Imom Sha’roniy. Payg'ambarimizning (s.a.v) hazrati Aliga (r.a.) nasihatlari  ( 72481 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 B


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 11:58:01

SADAQA

40 Bandaning amallari xolis Alloh taolo uchun va Payg‘ambarimizning (s.a.v.) sunnati saniyyalariga muvofiq bo‘lmasa qabul bo‘lmaydi. Mo‘minning niyati — Alloh taoloning roziligini istashdir. Kofirning niyati — dunyodir.
Saxiy odam Alloh taolo roziligini ustun biladi. Baxil esa dunyoni. "Dunyo" so‘zi, agar o‘zagi "danoat" (pastkashlik) bo‘lsa, "eng pastkash narsa" ma’nosida bo‘ladi. Agar "dunuv" (yaqinlik) bo‘lsa, "eng yaqin narsa" ma’nosida bo‘ladi. Dunyo agar, mo‘minni Alloh taolodan uzoqlashtirsa, eng pastkashdir. Agar yaqinlashtirsa, eng yaqindir. Zero, dunyo vosita va sababdir. U nimaga vosita va sabab bo‘lsa, uning hukmini oladi.
 Alloh taoloning do‘stlari dunyoni Alloh taolo yo‘lida sarflaydilar. Alloh taolo marhamat qiladi: "Sizlar sevganingiz (dunyoviy) narsalardan (Alloh taolo uchun) ehson qilmaguningazcha aslo yaxshilikka (yaxshilardan bo‘lishga) noil bo‘la olmaysiz. (Har qanday) narsani ehson qilsangiz shubhasiz, U yaxshi biladi" (Oli Imron, 92-oyat).

41 Termiziy (r.a.) hazratlari Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) ushbu rivoyatni keltiribdilar: "Ikki yomon xislat borki, ular mo‘minda bir vaqtda bo‘lmaydi: baxillik va yomon axloq" (Tsrmiziy, "Birr", 41).
"Jo‘mard (saxiy) Allohga yaqin, jannatga yaqin va insonlarga yaqindir, jaxannamdan uzoqdir. Baxil esa Allohdan uzoq, jannatdan uzoq va insonlardan uzoqdir, jahannamga esa yaqindir. Saxiy johil Alloh taologa baxil olimdan sevimli" (Termiziy. "Birr", 40).
Bu hadisi sharifda jaholat ilmdan ham sevimli emas, balki saxiylik baxillikdan sevimli ekani anglatilmoqda.

42 "Hech bir hiylakor, minnatchi va baxil jannatga kirmaydi" (Termiziy, "Birr", 41).
Rasululloh (s.a.v.) ona-ota haqida so‘ralganida marhamat qildilar: "U ikkovi sening jannating va yo jahannamingdir" (Ibni Moja, "Adab", 1).
Mashru’ bo‘lgan ishlarda ularga itoat qilib, roziliklarini topsang — jannating. Itoatsizlik qilsang - jahannaming. Ya’ni, ota-onaga itoat yo itoatsizlik jannat yoki jahannamga kirishingga sabab bo‘ladi.
Boshqa bir hadisi sharifda marhamat qildilar: "Allohning roziligi ona-otaning roziligidir, Allohning g‘azabi ona-otaning g‘azabidadir" ("Kanzul Ummol", 4555; "Targ‘ib", 3/322; "Kashful xofaa", 1/520).
Imom Muslim (r.a.) rivoyat qiladi: "Gap tashuvchi jannatga kirmaydi" (Muslim, "Iymon", 168-170; Termiziy, "Birr", 79; Ahmad, 5/389, 391, 396, 399, 406).

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 11:58:09

43 Alloh taolo marhamat qiladi: "Rabbingizdan keladigan mag‘firat (vasilasi bo‘lgan amallarga) va kengligi osmonu yer kengligicha bo‘lgan jannatga (kirish uchun) shoshilinglar. U (jannat) taqvodorlar uchun hozirlangan. Ular (taqvodorlar) mo‘llikda ham, muhtojlikda ham sadaqa beradilar, g‘azablarini yutadilar, insonlarni (qilgan xatolarini) kechiradilar. Alloh taolo (shunday bo‘lgan) muhsinlarni sevadi" (Oli Imron surasi, 133-134 oyashlar mazmuni).
Taqvo, "viqoya" o‘zagidan kelgan ismdir. "Viqoya" - himoya qilish ma’nosidadir. Taqvo uch qismdir:
1. Qalb taqvosi: qalbni kufrdan, shirkdan, ujbdan (amalga mag‘rurlanish), kibrdan, riyo va boshqa yomon xislatlardan himoya qilish bilan bo‘ladi.
2. Til taqvosi: tilni yolg‘ondan, g‘iybatdan, gap tashishdan, bo‘htondan, birovning dilini og‘ritish va boshqa shu kabi ishlardan himoya qilish bilan bo‘ladi.
3. Badan taqvosi: zinodan, o‘g‘rilikdan, qotillik va boshqa shu kabi fe’llardan himoya qilish bilan bo‘ladi.
Kufr va shirkdan saqlangan inson mo‘min, katta-kichik gunohlardan va hatto shubhalilardan saqlangan mo‘min taqvodor o‘zini g‘aflatdan saqlagan taqvodor avliyo bo‘ladi.
Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: "Jaholatdan yomon faqirlik yo‘q, aqldan yaxshi boylik yo‘q, o‘ziga ishonishdan yomon yolg‘izlik yo‘q, maslahatdan yaxshi suyanch yo‘q, tadbir qilish eng buyuk aqldir, go‘zal axloq eng sharafli nasabdir, shubhali narsalardan yiroq bo‘lish eng zo‘r taqvodir, hayo va sabr komil iymondandir" (Tabaroniy, 3/68, "Kashful-xofaa", 2/499).

44 Alloh taolo marhamat qiladi: «Rabbingiz shuni buyurdi: «Menga duo qilinglar, qabul qilaman!» Albatta Menga ibodat qilishga kibrlari yo‘l bermagan kimsalar yaqinda haqir va zalil holda jahannamga kiradilar!» (G’ofir surasi, 60-oyat mazmuni).
Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: "Sizga do‘zaxiylar kimligini aytaymi? Ular har kimga dushman, baxil va kibrli kimsalardir" (Buxoriy, "Ayman", 9; "Adab", 6; Muslim, "Jannat", 46; Termiziy, "Jahannam», 13; Ibn Moja, "Zuhd", 4; Ahmad, 4/306).
"Jannat bilan jahannam bahslashdi. "Zolimlar bilan kibrlilar menda", dedi jahannam. "Zaiflar bilan yo‘qsillar menda", dedi jannat. Alloh taolo ularga shunday hukm qildi va: "Sen, ey jannat, Mening rahmatimsan. Xohlaganimni sen bilan rahmat qilaman. Va sen, ey jahannam, Mening azobimsan. Xohlaganimni sen bilan azoblayman. Ikkovingizni ham to‘ldirish Menga oid" (Muslim, "Jannat", 34-36; Termiziy, "Jannat", 22; Ahmad, 3/79).

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 11:58:17

45 Ruh latif, nozikdir. Badan kasif, dag‘aldir. Nafs bu ikkisining o‘rtasida bo‘lib, ruhoniy latofatni, noziklikni va jismoniy kasiflikni, dag‘allikni qabul qila oladi. Nafsda yaxshilik g‘olib va hokim bo‘lsa, dinning amrlarini bajaradi. Bu nafs nafis bo‘ladi, nafsi mutmainna bo‘ladi, shafqat etilishga loyiq bo‘ladi va jannatga to‘g‘ri kiruvchi nafs bo‘ladi. Nafsda yomonlik g‘olib va hokim bo‘lsa, bu nafs o‘z istagiga tobe’ bo‘ladi. Bu nafsga qarshi turish, u bilan kurashish lozim. Dinimiz nafsi ammoraga, havoi nafsga qarshi kurashish dinidir. Janobi Sarvari koinot (s.a.v.) marhamat qildilar: "Sizlardan hech biringiz, havoi nafsini men keltirgan shariatga tobe’ qilmaguncha iymonli bo‘lmaydi" (Bag‘aviy, "Sharhus sunnah", 1/213).
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) keltirgan shariat ikki qismdir: etiqodiy va amaliy. E’tiqodiy qismini qabul qilib, amaliy qismini qabul qilmagan yoki ishonmagan, kofir bo‘ladi, o‘lsa jahhannamga kiradi. Amaliy qismiga tobe’ bo‘lib, e’tiqodiy qismiga tobe’ bo‘lmagan, munofiq-kofir bo‘ladi, o‘lsa jahannamga kiradi. E’tiqodiy va amaliy qismlariga tobe’ bo‘lgan, komil mo‘min bo‘ladi, vafot etsa jannatga kiradi.

46 Saxiy kishi haqida Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: "Saxiyning xatosidan ko‘z yuming. Saxiy adashsa, Alloh taolo uni ogoh etadi, saxiy Allohga yaqindir, jannatga yaqindir. Saxiy johil, baxil olimdan (yoki obiddan) ko‘ra Allohga suyuklidir" (Muslim, "Zuhd", 45; Ahmad, 2/296).
Alloh taolo sevgan bandasini asraydi, yo‘ldan toysa ogoh qiladi. Alloh jalla jalaluhu saxiy kishini, gunoh qilsa, gunohida davom ettirmaydi. Qilgan gunohiga tavba etishga muvaffaq qiladi. "Kimki (xayr yo‘llariga) bersa, (taqvo yo‘lini tutib) saqlansa va "husnaa"ni (dini va Qur’ondagi haqiqatlarni) tasdiq qilsa, unga eng qulay bo‘lganni (hisobni, jannati amallarni) muyassar qilamiz" (Layl surasi, 5—7 oyatlar mazmuni).

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 11:58:24

47 Rasulullohdan (s.a.v.) bir kimsa: "Islomning amallari orasida qaysi (amal) eng xayrlidir?" deb so‘radi. Shunda: "Taom ulashishing, taniganing va tanimaganingga salom berishingdir", deb javob berdilar ul Zot (s.a.v.). (Buxoriy, "Iymon", 6, 20; "Istizon", 9; Muslim, "Iymon", 63; Abu Dovud, "Adab", 142; Nasoiy, "Iymon", 16; Ibni Moja, "At’ima", 1).
Musulmon bo‘lgan yahudiy Abdulloh ibn Salom (r.a.) aytdilar: "Payg‘ambar (s.a.v.) (Makkadan xijrat qilib) Madinaga kelishlarida xalq kutib olish uchun peshvoz chiqdi. Shunda ''Rasululloh keldilar", degan ovoza bo‘ldi. Men ham "bir ko‘raychi" deb xalq orasiga kirdim. Ul Zotning (s.a.v.) muborak yuzlarini ko‘rganimda, bu yuzda yolg‘on yo‘qligini bildim. Payrambarimizdan (s.a.v.) ilk eshitganim farmon shu edi: "Ey insonlar! Salomni ko‘paytiring, yoyiig. (Muhtojlarga) taom bering, qarindoshlaringiz bilan yaxshi munosabatda bo‘ling va tunlari xalq uxlayotganida namoz o‘qing — omonlik bilan jannatga kirasiz" (Ibni Moja, "At’ima", 1).
Savob miqdori amallarning oz yo ko‘pligiga ko‘ra emas, balki, ixlosga ko‘radir. Ixlos bilan bajarilgan zarra qadar amal, ixlossiz botmon amaldan qiymatlidir, hatto bu qiyosdir. Amallarning savob miqdori haqida ko‘rsatilgan son ko‘plikka kinoyadir.

48 Rasululloh (s.a.v.) iltifot qildilar: "Hech biringiz o‘z nafsi uchun xohlagan narsani birodariga ham xohlamasa (komil) iymonli bo‘lmaydi" (Buxoriy, «Iymon", 7; Muslim, "Iymon», 71).
Birodarlik - do‘stlik ikki qismdir: diniy birodarlik, insoniy birodarlik. Mo‘minlar diniy birodarlarimizdir. Qolgan insonlar ikkinchi qism birodarlikka mansub.
Mo‘minlar o‘zlariga ravo ko‘rgan narsani diniy birodarlariga ham ravo ko‘rmasalar komil mo‘min bo‘la olmaydilar.

49 Insonning fe’li bilan siymosi o‘zaro uyg‘un bo‘ladi. Odatda surati go‘zal, axloqi xunuk bo‘lgan insonlar juda ozdir. Yuzning porloqligi, oydinligi sohibining go‘zal xulqiga ishoratdir.
Shunday deyilgan: ehtiyojlaringizni go‘zal yuzli kimsalarga bildiring. Ular ehtiyojlaringizni ado etsalar, faqatgina go‘zal yuz bilan ado qiladilar. Ammo bu umumiy qoida emas, zero shunday "go‘zallar" borki, ehtiyoj so‘ralsa ozor beradilar. Va shunday "xunuklar" borki, ulardan so‘ralsa go‘zal yuzli muomala ko‘rsatadilar.
Demak, yuzning go‘zalligi sohibining hayosiga, insoniyligiga dalil va alomat bo‘lishining ehtimoli ko‘pdir. Aksi bo‘lishi nodir holatdir. (Munoviy, "Fayzul-Qodir", 1/540).

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 11:58:33

50 Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: "Kim Allohga na oxirat kuniga ishonsa, mehmonini ishlatlasin. Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, qarindoshlari bilan bog‘lansin. Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, faqat yaxshi so‘zlarni so‘zlasin yo sukut qilsin" (Buxoriy, "Adab", 31, 85; Muslim, "Luqota», 14; "Iymon", 74, 75, 77).
"Shubhasiz, malaklar (mehmonlar uchun) dasturxon yozayotganingizda gunohlaringiz kechirilishini so‘rab duo qiladilar" (Suyutiy, "Al-Jome’ us-sog‘iyr", 2129-hadis).

51 Payg‘ambarimiz (s.a.v.) iltifot qildilar: "It va surat (but yoki tana surati) bor uyga malaklar kirmaydi" (Buxoriy, Bad ul-xolq", 17, 7; Abu Dovud, "Libos", 44-45; Termiziy, "Adab", 44; Nasoiy, "Tahorat"( 167; "Sayd", 19, 20; Muvatto, "Istizon", 6, 8).
Malaklar Alloh taolo rozi bo‘ladigan joylarda bo‘ladi, norizo joyda bo‘lmaydi. Kotib malaklar insondan hech ham ayrilmaydilar. O’lim malaklari ham shunday. Kotib malaklar faqat, nomunosib joylarda (xalo kabi) insondan ayriladilar.

52 Rasululloh (s.a.v.) iltifot qildilar: "Ona-otaga aziyat berganni Alloh taolo la’natlaydi" (Ahmad, 1/317).
Alloh taolo la’natlagan kimsani farishtalar ham la’natlaydilar. La’nat — uzoq bo‘lish, rahmatdan mahrum qilish demakdir. Malaklar rahmatdan mahrum bo‘lganning yoniga bormaydi.
Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: "Alloh jalla jalaluhu Qiyomat kuni uch toifa kimsaning yuziga boqmaydi: ona-otasiga osiy bo‘lganlarga, erkakka o‘xshagan ayollarga, oilasini (onasi, singlisi, ayoli va qizlarini) rashk qilmagan erkaklarga. Uch toifa jannatga kirmaydi: ona-otasiga osiy bo‘lganlar, ichkilikka berilganlar, minnat qiluvchilar" (Nasoiy, "Zakot», 69; "Ashriba", 46; Dorimiy, "Ashriba", 5; Ahmad, 2/69, 128).

53 Rasululloh (s.a.v.) iltifot qildilar: "Mehmon kutmagan (xohlamagan) kimsada yaxshilik yo‘qdir" (Ahmad, 4/155).
Malaklar yaxshilik yo‘q uyga kirmaydilar.
Alloh taolo mehmonni siylaganni siylaydi. Alloh taolo siylagan bandalari farishtali bo‘ladi. Kishining farishtali bo‘lishi undan Alloh jalla jalaluhu rozi bo‘lganining alomatidir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 11:58:41

54 Qur’oni Qarimda va Payg‘ambarimizning (s.a.v.) hadisi shariflarida ta’kidlab buyurilgan farzlardan biri "amri ma’ruf"dir.
Luqmon (a.s.) o‘g‘illariga aytdilar: "Ey o‘g‘lim! Namozni to‘kis ado qil, ma’rufga buyur, munkardan qaytar. Senga kelgan sabr qil. Bular, albatta, azmga muvofiq ishlardir" (Luqmon surasi, 17-oyat mazmuni).
Alloh taolo Payg‘ambarimizga (s.a.v.) marhamat qildi: "œSiz afv yo‘linn tuting, ma’rufga buyurish va johillardan yuzingizni buring!" (A’rof surasi, 199-oyat mazmuni).
Bu oyati karimani quyidagicha tushunishimiz mumkin: avvalo, insonlarni afv etish yo‘lini tut, yomonlikni yomonlarga xos bil, ammo yomonliqda davom etishlarini xush ko‘rma. Tushuntir - bilsin; keyin buyur. Agar so‘zlaringga e’tibor bermay johillik qilsalar, sen ularga johillik qilma, johillarga til va qo‘l bilan yomon javob berishdan yuz o‘gir.
Alloh taolo Islom ummatining fazilatini bayon etib marhamat qiladi: "Sizlar insonlar uchun chiqarilgan ummatning eng yaxshisisiz. Yaxshilikka buyurasiz, yomonlikdan qaytarasiz va Allohga iymon keltirasiz" (Oli Imron surasi, 110-oyat mazmunidan).
Qur’oni Karim amri ma’ruf va nahiy munkar etish farzligini erkagu ayolga bayon etgan.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) iltifot qildilar: iAllohga qasamki, yo amri ma’ruf nahiy munkar qilasizlar yoki Alloh taolo sizlarga bir azob (jazo) yuboradi. Keyin sizlar (bu jazoning ko‘tarilishini so‘rab) duo qilsalaringiz ham duolaringiz qabul bo‘lmaydi" (Termiziy, "Fitan", 9).
Jamiyatning osudaligi, ma’rufning (yaxshilikning) ko‘pligi munkarning (yomonlikning) yo‘qligiga bog‘liq. Yaxshilik ko‘payishi uchun harakat bo‘lmasa, yaxshilik va yaxshilar vaqt o‘tishi bilan yo‘qoladi. Yomonlikni yo‘qolishi uchun qilinadigan "fe’liy duo" (jismoniy harakat ham duo hukmida - tarj.) bo‘lmasa, "qavliy duo" (qo‘l ochib duo qilish - tarj.) ham qabul bo‘lmaydi.
«Sizlardan kim munkar ishni ko‘rsa, qo‘li bilan qaytarsin, bunga kuchi yetmasa tili bilan, bunga ham kuchi yetmasa qalbi bilan (rad qilsin, g‘azablansin). Bu iymonning eng zaifidir» (Muslim, "Iymon", 78; Termiziy, "Fitan", 11; Nasoiy, "Iymon", 17; Ahmad, 3/20, 49).
Barcha insonlar toqatlari doirasida o‘z oilalarida, ish joylarida, yon-atroflarida amri ma’ruf va nahiy munkar qilishlari lozim. Munkar ishni qalbdan rad etish va uni yoqtirmasligi iymondandir. Mo‘min qalbi bilan kufrni, shirkni, gunohlarni rad qilmasa, mo‘min bo‘la olmaydi.

55 Dinimiz barchaga, butun insoniyatga yuborilgan. Uning oliyjanob da’vatlarini hammaga yetkazmoq, xususan, yomonlarga tushuntirmoq, saodatimiz boshidir.
Jamiyat farovon bo‘lishi uchun undagi yomonlar yaxshilikka yuz burishlari kerak. Bu amri ma’ruf va nahiy munkarsiz bo‘lmaydi.
Demak, barchaga amri ma’ruf qilinadi, hatto «safil»ga (va’z aytib o‘zi bajarmagan, qaytarib o‘zi qaytmagan, o‘zi aytganiga va o‘ziga aytilganga beparvo qaragan kimsaga) ham.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 11:58:47

56 Yaxshilikka buyurgan o‘zi yaxshilik qilmasa, yomonlikdan qaytargan o‘zi yomonlikdan qaytmasa, tubanlashgandan tubanlashadi. Shuning uchun, amri ma’ruf avvalo ularga yetkaziladi. Zero, ulamo va umaro (amirlar, idora qiluvchilar) tuzalsa, jamiyat ham tuzaladi.

57 Payg‘ambarimiz (s.a.v.) iltifot qildilar: "Shubhasiz, sadaqa Alloh taoloning g‘azabidan va yomon o‘limdan saqlanish boisidir" (Termiziy, "Zakot", 28).
Alloh taoloning g‘azabiga yo‘liqish, Uning azobiga yo‘liqishdir. Alloh roziligi uchun berilgan sadaqa, Uning azobidan saqlanishning boshi ekanligini Rasululloh (s.a.v.) aytdilar.

58 Alloh jalla jalalluhu, sadaqa, ehson qiluvchilarning rizqini orttirishni va’da qiladi: "... (Xayr uchun) nimani sarflasangiz, U buning ortidan (yanada yaxshisini) lutf qiladi. U rizq beruvchilarning yaxshisidir" (Saba’ surasi, 39-oyat mazmunidan).
Rasululloh (s.a.v.) iltifot qildilar: "Rizqning (sizga) kelishini sadaqa bilan so‘rang" (Bayhaqiy, Munaviy, "Fayzul-Qodir", 1/494).
 Alloh taolo marhamat qildi: "Ey Odam o‘g‘li! Infoq qil, senga ham infoq qilinadi " (Buxoriy, "Tafsir", 11/2; Muslim, "Zakot", 36).
"Sadaqa molni hech kamaytirmaydi" (Muslim, "Birr", 69; Termiziy, "Birr", 2; Dorimiy, "Zakot», 34; Muvatto, "Sadaqa", 12).
"Har tongda ikki farishta nozil bo‘lib, biri: "Allohim! Molidan infoq qilganga xalaf (ortidan yanada yaxshisini) ber", ikkinchisi: "Allohim! Molidan bermaganga talaf (talofat) ber", deydi" (Buxoriy, "Zakot", 44; "Vasoya", 17,26; "Vaqola», 10; "Tafsir", 3/5; "Ashriba", 13; Muslim, "Zakot", 42; Dorimiy, "Zakot", 23; Ahmad, 3/141, 256, 285).

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 11:58:57

59 Payg‘ambarimiz (s.a.v.) iltifot qildilar: "Sadaqa yetmish yomonlikning eshigini yopadi " (Tabaroniy).
Sadaqani erta tongda berilishida ko‘p foydalar bor. Barvaqt berilganida yashirin berish imkoni bo‘ladi va oluvchining sharafi himoyalanadi. Va uning ehtiyoji ertaroq yo‘qoladi. Bu ila duosini olishga sabab bo‘ladi.
Sadaqani yashirin berishda ham savob ko‘p. Alloh taolo marhamat qiladi: "Agar sadaqalarni oshkora bersangiz bu ham go‘zaldir. Ammo yashirin holda faqirlarga bersangiz bu o‘zingiz uchun yaxshiroqdir (Alloh taolo bu sababli) gunohlaringizdan bir qismini kechiradi. Alloh nima qilsangiz barchasidan xabardor" (Baqara surasi, 271-oyat mazmuni).
Rasululloh (s.a.v.) Qiyomat kuni Arsh ostida soyalanadigan yetti kimsadan birining "...o‘ng qo‘li berganni chap qo‘li bilmaydigan..." kimsa ekani xabarini berdilar. (Muslim, "Zakot", 91).

60 Alloh taolo marhamat qiladi: "Sevganingiz narsalardan Alloh uchun sarflamaguningizcha aslo yaxshilikka noil bo‘lmaysiz, Sadaqa qilib nimani bersangiz, shubhasiz, Alloh uni juda yaxshi biladi" (Baqara, 272-oyat).
Inson, qo‘lidagi molning eng yaxshisini Alloh roziligi uchun infoq qilsa, qalbidan uning sevgisi yo‘qoladi, Allohning sevgisi hosil bo‘ladi.

61 Alloh taolo halol moldan berilgan sadaqani qabul qiladi, harom moldan berilgan sadaqani rad etadi. Rasuli Akram (s.a.v.) iltifot qildilar: "Kimki halol topgan molidan bir xurmo qiymatida sadaqa bersa, Alloh u sadaqani, sohibi uchun tog‘dek bo‘lgunicha — sizlar sutdan ayirganingiz toyni katta qilgandek — asraydi" (Buxoriy, "Zakot", 8; "Tavhid", 23; Muslim, "Zakot", 63; Termiziy, "Zakot», 28; Nasoiy, "Zakot" 27, 48; Ibni Moja, "Zakot», 28; Dorimiy, "Zakot», 35; Muvatto, "Sadaqa», 1; Ahmad, 2/268, 331, 381, 418).
Mo‘min uchun eng qiymatli narsa halol luqma, halol boylik topishdir. Halol yegulik halol yo‘l bilan keladi. Halol yo‘l - huzurli yo‘ldir. Halolning avvali huzur, topilishi huzur, oxiri huzur. Halollik dunyomizni ham, oxiratimizni ham obod qiladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 11:59:06

62 Rasululloh (s.a.v.) iltifot qildilar: Kishining sog‘lom hayotligida bergan bir dirham sadaqasi, o‘lim onida beradigan yuz dirham sadaqasidan yaxshiroqdir" (Abu Dovud, "Vasoya», 3).
Alloh taolo marhamat qiladi: "Namozni to‘kis ado qiling. Zakotni bering. Allohga "qarzi hasana" bering (xayrli ishlarga mol sarf eting). Xayrli ishlardan o‘zingiz uchun nimani taqdim etsangiz, uni Alloh huzurida yanada xayrli hamda savobi yanada ko‘p holda topasiz. Va Allohdan mag‘firat so‘rang. Albatta, Alloh G’ofur va Rahimdir» (Muzzammil surasi, 20-oyat mazmunidan).

63 Kishi bu dunyoda oxirat uchun qaysi savob-xayrli ishni bajargan bo‘lsa, albatta uni Qiyomat kuni ko‘radi. Hayotligida nima qilgan bo‘lsa, shuni topadi. U o‘lgandan so‘ng ortida qolganlar unga foydali bo‘lgan ishlarni qilishlari gumondir.

64 O’lgan kishi nomidan uning qarzini to‘lash, haj qilish va sadaqa berish joizdir.
Bir ayol Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) so‘radi: "Ey Allohning Rasuli! Onam haj qila olmadi. Uning nomidan haj qilsam bo‘ladimi?" Rasululloh (s.a.v.): "Uning nomidan haj qilsang bo‘ladi" deb iltifot qildilar. (Muslim, "Siyam", 157).
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) huzurlariga bir odam kelib so‘radi: iEy Allohning Rasuli! Onam to‘satdan vafot etdi, vasiyat ham qila olmadi. Agar onam nomidan sadaqa qilsam, onamga savobi boradimi? Payg‘imbarimiz (s.a.v.): "Albatta", deb marhamat qildilar. (Muslim, «Zakot», 51).

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 11:59:13

65 Hazrati Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasulullohdan (s.a.v.) biz o‘lganlarimizga duo qilamiz, ular nomidan sadaqa beramiz, haj qilamiz. Ularga savobi yetadimi", deb so‘radim. Rasululloh (s.a.v.) iltifot qildilar: "Albatta, savobi ularga yetadi. Sizlar berilgan hadyadan sevinganingizdek sevinadilar (Ahmad Dovud o‘g‘li, "Sahihi Muslim», tarjima va sharhi, 5/366).
Sa’d ibn Uboda (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) o‘lgan onasining to‘lay olmagan nazri haqida hukm so‘radi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) iltifot qildilar: "Onang nomidan sen ado qil. (Muslim, "Nuzur", 1).
Jumhur ulamoga ko‘ra, o‘lganning nazri mol bo‘lmasa, merosxo‘rga uni ado qilish lozim bo‘lmaydi. Agar nazri mol bo‘lsa lekin orqasida hech qanday moli qolmagan bo‘lsa ham merosxo‘r to‘lamaydi. Ammo merosxo‘rga o‘z molidan to‘lashi mustahab bo‘ladi. (Ahmad Dovud o‘g‘li, "Sahihi Muslim», tarjima va sharhi, 8/201).

66 Duoning mazmuni: "Allohim! Qabrimizni nurli etgan bandangni mag‘firat qil. Bizga jannatni xushxabar berganingdek ularga ham xushxabar ber"

67 Alloh taolo marhamat qiladi: "Ular faqat Allohga ibodat qilishadi, dinlarida ixlosli bo‘lishga, haniflardan bo‘lishga (to‘g‘ri yo‘lla yurishga), namozni to‘kis ado qilishga va zakot berishga buyurildilar'' (Bayyina surasi, 5-oyat mazmunidan),
Ixlos - amalni faqat Alloh taolo uchun qilish, yomonlikni faqat Alloh taolo uchun tark etish, umuman, har ishni Uning roziligi uchun bajarishdir.
Hanif - barcha botil tushuncha va harakatlardan voz kechib Haqqa yo‘nalgan kimsa.
Ixlos amallar qabul bo‘lishining asosiy shartidir. Alloh taolo roziligi boisidir.
Ba’zi buyuk zotlar: "Ixlosli kimsa — amali uchun maqtalishni xohlamaydi", degan ekanlar.

Qayd etilgan