Imom Sha’roniy. Payg'ambarimizning (s.a.v) hazrati Aliga (r.a.) nasihatlari  ( 72468 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 B


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:09:05

168 «Allohim! Meni tik holimda ham, o‘tirganimda ham, uyquda ekanligimda ham dinim bilan birga himoya qil! Meni dushmanning ham, hasadchining ham tiliga tushirma! Allohim! Har jonlining sharridan Senga sig‘inaman. Ular Sening izmingdadir, ixtiyoringda bo‘lgan yaxshilikni O’zingdan istayman!»
 
169 Asmo binti Yazid (r.a.) aytadilar: «Men Rasulullohdan Allohning «Ismi A’zami» bu ikki oyat ichida, deb iltifot kilganlarini eshitdim (ya’ni «Allohu laa ilaaha illaa huu. Al Hayyul Qayyum» va «Alif, Laam, Miim. Allohu laa ilaaha illaa huval Hayyul Qayyum») (Ahmad, 6/461).
Mo‘min haromlardan qochib farzlarni ado etsa, solih amallarni kuchi yetganicha bajarsa va ikki oyatni o‘qib duo qilsa, duosi qabul bo‘ladi.
Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: «Baqara surasi ichida bir oyat bor. O’sha oyat o‘qilgan uydan, shayton qochadi. Bu «Oyatal Kursiy»dir» Bu hadisni Hakim Abu Abdulloh «Mustadrak» asarida keltirgan. (Ibni Kasir tafsiri, 1/307)

170 Ma’nosi: «Ey, Hayy (doimo tirik) va Qayyum (azaliy) Allohim! Sendan boshqa iloh yo‘qdir. Rahmating ila yordam so‘rayman! Meni mag‘firat qil. Holatimni isloh qil, siqilishimni ketkaz».

171 Ma’nosi: «Ey Rabbim! Seni poklab yod etaman, Sendan boshqa iloh yo‘qdir. Faqat Sendan umid qilaman, buyuk arshning Rabbi O’zingsan!»

172  «Allohim! U bilan yuzma-yuz faqatgina Sening (yordaming) bilan mujodala qilaman. Uning (dushmaning) g‘azabiga qarshi Sening kifoya bo‘lishingni so‘rayman. Uning sharridan O’zingga yukinaman».

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:09:20

HAR XIL MAVZULAR

173 Alloh taolo marhamat qiladi: «Qachon sizlarga biron ibora bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq qilib alik olinglar yoki (hech bo‘lmasa) o‘sha iborani qaytaringlar. Albatta Alloh hamma narsani hisobga olguvchi bo‘lgan zotdir» (Niso, 86-oyat mazmuni).
Imron bin Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga bir kishi keldi va: «Assalamu alaykum», dedi. U Zot (s.a.v.) salomiga javob berdilar va u odam o‘tirdi. «O’nta savob (olding)», deb iltifot fildilar Sarvari Koinot (s.a.v). Boshfa bir kishi keldi va: «Assalamu alaykum va rahmatulloh», deb salom berdi. Rasululloh (s.a.v.) salomiga shunday javob fildilar va u odam o‘tirdi. Bu gal: «Yigirmata savob (olding)», deb marhamat fildilar. Yana bir odam keldi va: «Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh», deb salom berdi. Nabiy (s.a.v.) xuddi shunday javob qaytardilar. U kimsa ham o‘tirdi. Rasululloh (s.a.v.): «O’ttizta savob (olding)», deb marhamat kildilar» (Abu Dovud, 5195-hadis. Termiziy 2690-hadis).

174 Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Bir odam Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: "Menga nasihat kiling dedi. U zot (s.a.v.) «G’azablanma!» deb nasihat qildilar. Keyin boyagi odam (yana) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) nasihat aytishlarini so‘radi. (Har gal nasihat so‘raganda) unga «G’azablanma!» deb iltifot qildilar» (Buxoriy, «Adab», 76; Termiziy «Birr», 73; Muvatto «Husnul xulq», Ahmad, 2/175, 382, 466, 3/484, 5/34, 370, 372, 373).

175 Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qildilar: «Sizlardan kim g‘azablansa, darhol tahorat olsin!» (Ahmad, 4/226). Zero otashni suv so‘ndiradi. Shayton otashdan yaratilgan. Shayton qalbga ta’sir qilganda unga eng ta’sirli qurol tahorat olmoq va zikr bilan mashg‘ul bo‘lmoqdir. Zikrning nuri g‘azabning olovini so‘ndiradi.
Shuninglek, U zoti Muborak (s.a.v.) g‘azablangan kimsaga: «G’azablanganing zamon sukut qil!» deb ham nasihat qilganlar (Ahmad, 1/283, 365).
«Shubhasiz, g‘azablanish shaytondandir. Chunki shayton olovdan yaratilgan. Olov zsa suv bilan so‘nadi. Sizlardan kim g‘azablansa tahorat olsin!» (Axmad, 4/226).

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:09:30

176 Muoz ibn Jabal (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululoh (s.a.v.) meni Yamanga jo‘natayotib shunday dedilar: «Albatta sen ahli kitob bo‘lgan qavm huzuriga ketyapsan. Ularni Allohdan boshqa iloh yo‘qligiga va Men Allohning Rasuli ekanimga iqror bo‘lishlariga da’vat qil. Agar bunga itoat qilsalar. ularga Alloh har kecha-kunduzda besh vaqt namozni farz qilganini bildir. Bunga itoat etishsa, ularga Alloh boylaridan olinib, faqirlariga beriladigan zakotni farz qilganini ayt. Bunga ham itoatda bo‘lsalar, mollaridan eng qiymatlilarini hech ham olma! Mazlumning duoibadidan saqlan! Chunki uning duosi bilan Alloh orasida to‘siq yo‘qdir» (Buxoriy, «Tavhid», 1; «Zakot», 1, 2; Muslim, «Iymon», 29; Abu Dovud, «Zakot», 5; Ahmad, 1/232).

177 Bu borada Ahmad ibn Hanbal (r. a.) «Musnad» asarlarida boshqa bir hadis keltirilgan:
«Mazlumning duosi, gunohkor bo‘lsa ham, qabul bo‘ladi» (Ahmad, 2/367).
«Uchta duo (borki ularning Alloh huzurida) maqbul bo‘lishi xususida hech qanday shubha yo‘q: Mazlumning duosi, musofirning duosi va otaning bolasiga duoibadi» (Termiziy, «Birr», 7; Abu Dovud, «Solat», 364; Ibni Moja, «Duo «11; Ahmad, 2/ 258, 305; Ibni Hibbon, 2406-hadis).
«Insonlar zolimning zulmini ko‘rib, uning qo‘lidan ushlab zulmiga to‘siq bo‘lmasalar, Alloh huzurida barchalari azoblanishlari ehtimoli bor» (Abu Dovud, «Mazolim», 17; Termiziy, «Tafsir», 5/17; «Fitan», 8; Ibni Moja, «Fitan», 20; Ahmad, 1/ 2, 5, 7).
«Ummatimning zolimga «sen zolimsan» deyolmasligini ko‘rganingiz zamon, ulardan hech kimsaning najot topishiga umid qolmaydi» (Ahmad, 2/190).

178 Rasululloh (s.a.v.) shunday iltifot qildilar: «Qiyomat kuni Alloh taolo uch toifa kishilarga so‘zlamaydi, qaramaydi va ularni poklamaydi. Ularga alamli azob bordir. Ular:
— idishida suvi ko‘p bo‘la turib uni yo‘lovchiga bermagan;
— birortaga molini sotayotib, o‘ziga ishontirish uchun «shunchaga-unchaga oldim» deb, aldab, Alloh nomi bilan qasam ichgan;
— boshliqqa faqat boyligi uchun bay’at qilgan. Mol bersa bo‘ysinadi, bermasa bo‘ysinmaydi» (Muslim «Iymon», 173).
«Oldi-sotdi ishlaringizda ko‘p qasam ichishdan saqlaning. Chunki qasam avval (molni) sottiradi, keyin esa (barakotini) yo‘q qiladi» (Muslim, «Musoqot», 132).

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:09:38

179 "Ma’ruf"ning quyidagi ma’nolari bor:
— dinimiz va aql yaxshi deb aytgan narsalar;
— har kim yaxshi deb bilgan narsalar;
— ma’lum narsalar;
Shuni ta’kidlash kerakki, dinimiz yaxshi degan narsa haqiqatda yaxshidir. Dinnimiz yaxshi degan narsaning yaxshiligini aql ham tasdiqlaydi. Aqlni yaratgan Zot aqlga teskari narsani buyurmaydi.

180 Munkar:
— dinimiz va aql yomon ko‘rgan narsalar;
— har kim yomon deb bilgan narsalar;
— yoqtirilmaydigan, qabul qilinmaydigan narsalar.

181 Qur’oni karimda amri ma’ruf va nahyi munkar qilish buyurilgan (Oli Imron, 104-oyat). Bu ummat xayrli bir ummat bo‘lishining sababi amri ma’ruf va nahyi munkar qilinganidandir (Oli Imrom, 110-oyat). Bani Isroil munkar ishni qilganlaridan la’natlandilar (Moida, 78-oyat). Alloh taolo amri ma’ruf va nahyi munkar qilganlarni qutqarishini, zolimlarni esa azobga duchor qilishini bildirdi (A’rof, 165-oyat). Najot faqat iymon keltirgan, iymonga muvofiq ixlosli amal qilgan, haqni va sabrni tavsiya qilganlarga bo‘lishi ochiq bayon etilgan (Asr, 1-3-oyat).
Rasululloh (s.a.v.) shunday marhamat qildilar: «Ummatim orasida Allohning amrini bajaruvchi bir jamoa doimo mavjud bo‘ladi. Ular bu buyruqlarni bajarishda davom etar ekanlar, to Allohtng amri (qiyomat) kelgunicha, dunyoga berilganlar va qarshi turganlar zarar bera olmaydi» (Buxoriy, 4/252, 9/167; «Mishkot», 6276-hadis).

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:09:46

182 Sidq so‘z bilan amalning muvofiq bo‘lishidir. Sodiq iymonida, ixlos va sabrda sadoqat ko‘rsatgan kishidir. Siddiq jannat ahlining sifatlari aytilgan oyatda ikkinchi bo‘lib ko‘rsatilgan (Oli Imron, 17-oyat). Haqiqiy sodiq ishida, olish-berishida, savdoda, qo‘shnisi, oilasi va do‘stlari bilan munosabatda sodiq bo‘lgan kimsadir. Bunday kishini Alloh taolo sevadi. Kimni Alloh sevsa, uning g‘azabi kelganiga g‘azablanadi, dushmaniga dushman bo‘ladi.

183 Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yetim haqida shunday marhamat qildilar: «Musulmonlar yashaydigan uylarning eng yaxshisi yetimga go‘zal muomala qiluvchshning uydir. Va eng yomoni yetimga yomon muomala qiluvchining uyidir» (Ibni Moja, «Adab», 6).
«Men bilan yetimni boqqan kimsa jannatda shundaymiz» (Bu so‘zlarni aytib. ko‘rsatkich barmoqlari bilan o‘rta barmoqlariga ishorat qildilar) (Buxoriy, «Adab», 24; «Taloq», 25; Muslim, «Zuhd», 424 Abu Dovud, «Adab», 123 Termiziy, «Birr», 14).

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:09:58

184 «Allohga nasihat»dan maqsad, unga iymon keltirish, sherik qilmaslik, sifatlarini inkor qilmaslik, Uni barcha kamol va jalol sifatlari bilan yodlash, barcha nuqsonlardan pok bilish, Unga itoat qilish, osiy bo‘lmaslik, Alloh uchun sevish, Alloh uchun yomon ko‘rish, Unga itoat qilganlarga suyanch bo‘lish, osiylarga xusumat qilish, kofirlarga qarshi mujohada qilish, ne’matlariga shukr qilish, har ishda ixlos va samimiyat ko‘rsatish, bu aytilgan barcha vasflarga tashviq va da’vat qilish, bu xususda barcha insonlarga yoki imkoni bo‘lganlarga iltifot ko‘rsatishdir.
«Payg‘ambarga nasihat»dan murod, payg‘ambar ekanliklarini tasdiq qilish, Alloh huzuridan yetkazgan barcha narsalarni qabul qilish, amr va nahiylariga itoat qilish, U Zotga (s.a.v.) sodiq bo‘lish, hurmatda bo‘lish, sunnati saniyyalarini ihyo qilish, shariatlarini yoyish, shariatga bog‘liq ilmlarni o‘rganish, ma’nolarini tushunish, boshqalarni o‘rganishi uchun da’vat qilish, o‘qib va o‘rgatishda ilmga hurmatda bo‘lish, tarbiya va nazokat doirasida o‘qimoq, bilmagani haqida so‘z aytmaslik, ulamoga hurmat va ta’zimda bo‘lish, Payg‘ambarimizning (s.a.v.) axloq va odoblari bilan axloqlanish, u Zotning (s.a.v.) ahli bayt va ashoblarini sevish, sunnatlariga qarshi bid’atchilik qilgan va yoki ashobi kiromdan birortalariga qarshi so‘z aytganlar atrofidan yiroq bo‘lish kabilardir.
«Mo‘minlarga nasihat»dan murod esa, din va dunyolari uchun foydali narsalarni ularga aytish va o‘rgatish, ayblaridan ko‘z yumish, ularga aziyat bermaslik, yordam uchun shoshish, zararlarini oldini olish, yaxshilikka chorlab, yomonlikdan to‘sish, kattalarga hurmat, kichiklarga shafqatli bo‘lish, aldamaslik, hasad kilmaslik, o‘zi xohlagan narsani ularga ham ravo ko‘rish, o‘zi yomon ko‘rganni ularga ham ravo ko‘rmaslik, ularning mollarini, jonlarini, nomuslarini himoya qilish, bu aytilganlarga ularni ham tashviq qilish, toatlarida ishq va shavqni oshirish kabilardir.

185 Tavba bilan gunohlar afv etiladi, tavba qilib o‘lsa, jahannamdan qutilishiga sabab bo‘ladi.

186 Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qildilar: «Yarimta xurmo bilan bo‘lsa ham o‘zingizni jahannamdan qutqarine! Bunga qodir bo‘lmasangiz, (hech bo‘lmasa) shirin so‘z bilan (jahannamdan saqlaning)» (Muslim «Zakot», 68).

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:10:04

187 Zuho namozi haqida Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qiddilar: «Har biringizga har bir bo‘g‘ini uchun sadaqa berishi lozim. Har tasbeh sadaqadir. Har tahmid («Alhamdulilloh» deyish) sadaqadir, har tahlil («Laa ilaaha illalloh" deyish) sadaqadir, har takbir sadaqadir. Yaxshilikka chaqirish va yomonlikdan qaytarish sadaqadir, Ikki rakat zuho shamozi bularning barchasi o‘rniga kifoyadir» (Buxoriy, «Sulh; 11; «Jihad», 72, 128; Muslim, «Musofiriyn», 84; Abu Dovud, «Tatavvu», 12; «Adab», 160; Ahmad, 2/316, 328).

188 Jannatni dunyodan ustun etganga, albatta, jannat beriladi. Aqlli inson foniyni boqiyga fido qiladi. Allohning amrini bajarib, roziligini istagan bandani Alloh taolo aziz qiladi. Rasululloh (s.a.v.) shunday iltifot qildilar: «Allohning amrini aziz bil, toki Alloh seni ham aziz qilsin» (Kanzul Ummol», 430 63).

189 Ibodat vaqtini o‘tkazib yuborgani, bir amrni tark qilgani yoki lozim bo‘lgandek bajara olmagani, yohud qilgan gunohi uchun ko‘z yoshi to‘kish iymonga, komil mo‘minlikka ishoradir.
Suvsizlikdan qatqaloq yerga bahor yomg‘iri foyda bo‘lganidek, bu ko‘zyoshlarning foyda berishi haqiqatdir. Arshning soyasi bilan soyalanadigan yetti toifa kimsalardan biri yolg‘izlikda Allohni zikr qilib yig‘lagan kimsadir.

190 Ulamo majlisida haqiqat so‘zlanadi, yaxshilik va yomonliklar bayon etiladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qildilar: «Kim ilm tahsili yo‘liga kirsa, Alloh taolo unga jannat yo‘lini oson qiladi. Malaklar ular uzra qanotlarini yoyadi. Albatta, ko‘klardagi va yerdagi barcha jonzot, hatto suvdagi baliqlar ham olim haqqiga istig‘for aytadi. Olimning obiddan ustunligi, xuddi to‘lin oyning boshqa yulduzlarga nisbatan ustunligiga o‘xshaydi. Shubhasiz, olimlar payg‘ambarlarning vorislaridir. Payg‘ambarlar meros qilib dinor ham, dirham ham qoldirishmagan. Ular meros qilib faqat ilm qoldirishgan. Kim uni olsa, mo‘l-mo‘l nasiba olibdi demakdir» (Termiziy, «Ilm», 19; Abu Dovud, «Ilm», 1; Ibni Moja, «Muqaddima», 17).

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:10:12

191 Bu kishi Allohning roziligini nafsi istagidan ustun qo‘yganidan jannatga haqdor bo‘ladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday marhamat qildilar: «Jannat nafsga yoqmagan narsalar bilan o‘ralgan, jahannam esa shahvatlar bilan o‘ralgan» (Muslim, «Jannat», 1).

192 Ko‘zi ojiz kimsaga yo‘l ko‘rsatish sadaqa ekanini Payg‘ambarimiz (s.a.v.) xabar berdilar (Ahmad, 5/169). Dunyoda yo‘l ko‘rsatganga oxiratda yo‘l ko‘rsatadilar. Dunyoda biror kimsani qo‘llab, yordam berilsa, oxiratda unga ham yordam beriladi. Zero, marhamat qilganga marhamat qilinadi.
Hazrati Ali (r.a.) jannatiyligi bashorat qilingan o‘nta sahobadan biridir. U zot kimning o‘ng tarafida bo‘lsalar, sharofatlari tufayli u ham jannat ahli bo‘ladi demakdir.
Imom Sha’roniy hazratlari aytadilar: «Birodarim Afzalluddin hazratlaridan eshitdim: «Hijr surasida shunday marhamat qilinadi: «Biz ularning qalblaridagi gina-kuduratni olib tashladik. Ular so‘rilarda bir-birlariga ro‘baro‘ qaragan holda o‘tiradilar». Oyatdagi «ro‘baro‘» bo‘lishdan murod, suratning oynada ro‘baro‘ bo‘lishi kabidir. Dunyodagi ikki jismning bir-biriga ro‘baro‘ bo‘lishi kabi emas. Chunki suratini oynada ko‘ruvchining o‘ng ko‘zi to‘g‘risida o‘ng ko‘zi bo‘ladi. Boshqa a’zolari ham shunday.
Dunyoda ikki kimsaning ro‘baro‘ bo‘lishida a’zolar ziddi to‘g‘risida bo‘ladi. Oxiratda bunday emas. U yerda ro‘baro‘ kelish ham ma’no, ham surat jihatidan bo‘ladi. Suratimizni oynada ko‘rgandek. Haqiqiy «ro‘baro‘» mana shudir. Chunki ishlar oxirat to‘liqligicha inkishof etadi. Sen dunyoda jisming bilan zohir, ruhing bilan botinsan. Oxiratda buning aksi bo‘lasan» (Abdulloh Orig‘, «Allohni nega yodga olamiz», 367-sahifa).

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:10:20

193 Tavsiya bajarilishi uchun beriladi. Tavsiya qilgan vazifasini bajargan bo‘ladi. Tavsiyani eshitgan uni bajarishi lozim bo‘ladi. Alloh taolo barchamizni ham bu tavsiyalarga rioya qilishimizga muvaffaq etsin!
«Allohumma solli vasallim ‘ala sayyidina va nabiyyina Muhammadin bi’adadi zarrotil kaainaati va murakkabatiha va tasbihatiha va tahlilatiha va ‘ibadatiha va ‘ala olihi va ashabihi ajma’iyn».
«Allohim! Sayyidimiz, nabiyimiz Muhammadga va ahli oilalariga va sahobalariga koinot zarrasi adadicha, undagi tarkiblar adadicha, ularning tasbehlari, tahlillari va ibodatlari adadicha salotu salomlar yubor».
«Allohumma solli ‘ala sayyidina Muhammadin ‘adada solati man solla ‘alayh va solli ‘ala Habiybina Muhammadin ‘adada man lam yusolli ‘alayh. Va solli ‘ala Nabiyyina Muhammadin minna kama amartana bissolati ‘alayhi va solli ‘alayhi kamaa yuhibbu ay yusalla ‘alayh».
«Allohim, Sayyidimiz Muhammadga salovat aytganlarning salovatlari sonicha va Habibimiz Muhammadga salovat aytmaganlarning sonicha salovat yubor. Nabiyimiz Muhammadga nomimizdan, qanday salovat aytishimizga buyurganingdek va qanday aytilsa, yaxshi ko‘rganingdek salovat yubor» (Salovatlar «Daloilil Xoyrot» kitobidan olindi).

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:15:13

Payg'ambarimizning (s.a.v.) Hazrati Aliga (r.a.) nasihatlari



Muallif: Imom Sha'roniy
Hajmi: 642 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish

Qayd etilgan