o`qish bilan birgalikda "Formation Servis" firmasining menenjeri lavozimida ishlayman.
Ijodiy ishlari
Ijodiy ishlarim asosan geliotexnika (quyosh energiyasidan foydalanish) sohasiga qaratilgan. Geliotexnikada mini texnologiyalarini qo`llash sohasida yutuqlarga erishdim va ishlarimni patentlashtirganman. "Kelajak ovozi - 2008" mega tanlovi g`olibi bo`lganman.
Forum va forumdoshlar haqida fikrlar
Forum haqida: Forumga 2008 yil yoz oylarida a'zop bo`lganman, ajoyib forum. Zo`r forum.
Forumdoshlar haqida: Umumiy qilib gapirmoqchiman, 98 % userlar ilmli, imon-e'tiqodli, ilm olishga chanqoq. 2 % i a'zo bo`lib qayta kirmaganlar deb o`ylayman .