Tibbiy o'gitlar  ( 7754 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Akbarjоn  13 Dekabr 2009, 11:55:14

Assalomu alaykum aziz forumdoshlar, bu mavzuda imkon qadar Ajdodlarimizning me'roslaridan xamda bugungi kundagi tibbiy kitoblardan, gazetlardan kerakli bo'lgan tibbiy o'g'itlarni keltirib o'tamiz, inshaAlloh.


"Unutmang, Inson organizmi juda murakkab, bir kishiga foyda qilgan dorivor boshqa kishiga zarar qilishligi xam mumkin"
                                                                   ShifoInfo gazetasidan ko'chirma

Qayd etilgan


Akbarjоn  13 Dekabr 2009, 12:03:55

Avvaliga gazetalardan to'plangan tibbiy maslahatlarni keltirib o'tsam

Sarimsoqpiyoz Bavosil, tutqanoq, o'pka kasalliklariga  davodir. Buqrot uni lanjlik va siydik yo'li kasalliklariga tavsiya etgan. Moboda uyigizda Griop tarqalgan bo'lsa , dasturhon ustiga bir bo'lak sarimsoq piyozni tashlab qo'ysangiz, gripp sizga yo'lamaydi

         *              *                *

Ba'zi ma'lumotlarga qaraganda chinor daraxti uchun Troya urushi boshlangan ekan. Mashxur Rimlik shifokor Kvint Samonik yuzdagi ajinlarni yo'qotish, chiroyli va yosh ko'rinish uchun chinor bargini yuzga surtishni tavsiya qilganekan.

         *              *                *

Bel og'rig'i sizni bezovta qilsa, kashtan mevasi bilan idishni to'ldiring, ustidan etil spirti quyib, qopqog'ini berkiting, buni uch kun quyoshga qo'yasiz va qirq kun boshqa joyda saqlab qo'ysiz. Tayor suyuqlik teriga surilsa, shifo topasiz

Qayd etilgan


Akbarjоn  13 Dekabr 2009, 12:13:51

Agar qattiq shamolab burningiz oqaversa dastrumolingizni lavlagi suviga namlab, burningizga qo'ysangiz burundan suv oqishi to'xtaydi

         *              *                *

Boshingiz qattiq og'risa , lavlagi suviga paxtani namlab, qulog'ingizga tiqib qo'ying

         *              *                *

Yurak og'rig'iga sabzi suvi juda foydali, chunki uning tarkibida juda kop karotin moddasi bor.


         *              *                *

agar kechasi uyqingiz kelmasa bir qoshiq toza asal yesangiz, qotib uxlaysiz.

         *              *                *

Tumovdan burningiz oqishini to'xtatish uchun piyoz siqib , uning suvini burningizga oqqizing. Ikki uch martadan keyin burningiz oqishi to'xtaydi.


Qayd etilgan


Akbarjоn  13 Dekabr 2009, 12:20:57

Asal tarkibida organizm uchun zarur bo'lgan moddalar juda ko'p. Unda qand , oqsil, kislota, mineral suvlar va turli vitaminlar bor. Shuning uchun ko'plab ota - onalar bu qimmatli ozuqa moddani farzandlariga berishga qiziqadilar.
Biroq, asal ko'p bolalarga yoqmiydi, alergik ta'sir ko'rsatadi. Bola badanida toshmalar toshadi, badani qichishadi, ichi ketadi. Ayniqsa, asal bir yoshgacha bo'lgan bolalarga zo'rlik qilib ularning sezuvchanligini oshirib yuboradi.
Shuning uchun bu yoshdagi bolalarga asal berish tavsiya etilmaydi. Bir yoshdan oshgan bolalarga xam extiyotlik bilan berish kerak. Avval yarim choy qoshiqda beriladi. Bola asal yeganda boshqa shirinliklarni kamroq berishni kamroq berishni aslo unutmaslik kerak

Qayd etilgan


Shoxjahon12  03 Mart 2010, 09:05:51

Yevrey xalqi kasal bo'lishdan bir oy oldin doktorga o'zini ko'rsatarkan. Juda aqlli millat. Buyuk rus xalqi esa kasal bo'lgan zahoti doktorga o'zini ko'rstarkan. Bola-chaqam, g'o'zapoyam qop ketdi demas ekan. O'zbek xalqichi? O'zbek xalqi ham buyuk xalq. Yurib-yurib, kasalni obdon o'tkazib yuborib, gurs etib qulagandan keyin kasalxonaga ko'tarib oborishadi.

(Xojiboy Tojiboyev xangomalaridan)

Qayd etilgan