Imom Sha’roniy. Payg'ambarimizning (s.a.v) hazrati Aliga (r.a.) nasihatlari  ( 44787 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 11 B


ЖАМШИДЖОН  15 Dekabr 2009, 08:35:44

Imom Sha’roniy

PAYG’AMBARIMIZNING
(S.A.V.) HAZRATI ALIGA
(R.A.) NASIHATLARI

(matn va izoh)

Tarjimon va nashrga tayyorlovchilar:
Abdulloh Murod TILAV,
Olimjon RAHIMJON o‘g‘li

Toshkent
«Movarounnahr»
2005

Mas’ul muharrir: Shuhrat ISMOILOV
Taqrizchi: Anvar TURSUN
Musannif: Ibrohim JUJUK
Muhammad Sharif JUMANning umumiy tahriri ostida
Muharrir: Bahodir NURMUHAMMAD

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qumitaning 2005 yil, 29 avgust, 772-raqamli ruxsati bilan chop etildi.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  15 Dekabr 2009, 08:37:18

Bismillahir rohmanir rohim

Alloh subhanahu va taologa hamdu sano bo‘lsin. U hamma narsani Kitobida bayon qildi, kalomi sharifining barcha asrorlarini Rasuliga bildirdi va bizga yo‘l ko‘rsatuvchi etdi. Hazrati Muhammadga sollallohu alayhi vasallam, ul janobning hidoyat yulduzlari deb vasflangan, oli ashoblariga salotu salom bo‘lsin.
Ushbu kitob Imom Sha’roniyning "Al-minahus-saniyya alal vasiyyatil matbuliyya» nomli kitobining hoshiyasidagi "Vasiyyatul Mustofa sollallohu alayhi vasallama lil Imomi Aliyyin karramallohu vajha" nomli risolaning tarjimasidir. Mazmun mohiyatidan kelib chiqqan holda kitobni "Hazrati Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam) Hazrati Aliga (roziyallohu anhu) tavsiyalari" deya nomladik.
Bu kitobni azizimiz, muhtaram ustozimiz (Taqriz muallifi nazarda tutilmoqda. — Tarj.) bizga ba’zan o‘qib, izohlab berardilar. Bu ma’rifiy darslar hammamizga shu qadar xush yoqardiki, ustozimiz huzurlarida, barcha do‘stlarimiz foydalanishlari uchun mazkur asarning tarjimasini amalga oshirish so‘raldi. Ustozimizning amri, tasdig‘i, yordam va duolari ila ushbu tarjima vujudga keldi. Kitobning o‘quvchiga tushunilishi oson bulishi, hamda ilmiy asoslari haqida to‘laroq tasavvur yuzaga kelishini nazarda tutib, hadislarning manbalarini ko‘rsatdik va mo‘‘tabar sharhlardan iqtiboslar keltirdik.
Bu tavsiyalarni o‘qiganda, aslida bu tavsiyalar bizga qilinganini bilmog‘imiz va mumkin qadar amal etmog‘imiz lozim.
Tarjimadagi qusur va kamchiliklar ojizligimizdan. Islohimizni so‘rab duo kilishingizni umid etamiz.
Alloh taolo xayrli ishlarga bizlarni muvaffaq aylasin. Omiyn.

Ibrohim Jujuk.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  15 Dekabr 2009, 08:37:51

TAQRIZ

Rahmon va Rahim Alloh nomi bilan. Hamdu sano olamlarning Rabbi Allohga xosdir. Salotu salom sayyidimiz, sarvarimiz, iftixori olamiyon - Payg‘ambarimiz Muhammadga (sollallohu alayhi vasallam) va Ul zotning oli ashobiga bo‘lsin.
Imom Sha’roniy rahmatullohi alayh tomonidan jam etilgan "Hazrati Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam) Hazrati Aliga (roziyallohu anhu) tavsiyalari" nomli asarning tarjima etilishi juda muhim ish, shuningdek, har musulmon foydalana olishi mumkin bo‘lgan bir xazinadir.
Ushbu ma’rifiy darslar ma’naviy kamolot safariga otlangan har yo‘lovchi uchun sodiq hamroh bo‘lajakdir.
Bunday foydali va qimmatli asarlarni tafakkur qilib, diqqat-e’tibor bilan o‘qib-o‘rganib, ularga imkon qadar amal qilish har birimizning saodatimiz uchun lozim deb o‘ylayman.
Men avvalo o‘zimga. so‘nfa esa barcha musulmon qardoshlarimga bu go‘zal asarni diqqat bilan o‘qib shu xazinadan istifoda etishlarini tilayman.
Ushbu asar tarjimasi uchun mehnati singgan har kimdan Alloh taolo rozi bo‘lsin va o‘z inoyati, lutf va rahmatiga ularni noil qilsin. Omin.
Buyuk ilohimiz, rabbimiz hashrimizni solih bandalari bilan birga qilsin. Omiyn. Valhamdulillahi robbil a’lamiyn.

Al-Miskin Umar Foruq Saydo al-Jazariy

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  15 Dekabr 2009, 08:38:12

BIRINCHI QISM
ASOSIY MATN

Hazrati Ali roziyallohu anhu aytadilarki: "Rasululloh (s.a.v.) meni chaqirdilar. U zot bilan uylarida yolg‘iz qoldim. Menga bunday dedilar:
- Ey Ali! Muso alayhissalomning ukasi Horun alayhissalom unga qanday maqomda bo‘lsa, sen ham menga xuddi shunday maqomdasan. Mendan so‘ng biror payg‘ambar kelmaydi. Bugun senga bir qancha tavsiyalar beraman. Ularga amal qil, huzur-halovatda yashaysan, (hukman) shahid bo‘lasan1. Qiyomat kuni Alloh jalla jalaluhu seni faqih2, olim qilib tiriltiradi.
Kim halol narsalarni yesa3, dini komil bo‘ladi, qalbi yumshaydi, duosining qabuliga hech qanday to‘siq qolmaydi.
Kim shubhali narsalarni yesa, dnni zaif bo‘ladi, qalbi qorayadi. Kim harom yesa4, qalbi o‘ladi, aqidasi zaif bo‘ladi, Alloh taolo uning duosini qabul qilmaydi, ibodati ham kamayadi.
Harom yo‘llar bilan mol to‘plagan Alloh taoloning g‘azabiga yo‘liqadi. Alloh u kimsaga buzuq amallarini chiroyli ko‘rsatadigan5, boyligi tufayli dinini unuttiradigan, dunyo ishlarini yengil hisoblatadigan, fosiq amallar qilganida "Alloh G’ofur6 va Rohiym-ku" deguvchi bir shaytonni hamroh7 qilib qo‘yadi.
Ey Ali! Haromni qo‘lga kiritish, harom mol topish uchun yo‘lga chiqqan har qanday odamga albatta shayton ergashib oladi. Harom mol to‘plagan odam molidan shayton yeydi. Jimo paytida Allohning nomini unutg‘an har qanday kimsaning bolasida shaytonning hissasi bo‘ladi. Ushbu oyat bunga ishoradir: "(Alloh) aytdi: "Bor, (senga qiyomatgacha umr berdim). Bas, ulardan kim senga ergashsa, u holda, shak-shubhasiz, jahannam sizlarga yetarli jazo bo‘lur! Ulardan kuching yetgan kimsani ovozing bilan qo‘zg‘at, ularning ustiga otliq va piyoda (lashkaringni) tort, topgan mol-davlat va bola-chaqalarida ularga sherik bo‘l (ya’ni ularni haromdan mol-davlat va bola-chaqa orttirishga unda), ularga (yolg‘on) va’dalar qil". Darhaqiqat, shayton ularga faqat aldov-yolg‘on narsalarnigana va’da qilur" (Al-isro, 63-64-oyat)8.
Alloh taolo tahoratsiz (o‘qilgan) namozni va harom moldan berilgan sadaqani qabul qilmaydi9.
Mo‘min harom yemasa, dinida sobit bo‘ladi10. Kim olimlardan ayrilsa, qalbi o‘ladi, Allohga iyuatdan adashadi11.
Kim Qur’oni karimni o‘qib, unda bayon etilgan halolni halol, haromni harom demasa (yoxud ularni tasdiqlab amalda rioyat etmasa), Allohning kitobini tark etgan bo‘ladi12.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  15 Dekabr 2009, 08:39:13

TAHORAT VA NAMOZ

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar:
- Ey Ali! Tahoratni mukammal qil. Chunki tahorat iymonning yarmidir13. Tahorat olishda (suvni) isrof qilma14! Oyoqlaringni yuvib, tahoratni tugatganingdan so‘ng "Inna anzalnahu fiy laylatil qadr"ni (Qadr surasini) o‘n marta o‘qi, Alloh seni qiyinchiliklardan qutqaradi15.
Farishtalar tahorat bilan yurgan insonlar ning gunohlarini kechirishini so‘rashadi16.
Kim juma kuni g‘usl qilsa, Allohuning o‘tgan jumadan keyingi gunohaarini (agar katga gunohlar qilmagan bo‘lsa) kechiradi17.
Tishlaringni misvok bilan tozala! Misvokda din va badan uchun yigirma to‘rtta foyda bor19.
Namozlarni vaqtida o‘qi. Namoz fazilatlarning boshi va ibodatlarning cho‘qqisidir20.
Insonlarga xos xislat tufayli Jabroil alayhissalom Odam farzandi bo‘lishni orzu qilgan. Ul yetti xislat quyidagilardir:
1. Jamoat bilan besh vaqt namoz o‘qish20.
2. Olimlar majlisida bo‘lish21.
3. Bemorni ziyorat qilish22.
4. Janozada hozir bo‘lish, janoza namozini o‘qish va mayyitni dafn etish23.
5. Suv ichirish24.
6. Ikki kishini yarashtirish25.
7. Qo‘shni va yetimni hurmatlash26.
Sen ham ana shu amallarni bajarishga g‘ayrat qil.
Qo‘yni sog‘ishga ketadigan vaqt bo‘lsa ham, tahajjud namozini o‘qi27! Tahajjud namozini o‘qigan kishining yuzi eng go‘zal yuzdir28.
Bomdod namozini tong yorishganda o‘qi29. Shom namozini quyosh botgandan so‘ng o‘qi30. Bu payg‘ambarlarning sunnatlaridandir.
Namozni jamoat bilan o‘qishga harakat qil31. Bu Alloh nazdida Haj va Umra ibodati bilan tengdir32. Namozni jamoat bilan o‘qishga faqat Alloh sevgan mo‘min kishi intiladi. Jamoat namozidan faqat Alloh g‘azab qilgan munofiqqina qochadi33.
Choshgoh (zuho) namozini safarda bo‘lsang ham, muqim bo‘lsang ham o‘qi34. Qiyomat kuni bunday nido qilinadi: "Choshgoh (zuho) namozini o‘qiganlar qaerdasiz, jannatga zuho eshigidan amniyat (eson-omon) va salomat-la kiring"35. Alloh taolo barcha payg‘ambarlariga istisnosiz, zuho namozini buyurgandir36.
Ey Ali! Uch narsa mo‘minga qilingan ikromdir:
1. Soliha ayol.
2. Jamoat bilan o‘qilgan namoz.
3. Uni yaxshi ko‘ruvchi qo‘shnilar37.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  15 Dekabr 2009, 08:39:29

RO’ZA

Rasululloh solallohu alayhi vasallam bunday dedilar:
- Ey Ali! Kim Ramazon ro‘zasini haromdan va birovga tuhmat qilishdan saqlanib tutsa, Alloh undan rozi bo‘ladi, jannatni unga vojib qiladi38.
Ey Ali! Kim Ramazon ro‘zasidan keyin Shavvol oyida olti kun ro‘za tutsa, Alloh taolo unga yil bo‘yi ro‘za tutganlik savobini beradi39.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  15 Dekabr 2009, 08:40:23

SADAQA

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar:
- Ey Ali! Alloh taoloning valiy qullari uning rahmati va rizvoniga faqat badan bilan ibodat qilganlari uchun erishganlari yo‘q. Balki ilohiy rahmat va rizvonga saxiylik va dunyoga rag‘batsizlik bilan yetishdilar40.
Saxiy Alloh taologa, Uning rahmatiga yaqin, azobidan uzoq kishidir. Xasis Alloh taolodan, Uning rahmatidan uzoq, azobiga yaqin kishidir41.
Jannat eshigi ustida quyidagi yozuvni ko‘rdim: "Sen xasisga, ota-onasiga oq bo‘lgang‘a va gap tashuvchi kimsaga harom qilinding"42.
Alloh taolo jannatni yaratgach, jannat so‘radi:
- Meni nega yaratding? Alloh aytdi:
- Seni saxiy va muttaqiylar uchun yaratdim.
- Rozi bo‘ldim, - dedi jannat43. Jahannam so‘radi:
- Meni nega yaratding? Alloh taolo aytdi:
- Xasis va kibrlilar uchun yaratdim. Jahannam dedi:
- Ularning hisobini qilaman44. Nafsining xohishiga qarshi bo‘lganning joyi jannatdir. Nafs xohishiga itoat qilganning joyi jahannamdir45.
Saxiyning qarg‘ishiga uchrama! Saxiyning oyog‘i toysa, Alloh taolo uni to‘g‘rilaydi .
Musulmonga ochiq ko‘ngil bilan taom bergan kishiga, Alloh taolo ming-ming savob yozadi, ming-ming gunohini o‘chiradi va darajasini ming barobar ko‘taradi47.
O’zingga yaxshi ko‘rganingni (ravo ko‘rganingni) birodaring uchun ham yaxshi ko‘r (ravo ko‘r)48.
Yaxshilikni chehrasi ochiq kishilardan izla49. Mehmonga izzat-ikrom ko‘rsat. Mehmon o‘z rizqi bilan birga keladi va xonadon ahlining gunohlarini olib ketadi50.
Rahmat Farishtalari but va sanamlar bor uylarga51, ota-onasiga oq bo‘lgan kimsalar bor joyga52 va hech mehmon kelmaydigan xonadonlarga kirmaydilar53.
Safalachi bo‘lsa hamki, yaxshilikni buyur54-55.
- Safala kim, ey Allohning rasuli? — deya so‘radilar Hazrati Ali roziyallohu anhu.
Rasuli Akram (s.a.v.) aytdilar:
- Va’z qilib, unga o‘zi amal etmagan, ogohlantirib, o‘zi saqlanmagan, o‘z gapirganlariga, unga gapirganga ham parvo qilmagan kimsadir56.
Yashirin berilgan sadaqa Rabbingning g‘azabini so‘ndiradi57, baraka va mo‘l rizq boisi bo‘ladi58. Sadaqani erta tongda ber. Baloni yerga tushmay qaytaradi59.
Sadaqani mulkning eng yaxshi narsalaridan ber60.
Haloldan qilingan bir luqma sadaqa haromdan qilingan ming misqol sadaqadan Allohga sevimlidir61.
O’lmasdan oldin bergan bir misqol sadaqang o‘lganingdan keyin beriladigan ming misqol sadaqangdan afzal62. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: "(Ey Makka kofirlari), darhaqiqat biz sizlarni yaqin(da voqe bo‘ladigan) azobdan ogohlantirdik. U KUNda (har bir) kishi o‘zi qilib o‘tgan narsani (ya’ni barcha yaxshi-yomon amallarini) ko‘rur"¦" (Naba’ surasi, 40-oyat)63.
O’lganlaringga sadaqa savobini hadya qil64. Alloh taolo tiriklarning sadaqalari savobini o‘liklarga yetkazuvchi farishtalar tayin qilgan. O’liklar sadaqadan dunyoda sevinganlaridan ziyoda sevinadilar65 va bunday deb duo qiladilar: "Allohummag‘fir liman navvara qabrana va bashshirhu bil jannati kama bashshara nabiyyuna"66.
Ey Ali! Allohga xolis amal qil67, Alloh jalla jalaluhu faqat O’ziga xolis qilingan amalni qabul etadi68. Alloh taolo aytadiki: "Bas kim Parvardigoriga ro‘baro‘ kelishidan umidvor bo‘lsa, u holda yaxshi amal qilsin. Va Parvardigoriga bandalikda biron kimsani (unga) sherik qilmasin! (ya’ni barcha amallarini adg‘kz Alloh uchun qilsin)" (Qahf, 110-oyat) 69.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  15 Dekabr 2009, 08:41:17

QUR’ON, DUO70, ISTIG’FOR VA BOSHQA ZIKRLAR

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar:
- Ey Ali! Azon va takbir orasida duo qil, chunki bu duo qaytarilmaydi71.
Duo qilayotganingda qo‘llaringni ko‘kraging barobarida och72. Qo‘llaringni boshing ustiga (boshingdan yuqoriga - tarj.) ko‘tarma. Duo qilayotganingda o‘ng qo‘lingning ishora barmog‘iga qarab duo qil73.
Boshqa birovlar namoz o‘qiyotganida ovoz chiqarib qiroat qilma. Bunday qilish ularning namozlariga xalaqit beradi74.
Alloh taoloni tong otmasdan, quyosh chiqmasdan va quyosh botmasdan oldin eslagan kishini Alloh otash bilan azoblashdan hayo qiladi75.
Bomdod namozini ado qilganingdan so‘ng, quyosh chiqqunga qadar o‘tir. Alloh jalla jalaluhu bir Haj va Umra yoki bir qul ozod etish yoxud Alloh yo‘lida bir dinor sadaqa qilish savobini beradi76.
Har kun yigirma besh marta "astag‘firullohal aziym liy va livaliddayya va lijamiy’il - muslimiyna val-muslimat, val muminina val mu’minati, al-ahyai minhum val amvoti" degan kishini, Alloh taolo do‘stlari qatoriga yozadi77.
Har kuni: «La ilaha illalloh qobla kulli ahad, La ilaha illalloh ba’da kulli ahad, La ilaha illalloh yabqo robbuna va yafna kullu ahad»78 degan kishi uchun samodagi har bir malak mag‘firat so‘raydi79.
Quyosh chiqmasdan va quyosh botmasdan oldin yuz marta takbir (Allohu akbar) aytgan kishiga, Alloh yuz obidning va Alloh yo‘lida mujohada etgan kishi savobini beradi80. Va menga har kuni va har kecha yuz marta salovat aytganga shafoatim vojib bo‘ladi81. Ko‘p istig‘for aytish tavba qilganlar uchun qal’adir82.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  15 Dekabr 2009, 08:41:35

SIDQ VA SADOQAT

Rasululloh solallohu alayhi vasallam aytdilar:
- Ey Ali! To‘g‘ri bo‘l, to‘g‘rilik dunyoda zarar bersa ham, oxiratda foyda beradi. Yolg‘on gapirma, dunyoda foyda bersa ham, oxiratda zarardir83.
Ko‘p gunoh qilish qadr-qiymatni ketkazadi84.
Rostgo‘y bo‘l85, rostgo‘ylikni asra,86 omonatga xiyonat qilma87, saxiy bo‘l88, halol va iffatli bo‘l89.
Do‘stlikka rioya qilmay90, siringni fosh etuvchi91 do‘st eng yomon kimsadir!
Ming do‘st ham oz, bir dushman ham ko‘pdir92.
Sadoqatli do‘stning alomatlari quyidagilardir: molini, nafsini va sharafini sening moling, nafsing va sharafing o‘rniga qo‘yadi93.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  15 Dekabr 2009, 08:41:48

TAVBA94

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar:
- Ey Ali! Kishi halqumini haromdan saqlamaguncha va halol kasb qilmaguncha tavbasi qabul bo‘lmaydi95.
Olim muttaqiy bo‘lmasa, uning kishilarga va’zu nasihati tuyaqush tuxumi va qoyadagi tomchi kabi (foydasiz) bo‘ladi96.
Mo‘min qirq kun olimlar majlisida bo‘lmasa, katta gunohlar qila boshlaydi97. Chunki ilm qalbning hayotidir98.
Ey Ali! Alloh taolo o‘g‘ri boyni va fosiq olimni albatta azoblaydi99.

Qayd etilgan