19 Qur’oni karimdagi o‘ttiz sakkizta suraning to‘qson bitta oyati namozga taalluqlidir. Qaysi masala muhim bo‘lsa, Qur’oni karimda ko‘p zikr kilinadi. Alloh jalla jalaluhu, muhimligini ta’kid qilgan narsaning, biz mo‘‘minlar ahamiyatini bilishimiz lozim bo‘ladi. Alloh taoloni taniganlar Uning amrlarini bajarishi lozim. Allohni sevgan Uni yod etadi. Uni yod etish ibodat qilish bilan bo‘ladi. Ibodatlarning eng muhimi namozdir. Alloh taologa yaqin, muqarrab qiluvchi amallar boshida namoz o‘rin olgan.
Namoz mo‘minni yomonliklardan va yomon ishlardan saqlaydi: "Kitobdan - Qur’ondan Sizga vahiy qilinganni o‘qing! Namozni to‘la to‘kis ado qiling! Albatta, namoz faqh va buzuq ishlardan to‘sadi" (Ankabut surasi, 45-oyat mazmunidan).
Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) rivoyat qiladilar: "Ey Allohning Rasuli, amallarning qay biri jannatga yaqinlashtiradi?" deb so‘radim.
- Namozlarki vaqtida o‘qimoq, deb javob berdilar.
- (Bundan keyin) nima, ey Allohning elchisi? — deb yana so‘radim.
- Ota-onaga itoat, — dedilar.
- (Bundan) keyinchi, ey Allohning Payg‘ambari! — deb yana qayta so‘radim.
- Alloh yo‘lida jihod, — deb iltifot qildilar u Zoti Muborak (s.a.v.)" (Muslim, "Iymon", 138-140; Buxoriy, "Mavoqit", 5; "Tavhid", 48; "Jihod", 1; Abu Dovud, "Solat", 9; Termiziy, "Mavoqit", 13; "Birr", 2; Nasoiy, "Mavoqit", 51;Dorimiy, "Solat", 24;Ahmad, 1/410, 418, 421).
Solihlardan Muhammad ibn Vosiy shunday deydilar: "Dunyoda uch narsani alohida orzu qilaman:
- Adashganimda to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi birodarni;
- Halol rizqni; Xatolarimni afv etilishiga va fazilatim ziyoda bo‘lishiga sabab bo‘ladigan jamoat namozini."
Ibn Abbos (r.a.) shunday deydilar: "Muazzinning ovozini eshitib, unga javob bermagan (masjidga yoki jamoatga bormagan — tarj.) kishi yaxshilikni istamagan kishidir. Unga ham yaxshilik istalmaydi."
Abu Hurayra (r.a.) shunday deydilar: "Odam (a.s.) o‘g‘illarining qulog‘iga eritilgan qo‘rg‘oshin quyilishi, azonni eshitib unga javob bermaslikdan yaxshiroqdir" (Imomi G’azzoliy, "Yahyo ulumuddin», Ali Arslon tarjimasi, 1/500, 501).
Rasululloh (s.a.v.) marhamat qiladilar: «Qiyomat kuni banda ilk so‘raladigan amal — namozdir» (Abu Dovud. "Solat», 145).
20 Rasululloh (s.a.v.) iltifot qildilar: "Jamoat bo‘lib o‘qilgan namoz (farz va taroveh — tarj.) yolg‘iz o‘qilgan namozdan yigirma yetti daraja fazilatlidir." (Buxoriy, "Azon», 30; Muslim, "Masajid", 245-247).
Bir kimsaning jamoat bilan o‘qigan namozi shu namozni uyida yoki tijoratxonasida o‘kishidan yigirma besh daraja fazilatlidir. Bu shundaydir: kishi chiroyli tahorat olib faqat namoz o‘qish niyatida, boshqa narsani ko‘zlamay jome’ga borsa, qo‘ygan har bir qadami evaziga maqomi bir daraja ortadi va bir gunohi o‘chiriladi. Namoz o‘qib bo‘lgach, so‘zlashguncha malaklar: "Allohim, uni afv et, Allohim, unga marhamat qil", deb uning uchun istig‘for aytadilar. Namozni kutgan kishi namozda hisoblanadi" (Buxoriy, "Azon", 30; Muslim, "Masjid», 248).