Imom Sha’roniy. Payg'ambarimizning (s.a.v) hazrati Aliga (r.a.) nasihatlari  ( 72425 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 11 B


ЖАМШИДЖОН  16 Dekabr 2009, 11:32:08

IKKINCHI QISM

IZOHLAR

1 «Kim qorin og‘rig‘idan (ich ketishi dardidan tarj.) o‘lsa, u ham shahiddir» dedilar Rasululloh salollohu alayhi va sallam.
«Shahidlar besh qismdir. Vabodan, ich og‘rig‘idan, suvga cho‘kib, narsa ostida qolib va Alloh yo‘lida o‘lganlar shahiddir» (Muclim "Imom», 164).
Boshqa bir rivoyatda: «Yonib, zotiljam bo‘lib, homila sababli, molini himoya qilib o‘lganlar shahiddir», deyilgan (Muslim, "Imon", 226).
Ulamoning bayon etishicha, mazkurlarni Alloh yo‘lidagi kurashda o‘lganlardan o‘zgalarni shahid hisoblanishi ular tortgan achchiq alam va iztiroblar evaziga beriladigan bir ehsondir. Harb maydonida o‘lganlardan boshqa, shahid hukmida bo‘lganlarning jasadi yuvilib janoza namozi o‘qiladi.
Shahidi a’lo Alloh yo‘lida, Alloh uchun o‘lgan yoki o‘ldiriltanlardir. (Ahmad Dovud o‘g‘li, "Sahihi Muslim tarjimasi, Buxoriy, «Muxtasar»i, "Tajridi Sarih " tarjimasi va sharhi», 81/292, 293).
1. Ta’rif etilgan tarzda yashaganning shahid bo‘lib o‘lishi, hukman shahid savobiga yetishib o‘lishi demakdir.
2. Olimdan so‘ragan va o‘rgangani bo‘yicha yashagan kishi olimona yashaydi, olim singari vafot etadi.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  16 Dekabr 2009, 11:32:21

2 Oyatlar va hadislarning ma’nolaridan voqif bo‘lgan, oyat va hadisdan hukm chiqara olgan, ijtihod shartlariga ega kishiga "faqih" deyiladi.
Olim bilguvchi demakdir. Olim olimlarning komilidir. Olim Qur’onning usul va tafsirini, hadislarning usul va sharhini, e’tiqodiy va axloqiy masalalarni yaxshi bilib amal qilishi kerak. Shuningdek, Payg‘ambar (s.a.v.) va ashobi hayotini batafsil bilishi, Islom tarixidan boxabar bo‘lib, dunyoga berilmagan, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) axloqi ila xulqlangan bo‘lishi lozim.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  16 Dekabr 2009, 11:32:47

3 Qur’oni karimda bandalar halol narsalarnigina yeyishga, shukr qilishga buyurilgan: "Ey mo‘minlar, Allohgagina ibodat qiluvchi bo‘lsangiz, Sizlarga Biz rizq qilib bergan, pokiza narsalardan yeb, U zotga shukr qilingiz». (Baqara, 172.)
Hadisi sharifda: «Namoz (iymonning) dalil(idir). Ro‘za qalqondir. Suv olovni so‘ndirgan kabi sadaka ham gunohlarni so‘ndiradi. Haromdan shakllangan go‘sht uchun olov (jahannam) munosib», deyiladi (Termiziy, "Solat", 79; Dorimiy, "Riqoq". 6).

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  16 Dekabr 2009, 11:32:59

4 Bir odam Sufyon Savriyga: "Taqsir, bizga namozda birinchi safda turganlarning fazilatini gapirib berasizmi?" dedi. U kishi: "Birodar, sen noningni qaerdan ishlab topyapsan, shunga nazar solgin! Sen haloldan yegin-da, qaysi safda xohlasang, o‘sha safda namoz o‘qi. Bu xususda senga hech bir qiyinchilik (majburiyat) yo‘q", dedilar.
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu aytadi: "Me’dasida harom biror narsa turgan banda ibodatini Alloh taolo qabul qilmaydi".
Sariyi Saqotiy (q.s.) aytadilarki: "Najot uch narsadadir:
 1.Hidoyatning;
2. Taqvoning;
3. Ozuqaning halolida".
Vuhayb roziyallohu anhu bunday deydilar: "Qarshingdagi shu terak kabi (ingichka - tarj.) bo‘lgunga qadar ro‘za tutib, namoz o‘qisang, biroq me’dangga kirayotgan rizqning halol yo haromligiga e’tiborsiz bo‘lsang, ibodatning foydasini ko‘rolmaysan!" (Imom Sha’roniy. "Islom buyuklaramizning o‘rnak axloqi va hikmatli so‘zlari ". Umar Termizi tarjimasi, "So‘nmas" nashriyoti).

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  16 Dekabr 2009, 11:33:29

5 Dunyo asbobdir. Nimaga ishlatilsa o‘shaning hukmini oladi.

6 Mo‘min mo‘‘tadil insondir. U ruh bilan jasad, dunyo bilan oxirat orasida muvozanatni saqlaydi. Xavf (qo‘rquv) va rajo (umid) orasida bo‘ladi. O’lim onida umidi g‘olib bo‘ladi. "Alloh G’ofur va Rahmlidir", deydi.
Gunoh qilib: "Alloh G’ofurdir", deyish shayton aldovidir.
Oyat: Bas hargiz sizlarni hayoti dunyo (o‘zining o‘tkinchi ne’matlari bilan) aldab qo‘ymasin va hargiz sizlarni g‘urur (ya’ni shayton) Alloh (har qanday gunohni kechaveradi degan aldov) bilan aldab qo‘ymasin (Luqmon surasi, 33-oyat).

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  16 Dekabr 2009, 11:33:52

7 Harom mol topishga harakat qilgan kishi Alloh taolo g‘azabiga uchraydi. Kim Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sunnatlaridan tashqariga chiqsa, falokatga yo‘liqadi. Falokatning bir alomati harom mol topishdir. "Kim Rahmon eslatmasidan (ya’ni Qur’on pand nasihatlaridan) ko‘r bo‘lib olsa yuz o‘girsa, Biz unga shaytonga yaqin qilib qo‘yurmiz, bas, u o‘sha(kofir)ga doimiy hamroh bo‘lur. Shak-shubhasiz (shaytonlar kofirlarni to‘g‘ri) yo‘ldan to‘surlar, (ammo kofirlar) o‘zlarini hidoyat topguvchilar deb hisoblaydilar" (Zuhruf surasi, 36-37-oyatlar mazmuni).

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  16 Dekabr 2009, 11:34:50

8 Shayton haromga, shirkka, kufrga, jahannamga chaqiradi.
Alloh taolo marhamat qiladi: "Ey odamlar, yerdagi halol pok narsalardan yenglar va shaytonning izidan ergashmanglar! Shubhasiz, u sizlarning ochiq dushmanigizdirp (Baqara surasi, 268-oyat mazmuni).
«Kimga shayton do‘st bo‘lsa, u eng yomon do‘st bo‘lur» (Niso surasi, 38-oyat mazmuni).
«Kimki Allohni qo‘yib», shaytonni do‘st tutsa, bas, u ochiqdan ochiq ziyon qilibdi» (Niso surasi,119-oyat).
"Ichkilik, qimor sababli shayton o‘rtalaringizga bug‘zu adovat solishni hamda sizlarni Allohni zikr qilishdan va namoz o‘qishdan to‘sishni istaydi, xolis! Endi to‘xtarsizlar" (Moida surasi, 91-oyat).
"Ey mo‘minlar, shaytonning izidan ergashmanglar! Kim shaytonning izidan ergashsa, bas, albatta (shayton) buzuqlik va yomonlikka buyurar. Agar sizlarga Allohning fazl marhamati bo‘lmasa edi, sizlardan biron kishi (biron gunohdan) pok bo‘lmas edi. Lekin Alloh (fazli marhamati bilan) O’zi xohlagan kishini poklar. Alloh eshitguvchi va bilguvchidir (Nur surasi, 21-oyat).
«...Isrof qilguvchilar shaytonlarning do‘stlari bo‘lgan kimsaladir. Shayton esa Parvardigoriga butunlay kofir bo‘lgandir''
(Isro surasi, 27-oyat mazmuni).

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  16 Dekabr 2009, 11:35:37

9 Tahorat namoznish shartidir. Tahoratsiz namoz o‘qib bo‘lmaydi.
Haromdan qilingan sadaqa qabul bo‘lmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar: "Ey insonlar! Shubhasiz Alloh taolo pokdir, faqat pokiza bo‘lgan amal va ehsonni kabul qiladi». Alloh taolo marhamat qiladi: «Ey rasullar! Halol narsalardan yeng va solih amallar qiling, Chunki Men sizning bajarayotgan (amallar)ingizii bilguvchidirman» (Mo‘minun surasi, 51-oyat mazmuni).
Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar; iBir kimsa Haq yo‘lida uzoq safarga chiqib sochlari to‘zgigan, chang tuproqqa belangan bir holda qo‘llarini samoga ko‘tarib: iYo Rabbiy, yo Rabbiy!" deya duo qiladi. Holbuki uning yegani harom, ichgani harom, kiygani haromdan bo‘lsa, o‘zini harom bilan oziqlantirgan bo‘lsa bunday kimsaning duosi qanday qabul bo‘lsin?" (Muslim. "Zakot", 65).

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  16 Dekabr 2009, 11:36:53

10 Ma’naviy yuksalishning asosi halol yemoqdir. Zero amal qabul bo‘lishining asosiy sharti iymon va halol daromaddir. Halol yegan kishiga, halol amallarni bajarish oson qilib qo‘yiladi.

11 Alloh taolo buyuradi: "... agar bilmaydigan bo‘lsangiz zikr (Qur’on, ilm) ahlidan so‘ranglar!", (Anbiyo surasi, 7; Nahl surasi, 43-oyatlar mazmuni).
 Bu oyat bilmagan mavzularni olimlardan so‘rash lozimligini ko‘rsatuvchi bir dalildir. (Muhammad Jamoliddin Qosimiy, Mahosinut-ta’vil»,
«Bordi-yu biror narsa haqida talashib qolsangiz, agar haqiqatan Allohga va oxirat kuniga ishonsangiz, u narsani Allohga va payg‘ambariga qaytaringiz. Mana shu yaxshiroq va chiroyliroq yechimdir». (Niso surasi, 59).
Ilm va olimning darajasi haqida shunday deyilgan:
"Alloh sizlardan iymon keltirishni va ilm ato etilgan insonlarni (baland) daraja-martabalarga ko‘tarur" (Mujodala surasi, 11-oyat mazmuni)
«Allohdan bandalari orasida olim bilimdonlarigia qo‘rqur» (Fotir surasi, 28-oyat)
«Alloh kimning yaxshiligini istasa, uni dinda faqih qilib qo‘yadi" (Imom Buxoriy, Imom Muslim, "Zakot", 100)
"Kimki ilm tahsili uchun yo‘lga chiqsa unga jannat yo‘lini oson qiladi (Abu Dovud hadisi Ibni Moja, 223-hadis).
«Olimning obiddan ustunligi mening (ilm jihatdan) eng pastda bo‘lgan kishidan ustunligim kabidir" (Termiziy, 295-hadis).
Olimlardan uzoqlashish ilmdan mahrum bulish demakdir. Jaholat qalbni qoraytiradi, ilm yoritadi. Ilmiga amal qilgan kishining qalbida irfon hosil bo‘ladi. Ilm va irfon sohibining qalbi nurga chulg‘anadi.
Ilmsizlik gunohga boshlaydi. Qalb gunoh kirlari tufayli qorayib, Haqni anglamaydigan bo‘ladi, oqibatda o‘ladi. Qalb o‘lgach, haq yuldan toyadi, Allohga isyon qiladi.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  16 Dekabr 2009, 11:37:06

12 Alloh taolo nozil qilgan Kitobga amal etmaganlarni hayvonga o‘xshatadi. Ular kabi bo‘lishdan saqlanmoq uchun Qur’oni karimni hayot dasturiga aylantirish, Payg‘ambarimizning (s.a.v.) izlaridan ergashish lozim.

Qayd etilgan