Imom Sha’roniy. Payg'ambarimizning (s.a.v) hazrati Aliga (r.a.) nasihatlari  ( 48556 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 11 B


ЖАМШИДЖОН  15 Dekabr 2009, 08:42:04

TILNI ASRASH

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar:
- Ey Ali! Hech kimni kamchiligi tufayli ayblama! Zero, suyaksiz go‘sht bo‘lmas100. G’iybatning kafforati g‘iybat qilingandan rozilik olish yoki uning uchun Allohdan pinhona mag‘firat so‘rashdir101.
Alloh jalla jalaluhu inson jismida tildan kesxir narsa yaratmadi. Kishi tili orqasidan jannatga yoki jahannamga kiradi. Tilingni tiy! Til (yomonlik borasida) qopag‘on bir it (kabi)dir102.
Hech bir musulmonni va hayvonni la’natlama (agar ular la’natga loyiq bo‘lmasa) la’nat o‘zingga qaytadi103.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  15 Dekabr 2009, 08:44:55

HAYO

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
- Ey Ali! Dinning hammasi hayodir. Hayo boshni va undagilarni, qorinni va ichidagilarni (gunoh qilishdan) asrashdir104.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  15 Dekabr 2009, 08:45:15

VARO

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar:
- Ey Ali! Allohdan qo‘rqmaganning dini yo‘q105. Gunohlardan saqlanmaganning aqli yo‘q106. Varosi yo‘qning (shubhalardan saqlanmaganning) iymoni bo‘lmaydi107. Bilmaganning ibodati yuq108. Sadoqati yo‘qda insoniylik bo‘lmaydi109. Sirni saqlamagan omon bo‘lmaydi110. Tavfiqsiz tavba qilmaydi111. Hayosi yo‘q saxiy bo‘lmaydi112.
Gunohdan qo‘rqmagan kimsa uchun yer osti ustidan yaxshiroqdir113.
Alloh harom qilgan narsalarni tark etish varoning asosidir114. Mukarramlik boshi gunohlarni tark etishdir115.
Kishi go‘zal axloq bilan Alloh yo‘lida g‘azot qilgan, tun bo‘yi namoz o‘qigan va doimo ro‘za tutgan kishi darajasiga yetadi116.
Ochiq chehrali bo‘l117! Alloh jalla jalaluhu ochiq chehralilarni yaxshi ko‘radi,118 xo‘mrayganga g‘azab qiladi119.
Ibodatning boshi indamaslikdir120.
Ko‘p uxlash qalbni o‘ldiradi, farosatni yo‘qotadi121. Ko‘p gunoh qalbni qoraytiradi va pushaymonlik keltiradi122.
Alloh bergan ne’matga shukr, baloga sabr etgan va nogoh gunoh qilganida darhol istig‘for aytgan kishi jannatning xoxdagan eshigidan kiradi123.
Behad sevinma! Alloh jalla jalaluhu behad sevinganlarni sevmaydi124. Alloh taolo xato va gunohlariga mahzun bo‘lgan125 kishini sevadi126.
Ey Ali! Har bir yangi kun bunday deydi: «Ey Odam farzandi, men yangi kunman va amalingga guvohman»127.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  15 Dekabr 2009, 08:45:29

DUNYO

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
— Ey Ali! Halokat sababiga intilganlardan qoch!128
Hazrati Ali roziyallohu anhu so‘radilar:
— Ey Allohning nabiyi, ular kimlar?
— Ular boylar va dunyoparastlar. Ular ona bolasiga talpingani kabi dunyo to‘plashga talpingan kimsalar. Ular ertaga pushaymon qiladigan kimsalardir129.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  15 Dekabr 2009, 08:45:44

ALLOH HUZURIDA INSONLARNING DARAJALARI

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
- Alloh huzurida insonlarning eng yaxshisi o‘zgalarga foydasi eng ko‘p tegadiganidir130. Eng yomoni umri uzun, amali buzuq bo‘lganidir131. Insonlarning eng yoqimsizi yolg‘iz o‘zi ovqat yeb, mehmonini tunab qolishga taklif qilmagan132, qulini urgan, boyga izzat-ikrom ko‘rsatib, kambag‘alni xo‘rlagan kimsadir133. Bundan-da yomoni harom ichida yashab, harom ichida o‘lganidir134. Bundan ham yomoni umri uzun, amali yomon va gunohlaridan tavba etmagan hamda shu holda Allohning kechirishini orzu qilganidir135. Bundan-da yomoni musulmon birodariga o‘zini sadoqatli ko‘rsatib, orqasidan xoinlikni rejalashtirgandir136. Bundan-da yomoni umrining boshini g‘aflatda o‘tkazib, oxirini Allohga toat qilishda sustlik qilgan kimsadir137.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  15 Dekabr 2009, 08:46:18

YAXSHILIK ALOMATLARI

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «... Alloh nazdida haqiqiy go‘zallik - botin go‘zalligi va xizmat go‘zalligidir»138.
Ey Ali! Mo‘minning uch alomati bor:
1. Mol-dunyoga mukkasidan ketmaydi.
2. Xotinga o‘ch bo‘lmaydi.
3. Insonlar sha’nida gapirishni yoqtirmaydi139.

Aqlli insonning uchta alomati bor:
1. Oxiratni qo‘lga kiritish uchun dunyoni ishlatadi.
2. Jafoga bardosh beradi.
3. Qiyinchiliklarga sabr qiladi140.

Olimning uchta alomati bor:
1. To‘g‘ri so‘z bo‘ladi.
2. Haromdan tiyiladi.
3. Kamtar bo‘ladi141.

Muttaqiyning uchta alomati bor:
1. Yolg‘ondan va yomonlikdan saqlanadi.
2. Yomon do‘stdan saqlanadi.
3. Haromga yaqinlashishdan qo‘rqib, mubohdan ham saqlanadi142.

Siddiqning uch alomati bor:
1. Nafl ibodatini yashiradi.
2. Sadaqani yashirincha beradi.
3. Musibatni yashiradi143.

Obidning uchta alomati bor.
1. Nafsiga jahl qiladi144.
2. Nafsini tergaydi145.
3. Uzoq namoz o‘qiydi146.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  15 Dekabr 2009, 08:46:30

Solihning uch alomati bor:
1. Alloh uchun solih amal qiladi.
2. Dinini amal bilan isloh qiladi.
3. O’ziga ravo ko‘rganini boshqalarga ham ravo ko‘radi147.

Sa’id (baxtli va jannat ahli) KISHINING uch alomati bor:
1. Halol yeydi.
2. Olimlar bilan hamsuhbat bo‘ladi.
3. Besh vaqt namozini jamoat bilan (imom bilan birga) o‘qiydi148.

Mo‘minning uch alomati bor:
1. Allohga itoat etadi.
2. Haromlardan uzoq turadi.
3. Yomonlik qilganga yaxshilik qiladi149.

Saxiyning uch alomati bor:
1. (O’ch olishga) qurbi yetgani holda afv etadi.
2. Zakotini beradi.
3. Sadaqa berishni yaxshi ko‘radi150.

Halim insonning uch alomati bor:
1. Aloqani uzgan bilan aloqa o‘rnatadi.
2. Bermaganga beradi.
3. Zulm qilganni kechiradi151.

Sabrli kishining uch alomati bor:
1. Alloh taolo toatiga,
2. Musibatga,
3. Qazo va qadarga sabr qiladi152.

Tavba qilganning uch alomati bor:
1. Haromdan saqlanadi.
2. Ilm talab qilishga intiladi.
3. Sut ko‘krakka qaytmagani kabi gunohga qaytmaydi153.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  15 Dekabr 2009, 08:46:52

SHIRKNING ALOMATLARI

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
— Ey Ali! Kofirning uch alomati bor:
1. Alloh taologa shubha qiladi.
2. Alloh jalla jalaluhuning qullariga g‘azab qiladi.
3. Allohga itoatdan g‘ofil bo‘ladi154.

Munofiqning alomati uchta:
1. Gapirsa yolg‘on gapiradi.
2. Va’dasida turmaydi.
3. Omonatga xiyonat qiladi155. Hech bir va’z-nasihat unga kor qilmaydi156.

Riyokorning uch alomati bor:
1. Namozning ruku va sajdalarini jamoatda mukammal qiladi, yolg‘iz o‘qiganda mukammal qilmaydi.
2. Maqtagan kishining ishini bitiradi.
3. Faqat zohirida va jamoat orasida Alloh taoloni zikr etadi157.

Ahmoqning uch alomati bor:
1. Alloh taoloning amrlarini bajarishga sustlik qiladi.
2. Alloh taoloni zikr etish o‘rniga ko‘p gapiradi.
3. Allohtaologa e’tiroz bildiradi158.

Ilohiy yordamdan mahrumlik alomati uchta:
1. Ko‘p yolg‘on so‘zlash.
2. Ko‘n yolg‘on qasam ichish.
3. Insonlarga muhtojlik159.

Baxtsizning uch alomati bor:
1. Harom yeydi.
2. Olimlardan qochadi.
3. Namozni yolg‘iz o‘qiydi160.

Zolimning uch alomati bor:
1. Ilinganini yeydi.
2. Qarz olganga zulm qiladi.
3. Kuchi yetganni ayamaydi161.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  15 Dekabr 2009, 08:48:22

DUOLAR

Rasululloh sollallohu alahi vasallam aytdilar:
- Ey Ali! Masjidga o‘ng oyog‘ing bilan kir, chap oyog‘ing bilan chiq162.
Tong va shomda (ertayu kech) Yosin surasini o‘qi163. Kim Yosin surasini yashirincha o‘qisa, Alloh subhanahu va taoloning himoyasida bo‘ladi.
Kim xar kecha Hashr surasini o‘qisa, dunyo va oxirat yomonligiga qarshi kifoya qiladi164.
Kim juma kechasi Baqara surasini o‘qisa, yet-tinchi qavat osmondan yerning ostigacha nur tug‘iladi165. Kim juma oqshomi Duxon va Mulk surasini o‘qisa, Alloh uning gunohlarini mag‘firat etadi va bu qabr fitnasidan qutulishiga kifoya qiladi166. Kim uyquga yotishda Kahf surasining oxirini o‘qisa, boshdan oyoq nurga g‘arq bo‘ladi167.
Kim uxlash oldidan Toriq surasini o‘qisa, u kimsaga osmondagi yulduzlar sanog‘icha savoblar yoziladi.
Kim Mulk surasini o‘qigandan so‘ng ushbu duoni aytsa, insonlar va hayvonlardan kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklardan (balo-ofatlardan) Alloh uni asraydi:
"Allohumma’simniy bil islami qoiman, Allohumma’simniy bil islami qoidan va roqidan va la tushmit fiyya aduvvan vala xosida. Allohumma inni a’uzu bika min sharri kulli dabbatin anta axizun binasiyatihi va as’alukal-xayrollaziy biyadik"168.
Bir tilaging bo‘lsa, "Oyatal kursi"ni o‘qi169, g‘am va anduhlarni bartaraf etishini so‘rab bunday duo et: "Ya Hayyu ya Qoyyum, la ilaha illa anta birohmatika astag‘iysu fag‘firliy va aslihliy sha’niy va farrij hammiy"170. Shubhasiz Alloh u g‘amlarni sendan ketkazadi, qiyinchiliklardan seni xalos etadi va hojatlaringni ravo aylaydi.
Mabodo sen bir xafagarchilik yoki qiyin ahvolga tushib qolsang, ushbu duoni o‘qi: "Subhanaka robbiy, la ilaha illa anta, alayka tavakkaltu anta robbul arshil aziym"171.
Ey Ali! Sen qo‘rqqan kishiga duch kelganingda ushbu duoni o‘qi: "Allohumma inniy adrou bika fiy nahrihiy va astakfiyka g‘ozabahu va a’uzu bika min sharrihi"172.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  15 Dekabr 2009, 08:48:56

HAR XIL MAVZULAR

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
- Ey Ali! Musulmonlardan kim bilan ko‘rishsang, (gapni. - tarj.) salom bilan boshla, Alloh senga yigirma savob yozadi. Salom berganning salomini ol (salomiga alik ol), Alloh jalla jalaluhu salomga alik olganga qirq savob yozadi173.
Ey Ali! G’azablanma174, shayton g‘azablangan paytingda sendan g‘olib bo‘ladi175. Mazlumning duoibadidan saqlan176! Alloh taolo mazlumning duosini (mazlum kofir bo‘lsa ham) qabul qiladi177.
Yolg‘on qasam ichishdan saqlan! Yolg‘on qasam molni tugatadi, rizq va umrni yo‘q qiladi178.
Kim amri ma’ruf179 va nahyi munkar180 qilsa, Alloh u kishi dushmanining burnini yerga ishqaydi181. Kim ishlarida sodiq (to‘g‘ri) bo‘lsa, u kishi g‘azablangan kimsaga Alloh ham g‘azab qiladi182.
Ey Ali! Yetim yig‘laganida Arsh larzaga keladi va bunday deydi: "Ey Jabroil, uni yig‘latganga jahannamni keng qil, uni kuldirganga esa jannatni kengaytir»183.
Din Allohga, Uning Rasuliga va mo‘minlarga nasihatdir184.
Ey Ali! Ummatimdan yetti (toifa) kishi jannatdadir:
1. Tavba qilgan yosh yigit185.
2. Yashirin sadaqa bergan kishi186.
3. Choshgoh namozini o‘qigan kishi187.
4. Molining zoe bo‘lishi imom bilan (jamoat bilan) bir namozni o‘qiyolmay qolishdan ahamiyatsiz bo‘lgan kishi188.
5. Alloh taolodan qo‘rqib, ko‘zlari yoshlangan kishi189.
6. Ulamo majlisiga borishda musobaqa qilgan kishi190.
7. Shuhratli va chiroyli ayolning taklifini "Men Allohdan qo‘rqaman", deya rad etgan kishi191.
Kim ko‘zi ojizning chap qo‘lidan tutib, unga yo‘l ko‘rsatsa, (qiyomat kuni) u kimsaning o‘ngi sening chap tomoningda keladi192.
Ey Ali! Bu tavsiyalarimni tadbiq qil193.

Qayd etilgan