184 «Allohga nasihat»dan maqsad, unga iymon keltirish, sherik qilmaslik, sifatlarini inkor qilmaslik, Uni barcha kamol va jalol sifatlari bilan yodlash, barcha nuqsonlardan pok bilish, Unga itoat qilish, osiy bo‘lmaslik, Alloh uchun sevish, Alloh uchun yomon ko‘rish, Unga itoat qilganlarga suyanch bo‘lish, osiylarga xusumat qilish, kofirlarga qarshi mujohada qilish, ne’matlariga shukr qilish, har ishda ixlos va samimiyat ko‘rsatish, bu aytilgan barcha vasflarga tashviq va da’vat qilish, bu xususda barcha insonlarga yoki imkoni bo‘lganlarga iltifot ko‘rsatishdir.
«Payg‘ambarga nasihat»dan murod, payg‘ambar ekanliklarini tasdiq qilish, Alloh huzuridan yetkazgan barcha narsalarni qabul qilish, amr va nahiylariga itoat qilish, U Zotga (s.a.v.) sodiq bo‘lish, hurmatda bo‘lish, sunnati saniyyalarini ihyo qilish, shariatlarini yoyish, shariatga bog‘liq ilmlarni o‘rganish, ma’nolarini tushunish, boshqalarni o‘rganishi uchun da’vat qilish, o‘qib va o‘rgatishda ilmga hurmatda bo‘lish, tarbiya va nazokat doirasida o‘qimoq, bilmagani haqida so‘z aytmaslik, ulamoga hurmat va ta’zimda bo‘lish, Payg‘ambarimizning (s.a.v.) axloq va odoblari bilan axloqlanish, u Zotning (s.a.v.) ahli bayt va ashoblarini sevish, sunnatlariga qarshi bid’atchilik qilgan va yoki ashobi kiromdan birortalariga qarshi so‘z aytganlar atrofidan yiroq bo‘lish kabilardir.
«Mo‘minlarga nasihat»dan murod esa, din va dunyolari uchun foydali narsalarni ularga aytish va o‘rgatish, ayblaridan ko‘z yumish, ularga aziyat bermaslik, yordam uchun shoshish, zararlarini oldini olish, yaxshilikka chorlab, yomonlikdan to‘sish, kattalarga hurmat, kichiklarga shafqatli bo‘lish, aldamaslik, hasad kilmaslik, o‘zi xohlagan narsani ularga ham ravo ko‘rish, o‘zi yomon ko‘rganni ularga ham ravo ko‘rmaslik, ularning mollarini, jonlarini, nomuslarini himoya qilish, bu aytilganlarga ularni ham tashviq qilish, toatlarida ishq va shavqni oshirish kabilardir.
185 Tavba bilan gunohlar afv etiladi, tavba qilib o‘lsa, jahannamdan qutilishiga sabab bo‘ladi.
186 Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qildilar: «Yarimta xurmo bilan bo‘lsa ham o‘zingizni jahannamdan qutqarine! Bunga qodir bo‘lmasangiz, (hech bo‘lmasa) shirin so‘z bilan (jahannamdan saqlaning)» (Muslim «Zakot», 68).