Imom Sha’roniy. Payg'ambarimizning (s.a.v) hazrati Aliga (r.a.) nasihatlari  ( 72482 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 B


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:05:45

146 Obid kimsa yolg‘iz o‘zi nafl namozini uzoq o‘qiydi, qiyomda uzoq turadi, jamoatga imom bo‘lganida qisqartiradi. Rasululloh (s.a.v.) bir rakatda bir necha uzun suralarni o‘qiganlari rivoyat qilingan. Namozxonga Alloh o‘zgacha bir huzur holati beradi. Huzuriga kirishning eng qulay va go‘zal yuli namoz, huzurida uzoq qolishning chorasi esa qiyomdir.

147 Solih so‘zi uyg‘un, to‘g‘ri va ixlos ma’nolarida qo‘llaniladi. Solih inson degani, amali iymoniga uyg‘un, tashqi olami ichki dunyosiga mos, Qur’on yo‘lida yurgani ixlosli inson solih amal iymonga uyg‘un, Qur’onga mos va ixlosli amal demakdir.
Ixlosli amal Allohnining roziligini topish uchun qiligan amaldir.
Dinning islohi, to‘g‘rilanishi, uni hayotga tatbiq etish unga muvofiq amal qilish bilan bog‘liqdir inson kamolga yetgach, muslih (isloh kiluvchi) bo‘ladi. Solih inson boshqalarni xam tortadi. O’zining najot topishiga harakat qilganidek, boshqa insonlarning najot topishlariga harakat qiladi. Zero, har mo‘min kuchi yetganicha boshqalarning najot topishiga mas’ul.

148 Haloldan topib, halol yeyish olimlar bilan suhbatlashish, besh vaqt namozni jamoat bilan o‘qish kishining baxtidir. Kishi amali qabul bo‘lishi uchun haloldan yesa, e’tiqodi va toatlari to‘g‘ri bo‘lishi uchun olimlar suhbatida bo‘lsa, ular bilan aloqa bog‘lasa yaxshiliklar baxsh etuvchi, Allohga yaqinlashtiruvchi, yomonliklardan uzoqlashtiruvchi namozini jamoat bilan o‘qisa ikki dunyoda baxtli bo‘ladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:05:52

149 Mo‘min Alloh tomonidan yetkazilgan hamma narsalarni tasdiq qilib ishongan kishidir. Komil mo‘min ishongan narsalariga amal qiladi. Alloh taologa itoat etadi. Rasulullohga (s.a.v.) ergashadi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yomonlikka yaxshilik bilan javob qilar edilar. Komil mo‘minning borada ham u Zotning (s.a.v.) sunnatlariga ergashadi.

150 Saxiyning komili «o‘z haqqidan» saxiylik qiluvchi kishidir. Bu ma’naviy zakot bo‘ladi. Molidan zakotdan tashqari sadaqa beradi. Haqiqiy saxovat farz va vojib bo‘lgan moliyaviy ibodatlarni qilishdir.

151 Sahoba Uqba ibn Amr (r.a.) aytadilar: «Allohning Rasuliga (s.a.v.) ro‘baro‘ keldim. Qo‘llaridan mahkam ushlab oldim. So‘zni birinchi boshlab so‘radim: «Yo Rasululloh! Amallarning eng afzali qaysi, ayting!»
Shunda u Zot (s.a.v.) iltifot qildilar: «Ey Uqba! Sen bilan aloqasini uzgan kimsa bilan aloqa bog‘la! Senga bermaganga sen ber! Senga zulm qilgaini kechir!» (Ahmad, 4/148, 158).
Hilm bu bosiq, sabrli, yumshoq tabiatli va g‘azabini otuvchi demakdir. U sabrning sarmoyasi va insonga tahdid solgan ofatlar to‘sig‘i. Halim kishi sarmoyasi halm bo‘lgan sabrli kishidir. Alloh taolo Ibrohim (a.s.) payg‘ambarni maqtab marhamat qiladi: «... shubhasiz, Ibrohim ko‘p tazarru’ qilgan, yumshoq tabiatli va halim edi» (Tavba surasi, 114-oyat mazmunidan).
Yumshoq tabiatli bo‘lish «axloq dasturxonining» «tuzi»ga o‘xshaydi. (Ahmad Rifat, «Tasviri Axloq», 116, 117-sahifalar).

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:06:40

149 Mo‘min Alloh tomonidan yetkazilgan hamma narsalarni tasdiq qilib ishongan kishidir. Komil mo‘min ishongan narsalariga amal qiladi. Alloh taologa itoat etadi. Rasulullohga (s.a.v.) ergashadi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yomonlikka yaxshilik bilan javob qilar edilar. Komil mo‘minning borada ham u Zotning (s.a.v.) sunnatlariga ergashadi.

150 Saxiyning komili «o‘z haqqidan» saxiylik qiluvchi kishidir. Bu ma’naviy zakot bo‘ladi. Molidan zakotdan tashqari sadaqa beradi. Haqiqiy saxovat farz va vojib bo‘lgan moliyaviy ibodatlarni qilishdir.

151 Sahoba Uqba ibn Amr (r.a.) aytadilar: «Allohning Rasuliga (s.a.v.) ro‘baro‘ keldim. Qo‘llaridan mahkam ushlab oldim. So‘zni birinchi boshlab so‘radim: «Yo Rasululloh! Amallarning eng afzali qaysi, ayting!»
Shunda u Zot (s.a.v.) iltifot qildilar: «Ey Uqba! Sen bilan aloqasini uzgan kimsa bilan aloqa bog‘la! Senga bermaganga sen ber! Senga zulm qilgaini kechir!» (Ahmad, 4/148, 158).
Hilm bu bosiq, sabrli, yumshoq tabiatli va g‘azabini otuvchi demakdir. U sabrning sarmoyasi va insonga tahdid solgan ofatlar to‘sig‘i. Halim kishi sarmoyasi halm bo‘lgan sabrli kishidir. Alloh taolo Ibrohim (a.s.) payg‘ambarni maqtab marhamat qiladi: «... shubhasiz, Ibrohim ko‘p tazarru’ qilgan, yumshoq tabiatli va halim edi» (Tavba surasi, 114-oyat mazmunidan).
Yumshoq tabiatli bo‘lish «axloq dasturxonining» «tuzi»ga o‘xshaydi. (Ahmad Rifat, «Tasviri Axloq», 116, 117-sahifalar).

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:07:49

152 Sabr inson tabiatiga nomuvofiq holatlarga bardosh berishdir. Sabrnipg turli ko‘rinishlari bor. Musibatga qarshi sabr iffat, harb holatida shijoat, g‘azabu kinni ichiga yutganda hilm, zavq beruvchi halol narsalarning oziga kifoyalanganda qanoat deyiladi.
Sabr asosan ikki qismdir. Birinchisi badan bilan bog‘liq hollarga, qiyinchiliklarga chidash. Bunday sabr dinimiz va aql tamaliga muvofiq bo‘lsa olqishlanadi. Ikkinchi qism tabiiy is-taklar va aqldan yiroq orzularga qarshi sabrdir. Bu eng maqtovli sabrdir. Qur’oni karimda yet-dishdan ko‘p oyatda, hadisi shariflarda sabru sabot maqtaladi. (Ahmad Rifash, «Tasviri axloq»,285-sahifa).

153 Tavba - qaytish, voz kechishdir. Yomondan qaytib yaxshiga erishishdir. Gunohni aslo takrorlamaslikdir. Yaxshiga erishuii uchun yomondan voz kechish lozim. Yaxshiga erishishni xohlagan kimsa yaxshi nima ekanini bilishi shart. Buning uchun ilm kerak.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:08:07

SHIRKNING ALOMATLARI

154 Kofir haqni inkor qilgan kimsadir. Haqqa shubha qilgan iymonli bo‘lmaydi. Qur’oni karimda marhamat qilinadi: «Mo‘minlar shunday kimsalarki, Alloh va Rasuliga iymon keltiradilar, so‘ng hech shubha qilmaydilar. Va mollari, jonlari bilan Alloh yo‘lida mujohada qiladilar. Ana o‘shalar sodiq kimsalar» (Hujurot surasi, 15-oyat mazmuni).
Mo‘min Alloh taolo sevganlarni sevadi. Allohga dushman bo‘lganlarga u ham dushman bo‘ladi.
«Alloh uchun sev va Alloh uchun yomon ko‘rish iymondandir» (Buxoriy, «Iymon», I. Abu Dovud, «Sunnat», 2; Ahmad, 5/146).
Alloh sevgan bandani Alloh sevgani uchun yomon qo‘rish kufrdir.
Alloh sobirlarni, muhsinlarni, odillarni, tavakkal qiluvchilarni, jismoniy va ruhoniy pok bo‘lgan bandalarni sevadi. Alloh isrof qiluvchilarni, kibrlilarni, maqtanchoqlarni, zolimlarni, fasodchilarni, haddidan oshganlarni, xoinlar va noshukrlarni sevmaydi. Alloh taolo marhamat qiladi: «Albatta, biz insonlar va ulardan bir jamoani jahannam uchun yaratdik. Ularning qalblari bor, lekin tushunmaydilar. Ko‘zlari bor, lekin ko‘rmaydilar. Quloqlari bor, lekin eshitmaydilar. Ular hayvon kabidir, balki undan ham adashganroq. Ular g‘ofillarning o‘zidir» (A’rof surasi, 179 oyat mazmuni).

155 Muslim rivoyatida munofiq haqidagi hadisda shunday qo‘shimcha bor. «Qancha ro‘za tutsa ham, namoz o‘kisa ham, musulmon ekanini da’vo etsa ham...» (Buxoriy, «Iymon», 24; «Shahodat», 28, «Adab», 69; Muslim, «Iymon», 107, 109).
Munofiq sifatlari haqida Rasululloh.(s.a.v.) shunday deganlar: «Kimda 6u to‘rt narsa bo‘lsa, u ochiq munofiqdir. Agar bulardan biri bo‘lsa, xalos bo‘lmagunicha unda nifoqdan bir parcha bo‘ladi.
—   Omonatga xiyonat qiladi;
—   So‘zlasa, yolg‘on so‘zlaydi;
— Va’dasida turmaydi;
— Nizoda haddidan oshadi»
(Buxoriy, «Iymon». 24; «Jizya», 17; «Mazolim», 17; Muslim, «Iymon», 102; Termiziy, «Iymon», 14; Nasoiy, «Iymon», 20; Ahmad, 2/189).

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:08:19

156 Inson va’zni jon qulog‘i bilan eshitmasa, aytilgan mavzuni qabul qilmasa foydasi bo‘lmaydi.

157 Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qildilar: «Muroining (riyokorning) uch alomati bor:
— insonlar orasida bo‘lganda g‘ayrat bilan bajaradi;
— yolg‘iz paytida dangasalik qiladi;
— hamma ishlarida boshqalardan maqtov kutadi»
(Ibni Bobavayh, Izzatdin Belik, «Oyat va hadislarda islomiy hayot», tarjima va sharhi, 2/190).
Rasululloq (s.a.v.) iltifot qildilar: «Kim shuhratparastlik libosini kiysa, qiyomatda Alloh taolo unga bir libos kiydiradi. Keyin o‘sha libos ichi olovlanadi (va uni yoqadi)» (Abu Dovud, «Libos», 5; Ibni Moja, «Libos», 27; Ahmad, 2/92, 139).
«Shirk amal(ning tamali)ni yo‘q qiganinidek, chayon ham amalni(ng kamolini) yo‘q etadi» (Rabi’,«Musnad», 1/18).
Abu Zarr (r.a.) rivoyat qiladilar: «Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) so‘rashdi: «Bir odam yaxshi bir ish bajarsa, keyin xalq uni maqtasa, siz shunga nima deysiz?»
«Bu mo‘minga beriladigan mukofotning dunyodagi bir qismidir», deb iltifot qildilar u zoti Muborak (s.a.v.). (Muslim, «Birr», 166).
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bayon qildilar: «Haqiqatda, riyo kichik shirkdir» (Ahmad, 5/428, 429).
Muslihning (isloh qiluvchining) fazilatlaridan biri shuki, uning zikr qilganini deyarli hech kim bilmaydi. Chunki u yashirin holda zikr qiladi.

158 Axmoqlik aqlning ozligidan paydo bo‘lgan xastalikdir. Uning shifosi o‘limdir.
Axmoqlikka ishorat qiluvchi ba’zi alomatlar quyidagilardan iborat: so‘z aytishda va ish qilishda shoshadi, so‘z berib, undan qaytadi, insonlar haqqiga rioya qilmaydi, hammadan g‘ayrat va sadoqat kutadi, sinalmagan kishiga ish topshiradi, aql va qobiliyatini ishlatmasdan badanini qiynab charchatadi, bilimsiz kimsalar yonida bilag‘onlik qiladi, har qanday hukmni dalilsiz qabul qiladi va rad etadi. (Ahmad Rifat, «Tasviri axloq», 118-120-sahifalar).

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:08:26

159 Yolg‘on so‘zlash, yolg‘on qasam ichish va ehtiyojlarini insonlardan so‘rash (zaruratsiz), ya’ni tilanchilik qilish dunyoda ham, oxiratda ham mahrumlikka sabab bo‘ladi.
Yolg‘on so‘zlash ishonchni yo‘qotadi, insonlar orasidagi huzurini buzadi. Yolg‘on qasam ichish nohaqlik va adolatsizlikka sabab bo‘ladi. Yolg‘on qasam ichish haq va adolatning dushmani sanaladi. Tilanchilik jahannam otashini to‘plashdir.

160 Shaqiy - badbaxt, mahrum, jahannamiy demakdir. Sa’id baxtli, lutflarga noil bo‘lgan, jannatiy demakdir. Alloh taolo marhamat qiladi: «Qiyomat kuni kelganida Alloh taolo iznisiz hech kim so‘z ayta olmaydi. Shunda ulardan kimlardir shaqiy, kimlardir sa’id bo‘ladi. Shaqiy bo‘lganlar, ular otashda va unda ohu faryod soladilar» (Hud surasi, 105-106-oyatlar mazmuni).
«Agar nasihat foyda bersa, nasihat qiling! (Allohdan) qo‘rquvchi nasihatni qabul qiladi. Endi shaqiy bo‘lsa, u nasihatdan qochadi. Uning ulkan otashga kiradi. Keyin u yerda na o‘ladi, na yashay oladi» (A’lo surasi, 9-13 oyatlar mazmuni).
«Men sizlarga olovi shiddatlanib borgan jahannam (tahlikasi) xabarini berdim. Unga shaqiydan boshqalar (abadiy) kirmaydi» (Layl surasi, 14-15-oyatlar mazmuni).
Harom taom yeyish, olim suhbatidan kechish, namozni yolg‘iz o‘qish shaqiyning alomatlari sanaladi. Harom taomdan shakllangan go‘sht jahannamga loyiqdir. U zanglagan temirga o‘xshaydi agar chirib bitmagan bo‘lsa faqat olov bilan asliga qaytadi.
Olimdan uzoqlashish haqiqatdan, ilmu irfondan uzoqlashishdir. Haqiqatdan, ilmu irfondan yiroq kishi haqiqiy baxtsizdir.
Namoznni yolg‘iz o‘qishdan ko‘ra jamoat bilan o‘qish yigirma yetti daraja ortiqdir. Namozni masjidda o‘qimaslik, jamoatdan ajralishga, jamoatdan ajralish islomiyatdan ajralishga sabab bo‘ladi. Dinimizdan ajralish abadiy baxtsizlikka olib keladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:08:38

161 Kishining o‘z-o‘ziga zulm qilishi eng katta zulm sanaladi. O’z-o‘ziga zulm qilishning eng kattasi haromdan rizq topishdir.
Rasuli Akram (s.a.v.) bunday deydilar: «Sizlardan avval o‘tgan ummatlardan bir kishini hisobga tortildi. Ammo uning hech ham yaxshiligi yo‘q ekan. Faqat boyagi odam boshqalar bilan barobar harakat qilar va boy edi. O’z kishilariga faqirlarning qarzlarini kechishni amr qilar edi. Allah taolo u haqda: "Biz kechirishga undan ham haqlimiz», deb iltifot qildi va uni afv etdi (Muslim, «Musoqot», 30).
«Kim bir faqir kimsaga qarz muddatini uzaytirsa yoki oladiganidan kechsa, hech ham soya bo‘lmaydigan qiyomat kunida Alloh taolo uni arshi soyasida soyalantiradi» (Muslim, «Musoqot», 32)
«Bir biringizga nisbatan shirin muomalada bo‘ling. Bir biringizga qulaylik qiling. Haq egasi haqqini so‘rashni kechiktirishi qanchalar savob ekanini bilganida edi, qarzdordan qochib yurgan bo‘lar edi» («Kanzul Ummol», 1/5410)
Qarzni uzishga imkoni bo‘la turib uni bermaslik zulm hisoblanadi. O’lim har on kelishi mumkin. Rasululloh (s.a.v.) iltifot qildilar: «Mo‘minning ruhi qarzi sababli, u qarz to‘languniga qadar boshliq turadi» (Termiziy, «Janoiz». 76; Ibn Moja).
«Alloh bandalarining zng yaxshisi (qarzini) xush ado qilganlardir» (Muslim, «Musoqot», 114-122).
Rahmli kishiga oxiratda rahm qilinadi, rahmsiz odamga rahm qilinmaydi. Rahmliga Alloh taolo dunyoda ham rahm qiladi va yordam beradi

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:08:50

DUOLAR

162 Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ishni o‘ng tarafdan boshlashga juda e’tibor berganlar. Hazrati Oisha (r.a.) onamiz rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v.) har ishda, poklanishda, oyoq kiyimlarini kiyishda o‘ng tarafdan boshlashni xush ko‘rar edilar» (Buxoriy, «Vuzu’», 31; «Libos», 77; Muslim, «Tahorat», 66, 67).
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) iltifot qildilar: «Sizlardan kim masjidga kirsa «Allohum maftahliy abvaaba rohmatik» (Allohim! Menga rahmating eshiklarini och), deb duo qilsin. Masjiddan chiqayotganida: «Allohumma inniy as’aluka min fazlik» (Allohim! Sendan fazling so‘rayman), deb duo qilsin» (Muslim, «Musofiriyn», 68; Abu Dovud, «Solat», 18; Nasoiy, «Masajid», 36).

163 Rasululloh (s.a.v.) iltifot qildilar: «Kim kechqurun «Yosinni o‘qisa muhofaza kilingan holda tong ottiradi» (Buxoriy, «Adab»; Abu Nu’aym, «Hilyatul avliyo»).
«Kim har kechkurun «Yosin»ni o‘qisa, shahid holda vafot etadi» (Tabaroniy; Hasan Basriy Chantay, «Qur’oni Hakiym va Ma’noyi Karim», 2/779).

164 «Kim ertalab uch marta «A’uzu billaahis samiy’il ‘aliymi minash shaytotr rojiym» deb, Hashr surasining so‘nggi uch oyatini o‘kisa, Alloh taolo unga kechgacha yetmish ming farishtani muakkal qiladi. Ular unga istig‘for aytib turadilar. U kimsa o‘sha kuni o‘lsa, shahid bo‘ladi. Kechkurun bo‘lganida o‘qisa, yana shunday bo‘ladi» (Ahmad, Termiziy, Tabaroniy, Bayhaqiy, Ibnus Sunniylar Ma’qil ibn Yasardan (r.a.) rivoyat qilganlar).
Daylamiy ibni Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladilar: «Allohning Ismi A’zami Hashr surasining so‘nggi olti oyatida» (Hasan Basriy Chantay, 3/ 1030).

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:08:57

165 Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: «Uylaringiz qabristonga o‘xshab qolmasin! Baqara surasi o‘qilgan uydan shayton qochadi!» (Muslim, «Musofiriyn», 212; Termiziy, «Fazoilul Kur’on», 2).
«Qur’on o‘qinglar! Chunki Qur’on, uni o‘qiganlarni qiyomat kuni shafoat qiladi. Zahrovayi (Baqara va Oli Imron) suralarini o‘qing! Chunki ular qiyomat kuni ikki bulut, ikki soya, ikki qator guruh qushlar bo‘lib keladi, uni o‘qiganlarni mudofaa qiladi. Baqara surasini o‘qing! Uni o‘qish barakot, tark qilish pushaymolikdir. Uning barakotini battollar (sehrgarlar) ketkiza olmaydi» (Muslim, «Musofiriyn», 252).
«Kim kechqurun Baqara surasining oxiridagi ikki oyatni o‘qisa, o‘sha ikki oyat unga kifoya qiladi» (Muslim, «Musofiriyn», 255, 256).

166  Rasululloh (s.a.v.) Mulk surasi haqida iltifot qildilar: "U himoyachi hamda qutqaruvchidir, qabr azobidan qutqaradi» (Termiziy, «Fazoilul Qur’on»).
Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: «Qur’ondagi o‘ttiz oyatlik sura bir odamni shafoat qilgandan u mag‘firat qilindi. U sura «Tabarokallaziy biyadihil mulk» surasidir» Bu hadisi hasandir. (Ahmad, Abu Dovud, Nasoiy, Ibni Moja rivoyatlari).
Termiziy Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (sav.) «Alif, Laam, Miim. Tanziyl...» va «Tabarokallaziy biyadihil mulk...» suralarini o‘qimasdan uxlamas edilar» (Muhammad Hamdi Yazir, «Haq dini, Qur’on tili», 7/5150).
 
167 Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: «Kim Kahf surasining boshidan (bir rivoyatda oxiridan) o‘n oyatni yod olsa (va o‘qib yursa,) Dajjoldan omon qoladi» (Muslim, «Musofiriyn», 257).

Qayd etilgan