6-maslahat ko' proq xarakatlaning. Kuniga hech bo'lmaganda bir-necha daqiqa jismoniy mashq qilish umrni uzaytiradi. Mashq vaqtida 30 yoshdan keyin o'z faolivatini qisqartiradigan garmonlar o'z faoliyatlarini kuchaytiradilar.
7-maslahat: Salqin xonada uxlang. 17-18 C(seltsiy) harorat ostida uxlaydigan odamlar uzoq vaqt yosh ko’rinadilar, chunki modda almashinuvi va yosh bilan bog’liq o’zgarishlar atrof-muxit xaroratiga bog’liq.
8-maslahat:Iloji boricha ko’proq kayfiyatingizni chog’ qilishga intiling. Goh-gohida o’zingizni hursand qilib, qattiq parhezga qaramasdan yaxshi ko’rgan taomingizni iste’mol qilish, uzoqqa cho’zilgan ziyofat, bir-necha soat o’yin- kulgi stresslarni yo’qotib umringizni uzaytiradi.
9-maslahat: G’azablansangiz ichingizga yutmasdan uni chiqarib tashlashga harakat qiling.Statistlar ma'lumotiga ko'ra 64% rak(saraton) kasaliga uchraydigan insonlar g’azabini ichlariga yutar ekanlar.
10-maslahat: Kulrang moddali xujayralaringizni ko’proq ishlating. Krossvord, skanvord yechish, o’qish, chet tillarini o’rganish, xisoblash, shaxmat o’ynash miya faoliyatini kuchaytiribgina qolmay, yurak, qon aylanish, modda almashinish jarayonini faollashtiradi