Shifobahsh yog'lar  ( 46970 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Ansora  08 Yanvar 2010, 15:51:01

Totli bodom yog'i (achchig'i ham bor chunki)

HUILE D'AMANDE OFFICINALE

Yorilgan va quruq jiltlarni, juda qisqa vaqtda ko'z bilan seziladigan shaklda tuzatadi. Bundan tashqari soch parvarishida katta foyda verganligi uchun to'kilishini oldini olishda ham ishlatiladi. İch qotganda ham katta yordam beradi.

Foydalanilishi: Sochimizning tagiga barmoq uchlari bilan massaj holida surtiladi.
İch qotganda esa kunda bir choy qoshig'i ichiladi.

Qayd etilgan


Ansora  08 Yanvar 2010, 15:55:05

Shirin olma yog'i (OLEUM SALVIA)

Quruq va yorilgan jildlarning parvarishida qolaversa yog'li va husnbuzarli jildlarda surtiladi. Soch tolalarining yanada sog'liqli bo'lishi va yaltiratish uchun ham ishlatiladi.

Foydalanilishi: Jildga, soch tolalariga massaj shakida surtiladi.

Qayd etilgan


Ansora  17 Yanvar 2010, 16:56:29

Sarimsoq yog'i (OLEUM ALLIUM)

Qon bosimini tushirishda, ishtahani ochishda, ovqat hazm qilishda, ich qotishini ketkazishda, qonni tozalashda, yurak faoliyatini yaxshilashda, qon bosimining muvozanatini saqlashda, soch sinishining oldini olishda, sochning to'kilishini oldini olib, uzashida juda katta foyda beradi. Mikrop o'ldiruvchi hususiyatga ega.

Foydalanilishi: 1 stakan suvga 4-5 tomchi solinib, kunda 3 marta ichiladi. Jildga va soch terisiga massaj shaklida surtiladi.

Qayd etilgan


Ansora  17 Yanvar 2010, 17:03:09

Yasemin- Jasmin yog'i (OLEUM JASMINIUM)

Romatizm og'riqlarini tindirishda ishlatiladi. Jild parvarishida va selulitni yo'qotish uchun ishlatilishi tavsiya etiladi. Jildni taranglashtiruvchi hususiyatga ega. Stres, asablarni dam oldirish va tinchlantirish uchun vanna suviga solib suvni ichida yotishingiz mumkin.

Foydalanilishi: Jildga massaj shaklida surtiladi. Jildingizni tozalamoqshi bo'lsangiz namli paxta bilan artishingiz mumkin.

Qayd etilgan


Ansora  17 Yanvar 2010, 17:09:56

Tabiiy Zaytun yog'i (OLEUM OLEA PUR)

Soch va jild parvarishida ishlatish tavsiya etiladi. Soch terisiga surtilganda soch negiziga kuch beradi. Yurak sog'lig'i uchun, tomir qattiqligida iste'mol qilish tavsiya etiladi.

Foydalanilishi: Jild va soch uchun massaj shaklida surtiladi. Qolgan kasalliklar uchun har kuni och qoringa 1 qoshiq ichish tavsiya etiladi.

Qayd etilgan


Ansora  19 Yanvar 2010, 23:41:13

Qoqio'ti yog'i (Romashka) OLEUM CHOMOMILLA

Hassos va nozik jildlardagi yaralarni qisqa muddatda tuzatish hususiyatiga ega. Tomoq shishganda (angina) va tish yiringlaganda g'arg'ara qilish tavsiya etiladi.

Foydalanilishi: Jildlar uchun tashqaridan massaj shaklida surtiladi. G'arg'ara uchun 1 stakan iliq suvga 4-5 tomchi solinadi.

Yog'ni yutib yuborishdan saqlaning!

Qayd etilgan


Ansora  19 Yanvar 2010, 23:49:22

Apelsin yog'i OLEUM AURANTIUM

Me'dadagi kasalliklarni ketkazishda, ovqat hazmini qulaylahsitirshda, issiqni tushirishda va romatizm kasalliklarida ishlatiladi. Jildning go'zal bo'lishini ta'minlaydi. Yara va yongan jildlarda ishlatiladi. Jildni taranglashtirishda, husnbuzarni quritishda tonik shaklida foydalaniladi. Tortlarda hid beruvchi holida ishlatiladi. Qon harakatini normallashtirishda va asablarni sokinlashtiruvchi modda sifatida ishlatilishi tavsiya etiladi.

Foydalanilishi: Yarim stakan suvga 3 tomchi tomizdirilib, kunda 3 mahal ichiladi. Masaj shaklida jildga surtiladi.

Eslatma: Jildga surtishdan oldin, jildingizni namli paxta bilan tozalang. Qo'l va yuzingiz uchun qo'llanganingizda esa Shirin bodom yog'i bilan aralashtirgan holda ishlating. Yog'ni surtgandan keyin bir muddat quyoshga chiqmang.


Qayd etilgan


Kamalak  20 Yanvar 2010, 00:16:08

Assalomu alaykum.Sizdan iltimos kungaboqar (Semechka)yog'i haqida ham foydali maslahatlarizni yozib utsangiz hursand bulardim. Man kuproq kungaboqar yog'ini ishlataman uni foydali va zararli tomonlari haqida yozsangiz oldindan rahmat. :)

Qayd etilgan


Ansora  20 Yanvar 2010, 15:51:36

Assalomu alaykum.Sizdan iltimos kungaboqar (Semechka)yog'i haqida ham foydali maslahatlarizni yozib utsangiz hursand bulardim. Man kuproq kungaboqar yog'ini ishlataman uni foydali va zararli tomonlari haqida yozsangiz oldindan rahmat. :)

V.assalom. Agar e'tibor bergan bo'lsangiz, bu mavzuda asosan shifobash yog'lar haqida ma'lumot berib boryabman. Yani ko'p miqdorda iste'mol qilingan yog'lardan farqli o'laroq, tomchi shaklida ishlatiladigan yog'lar haqida.

Biz iste'mol qiladigan yog'lar ichida Kungaboqar yog'i agar talablarga javob beradigan shaklda ishlab chiqarilgan bo'lsa, idishlarga joylangan bo'lsa, eng oson hazm bo'ladigan va dunyoda eng ko'p talab etiladigan yog'lardan hisoblanadi.

Chunki magazinlarda har xil markali yog' ko'rishimiz mumkin.
Yog' na og'izda na me'dada hazm bo'ladi, balki qalin ichaklardagina organizmga so'rila boshlaydi. Shunday ekan olayotgan markamizga qattiq e'tibor berishimiz kerak.
Paxta yog'i eng qiyin hazm bo'ladigan yog'lardan biri hisoblanadi. Ayniqsa bizda ekilgan paxtalarga to yerga chigit holida ekilgandan keyin necha marta dori sepilganini hisobga olsak, uning chigitidan ishlab-chiqarilgan yog'ning qanchalik sog'liqqa foydali ekanligi tortishiladigan mavzulardan biri.

Qaysi yog' bo'lishidan qat'iy nazar qovurmada ko'pi bilan 3 marta ishlatishingiz tavsiya etiladi. Chunki yog' olovda yonadi va qiziydi, ichidagi bazi moddalar bir necha marta yongandan keyin organizmimizga zararli moddalarga aylanadi.

İnsonning moddiy imkoni bo'lsa zaytun yog'i ishlatilishi tavsiya etiladi, zaytun yog'ini ertalablari sovuq holda non botirib yeyish insonga juda katta foyda beradi. Chunki eng sof yog' zaytun yog'idir, tabiiyki buni ham bilingan markalardan olishingiz shart.

Men Turkiyada 70-80 yillik markalardan "Yudum" (1878 chi yildan beri faoliyatda ekanlar, Turkcha ma'lumot uchun http://www.yudumgida.com.tr/ ) , "Bizim"  (Ulker firmasini eshtigandirsiz, asosan sholokad-pechenyesi mashur, 1944 chi yildan beri) kungaboqar yog'laridan va zaytun yog'ida esa "Komili" yog'laridan foydalanaman.

Makkajo'xori yog'i ham kungaboqar yog'iga yaqinroq, maza jihatidan yana yam yaxshiroq, lekin ozgina hidi og'irroq.

Agar soham ximiyaga yaqinroq bo'lganida sizga yana ham ko'p ma'lumot bergan bo'lardim, chunki bur tur mavzular bilasiz asosan ximiyaviy yo'llar bilan oydinlatiladi.

Xozircha shularni aytishim mumkin  : )


Qayd etilgan


Ansora  21 Yanvar 2010, 23:36:42

Avokado yog'i (OLEUM AVOCADO)

Jildni namlantirib yumshatadi, muskullarni ham yumshatib horg'inligini oladi, tselulitni yo'qotishda ham ishlatiladi.

Buyrak toshini tushirish hususiyatiga egadir!

Foydalanilishi: buyrak toshi uchun 1 stakan suvga 4 tomchi tomizilib kunda 2 marta ichiladi. Jildga esa masaj shaklida surtiladi.

Qayd etilgan