Imom Sha’roniy. Payg'ambarimizning (s.a.v) hazrati Aliga (r.a.) nasihatlari  ( 49288 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 B


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:01:09

92 Do‘stdan zarar kelmaydi. Faqat oz bo‘lsa ham foyda keladi. Dushmandan faqat zarar keladi. Dushmanning zarari oz bo‘lsa ham ko‘p bilib, undan himoyalanish kerak.

93 Shunday hadisi sharif vorid bo‘lgan: «Hech biringiz o‘ziga xohlagan narsani (din) birodariga ham xohlamasa (komil) iymonli bo‘lmaydi» (Buxoriy, «Iymon», 7; Muslim, «Iymon», 71, 72; Termiziy, «Qiyomat» 59; Nasoiy, «Iymon» 19, 33; Ibni Moja, «Muqaddima», 9, «Janoiz», 1; Dorimiy, «Istizon», 5).
Sadoqat shu uch narsada ko‘proq namoyon bo‘lgani uchun, bu uch narsani zikr qilganlar. Do‘stni bilish uchun bu uch mavzuda sinash lozim.
Termiziyda bu hadis keltirilgan: «Nafsing uchun istagan narsani insonlar uchun ham ista (komil) musulmon bo‘lasan» (Termiziy, «Zuhd», 2; Ibni Moja, «Zuhd», 24; Ahmad, 2/310, 3/473, 4/70,77).

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:01:19

TAVBA

94 Tavba ruju’, ya’ni qaytish degani. Tavba asosan uch qismga bo‘linadi:
1. Kufr va shirkdan tavba;
2. Katta - kichik gunohlardan tavba;
3. G’aflatdan tavba.

95 Halol amalga halol rizq topish istagi yetmaydi. Halol rizq istagi uning hisobini yaxshilaydi. Taomini halol yo haromligining farqiga bormay, ajratmay tanovul qiluvchi kimsa ishlariga ham befarq bo‘ladi.
Luqma poklansa ko‘rinish ziynatlanadi. Buning uchun haromdan kechib, harom luqma iste’mol qilmaslik kerak.
Avval haromdan topganlardan tavba qilish, ularni egalariga qaytarish kerak. Tavbaning asosi harom topishdan tavbadir. Asossiz (tamalsiz) bino bo‘lmaganidak, haromdan tavba bo‘lmasa, boshqa gunohlardan tavba bo‘lmaydi.
Avval xato tark qilinmay to‘g‘ri ish qilib bo‘lmaydi. «Yolg‘onni olib tashlanmasa, haqiqatni joylab bo‘lmaydi».

96 0lim taqvodorligi bilan haqiqiy olim bo‘ladi. Haqiqiy olim o‘ziga ta’sir eta olgan nafsini yenggan kimsadir. O’zi nafsiga ta’sir etganning so‘zi boshqalarning nafsiga ham ta’sir etadi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) iltifot qildilar: «Ilm amaldan xayrlidir. Dinni quvvashlantiruvchilar — varo (Allohdan qo‘rquv, ta’zim, itoat) bilan taqvodir. Olim oz bo‘lsa ham, ilmiga amal qilgandir» («Kashful Xofa», 2/1755).
Haqiqiy olim avval o‘z nafsiga va’z qiladi. Nafsi va’zini qabul etsa, boshqalarga ham va’z qiladi. So‘zlari shundagina ta’sirli bo‘ladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:01:26

97 Har qaysi masalada, ilmga ega bo‘lmaganlar, ilm sohiblaridan halol-haromni, amrlarni so‘rashlari va shunga ko‘ra amal qilishlari kerak. Paydo bo‘lgan masalalarni biluvchilardan so‘ramasa, amr va ta’qiqlarga e’tiborsiz harakat qilsa gunohkor bo‘ladi. Gunohlar g‘aflatni, g‘aflat qalbning «qattiq» bo‘lishini, qalb «qattiqligi» Allohdan yiroq bo‘lishni, Aploh taolodan yiroq bo‘lish jahannamni lozim qiladi.

98 Insonning vujudi ruh bilan tirik. Uning ma’naviy hayoti esa ilm bilandir. Ruhsiz jasad yo‘q bo‘lganidek, ilm bo‘lmasa qalb o‘ladi.

99 Dunyoparastlik o‘g‘irlik boshidir, dunyoparastlik haromga yetaklaydi. Harom azobga duchor qiladi. Boy bo‘lib o‘g‘rilik qilish kishining tubanligi, razilligi, haqdan qo‘rqmasligi va shaytonga qulligidandir. Uning azoblanishi muqarardir.
Olim adashsa, boshqalarning ham adashishiga sabab bo‘ladi. Ularning gunohlariga sherik bo‘ladi. Fosiq olim haqida Rasululloh (s.a.v.) iltifot qildilar: «Yomon olimlar Kiyomat kuni keltirilib jahannam otashiga otiladi. Har birlari jahannamda, tegirmon aylantiruvchi hayvon kabi harakatda bo‘ladi. Unga: «Senga voy bo‘lsin! Biz sendan to‘g‘ri yo‘lni topgandik. Nega bu holdasan?» deyiladi. U aytadi: «Sizlarni qaytargan narsalardan o‘zim qaytmagan edim. Aksini qilar edim» (Al-Hodiy, «Kanzul Ummal», X, 29097)

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:01:42

TILNI SAQLASH

100 Inson inson bo‘lganda qadrlidir. Qadrli kishini qadrlash lozim bo‘ladi. O’zining qadrli bo‘lishini xoxlagan kimsa boshqalarni ham qadrlashi lozim. Senga yomon munosabat bo‘lishlarini istamasang sen ham boshqalarga shu munosabatni qilma. Bir insonni qilgan xatolari uchun ayblamoq u bilan yaqinlikni o‘rtadan ko‘taradi. Hamsuhbat kofir bo‘lsa ham, uning ulfatligini hosil qilish lozim. Ulfat hosil qilish haqoratdek bo‘lgan so‘zini aytish bilan bo‘lmaydi. Do‘st aybini oshkor etish orani ajratadi.
Inson degani xatosiz bo‘lsagina inson bo‘ladi degani emas. Hatto buyuk inson ham xato qilishi mumkin. Balki suyaksiz go‘sht bo‘lmaganidek xatosiz insonlar ozdir.
Inson ayblashga loyiqish qilsa ham, haqorat etilishga loyiq bo‘lsa ham, sen uni ayblashni, haqorat qilishni o‘zingga ravo ko‘rma. Yomonlik qilinishga loyiq bo‘lsa ham, unga yomonlik qilishni o‘zingga munosib bilma!

101 G’iybat haromdir. G’iybat qilinganda ikki haq poymol bo‘ladi:
1. Alloh taoloning haqi.
2. Bandaning haqi. Bandaning haqi u rozi bo‘lishiga bog‘liq. Alloh taoloning haqi tavbaga bog‘liq; qayta g‘iybat qilmaslik niyatida tavba qilinsa, Alloh taolo tavbani qabul qiladi.
G’iybatni halol deb g‘iybat qiluvchi kofir bo‘ladi. U shahodat kalimalarini aytib iymonni yangilashi lozim. G’iybat gunohidan (kishi haqidan) qutulishning yo‘li g‘iybat qilingan kimsa bilan rozilashmoqdir. Buning iloji bo‘lmasa, unga ham o‘ziga ham Allohtaolodan afv mag‘firat so‘rashi lozim bo‘ladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:01:53

102 Rasululloh (s.a.v.) iltifot qildilar: «Bir banda Alloh taoloni xushnud etuvchi kalimalardan bir kalimani o‘zi beparvo bo‘lib, bilmasdan aytsa ham shu sababli Amoh uni darajasini bir necha pog‘ona yuksaltiradi. Bir banda Alloh taoloni g‘azablantiruvchi kalimalardai bir kalimani beparvolik bilan aytsa ham shu sababli uni jahannamga kirgizadi» (Buxoriy, «Riqoq», 23).
Tilning fazilati oliy narsalarga vosita bo‘lganidir. Vositaning qiymati yetishgan narsaga bog‘liq Alloh taoloning roziligi dunyoyu oxiratdan ham qiymatlidir.
Til Alloh taoloning roziligini topish vositasi bo‘lganidan afzal hisoblanadi. Til bu maqomni tashlab, agar boshqalarga zarar yetkazsa «qopag‘on it»ga aylanadi.

103 Abu Dardo (r.a.) Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: «Banda bir kimsani la’natlasa, la’nati osmonga ko‘tariladi. Osmonning eshiklari unga yopiladi. Keyin yerga tushadi, yerning ham eshiklari unga yopiladi, o‘ngu so‘lda ham chiqish yo‘lini topa olmagach, la’nat aytilganga boradi, agar u loyiq bo‘lsa unga tegadi, loyiq bo‘lmasa, aytgan kimsaga tegadi» (Abu Dovud, «Adab», 45).
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) iltifot qildilar: «Siddiq kimsaga la’natchi bo‘lish yarashmaydi» (Muslim, «Birr», 84).
Abdulmalik ibn Marvon Ummu Dardoga o‘zining ba’zi uy anjomlarini jo‘natdi. Bir tunda Abdulmalik o‘yg‘onib xizmatchisini chaqirdi. Xizmatchi kechikkani uchun, unga la’nat aytdi. Tong otgach Ummu Dardo unga: «Bu kecha xizmatchingni chaqirganing paytda unga la’nat aytganingni eshitdim», «Men Abu Dardoning shunday deganini bilaman: «Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «La’natchilar qiyomat kuni shafoatchi ham, guvoh ham bo‘la olmaydilar» (Muslim, «Birr», 85).
Rasululloh (s.a.v.) bilan «Batni buvad» g‘azotida safarga otlandik. O’zlari Majdiy ibn Amr Juhaniyni axtardilar. Uning suv yuklangan tuyasiga bizlardan besh, olti va yetti kishi navbat bilan minardik. Ansorlardai bir kishining navbati kelgach, u o‘zining tuyasi oldiga ketib koldi. Va uni cho‘kka o‘tkazib mindi. Keyin yurgazmoqchi bo‘lgan edi, tuya ozgina to‘xtab koldi. «Alloh seni la’natlasin!» dedi. Shunda Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Tuyasini la’natlagan kim?», deb so‘radilar. «Men, ey Allohning Rasuli», deb javob qildi boyagi odam.
«Ustidan pastga tush! La’natlangan hayvon bilan bizga hamroh bo‘lma!
O’zlaringizni duoibad qilmang! Bolalaringizni duoibad qilmang! Mulkingizni duoibad qilmang!», deb iltifot qildilar Rasululloh (s.a.v.) (Muslim, «Zuhd», 74, 3009-hadis)

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:02:05

HAYO

104 Payg‘ambarimiz, Sarvari olam (s.a.v.) iltifot qildilar: «Allohdan haqiqiy hayo bilan hayo kiling!»
«Ey, Allohning Rasuli! Allohga hamdlar bo‘lsin, biz Undan hayo kilamiz», deb aytishdi sahobalar. «Bu (sizlar tushungandek) emas. Allohdan haqiqiy hayo bilan hayo qilgan boshi va boshidagi a’zolarini muhofaza etsin! Qorni va undagi a’zolarini saqlasin! O’limni (va tuproq ostida) chirishini o‘ylaydi. Dunyo hayotining ziynatini tark etadi. Kimda kim bularni qilsa Allohdan haqiqiy hayo bilan hayo qilgan bo‘ladi», deb iltifot qildilar ul Zot (s.a.v.) (Ahmad, 1/387; Termiziy, «Qiyomat», 24).
Bu yerda hayo - itoat ma’nosidadir. Din esa to‘laligicha Allohga itoatdan iboratdir. Qalbning itoati iymondir, Allohning hukmlarini tasdiqlash va qabul qilishdir. Boshning itoati, boshdagi a’zolarning Allohga qulligi va Uning roziligiga mos bo‘lmagan holatlardan muhofaza qilinishidir. Qorinni harom luqma va zinodan saqlash ham hayo-itoatdir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:02:20

VARO

105 Alloh taolo marhamat qiladi: «Rabbilarining huzuriga qaytajaklaridan yuraklari titragan holatda zakotlarini beradilar» ("Mo‘minlar" surasining 60-oyati).
Hadisi sharifda shunday deyilgan: «Hikmatning boshi Allohdan ko‘rkishdir» («Kashful Xofa», 1/507).
Qo‘rqish darajasi ilm va ma’rifatga bog‘liq. Bu borada Alloh taolo marhamat qiladi: «Albatta, bandalari orasida olimlar Allohdan ko‘proq qo‘rqadilar" (Fotir surasi, 28-oyat mazmuni).
Imom Roziy aytadilar: «... Bu mukofot (jannat va Allohning roziligi) Rabbilaridan qo‘rqqanlarga maxsusdir» (Bayyina surasi, 8-oyat mazmuni) oyati bilan «Albatta, bandalari orasida olimlar Allohdan ko‘proq qo‘rqadilar (Fotir surasi, 28-oyat mazmuni) oyati olimlar va ilm fazilatiga dalil bo‘ladi.
Jannat ahlidan bo‘lishi xushxabari berilgan olimlarda Allohdan qo‘rqish hissi oshib borishi lozim bo‘ladi. Rasululloh (s.a.v.) iltifot qilganlar: «Alloh eng yaxshi taniganingiz, Undan eig ko‘p qo‘rqqaningizdir. Men orangizda Allohdan eng ko‘p qo‘rqaman» (Mahmud Hamdiy Yazir, «Haq dini, Kur’on tili», 9/366, 367. Faxri Roziy, «Tafsiri Kabir», 32/56).

106 Aqlli kimsa nafsini jilovlaydi va uni havaslariga tobe’ bo‘lishidan saqlaydi (A. Dovud o‘g‘li, «Sahihi Muslim», Tarjima va sharhi, 1/350).
 Aql farqlash xususiyatiga ega. Aqlli inson haqni botildan, boqiyni foniydan, xayrni sharrdan, (yaxshini yomondan) farqlagan insondir. Aqlli odam boqiyni tanlaydi. Boqiy vosil qiluvchi amallarga yo‘naladi, boqiydan mahrum qiluvchi amallardan - gunohlardan uzoq bo‘ladi. Bu haqda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) iltifot qildilar: «Aqlli inson nafsga hokim bo‘lgan va o‘limidan keyingi (boqiy oxirat) uchun harakat qilgan kishidir. Ojiz - bechora inson o‘zini orzu havaslariga tutqun qiladi. Allohdan (ushalmas narsalarga) orzumand bo‘ladi» (Termiziy, «Qiyomat», 25; «Zuhd», 31; Ahmad, 4/124).
Mahmud Oqif Erso‘y «Safahot»ida shunday yozadi:
«Baqoni haq bilgan, sa’yni bir vazifa bilur,
Sa’y qil, ishlaki, baqo sa’y yo‘liyla topilur».

107 Taqvo deb harom narsalardan o‘zni tiyishga aytiladi. Varo shubhali narsalardan ham saqlanishdir. Iymon tasdiq, u qalb fe’lidir. Amal tatbiq, u badan fe’lidir. Amallar komil iymon taqozosidir. Shubhali narsalarni qilish iymon yemirilishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun varosi bo‘lmagan kishining komil iymoni bo‘lmas.

108 Allohning ilk amri «O’qi!» — ilm ol, Allohni tani demakdir. Allohni tanimaganning iymoni bo‘ladimi? Ibodat neligin bilmagan ibodat qiladimi? Ibodatdan avval iymon, iymondan avval bilmoq kerak bo‘ladi. Bilish uchun olimdan ilm olish, talaba bo‘lish yoki olimni tinglash kerak. So‘ng mo‘‘tabar kitoblardan foydalanib, olimlardan maslahat olib, ilmni yana ham kengaytirish "O’qi" amrining ijrosi bo‘ladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:02:35

O’QI! TUSHUN! ISHON! TATBIQ ET!

109 Sadoqat do‘stlik va to‘g‘rilik ma’nosidadir.
Imomi Qushayriy hazratlari aytadilar: «Sadoqat - ma’nosi faqat «so‘z» to‘g‘riligini bildirmaydi, balki e’tiqodda shubhadan, amalda xatodan yiroq bo‘lishga ham sadoqat deyiladi». Ba’zi olimlar sadoqatni yetti qismga ajratganlar: «So‘zda, niyatda, irodada, azmda, vafoda, din va amalda to‘g‘rilik». To‘g‘rilik - qalbning bahori va odamzotning mevasidir. Sadoqatli kimsaga atrofdagilar ergashadi. Uning guvohligi bilan ixtiloflar hal bo‘ladi. (Ahmad Rifat, «Tasviri axloq», 289-sahifa.) To‘g‘rilik ichi tashiga, tashi ichiga mos bo‘lish, komil insonga xos xususiyatdir.

110 Sir saqlay olmaganga ishonilmagan. Sir aytish kishiga ishonish va omonat berishdir. Sirni omonat saqlash narsani omonat saqlashdan ham muhim. Sir saqlay olmagan kishi ishonchli emas. Ishonchsiz kishi jamiyatda yolg‘izlikka mahkumdir.

111 Tavfiq Allohning insonga yaxshi ishlarni bajara olishi uchun bergan yordamdir. Alloh taolo Muborak Kalomida marhamat qiladi: «Tavfiq faqatgina Allohning yordami bilandir. (Shuning uchun) Men yolgiz Unga tavakkal qildim. Va yolg‘iz Unga yo‘nalaman» (Hud surasi, 88-oyati mazmuni).
Kim agar yaxshi amal qilsa, Alloh taolo uni muvaffaq qiladi, yaxshi amal yuzaga chiqadi. Yaxshi amalni bajarish kishiga osonlashtiriladi. Tavba ham xuddi shunday. Avval tavbaning ma’nosini bilish, keyin azm va iroda qilish kerak bo‘ladi. Alloh taolo hidoyatini O’zi xohlaganiga, Unga intilgan kishiga beradi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:02:49

112 Alloh taolodan hayo qilgan kishi U ato etgan mulkni Uning roziligi yo‘lida sarflaydi. Uning roziligiga teskari harakat qilishdan uyaladi. Allohdan umid qilgan, Uning roziligiga ishongan kishi saxiy bo‘ladi. Allohni tanigan kishi Uning amrlarini bajaradi, Alloh roziligi uchun ehson qilish, Uning amrlaridan biri hisoblanadi.

113 Har bir muboh ishni hojatsiz ko‘p qilish tanzihiy makruh bo‘lgan ishga boshlaydi. Tanzihiy makruhlar tahrimiy makruhga, tahrimiy makruhlar haromga yetaklaydi. Harom ishlarni ko‘p qilgan kimsa gunohdan ko‘rqmay qoladi. U odam qancha uzoq yashasa shuncha zararkor bo‘ladi. Uning uchun yerning osti yerning ustidan yaxshi bo‘ladi. Zero agar iymonli bo‘lsa, qancha oz yashasa, shuncha oz gunoh qiladi. Barvaqt o‘lim topishi o‘zi uchun ham jamiyat uchun ham foydali bo‘ladi. Agar iymonsiz bo‘lsa, uning o‘lishi atrofdagilar uchun yaxshi bo‘ladi.
Kishi haromlarni qilaversa, bir kun kelib harom ishni halol deya boshlaydi. Kofirga aylanadi, qalbidan iymon o‘chadi.

114 Asl bo‘lmasa kamolot hosil bo‘lmaydi. Taqvo asl, haromni tark etishdir. Varo taqvoning kamolidir. Taqvo bo‘lsa, varo bo‘ladi. Avval haromlardan uzoqlashiladi, so‘ng shubhalilardan uzoqlashish hissi tug‘iladi. Karam yaxshilik, saxiylik, afv etish demakdir.
Yaxshilik qila olmagan yomonlik ham qilmasligi lozim. Har bir gunoh zamirida yomonlik bor.

115 Karamli bo‘lish avval gunohni tark qilishdan boshlanadi. Gunoh — gunohkorning o‘ziga ham yomonlik va chirkinlik qilishdir. Yomonlikni tark qil, yaxshilik qilgan bo‘lasan!

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:02:58

116 Rasululloh (s.a.v.) iltifot qildilar: «Qiyomat kuni tarozida hech bir narsa mo‘minning go‘zal axloqidek og‘ir bo‘lmaydi. Alloh taologa qo‘pol, og‘zi buzuq kimsa aslo sevimli emas. Unga dushman bo‘ladi» (Termiziy, «Birr», 62; Abu Dovud, «Adab», 8)
«Haqiqatdan, mo‘min go‘zal axloqi bilan (nafl) ro‘za tutgan va namoz o‘qigan kimsadek bo‘la oladi» (Abu Dovud, «Adab», 8; «Muvatto» - Husnul xulq, 6; Ibni Hibbon, 1927-hadis).
Go‘zal axloq, namoz, ro‘za, jihod kabi farzdir. Bir farz boshqa farz o‘rniga o‘tmaydi. Barcha farzlarni bajarib, axloqida nuqson bo‘lgan kimsa noqisdir. Axloqi go‘zal bo‘lib boshqa farzlarni ado qilmagan kimsa ham noqis hisoblanadi.

117 Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qildilar: «Shubhasiz, siz insonlarning qalblarini mollaringiz bilan zabt eta olmaysiz, faqat, tabassum va go‘zal ahloqingiz bilan ularni mamnun qilishingiz mumkin» («Kashful Xofaa», 1/252; Abu Ya’la va Bayhaqiy rivoyat qilishgan).
«Birodaringizga tabassum bilan qarashingiz ham siz uchun bir sadaqadir» (Termiziy, «Birr», 36).
Tabassum eng xunuk insonni ham go‘zallashtiradi. Qovoq uyish eng go‘zal insonni ham xunuklashtiradi.

118 Payg‘ambarimiz (s.a.v.) iltifot qildilar: «Birodaringni tabassum bilan kutib olishdek bir yaxshilikni ham kichik ko‘rma!» (Muslim, «Birr», 144; Abu Dovud, «Libos», 24; Termiziy,«At’ima», 30).
Yaxshilik Allohning xush ko‘rgani, dinimizning va aqlning yaxshi deb topgan narsasidir. Mo‘min birodariga tabassum bilan boqish ham Allohga xush keladi, shuning uchun yaxshilik deb ifoda etilgan.

Qayd etilgan